amaliy ravishda topish ko'nikmasiga ega bo'ladilar, ya’ni gap kim yoki
nima haqida aytilganini bildirgan so'z (ega)ni, u haqda nima deyil-
ganini anglatgan so'z(kesim)ni topadilar. Masalan, Bolalar olmalarni
terdilargapini tahlil qilishda o'quvchilar quyidagicha fikr yuritadilar:
„G ap bolalar haqida aytilgan. Kimlar? — bolalar(so'zning tagiga bitta
to 'g 'ri chiziq chizadilar). Bolalar— nima qildilar? — terdilar(so'zning
tagiga ikki to 'g 'ri chiziq chizadilar). Bolalar terdilar — gapning asosiy
qismi; nimalarni? (terdilar) — olmalarni11.
2-sinfda 1-sinfdagidek muhokama qilinadi, faqat mazmuni chu-
qurlashtiriladi. Masalan, 2-sinf o'quvchisi „ Chiroyli gullar adirtami
bezadi“ gapini quyidagicha tahlil qiladi: „Gap gullar haqida aytilgan.
Nimalar? — gullar — ega (tagiga bir chiziq chizadi). Paxtalar haqida
Do'stlaringiz bilan baham: |