Pedagogika instituti



Download 47,86 Kb.
bet2/61
Sana19.06.2021
Hajmi47,86 Kb.
#70974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
Kurs ishi N. Sobirova 302 gurux





Boshlang’ich sinflar o’quv dasturida “ona tili , o’qish bolalarning lug’a- tini boyitish, bog’lanishli nutqini o’stirish, adabiy- estetik taffakurini kamol toptirish, nutq madaniyatini shakllantirish, nutq ta’sirchanligini ta’minlashning muhim omilidir”, deyiladi. Bu vazifalar Grammatik mavzularni o’rganish, mashq matnlarini kuzatish va tahlil qilish, maxsus lug’aviy – grammatik mashqlar orqali bajariladi.


Ona tili o’qitishning bosh maqsadi ham tilning jamiyatda tutgan o’rni, vazifasi bilan belgilanadi. Til – aloqa vositasi, chunki so’zlovchi fikr mulohazalarini til orqali bayon qiladi. Tinglovchi esa bu fikr mulohazalarni til vositalari orqali anglab yetadi.

Ona tili fani o’quvchilarni fikr bayon qilish va uni uqib olish faoliyatiga tayyorlaydi. Fikr til orqali ro’yobga chiqadi, shu sababli har bir kishi tilni va undan foydalanishni bilishi zarur. Tilni bilish uning qonun – qoidalarini, ta’rifini bilishgina emas, balki ona tilining boy imkoniyatlaridan amaliy foydalana bilish hamdir, ya’ni fikrni og’zaki va yozma shaklda to’g’ri , tushunarli va savodli ifodalay bilishdir.

Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi fanining predmeti o’quvchilarga o’quvchilarga o’zbek tilini o’rgatish yo’llari va vositalari, ona tilini or’gatish, ya’ni nutqni, o’qish va yozishni , grammatika va imloni o’zlashtirib olish to’g’risidagi ilmdir.

Metodika maktab oldiga qo’yilgan ta’lim va tarbiyaviy vazifalardan kelib chiqib, ona tili o’rgatishning vazifalarini va mazmunini belgilaydi, ta’lim va tarbiya berish jarayonini tekshiradi, shu jarayonning qonuniyatlarini va ta’lim berish usullarining ilmiy asoslangan tizimini belgilaydi.

Boshlang’ch sinflarda ona tili o’qitish metodikasi yuqori sinflarda ona tili o’qitish metodikasining dastlabki bosqichi bo’lib, u tekshiradigan masalalarni boshlang’ich sinf o’quvchilariga tadbiqan (muvofiq ravishda) o’rganadi. Shu bilan birga boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasining o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Boshlang’ich sinflarda ona tilini o’qitish grammatika, imlo va unga bog’liq holda nutq o’stirish metodikasingina emas, balki xat – savod o’rgatish, sinfda va sinfdan tashqario’qish metodikalarini ham o’z ichiga oladi. Shulardan kelib chiqib, boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi quyidagi vazifalarni bajaradi:

a)boshlang’ich sinflarda ona tili kursining mazmuni, hajmi va mavjud tizimini, ya’nikursning (xat-savod o’rgatish, o’qish, grammatika, imlo, nutq o’stirish va hakozolar) dasturini belgilash va asoslash;

b)o’qish va yozuvdan bilim va ko’nikmalarning shakllanishi jarayonini hamda bu jarayonda o’quvchilar duch keladigan qiyinchiliklarni o’rganish, xatolarning sababini tahlil qilish, ularning oldini olish va to’g’rilashga yordam beradigan ish turlarini ishlab chiqish;

d) ona tilidan beriladigan o'quv materialini o'quvchilar aniq tu-

shunishi va puxta o'zlashtirishiga, ularda olgan bilimlarini amaliyotda

tatbiq eta olishga va o'quvchilam ing umumiy taraqqiyotiga, ya’ni ular­

ning zehnini, xotirasini, kuzatuvchanligini, yodda saqlashini, mantiqiy

tafakkurini, ijodiy o'ylashini, nutqini o'stirishga yordam beradigan

metod va vositalarni ishlab chiqish;

e) ona tilini o'rgatish bilan bog'liq holda maktablar oldiga qo'yilgan

tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirish, o'quvchilarda axloqiy va estetik

sifatlarni shakllantirish.

Ona tili o'qitish metodikasi ta ’limning turli bosqichlarida o'quv-

chilarning bilim, ko'nikm a va malakalarini aniqlaydi, o'qishning

muvaffaqiyati va kamchiliklarini belgilaydi, sababini izlaydi, xato va

kamchiliklami bartaraf etish usullarini topadi.

Ona tili metodikasi ta ’lim tizimining barcha bosqichlirida ona

tilini o'qitishning izchillik va uzlnksizligini ta’minlaydi. Maktabgacha

tarbiya muassasasida, asosan, bolalaming nutqini o'stirish nazarda

tutiladi. Boshlang'ich sinfda o'quvchilar nutqini o'stirishdan tashqari,

ona tilidan elementar nazariy tushunchalarni amaliy o'zlashtirishlari

ham nazarda tutiladi. beradigan ish turlarini ishlab chiqish;

d) ona tilidan beriladigan o'quv materialini o'quvchilar aniq tu-

shunishi va puxta o'zlashtirishiga, ularda olgan bilimlarini amaliyotda

tatbiq eta olishga va o'quvchilam ing umumiy taraqqiyotiga, ya’ni ular­

ning zehnini, xotirasini, kuzatuvchanligini, yodda saqlashini, mantiqiy

tafakkurini, ijodiy o'ylashini, nutqini o'stirishga yordam beradigan

metod va vositalarni ishlab chiqish;

e) ona tilini o'rgatish bilan bog'liq holda maktablar oldiga qo'yilgan

tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirish, o'quvchilarda axloqiy va estetik

sifatlarni shakllantirish.

Ona tili o'qitish metodikasi ta ’limning turli bosqichlarida o'quv-

chilarning bilim, ko'nikm a va malakalarini aniqlaydi, o'qishning

muvaffaqiyati va kamchiliklarini belgilaydi, sababini izlaydi, xato va

kamchiliklami bartaraf etish usullarini topadi.

Ona tili metodikasi ta ’lim tizimining barcha bosqichlirida ona

tilini o'qitishning izchillik va uzlnksizligini ta’minlaydi. Maktabgacha

tarbiya muassasasida, asosan, bolalaming nutqini o'stirish nazarda

tutiladi. Boshlang'ich sinfda o'quvchilar nutqini o'stirishdan tashqari,

ona tilidan elem entar nazariy tushunchalarni amaliy o'zlashtirishlari

ham nazarda tutiladi. 0 ‘quvchilarga ta ’lim-tarbiya berish vazifalaridan biri ularda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirishdir. Bu vazifani hal qilishda maqsadga muvofiq ishlashning yetakchi sharti — o'quvchini shaxs

sifatida muvaffaqiyatli kamol toptirishdir. Quyida ko'rsatilgan omillar

tilni o'rgatish bilan bog'liq holda o'quvchilarda ilmiy dunyoqarash

elementlarini shakllantirish usulini belgilaydi:

1. Tilning ijtimoiy hodisa sifatidagi mohiyati uning aloqa (kom-

munikativ) vazifasini ifodalashdan iboratdir. Maktabda, shu jumladan,

boshlang'ich sinflarda tilni o'rgatishning yetakchi yo'nalishi o'quvchilar

tomonidan tilning aloqa vazifasini bajarishini tushunishlariga erishish

hisoblanadi.

2. Til bilan tafakkur uzviy bog'liq b o 'lib , tafakkur so'z vositasida

yuzaga chiqadi. Til tafakkurning mahsuli hisoblanib, ongdan tashqarida

o 'zich a yashamaydi.

3. Til va tafakkur atrofimizni o 'rab olgan moddiy borliqqa nisba­

tan ikkilamchidir. Tafakkur tashqi dunyoning tushunchadagi ifodasi

hisoblanadi. So 'z tushunchaning shartli nomini o'zida aks ettiradi.

Dunyoda yo'q narsa ongda ham, tilda ham bo'lmaydi. Bu holat

o'quvchilarda dunyoqarashni shakllantirish asosini tashkil etadi va

didaktik tamoyillardan birini, ya’ni til atrofni o'rab olgan m uhitni, vo­

qelikni kuzatish jarayonida faol bilish faoliyati vaziyatida o'rganilishini

belgilaydi. Bunday yondashish dunyoqarashning asosiy masalalaridan

biriga, ya’ni nima birlamchi: tabiat (materiya)mi yoki ongmi degan

savolga javob tayyorlash hisoblanadi; materiya — birlamchi, ong —

ikkilamchi degan tushunchadan o'q u v ch ilam in g xabardor bo'lishiga

yordam beradi.

4. Til — barcha tomonlari o'zaro dialektik bog'lanishda va birlikda

bo'lgan murakkab, ko'p qirrali hodisa. Aloqa jarayonida tilning barcha

tomonlari, uning barcha jihatlari bir-biriga o'zaro ta’sir etadi, shunday

sharoitdagina til o'zining aloqa quroli vazifasini bajara oladi.

Maktabda tilning barcha tom onlari (talaffuzi, fonetikasi, leksi-

kasi, grammatikasi, so'z yasalishi)ni o 'z a ro bog'liq holda o'rganish ona tilini o ‘rgatishdagi yetakchi tamoyil bo'lib, uni amalga oshirish

o'quvchilaming tilni murakkab, rivojlanuvchan, o'zaro bog'langan

muhim tomonlarga ega bo'lgan hodisa sifatida anglab yetishlari uchun

ilmiy asos yaratadi. Tilning mohiyatini bunday idrok etish hodisa-

larning rivojlanuvchanligi va o 'zaro bog'langan qismlardan tuzilishini

tushunishga zamin hozirlaydi.

Maktab tajribasi va maxsus tekshirishlar shuni ko'rsatadiki,

yuqorida qayd etilgan dastlabki qoidalarni o'quv jarayonida amalga

oshirishda ijtimoiy hodisa sifatida til haqidagi bilimlar majmuasini

to 'g 'ri tanlash, asosiy til hodisalarini va turlarini tushuntirishda

o'qituvchining tutgan metodologik yo'lining aniqligi, o'quvchilar

fikrlashini faollashtirish, til nazariyasini o'rgatishga asos bo'ladigan

til materialining yuqori sifatli bo'lishi kabi dalillar hal qiluvchi ta ’sir

etadi. Shubhasiz, har bir omil maktab tajribasida bir-biridan ajralgan

holda bo'lmaydi. Aksincha, ulam ing bir-biriga to 'g 'ri, maqsadga

muvofiq ta ’siri ijobiy natija beradi. Tushuncha atrof-muhitdagi predmet va hodisalarning muhim

belgilari va o ‘zaro aloqadorligi aks ettirilgan tafakkur shaklini tasvirlab

ko'rsatadi.

Grammatik tushunchalarda ham, boshqa tushunchalar kabi, hodi­

salarning muhim belgilari umumlashtirilgan holda aks ettiriladi. Til

hodisalarining o ‘ziga xos xususiyati, ya’ni tushunchaning mazmun

tomoni grammatik tushunchaning o ‘ziga xos xususiyatini keltirib

chiqaradi. Til hodisalari, til kategoriyalari boshqa hodisalarga nisbatan

juda mavhumligi bilan farqlanadi. Biologik tushunchalarni shakl-

lantirishda belgilarini kuzatish, bir tizimga solish va umumlashtirish

mumkin b o ‘lgan aniq hodisalar va predmetlar material sifatida asos

qilib olinadi. G ramm atik tushunchalar esa so‘z, so ‘z birikmasi, gap,

morfema, leksema, fonema va boshqalaming o'ziga xos muhim bel­

gilarini aniqlash va umumlashtirish natijasi hisoblanadi. Boshqacha

qilib aytganda, kishilar tomonidan yaratilgan grammatik tushunchaga

asos bo'lgan dastlabki materialning o'zi yetarli darajada mavhum-

dir. Demak, grammatik tushunchalar umumlashtirilganlarning yana

umumlashtirilgani hisoblanadi. O'qituvchi imloviy malakaning psixologik tabiatidan kelib chiqib,

kichik yoshdagi o'quvchilarda imloga oid malakani shakllantirish ustida

ishlash metodikasini belgilaydi.

Imloviy malaka maxsus nutq malakasidir. To'g'ri yozuv - maxsus

nutq faoliyati; yozuv ham murakkab harakat bo'lib, uning asosida nutq

yotadi. Imloviy malaka nutq faoliyatining komponenti sifatida gapni

sintaktik jihatdan to'g'ri tuzish, so'zni uslubiy aniq qo'llashni ham o'z

ichiga oladi.

Imloviy malaka murakkab malaka bo'lib, uzoq davom etadigan

mashqlar jarayonida yaratiladi va so'zni fonetik tomondan tahlil qilish,

uning morfemik tarkibini aniqlash ko'nikmasi kabilarga asoslanadi.

Psixologiya malakani avtomatik harakat, ya’ni mashqlar natijasida

asta-sekin avtomatlashgan ongli harakat deb belgilaydi. Avtomatla-

shish o'rganilgan imlo qoidasining oson yoki qiyinligiga bog'liq.

Imloviy malaka o'z tabiati bilan avtomatik hisoblanmaydi. Malaka

asosiga qo'yilgan ko'nikma mustahkamlanadi, takomillashadi, yaxshi-

lanadi (harakat tezlashadi, aniq va to'g'ri bo'la boshlaydi, ishonarli va

tejamli bajariladi); shuning bilan birga, faoliyatning tuzilmasi qayta

quriladi: mayda birlik bilan ishlash kengroq, butun, qo'shilgan birliklar

bilan ishlashga o'tadi (masalan, so'zni harflab ko'chirish, bo'g'inlab

ko'chirish bilan, keyin so'zni yaxlit ko'chirish bilan, so'ngra u gapni

ko'chirish bilan almashadi). Bir imlo malakasi avtomatlashadi, im­

loga oid boshqa hodisa o'rganiladi va asta-sekin so'zni to'g'ri yozish

malakasi hosil bo'ladi. Umuman olganda, yozuv murakkab harakat

sifatida ongli jarayonligicha qoladi.

To'g'ri yozuv malakasining shakllanishi uchun o'quvchidan fikr-

lash faoliyati talab etiladi. Biror to'g'ri yozuv hodisasini o'zlashtirish

uchun o'quv va yodda saqlashgina emas, balki analiz va sintez •

tatbiq etiladi. Bunda grammatik va imloviy hodisalarning o'xs! . va farqli tomonlarini aniqlash uchun taqqoslash usulidan foydalanish

hamda so‘z va so‘z shakllarini ma’lum grammatik yoki grafik gu­

ruhlarga ajratish, muayyan tizimga solish, tushuntirish va isbotlash

mashqlaridan foydalanish muhim o'rin tutadi.

Shunday qilib, orfografiyani o'rgatishda, grammatikani o'rgatish

kabi, 0‘quvchilarning analitik-sintetik faoliyatini asta takomillashtira

borish talab etiladi.

Lotin alifbosini qabul qilish orqali o'zbek tilining milliy xususiyatlarini aks ettiruvchi yozuvga ega bo'ldik. SHuningdek, alifbomiz ingliz tili asosida ishlab chiqilgan va dunyo miqyosida amal qilayotgan kompyuter sistemasiga moslandi, bu bilan o'zbekcha matnni dunyoning istalgan nuqtasiga uzatish imkoni tug'ildi.

Orfografiya (to'g'ri - yozaman) yozuv tizimining ikkinchi qismi bo'lib, tilshunoslik fanining alohida bir bo'limidir. U to'g'ri yozish me'yorlarini belgilovchi qoidalar tizimidan tarkib topadi. To'g'ri yozish imlo savodxonligi deb ham yuritiladi. YOzma nutq yagona tarzda yozishning ma'lum ilmiy qonun qoidalari tizimi bo'lgan imlo va uning tamoyillariga tayanadi.

Grafika ham, orfografiya ham yozuv bilan bog'liq bo'lsada, ular mazmunan farqlanadi. Masalan, maktab so'zidagi harflarning to'g'ri yozilishini (balandligi, kengligi, ulanishi, tuzilishi kabi jihatlardan) grafika aniqlasa, so'z oxiridagi "b" undoshining og'zaki nutqda jarangsizlashib "p" tarzida aytilsada (maktap) "b" deb yozilishini imlo me'yorlari belgilaydi.

1995 yilning 24 avgustida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 339-sonli qarori bilan lotin grafikasi asosidagi yangi o'zbek yozuvining asosiy imlo qoidalari ham tasdiqlandi. Hozirgina amal qilib kelingan imlo qoidalari 1956 yilning 4 aprelidan boshlab joriy qilingan bo'lib, o'zbek tilshunosligining so'nggi yillardagi sezilarli taraqqiyoti, til hodisalarini chuqur tushunish kabilar imlo qoidalari yangilash zaruriyatini keltirib chiqardi. Bu imlo qoidalari mazmun va mohiyatiga ko'ra, tuzilish jihatidan bir-biridan farq qiladi.

Oldingi imlo qoidalari quyidagi 5 bo'limni o'z ichiga oladi:

1.Ayrim harflarning imlosi (1-30 - qoidalar).

2.O'zbek negiz va qo'shimchalar imlosi (31-55 - qoidalar).

3.Qo'shma so'z va so'z birikmalari imlosi (56-58 - qoidalar).

4.Bo'g'in ko'chirilishi (59-62 - qoidalar).

5.Bosh harflarning yozilishi (63-72 - qoidalar).

YAngi imlo qoidalari quyidagi 7 bo'limni o'z ichiga oladi:

1.Harflar imlosi.

Unlilar imlosi (1-7 - qoidalar).

Undoshlar imlosi (8-32 - qoidalar).

2.Asos va qo'shimchalar imlosi (33-37 - qoidalar).

3.Qo'shib yozish (38-50 - qoidalar).

4.CHiziqcha bilan yozish (51-58 - qoidalar).

5.Ajratib yozish (57-65 - qoidalar).

6.Bosh harflar imlosi (66-74 - qoidalar).

7.Ko'chirish qoidalari (75-82 - qoidalar).

Imlo qoidalarini yaxshi bilish yozma nutq mazmunini to'g'ri va aniq idrok qilishga yordam beradi.

Orfografiya prinsiplari imlo qoidalarining tuzilishiga asos bo'lgan tamoyillardir. Ularning quyidagi turlari bor:




Download 47,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish