Pedagogika instituti tarix kafedrasi tarix fanining nazariy asoslari


-maruza: Tarix fani metodologiyasida asosiy falsafiy yondoshuvlar



Download 322,65 Kb.
bet7/14
Sana25.05.2023
Hajmi322,65 Kb.
#944038
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
назария мажмуа (2)

7-maruza: Tarix fani metodologiyasida asosiy falsafiy yondoshuvlar
Tarix fani metodologiyasi asoslari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

1.Metodologiya tushunchasi.


2.Tarix fani metodologiyasi tushunchasi.
3.Tarix fani metodologiyasi asoslari fanining maqsadi va vazifalari.

1) Metodologiya-yunoncha “metod”-usul, “logiya”-bu tuzilma to’g’risidagi ta’limot, faoliyat metodlari va faoliyat vositalarini mantiqiy tashkillashtirish demakdir. Metodologiya atamasi miloddan avvalgi IV asrda Aristotel asarlaida uchraydi.


2) Metodologiya-bu nazariy va amaliy faoliyatni qurilish va tashkillashtirish usullari va tamoyillar tizimidir.
3) Bu tizim to’g’risidagi ta’limot, metod nazariyasi.
Metodologiya bu unga tegishli metodlar to’plami. Fan metodologiyasi ilmiy bilimni tuzilmasi va rivojlanishini tadqiq qiladi, ilmiy tadqiqot vositalari va metodlarini tadqiq qiladi, uni natijalarini asoslash usullarini tadqiq qiladi, ilmiy bilishni amalgam tadqiq qilishni mexanizm va shakllarini tadqiq qiladi.
4) Metodologiya- bu bilishning ilmiy metodi to’g’risidagi fan yoki boshqacha aytganda boshqa fanlar kabi tarix fanida ham qo’llanadigan metodlar to’plamidir. Bu ma’lum tushunchalardan metodologiya faoliyatni tashkil etishdir. E’tirof etilgan metodologiya tushunchasi quyidagilarni tashkil qiladi: tadqiqotning ob’yekti va predmetlarini (ob’yektning turli tomonlarini) tasvirlash,
o’rganish maqsadlarini aniqlash, muammo va masalalarni qo’yish qo’yilgan muammolarning manbalarini ochish, tadqiqot muammolarini tarixshunoslik nuqtai-nazaridan asoslash, vositalar tasviri (bilishni belgilash yo’llari metodlari), bilimni o’zini tasvirlash yoki tadqiqotda foydalaniladigan definitsiyalar. Biz agar metodologiyani faoliyatni tashkil etishdagi fan deb qaraganimizda tashkil qilish yoki “tashkilot” tushunchasini mazmunini quyidagicha ko’rib chiqamiz. Tushuncha bo’yicha tashkilot bu:
1. Ichki tartibga solinganlik, o’z tuzilishi bilan ma’lum darajada differensiyalashgan va avtonom qismlarini o’zaro harakatini kelishilgani;
2. Butunni qismlari o’rtasidagi o’zaro aolqalarini tashkil topishi va mukammallashishiga olib boradigan jarayonlar yoki faoliyatlarni mosligi;
3. Ba’zi dastur yoki maqsadni amalgam oshirish uchun ma’lum bir qoida va tartiblar asosida harakat qiladigan kishilar guruhi;
Tashkilot. Yuqorida aytilganlarga asoslangan holda metodologiyani quyidagicha tasavvur qilamiz: Xossa. Tabaqalashgan ma’lum darajada butunni uni tuzilishi bilan shartlangan avtonom qismlari ichki tartibga solingani, kelishilgani o’zaro faoliyati
Jarayon. Butunni qismlari o’rtasida o’zaro aloqalarni tashkil topishi, mukammallashuviga olib keladigan jarayon yoki harakatlarni mosligi Tashkiliy tuzilma. Ma’lum bir tartib-qoidalar asosida harakat qiladigan ba’zi dastur yoki maqsadlarni hamkorlikda amalgam oshirish uchun odamlar birlashmasi Shunday tarzda metodologiyaning tuzilmasini quyidagi chizmasini ko’rish mumkin:
Faoliyatni vaqtinchalik tuzilmasi; Fazalar, bosqichlar, faoliyat bosqichlari.
Yangi davrdan boshlab (XVI-XVII asrlar) metodologik g`oyalar faqat falsafada emas, balki jadal rivojlanayotgan mexanika, fizika, kimyo, tarix va boshqa fanlar doirasida rivojlandi.Metodologiya atamasi ikki asosiy ma`noga ega: fanda malum usul va metodlarni qo`llanilishi; bu tizim to`g`risidagi ta`limot, metodni umumiy nazariyasi, harakatdagi nazariya.
Metodologiya metodning umumiy nazariyasi falsafada, fanda kashf etilgan metodlar, vositalar va priomlarni umumlashtirish va ishlab chiqish zaruriyatida shakllandi. Tarixan dastlab metodologiyani muammolari falsafa fani doirasida ishlab chiqildi. Suqrot va Aflotunning dialektik metodi, F. Bekonning induktiv metodi, R.Dekartning ratsional metodi, G.Gegel va K.Marksning dialektik metodi, L.Gusserlning fenomenologik metodi shular jumlasidandir. Shu sababli hozirgacha metodologiya falsafa va uning gnoseologik (bilish nazariyasi) va dialektika bilan yaqin aloqada.
Metodologiya dialektikadan ko`ra ma`lum ma`noda “keng” bo`lib, nafaqat umumiy, balki metodologik bilimning boshqa darajalarini ularni o`zaro aloqasini, modifikatdiyasini o`rganadi. Bilish nazariyasi sifatida metodologiya bilishning shakl va metodlarinin o`rganib qolmay, bilish tabiati muammolarini, bilishni amaliyotga munosabatini, bilish subyekti va obyektini, bilishning imkoniyatlarini va chegaralarini, uni haqiqiyligi mezonlarini va h.k. o`rganadi. Bundan tashqari metodologiya gnoseologiyadan ham “kengroq”, qaysiki uni faqat bilish metodi qiziqtirmay inson faoliyatini boshqa shakllari ham qiziqtiradi.
Mantiq (logika) fani metodologiya bilan yaqin aloqada, u tayyor bo`lgan bilimni tuzilmasini bayon etilganlarni aniq mazmuni va fikriy xulosalardan chetlashgan holda ramzlar va formulalar tilida uni formal aloqalari va unsurlarini tavsiflashga asosiy e`tiborni jalb qiladi.
Bilish nazariyasi fan metodologiyasi asosida yotadi. Bilish nazariyasi mavjud bo’lmasa, ilmiy tafakkur tamoyillari tizimini va uni metodlarini asoslab bo’lmaydi; aslida bilish nazariyasi bizning ongimiz, bizni bilimimizga uning aprior, empiric unsurlariga bergan e’tibor-ahamiyatni belgilaydi, o’sha tub asoslarga asosan biz uni huquqiy va umumahamiyatli deb tan olamiz; bizning tarqoq tasavvurlarimiz uchun birlashtirilgan ahamiyatga ega bo’ladi; bizning umumiy va ayrimlik to’g’risidagi bilimlarimizga qo’shib qo’yadigan o’sha ilmiy qiymat bo’ladi. Shu bilan birga yuqorida ko’rsatilgan muammolarni boshqa yechimga ko’ra biz mohiyatan boshqa emas, o’sha tamoyillarni qabul qilamiz, demak ular shartlagan fan metodlarini qabul qilamiz, boshqacha aytganda tegishli metodologiyani quramiz. Shunday qilib, fan metodologiyasi nazariy-bilish nuqtai nazaridan quriladi. Bilish nazariyasi uzoq vaqt bir tomonlama qurildi. U faqat tabiiy bilimlarni e’tiborga oldi va faqat “Tabiatni” o’rganishga qarab qoldi; keyingi vaqtda esa bilish nazariyasi yangi soha-tarixiy bilish nazariyasi bilan boyidi. Qaysiki, bu soha XVIII asrning oxiri XIX asrda mutafakkirlar tarixiy bilimni o’zini mantiqiy tuzilmasiga e’tibor bera boshladilar.
Fan tarzida metodologik mulohazalar odatda buyuk kashfiyotlar orqasidan borgan, chunki ilmiy ijodiyot metodologiya tomonidan yaratilmaydi, fan ham birdaniga yuzaga kelmaydi, uning keyingi rivoji uni metodologiyasini ishlanish darajasida bog’liq bo’lmaydi, bu yerda metodologiyaning fanni rivojlanishidagi o`rni emas, balki fan uchun ahamiyati to’g’risida so’z boradi. Amaliy nuqtai nazardan fanni metodologiyasi mantiqan uning xulosalari, uni tizimli yaxlitligi orqasidan boradi.
Metodologik mushohada bo’lmasa, asosiy tushunchalar o’ziga xos an’analarga suyanadigan bo’lib qoladi, ular umuman aniqlanmaydi yoki noto’g’ri anglanadi, qat’iy ishlab chiqilmagan atamalar mavjud bo’lmasa, u har bir tadqiqotchi tomonidan turlicha tushuniladi.
Bizni tafakkurimizdagi har qanday sohada ko’proq birlik izchillik va kelishuvchanlik hosil qilinsa, metodologiyani o’rganish bizni xulosalarimizni o’zimiz va boshqalar uchun yana ishonchli qiladi, faqat asoslarni yaxlitligi yoki birligi, yoki asosiy nuqtai nazarni saqlanganligi birlashishda izchillik va xulosalarni o’zaro kelishuvi bo’lganda, ularni o’zimiz va boshqalar uchun haqiqatdan ishonchli bo’lishini ta’minlash mumkin.

  1. Tarix fani metodologiyasi tushunchasi. Tarixiy tadqiqot metodologiyasi tarixchi va faylasuflarning e’tibor beradigan ob’yektidir. Bu yerda metodologiya so’zi nazariy va amaliy faoliyatni qurish va tashkil qilish usullari, tamoyillari tizimi to’g’risidagi ta’limot tushunchasini bildiradi.

Nazariya – oldingi faoliyatni natijasi, uning asosiy funksiyasi – tushuntirish haqiqatni, qonunlarni, sabablarni izlash maqsadida oldindan aytish, ob`yektni mohiyati, qonuniyatlarni aks ettiradigan tizim, ma`lum predmetni mohiyat –mazmunini ochish muammosini yechishga qaratilgan. Nazariya voqelikni aks ettirib o`zgaradi, ko`chib o`tadi, har qanday ilmiy metod ma`lum bir nazariya asosida ishlab-chiqiladi. Nazariya bu bilim sohasida fanda qonuniyatlar va jiddiy aloqalar to’g’risida yaxlit tasavvur beradi. Nazariy bilim amaliyotda tizimlashadi, buyumlashadi va ob`yektivlashadi. Nazariya va metodni bir-biriga o`xshashligi mavjud, ular o`zaro bog`liq bo`ladi.
Boshqa fanlar kabi tarix fani ham o’z nazariya va metodologiyasiga ega. Tarix fanida nazariya deb asosiy g’oyalar tizimiga aytiladi. Tarixni nazariy-metodologik asoslari fan sifatida fanda xos bo’lgan qonuniyat va tamoyillar, tushuntirish apparati va bilish metodlariga ega.
Tarix fani metodologiyasi asoslari o`z tadqiqoti va o`ziga tegishli o`rganish metodlariga ega. U tarix bilimni asoslarini mushohada qilib, tarixiy tushunchalarni asoslangan tizimini ishlab chiqishga yordam beradi. Maxsus tadqiqotlar bunday tizimni bera olmaydi: ular faqat u uchun material tayyorlaydi, lekin o’zaro kelishilgan tarixiy tushunchalar tizimini tarixiy bilishning asosiy tamoyillarini ko’rib chiqish va shakllantirish va ularning metodik ochish yo’li bilan ko’rib chiqiladi. Buni butun tarix fanini ichida yanada izchil tadqiqot o’tkazish orqali amalga oshirish mumkin.
Tarix fani metodologiyasi yana qo’shimcha tushunchalardan foydalanadi, ulardan foydalanmasdan turib, metodologiyani tuzulmasini qurish, metodini o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash mumkin emas. Tarix metodologiyasi umumiy maqsaddan tashqari o’ziga xos vazifa tarixiy bilimni asoslashga harakat qiladi. Chunki har qanday bilimni o’zini mavjudligini mantiqiy jihatdan shartlaydigan bilimning asosiy tamoyillariga keltirishi lozim, bu tarixiy bilimga ham tegishli; tarixiy bilim ham faqat o’zi bilan shartlanmagan shuning uchun u o`zidan hosil bo`ladigan tamoyilllar ya’ni qoidalarni ishlab chiqadi. Ular asosiy qonun-qoidalar bilan qo`shgan holda bizni tajribalarimizni tarixiy nuqtai nazardan o’rganish imkoniyatini beradi va tarixiy bilimga tizimli yaxlitlikni beradi; tamoyillar va metodlar o’rtasidagi bog’liqlik bilan esa metodologik fan sifatida tafakkurning ma’lum materialiga ma’lum bu nuqtai nazar beriladigan tafakkur metodini aniqlaydi; shu tarzda u tarixiy metodni umumiy ahamiyatini kuchaytiradi.
Bilishning tamoyil va metodlari yuzasidan tafakkur qilish ahamiyatini intivituist olimlar kamsitishga harakat qiladilar. Ular tarixiy bilim va uni genezisi asoslari o’rtasidagi farqlarga kam e’tibor qiladilar. Ularning ba’zilarini fikricha har bir tadqiqotchi ma’lum tamoyillardan foydalanadi, ish jarayonini o’zida tadqiqot materiallarini rivojlantiradi. Metod maxsus ilmiy ish jarayonida rivojlanadi, lekin asoslash uni xususiy rivojlanishi bilan almashtirishi mumkin emas, bunday asoslashlarni ma’lum metod asosida yotadigan va uni mantiqan oqlaydigan umumiy tamoyillarni faqat metodologik mushohadalar yo’li bilan oqlash mumkin. Ularning ahamiyatini aniq bilish tadqiqotchini ilmiy tafakkurini boshqaradi.
Bilish nazariyasi va uni genezisi to’g’risidagi bunday tushunchlarni mavjudligini metodologik mushohada raqiblari intivituistlar ilmiy ijodiyotda, ilmiy metodga nisbatan qo’llaydilar. Ularning fikricha ijodiy tasavvur yaratilmaydi, ilmiy metod intuitiv yaratiladi va uni asoslash uchun alohida mushohadalarga muhtoj bo’ladi. Ijodiy tasavvur hech qanday metodologiya bilan yaratilmaydi, lekin metodologiyada ulardan to’g’ri yoki noto’g’ri foydalanish mumkinligi mezonlari to’g’risida tushuncha hosil bo`ladi. Yetarli ijodiy tasavvurga ega bo’lmagan odam haqiqiy tarixchi-olim bo’la olmaydi. Tarixchi olim o`zidan uzoq bo’lgan, ba’zida o’zini odatdagi holatidan o’zida begona ong holatini qayta tiklashi lozim va o’z zamondoshlarida bir-biriga begona bo’lgan g’oyalarni qo’shib tasavvur qilishlari lozim. U inson kechinmalarini his qilishi uchun qizg’in tempramentga ega bo’lishi lozim. Qaysiki, inson hayotini turli xil ko’rinishlari bilan qiziqishi uchun o’zi qiziqqan hodisani his qilishi, begona qiziqish manfaatlariga chuqur cho’mishi, ularni o’ziniki qilish va hokazo.
Aksincha u o’zida dalillarni tushuntirish uchun u yoki bu darajada dadil gipotezani tasavvur qilishi lozim. Bunday ijodiyotsiz tarixchi qandaydir bir yaxlit yirik tarixiylikni qura olmaydi, tarixchida o’zining shaxsiy individual ijodiyotini mavjudligi bu dalil, uni hech qanday tarixiy metod bilan yaratish mumkin emas.
Shu bilan birga tarixchi tadqiqotni ma’lum tamoyil va metodlaridan foydalanadigan o’sha asoslarini anglashi lozim. Tarixchi-olim intuitiv-sintetik metodlarni natijalarini tan olishi lozim, uning asosida aynan qanday tamoyillar yotadi va uni ahamiyati qandayligini, tadqiqot natijalarini, metodlarini qayta tekshiradi. Bunday metod bilan ishlaydigan tarixchi ko’pincha ilmiy tahlilga suyanadi va o’z qurilmasini to’la tugallashidan oldin tarixchi-rassom rolidan chiqib, tarixchi-olimning kamtarin o’rnini oladi. Tarixchi-olim o’z qurilma tasavvurlarini tizimli ravishda boshqarish va nazorat qilishga harakat qiladi va o‘z maqsadiga intuitiv-sintetik deviatsiya (tus) bilan emas, balki ilmiy-sintetizm qurilma yo’li bilan borishga harakat qiladi.
Metodologiyani o’rganish nafaqat fanni qurilishi uchun amaliy qimmatga ega, balki uni rivojlanishi uchun ahamiyatlidir. Umumiy kashfiyot individual ijodiyotning mahsuli bo’lsada, tarixiy tadqiqotlarni amalga oshirishda kim ma’lum ob’yektni metodlari bilan tanish bo’lsa u katta yutuq, ham oz kuch sarflab, faqat “intuitsiya, sezgi” sog’lom fikr yuritgandan ko’ra samarali yakunlashga keladi. Kim metodologiya bilan tanish bo’lsa, ko’nikmaga ega bo’lsa, u ilmiy tadqiqotda ishonchli ilmiy natijaga erishadi. Metodologiyani bilish asosiy nuqtai nazarni anglashga yordam beradi, ushbu yo’nalishdagi mushohadani mustahkamlaydi, tadqiqotni berishiga ta’sir kor’satadi, tadqiqoqtchini uni tempramenti tortib ketishidan jilovlab, yo’lga solib turadi. Shu bilan birga tadqiqotchi (ayniqsa boshlovchi yosh tadqiqotchi) faqat nazariy pishitilgan metodga suyangan holda o’z tafakkurida zaruriy tejamkorlikka rioya qilishga majbur bo’ladi. Ilgari o’rganilgan mustaqil nuqtai nazarni qidirishga ortiqcha kuch sarflashdan tiyib turadi.
Ishni umumlashgan metodi ham o’zaro kelishuvni yengillashtiradi, tarixchilar o’rtasida o’zaro yordamni rivojlanishiga turtki bo’ladi, boshqalarni tadqiqotiga ishonchini ortiradi va unga hamma narsani faqat o’zi amalga oshirishidan qutqaradi, boshqalar amalga oshirgan tadqiqot natijalaridan umumiy foydalanish shart-sharoitini yaratadi. U boshqalarni olgan natijalaridan foydalanish uchun ishlab chiqilgan metodologik ko’rsatma-mezonlaridan foydalanadi, ularga rioya qiladi. Shunday qilib tarix metodologiyasini bilish tarixchiga tarixiy dalillarga nisbatan boshqalarni xulosalarini tizimli ularni metodlarini asosida tekshirishda imkon berib, bunday tekshirishdan keyin olingan qoniqarli natijalarga ko’ra qaysiki ular metodologik ma’noda to’g’ri bo’lgani uchun bu xulosalarga tayanadi. Tarixni tushuncha apparati bo’lib, qator kategoriya va tushunchalar hamda tarixiy qonuniyatlar xizmat qiladi. Mumtoz tarixnavislikda tarixiy jarayon tarix qonunlari bilan belgilanadi.
Tarix fani metodologiyasining bazaviy, asosiy kategoriyalari tarixiy dalil va tarixiy manba hamda tarixiy vaqt va tarixiy kenglik bo’ladi.Tarixni fundamental muammosi tarixiy dalilni, tarixiy manbani tabiati, savolidir. Ularga qaqnday javob berish tarixni fan sifatida nazariya va metodologiyasi bog’liq bo’ladi.
Lekin XX asr boshlarida G. Zummelning tarix nazariyasi bo’yicha tadqiqotlari va avstriyalik mantiqshunos K. Gedelning formal tizimlarni to’liq bo’lmasligi tamoyilini ochilishi natijasida bir qator tarixchilar xolisiylik va kelajakni aytib berishga davo qiladigan mumtoz falsafiy-tarixiy doktrinalar vaqti tugadi deb e’lon qildilar. Ba’zi tadqiqotchilar tarixiy bilimni xolisiyligi uchun yangi asoslar qidirib, tarixga individiallashgan, kulturologik germenevtik yondashuvlarni kuchaytirdilar, uzoqlashgan tarixiy davr va Yevropa xalqlarini madaniy o’ziga xosligiga e’tiborni qaratdilar, lekin XX asrning 6o-yillaridan boshlab bu induvidiallashgan yondashuv chuqur tushkinlikni boshdan kechiradi.
Mashhur rus tarixchilaridan biri A.Ya. Gurevich shunday yozgan edi: “Tarixchi o’z vaqtini bolasi, uning asarlari o’z davrining izlarini deb izlab bormasligi mumkin emas. o’tmishni yaqin o’tmish kabi hamda eng uzoq kabi ko’rish oxir-oqibatda tarixchi ijod qilgan tarixiy vaziyat tusini oladi, istiqbol o’zgaradi, “hisob nuqtasi” o’zgaradi va tarix boshqa ko’rinish oladi, yangi baho oladi. Bu qayta mushohada qilish u yoki bu darajada butun tarixiy jarayonni qamrab oladi, tarixiy bilish metodologiyasi o’zgaradi”.
XX asrda dunyo miqiyosidagi tub burilishlar tarixni jamiyatdagi o`rnini o`zgartirdi. Qachonlardir :hayot o`qituvchisi bo`lgan fan jamiyatdan begonalashdi, jamiyatni ishonchini yo`qotdi va o`zini ijtimoiy mavqeini pasaytirdi. XX asrning 9o-yillarida kelib mavjud tarix metodologiyasi vaqtni chaqirig`iga mos javob topa olmadi. XX asrning halokatli yo`qotishlarida klassik tarixshunoslikning an`anaviy asoslari yemirildi. Dunyoni aqlga muvofiqligi, uni aqlan tushunish mumkinligi, tarixiy taraqqiyotning progressiga ishonish, uni qonuniyatlarini tarix fani tomonidan tushunishi nafaqat hozirni tushunish, balki kelajakni ham oldindan aytish tarix metodologiyasini asosi edi. Shu vaqtgacha mavjud tarix metodologiyasini tushkunligi bilan bir vaqtda eski dunyoni o`rniga qurilayotgan yangi inshootga mos ravishda yangi tarixni shakllanish jarayoni bormoqda. Uni asosida tarixni yangi ijtimoiy mavqeini izlash bilan bog`langan tarix fanining tub nazariy – metodologik qayta qurollantirish yotadi. U hamma narsani biladigan siyosiy faoliyatga nuqsonsiz rahbarlikdan keng ijtimoiy-madaniy fanga aylanmoqda. Shu nuqtai nazardan, o`tmishni bugun bilan bog`lab, ijtimoiy ongni uyg`unlashtirib, yangi tarix fani tez o`zgarib borayotgan dunyoda insonga uni ijtimoiy ahamiyatli ekanligini, shartlanadigan bazi mustahkam tayanch nuqtalarini beradi. Uning maqsadi tadqiqotchilarni tarix- metodologiya tafakkurini hozirgi holati bilan tanishtiradi, tarix fanini tabiati to`g`risidagi va uning jamiyat hayotidagi o`rnini ochib beradi. Bu kursga tegishli ravishda tarixiy bilimning o`ziga xosligi, tarixiy haqiqatni tabiati, tarix fanining asosiy kategoriyalari va tarixiy bilimning tamoyillari tavsiflanadi. Tarixning hozirgi zamon bilan o`zaro munosabati va shundan kelib chiqib tarix fanining ijtimoiy funksiyalari ko`rib chiqiladi. Asosiy e`tibor tarix fanining insonparvarlashtirish, uning hozirgi holatini eng muhim tavsifi sifatida alohida e`tibor beriladi.
Tarixni bilish nazariyasida metodologiya ma’lum bir faoliyatning aniq maqsadlari va yo’nalishlarini belgilaydigan falsafiy tamoyillar va umumiy qoidalarni majmuasi sifatida chiqadi.
Tarixiy bilish metodologiyasining asosiy vazifalaridan biri manbada belgilangan bilimlarni olish, hamda unda bevosita belgilanmagan yangi bilimni ham olishdir. Tarix fani metodologiyasining kursi predmeti tarixiy bilimni ichki tuzilishini tadqiqi, uning ijtimoiy muhitini bilish munosabati, uning tuzilish usullari deyish mumkin. Uning boshqa bilish shakllaridan farqi va o’xshashlik tomonlari mavjud.
Tarix metodologiyasi tarixiy jarayonning mohiyatini bilish maqsadida to’plangan ma’lumotlarni tizimga solish, talqin qilish, o’tmish to’g’risidagi bilimlarni o’zlashtirish vositalari va mezonlarini ishlab chiqish demakdir. Tarix fani metodologiyasiga yagona qarash mavjud emas. Chunki, tarixiy taraqqiyot jarayoniga, jamiyat va tabiatga qarashlarni turli xilligi tarix metodologiyasini turlicha talqin qilishga olib keladi.
Fan metodologiyasi asosiy va hosil qilingan ikki asosiy vazifani ko’zlaydi. Asosiy-bu fan o’z ahamiyatiga ega bo’ladigan asoslarni, yoki uni tamoyillarini aniqlash, ikkinchisi-fanning har qanday sohasida nimanidir o’rganiladigan metodlar to’g’risida tizimli ta’limot berish. Tarix fani metodologiyasi ham boshqa fanlar kabi o’sha muammolarni qo’yadi. U shunga tegishli ravishda tarixiy bilim nazariyasi va tarixiy tafakkur metodlari to’g’risidagi ta’limotni tashkil qilgan ikki qismdan iborat.
Tarixiy bilish nazariyasi tarixiy bilim tamoyillarini aniqlash bilan shug’ullanadi. Tarix qanday nazariy-bilish nuqtai nazaridan bizni tajribamiz ma’lumotlarini o’rganadi? Tarixchi tarixiy qurilmalardan sabab-oqibat va maqsadga muvofiqlik tamoyillariga qanday ahamiyat berishlari lozim, tarixchining material tanlovini o’tkazish asosi bo’lgan tarixiy bahoni mezoni qanday? U “evolyutsiya”, “progress”, “regress” va boshqa tushunchalardan qanday mazmunda foydalaniladi? va h.k.
Tarixiy bilish nazariyasida turli tarixiy maqsadlarini qo’yilgan, tarixiy materialni o’ragnish asosida tarix fani qanday mazmunga ega bo’ladi savoli qo`yilgan.
Tarixiy mushohada metodlarini normal-mantiqiy nuqtai nazardan qaralganda, tarixiy tafakkur metodlarini o’zini o’rganishga yaroqli bo’lgan tahlil va sintez, deduksiya va induksiyaning tarixiy tadqiqotdagi o’rni to’g’risida tushuncha hosil qilinadi.
Manbashunoslik metodologiyasi tamoyil va usullarni belgilaydi, ularni yordamida tarixchi o’ziga tanish manbalar bilan o’zini qiziqtiradigan dalil haqiqatdan ham mavjud bo’lganini yoki yoqini deb tasdiqlashi mumkin bo’ladi. Tarixiy qurilma metodologiyasi shunday tamoyil va usullar to’g’risida fikr yuritadiki, uning asosida tarixchi haqiqatan mavjud bo’lgan o’tmish tarixiy jarayon yoki o’tmishda sodir bo’lgan tarixiy voqea qanday sodir bo’lishini tushuntiradi . Shu asosda tarixiy borliqni quradi.
Tarixni o’rganish metodlarini tamoyillarga emas ish qoidalariga asoslangan o’rganilayotgan ob’yekt xossalaridan yaqin qaramlikda bo’lgan tamoyillarga asoslanmaydi. Tamoyil va texnik qoida bir xil emas. Tamoyil o’zida haqiqatni aniqlash yo’li bilan o’zini asoslashini tanlab qo’yadi, texnik qoida esa asoslanmaydi, balki ish usuli ko’rinishida shakllanadi.
Hozirgi kunda tarix fanini o’qitish metodologiyasida ham yangilanish dolzarb ahamiyat kasb etadi. XX asrning 5o yillaridan boshlangan yangi ilmiy texnika inqilobi, yangi texnologiyalar erasini boshlanishi, 9o-yillarda kommunistik mafkurani inqirozi natijasida dunyo siyosiy xaritasidagi o’zgarishlar tarixga, tarixiy taraqqiyotga yangicha qarashlar, konsepsiyalarni shakllantirishni taqozo qildi. Bu tarix metodologiyasini oldiga metodologiyani yangilashdek o’ta muhim vazifani qo’ydi va ayrim metodologik muammolarni yechishni talab qildi. Tarix fani metodologiyasi tubdan yangilanishi, tarixga yangicha shakllantirish ehtiyojini tug’dirdi.
XX asr oxirida G’arbiy Yevropa va AQSHda tilshunoslik va adabiyotshunoslik ta’siri ostida tarix fanida yangi oqim postmodernizm (“poststrukturalizm”, yoki “lingvistik burilish”) keng tarqaldi. Bu tarixshunoslik yo’nalishi uchun tarix faniga, tarixchi kasbiga, “paradigmalar” almashuviga an’anaviy qarashlarni reviziya qilish zarurligini tasdiqlaydilar.
Bu ilmiy yo’nalish vakillari tarix fani uchun odatdagi, an’anaviy hol bo’lgan tarixiy haqiqatni bilish maqsadi sifatida tushunishni shubha ostiga oldilar. Bu yo’nalishning bazi tarafdorlari bunday masalani muhokoma qilish imkoniyatini umuman inkor qiladilar. Ularning fikricha tarixiy va adabiy asarlar o’rtasida jiddiy farqlar yo’q. Shoir yoki yozuvchi o’z asarini yaratgandek tarixchi ham tarixiy matnni erkin ijod qiladi. Postmodernistlar fikricha ular badiiy adabiyotda mavjud bo’lgan ritorika qoidalariga bo’ysunadigan tarixchini matni, bu hikoya qilivchi parrativ. Bu yo’nalish mantig’iga ko’ra tarixni har qanday talqini yashash huquqiga ega va tarixchini o’zini sub’yektiv qarashini ifodalaydi. Bu yo’nalishni g’oyalari va metodologiyasini tizimli amalga oshishi mumtoz tarix fanini metodologik asoslarini buzilishiga olib keladi.
Tarixchilar o’rtasida zamonaviy tarix fanida voqeaviy tarix ustuvor bo’lishi kerakmi, yoki qonuniyatlar va sintezni izlashmi degan masalada qizg’in munozara bordi. Jahon tarixi fani tarixni yangi nazariyasi va metodologiyasi izlash, yangi tarixiy sintez aniq tarixiy materialni falsafiy-nazariy umumlashtirish jarayonini boshdan kechirmoqda. Shuningdek, tarix fanida yaqin kunlargacha Markistik konsepsiyani tarixiy bilishda yagona va universal tushunchasi sifatida qarashdan voz kechish ijobiy hol bo’ldi.
XX asrning 9o-yillaridan boshlab professional tarixchilar va gumanitar fanlarni mutaxassislari tarixiy bilimning tushkunligi to’g’risidagi fikrni ayta boshladilar. Zamonaviy G’arb tarixshunosligi metodologiya, metodlarni “texnik” qo’llash yoki “tarix falsafasi” bilan cheklanadi.
XX asrning 9o-yillarida tarix fanining ko’pgina da’volaridan voz kechildi. Jumladan, tarixiy jarayonning xolisiyligi, tarix qonunlarini ochish qobiliyati, kelajakni aytib berish. Natijada tarix metodologiyasida ham o`zgarishlar ehtiyoji paydo bo`ldi. Shu bilan birga ilmiy bilish jarayonida tarixchining roli tushunarli bo’ldi. Asr oxirida ilmiy-metodologik yondashuvlarning ko’pligi plyuralizmni bilish strategiyasini aniqlash vazifasi birinchi o’ringa chiqdi. Shunga tegishli ravishda tarix bilish nazariyasi alohida ahamiyat kasb etdi. Qator olimlarni fikriga ko’ra u ilgarigi tarix falsafasiga tegishli o’rinni egalladi. Tarixni bilish nazariyasi sohasida hozir olib borilayotgan tadqiqotlar tarix fani asoslariga tegishli masalalarni fundamental kategoriyalari: tarixiy dalil, tarixiy vaqt va kenglik, tarixiy qonuniyatlarni ochdi.
Tarixiy tadqiqotlarning yangi yo’nalishlari paydo bo’ldi. Unga “Madaniyatlar dialogi”, “Mikro tarix”, “Makro tarix”, tarixiy-antropologik yondashuv kiradi. Tarix fanining taraqqiyotini hozirgi davrda metodologiyada yangi yo’nalish va yondashuvlarni izlash davom etmoqda. Jahon tarixi fanida ijtimoiy tarix bilan intellektual, mental tarixlar o’rtasidagi nisbat o’zgarmoqda.
Tarixni fan sifatida jamiyat to’g’risidagi fanlar tizimidagi, jamiyat hayotidagi o’rni yanada aniqroq tushunildi. Tarixiy bilim sohasida haqiqiy inqilob yuz berdi deb aytish mumkin, qaysiki tarixiy materializm bilan bo’glangan tarix fani taraqqiyoti bosqichiga yakun yasaldi. Ijtimoiy yondashuv tamoyili (partiyaviylik, sinfiylik). Kommunistik mafkurani inqirozi natijasida dunyo siyosiy xaritasidagi o’zgarishlar tarixiga, tarixiy taraqqiyotga yangicha qarashga olib keldi. Bu tarix metodologiyasini oldiga o’ta muhim vazifalarni qo’ydi va ayrim muammolarni yechishni talab qildi.
O’ZBEKISTON mustaqilligini dastlabki kunlaridan tarix fani nazariyasini o’zgartirish sohasida qiyinchilik bilan ilk qadamlar tashlandi. Ayniqsa vatan tarixini o’rganishda uni o’rganishni metod va metodologiyasini o’zgartirishda tub burilishlar yuz bermoqda.
3.Tarix fani metodologiyasi asoslari fanining maqsadi. Tarix fani metodologiyasi asoslari fanining predmeti tarixiy bilimni ichki tuzilishini tadqiqi, uning ijtimoiy muhitini, bilish munosabati, uning tuzilish usullari deyish mumkin. Tarix metodologiyasi tarixiy jarayonning mohiyatini bilish maqsadida to`plangan ma`lumotlarni tizimga solish, talqin qilish, o`tmish to`g`risidagi bilimlarni o`zlashtirish vositalari va mezonlarini ishlab chiqish demakdir. Tarixiy taraqqiyot jarayoniga, jamiyat va tabiatga qarashlarni turli xilligi tarix metodologiyasini turlicha talqin qilishga olib keladi.
Bizning tarix fanimiz keyingi 20-3o yil ichida jahon tarixi fani metodologiyasi to’plagan nazariy va amaliy tajribadan xabarsiz qoldi. Hozirgi kunda tarix va tarix metodologiyasi sohasidagi e`torof etilgan mumtoz asarlarni chuqur va har tamonlama tahlil qilish va o’zlashtirish dolzarb bo’lib qolmoqda. Eng asosiysi tarix tafakkuri taraqqiyotidagi yangi an’analarni tadqiqotlarda qo`llash, yangi yondashuvlar asosida tarixiy tahlil, insoniyat amaliyotini chuqur va boshqacha kirishiga imkon beradigan yangi metodlarni aniqlash dolzarb vazifadir. Jahon tarixi fani erishgan yutuqlardan xabarsiz qolish, o’zgarmaslik, taraqqiyot darajasidan orqaga qolishga va milliy tarix fanimizning qoloqligiga olib keladi.
Tarix fani metodologiyasini qurilishi, tarixiy bilim, tarixiy nazariyani muammolarini ko`rib- chiqish, tarix o`rganish metodlari, metodologiyasini genezisi muammolarini tahlil qilish; Tarixiy jarayonni yangi nazariyalari; ularni asosida ob`yekt tushunchasi, tarixiy dalil, tarixiy bilim manbalarini, epistemologik asoslarini tahlil qilish. Shuningdek hozirgi kunda tarix fani nazariyasi va metodologiyasini tubdan o’zgartirish , tarixiy manbalar tahlili tizimini qayta qurish, tarix fani tushunchalari apparatini o’zgartirish, jahon tarixi fani metodologiyasi asosiy yo’nalishlari mohiyat-mazmunini tushunish va uni yutuqlarini o’zlashtirib amalga tadbiq qilish vazifasi turadi.
Tarix fani metodologiyasi fanining vazifasi:
Tarixiy bilish metodlarini tizimi to`g`risida bilim berish;
Tarixiy tadqiqot metodologiyasi va metodlari to`g`risida bilim hosil qilish;
Tarixiy tadqiqot metodologiyasining tamoyillarini ijodiy qo`llash ko`nikmasini shakllantirish, hozirgi tarixiy bilish paradigmalarini epistemologik ildizlari aniqlash, hamda tarixiy jarayonning global nazariyalarini epistemologik tahlil qilish.
Tarixiy manbalar, dalillar muammolari bo`yicha adabiyotlardan mustaqil foydalanish ko`nikmalarini hosil qilish;
Tarixiy jarayon nazariyalari bilan ularni qurilish uslublari to`g`risida bilim berish;
Tarixiy jarayon nazariyalari epistemologik asoslarini tadqiq qilish uquvini shakllantirish; Istoriosofiya muammolari bo`yicha adabiyotlar bilan mustaqil ishlash malakasini hosil qilish; Tarix faning nazariy –metodologik muammolarini o`rganishning hozirgi holati to`g`risida tushuncha hosil qilish.
Tayanch iboralar: Metod, metodologiya, Aristotel, bilish nazariyasi, mantiq, metodologik g`oyalar, tarix fani metodologiyasi, tarixni nazariy-metodologik asoslari, umumlashgan metod, tarixiy bilim, tarix fanining bazaviy, asosiy kategoriyalari, tarixiy dalil, tarixiy manba, tarixiy vaqt, tarixiy kenglik, tarixni fundamental muammosi, tarix fani metodologiyasi asoslari fanining maqsadi, fanning vazifasi, istoriosofiya, tarixiy mushohada metodlari, manbashunoslik metadologiyasi.
Takrorlash uchun savollar
1. Metodologiya tushunchasiga izoh bering?
2. Metod nima?
3. Metodologiya tushunchasi tamoyillarini aniqlang?
4. Tarix fanining metodologik asoslari kursi nimani o`rganadi?
5. Tarix fanining metodologik asoslarini vazifalarini aniqlang?

Download 322,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish