Pedagogika instituti umumiy tarix kafedrasi



Download 466 Kb.
bet1/5
Sana17.01.2020
Hajmi466 Kb.
#34938
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti umum-1

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT

PEDAGOGIKA INSTITUTI

UMUMIY TARIX KAFEDRASI
Himoya qilishga ruxsat beraman

Tarix fakulteti dekani

___________ dots.S.X.G’oziyev

____ _____________ 2013 y.



5140600 – tarix yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun
O’RTA OSIYO QADIMGI AHOLISI TARIXI YOZMA MANBALARDA

mavzusida bajarilgan





Bajaruvchi: Sariyev Sh

Ilmiy rahbar: Hamrayev G’


BMI Umumiy tarix kafedrasi yig’ilishining qarori bilan (Qaror № __ ___. ___. 2013 y) himoyaga tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri

F.Toshboyev __________

(Ismi va sharifi) (imzo)
Jizzax – 2013

O’RTA OSIYO QADIMGI AHOLISI TARIXI YOZMA MANBALARDA
Reja:

Kirish

I-BOB.O’RTA OSIYO QADIMGI AHOLISI TARIXINING ARXEOLOGIK MA’LUMOTLAR VA YOZMA MANBALARDA AKS ETTIRILIShI
1.1. O’zbekiston hududidagi eng qadimgi davlat tuzilmalari

1.2. O’rta Osiyo hududidagi qadimgi davlatlar (mil.avv. IV asrdan milodning IV asrigacha)

1.3. “Avesto” – O’rta Osiyo tarixini o’rganish bo’yicha eng qadimgi yozma manba

II-BOB.MAVZUNI INNOVASION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O’QUVCHILARGA O’RGATISH USULLARI
2.1. Pedagogik texnologiyalarning ta’lim tizimida tutgan o’rni va ahamiyati

2.2. O’rta Osiyo qadimgi aholisi tarixi yozma manbalarda mavzusini O’zbekiston tarixi darslarida o’quvchilarga o’rgatish usullari

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


A.Qodiriy nomidagi ’JDPI Tarix fakul’teti 4-kurs bitiruvchisi Sariyev Sheralining “O’rta Osiyo qadimgi aholisi tarixi yozma manbalarda” mavzusi bo’yicha yozgan bitiruv malakaviy ishiga

T A Q R I Z

O’rta Osiyoning qadimgi tarixini o’rganishda yunon va rim tarixchilarining o’mi beqiyosdir. Jumladan: Qadimgi yunon tarixchisi Gerodot o’zining 9 tomli “Tarix” asarida vatanimiz tarixi haqida qimmatli ma’lumotlar yozib qoldirgan. Bu asarda O’rta Osiyo qadimgi xalqlarining davlat boshqaruv tizimi, urf-odatlari, marosimlari va an’analari^xaqida ma’lumotlar beradi. Yana bir yunon tarixchisi Ktesiy Knidsiy Baqtriya haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Ushbu davlat haqidagi ma’lumotlar, shuniningdek Arrian, Strabon, Kvint Kursiy Ruf, Diador kabi mualliflaming asarlarida ham mavjud bo’lib, ular bu podsholikning qadimiyligi va yuksak madraniyati haqida ma’lumotlar yozib qoldirgan.

Bitiruvchi talaba Sariyev Sheralining “O’rta Osiyo qadimgi aholisi tarixi yozma manbalarda” mavzusi xam xozirda urganilishi lozim bulgan dolzarb mavzulardan biri xisoblanadi. Tadqiqot ishi tarkibiy jihatdan kirish, ikki bob va xulosa qismlaridan tashkil topgan. Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, mavzuning tarixshunosligiga alohida to’xtalgan.

BMIninig birinchi bobi O’rta Osiyo qadimgi aholisi tarixining arxeologik ma’lumotlar va yozma manbalarda aks ettirilishi deb nomlangan va uch qismga ajratib tahlil qilingan. Birinchi qismda O’zbekiston hududidagi eng qadimgi davlat tuzilmalari haqida so’z boradi. Ikkinchi qismda O’rta Osiyo hududidagi qadimgi davlatlar (mil.avv. IV asrdan milodning IV asrigacha) tarixining arxeologik va yozma manbalarda aks ettirilishiga e’tibor qaratiladi. Uchinchi qismda esa “Avesto” - O’rta Osiyo tarixini o’rganish bo’yicha eng qadimgi yozma manba ekanligi eng so’nggi ma’lumotlar asosida tahlil etiladi.

O’rta Osiyoning qadimgi tarixini o’rganishda “Avesto” ning o’rni beqiyosdir. Unda diniy e’tiqod va xalqlaming o’zaro aloqalari bilan bir qatorda ularning hayoti, turmushi, urf-odatlari, marosimlari aks ettirilgan. Shuningdek bu buyuk

asarda tarix, falsafa, dinshunoslik, manbashunoslik, geografiya, etnografiya va umuman, ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha jabhalariga oid eng qadimgi ma’lumotlar to’plangan.

Tarixdan ma’lumki kishilk jamiyati o’z tarixining ko’proq qismini yozuvsiz o’tkazgan. U yozuvga yetib kelguncha uzoq yo’lni bosib o’tgan va nutqini yozib olish uchun bir necha ming yil ilgarigina belgilar qo’llanila boshlagan. Odamning tajribasi va bilimi orta borgani sari unga berilganlarini yodda tutish va boshqalarga zarurati tug’iladi. Zamonaviy til bilan aytganda, axborotni saqlash va uzatish muammosi kelib chiqadi. Bu muammolaming yechimi esa, albatta voqealami yozma ravishda saqlashdan iborat bo’ladi.

Ikkinchi bobda esa tadqiqotchi tomonidan axborot tehnologiyalardan foydalanish jarayonini, dars samaradorligini oshirishdagi salmoqli o’rinni bayon qilib berilgan.

Talabaning mazkur malakaviy bitiruv ishi talabga javob beradi. Malakaviy- bitiruv ishni ijobiy baholayman. Ushbu tayyorlangan ishdan maktab, akademik litsey va kollejlaming tarix o’quvchilari va tarixni o’rganishga qiziqqan tadqiqotchilar foydalansa foydadan holi bo’lmaydi.

K.o’qit. A.Valiyev





A.Qodiriy nomidagi JDPI Tarix fakul’teti 4-kurs bitiruvchisi Sariyev Sheralining “O’rta Osiyo qadimgi aholisi tarixi yozma manbalarda” mavzusi bo’yicha yozgan bitiruv malakaviy ishiga

T AQRIZ

O’rta Osiyo qadimgi aholisi tarixining yozma manbalarda aks ettirilishini Respublikamizda nashr etilayotgan ilmiy adabiyotlarga tayanib eng yangi ma’lumotlar asosida yoritib berishdan iborat. Vazifasi esa, ko’zlangan maqsaddan kelib chiqqan holda bugungi kunda Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohatlar mazmun mohnyatini chuquranglashdan iborat. Chunki vatanimiz tarixining har bir satri, har bir varag’i milliy qadriyatlarga hurmat ruhi bilan sug’orilgan bo’lishi va milliy istiqlol tafakkurining kamol topishiga xizmat qilishi lozim.

Sariyev Sheralining “O’rta Osiyo qadimgi aholisi tarixi yozma manbalarda” mavzusidagi BMI ishi kirish, ikki bob va xulosa qismlaridan tashkil topgan.

BMIninig birinchi bobi O’rta Osiyo qadimgi aholisi tarixining arxeologik ma’lumotlar va yozma manbalarda aks ettirilishi deb nomlangan va uch bandga ajratib tahlil qilingan.

Ushbu bobning birinchi bandida O’zbekiston hududidagi eng qadimgi davlat tuzilmalari haqida so’z boradi.

Ikkinchi bandida esa O’rta Osiyo hududidagi qadimgi davlatlar (mil.avv. IV asrdan milodning IV asrigacha) tarixining arxeologik va yozma manbalarda aks ettirilishiga e’tibor qaratiladi.

Uchinchi bandda esa “Avesto” - O’rta Osiyo tarixini o’rganish bo’yicha eng qadimgi yozma manba ekanligi eng so’nggi ma’lumotlar asosida tahlil etiladi.

Tarix bo’lib o’tgan tarixiy voqyea va hodisalarni tahlil qilish, fikrlash va

ulardan hayotiy xulosalar chiqarish asosida dasturiy xarakatlar yo’llanmasini

belgilashga yordam beradi. Milliy o’zlikni anglashda, milliy birlikni shakllantirishda, shajaramiz ulug’ligi va pokligimizni bilishda, dono xalqimizning jahon xalqlari orasida tutgan o’rniga baho berishda, uning boy hayotiy tajribalaridan kengroq foydalanishda, xalqimizning oliyjanob, hurriyatparvar va erkparvaran’analarini izchil o’rganish va uni yanada boyitishda, xullas barkamol, haqiqiy inson shaxsini yaratishda Vatan tarixining o’mi benihoya kattadir.

Ikkinchi bobda esa tadqiqotchi tomonidan axborot texnologiyalardan foydalanish jarayonini dars samaradorligini oshirishdagi salmoqli o’rni bayon qilib berilgan.

Bitiruv - malakaviy ishining xulosa qismida ishga ilmiy hulosalar berilgan. Bitiruv malakaviy ishni yoritishda ko’pgina adabiyotlardan foydalangan va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatini ishning oxirida ro’yxatini bergan.



Bitiruv malakaviy ish ayrim kamchiliklardan xoli emas. Jumladan, ishda imlo xatoliklari mavjud, ayrim jumlalarda g’alizliklar bor. Ushbu xatoliklami tuzatsa bo’ladi. Shuning uchun ishni yuqori saviyada deb baholayman.



Download 466 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish