Pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Download 7,7 Mb.
bet62/138
Sana20.08.2021
Hajmi7,7 Mb.
#152508
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   138
Bog'liq
OИЛА ПЕД УМК

2-vaziyat. Vijdon haqida. Bir kuni o‘qishdan xursand keldim va:

- Oyijon, men bugun ikki bahodan saqlanib koldim,- dedim.

- Qaysi fandan?- so‘radi onam.

- Fizikadan deb, - bo‘lgan hodisani oyimga tushuntira boshladim. Bilasizmi? Bugun nazorat ishi o‘tkazildi. Men masalani echa olmadim va varaqni o‘qituvchiga topshirmadim. Keyingi darsda masalani oxirigacha echib bo‘ldim. Tanaffusda esa, laborantdan varag‘imni sinfimiz o‘quvchilari bajargan nazorat ishiga qo‘shib qo‘yishni iltimos qildim. Hayriyat, mo‘ljalim amalga oshdi. Nihoyatda xursandman, oyijon!

- Feruza xursandmisan? - takror so‘radi onam.

- Albattada. Besh olsam kerak, axir men hammasini to‘g‘ri ishladimku, - dedim.

- Vijdoningchi. U qiynalmayaptimi?- xursinib so‘radi onam.

Men nima deyishga hayron bo‘lib, sukut saqlardim. - Agar men sening o‘rningda bo‘lganimda o‘sha ikkini olib vijdonimning pokligicha qolgan bo‘lardim.

-Axir... , - men o‘zimni oqlamoqchi bo‘lgan edim, onamning tikilib qarashidan nafasim ichimga tushib ketdi. Biroz o‘ylanib:

-Endi nima qilsam bo‘larkin?-dedim.

- Vijdoning nimani buyursa, o‘shani qil, qizim. Ba’zan uning mavjudligini eslab turish ham foydadan holi emas, - deb boshqa xonaga chiqib ketdi.

Men o‘zim tanho qolib, birinchi marta o‘ylay boshladim: vijdon degani nima o‘zi? Lekin aniq ta’rif topa olmadim. Men uni ich-ichimdan his etib turardim, lekin so‘z bilan ifodalashga ojizlik qilardim. Kitob javoniga borib, ensiklopedik lug‘atni oldim, kerakli betini ochdim va o‘qiy boshladim: «Vijdon-bu o‘z hatti-harakatlari, hulqi uchun jamiyat oldida javobgarlikni his etishdir».

SHu onda onam kirib:

- Voy-bo‘y, Feruza qizim?! Sen hali vijdonni lug‘atdan qidirib yuribsanmi? Ahvoling bundan ham xarob bo‘lishi mumkin emas. Kitobni joyiga qo‘yib, ovqatlangani o‘tir.

Bir muncha vaqt o‘tgan bo‘lsa ham, ovqatga qo‘l urmay o‘tirar edim. Meni nimadir qiynardi.

- Seni bu qilig‘ingdan biror o‘rtog‘ingni xabari bormi? - so‘radi onam.

- Hech kimni…

- Hayriyat, o‘rtoqlaring ham senga o‘xshaganmi, deb o‘ylagandim…

- Endi nima qilsam ekan?

- Aytdimku, - vijdoning amri bilan ish tut. O‘qituvchini aldading, laborantni esa noto‘g‘ri yo‘lga boshlading. Bular haqida o‘zing yaxshilab o‘ylab ko‘r. Men seni to‘g‘ri yo‘l tanlashingga ishonaman.

Ertasiga men kollejga dars boshlanishidan ancha oldin keldim. Fizika o‘qituvchisini sabrsizlik bilan kuta boshladim. Kelishi bilan unga bo‘lgan voqeani aytib berdim.

U meni tinglab bo‘lib:

- Men esa nazorat ishlarini tekshirayotib, bu varaq qanday paydo bo‘lganiga hayron bo‘ldim. Axir men varaqni topshirmaganligingni bilardim.

O‘zimni ishimdan o‘zim qattiq uyalib ketdim.



Keys bo‘yicha savol va vazifalar:

1. O‘quvchi o‘z hulqini dastlab qanday baholadi?

2. Feruzaning qarashlarida o‘zgarish sodir etgan shart-sharoitlarni tahlil qiling.

3. Bu misol namunasida ishontirish uslubining o‘ziga xos belgilarini ko‘rsating.


Download 7,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish