Umumiy va xususiy organoidlar. Sitoplazmaning umumiy tavsifi. Sitoplazma protoplastning bir qismi bо‘lib, hujayra qobig‘idan membrana – plazmalemma bilan vakuoladan ikkinchi membrana – tonaplast bilan chegaralangan. U tiniq, rangsiz kolloid holidagi modda hisoblanadi. Sitoplazma gialoplazmasida maxsus vazifalarni bajaruvchi plastidlar, Goldji apparati, endoplazmatik tо‘r, mitoxondriyalar va boshqa organoidlar (yunon. – «organon» – a’zo, «eidos» – tо‘r) joylashgan. Sitoplazmaning negizini tashkil etgan biologik membrana zich yupqa parda holatida bо‘lib, fosfolipidlar va oqsillar – lipoproteinlardan tuzilgan. Biomembranalarning asosiy xususiyatlaridan biri ularning yarim о‘tkazuvchanligi bо‘lib, moddalarni tanlab о‘tkazadi. Ba’zi moddalar juda tez oson, ba’zilari esa sekin qiyinchilik bilan о‘tadi. Bunday holatda sitoplazma va organoidlarning kimyoviy tarkibi katta ahamiyatga ega bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |