Pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


Milliy an’analar ma’naviy sog‘lom oilani barpo etadi



Download 7,7 Mb.
bet12/138
Sana20.08.2021
Hajmi7,7 Mb.
#152508
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   138
Bog'liq
OИЛА ПЕД УМК

Milliy an’analar ma’naviy sog‘lom oilani barpo etadi.


Sog‘lom milliylik barqurgan joyda umumbashariy fazilatlarningqadriga etish ham ortadi, millatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar ham kamol topadi. Uzimizga ham, boshqalarga ham go‘zallik va odob timsoli bo‘ladigan kelin tushirish odatimizni olaylik. Karnay-surnay sadolari yangragan kuchada tuy, shodlik, mahalla ahli to‘planadi. Agar tuy kechasini olib boradigan shilqim nasihatguylarning har bir to‘yda takrorlayverib siyqasi chiqgan so‘zlarini e’tiborga olmasak,quloqlarni karqiladigan darajadagi baland pardalarda ayyuhannos ko‘taradigan ansambllarning «Bari gal», «Ey sanam», «Qora kuz bo‘y-bo‘y», «CHakra-chakidan girad», «Guloyim» singari xonishlarini mustasnoqil-ganda tuylarimiz chinakam jamoatchilik ramzidir.

Turmushimizda shunaqa voqealar ham uchrab turadi: to‘yqiluvchining aholi nochorroq, hali uy-joy bitmagan, ro‘zrorda kamchiliklar ko‘p, bolalar oyoqqa tur-magan. Lekin u mahallani va yor-birodarlarni nahorgi oshga taklifqiladi. SHunda ba’zi birovlar «ahvoling shuku, topganingni bola-chaqangga sarfqilsang bulmaydimi?» degan fikrga boradilar. To‘g‘ri, shundayqilish mumkin edi. Lekin men bu oilaning kamtarona oshini xalqimizga xos kamtarlik va o‘z bolalarini jamoa orasiga olib kirib, ularda ko‘pchilik bilan baxamjixat hayot kechirishga urgatish deb bilaman. Nahorgi oshga ketadigan sarf bilan ro‘zg‘orni batamom tiklab bulmaydi. Lekin biror kishi yoki oilaning obro‘si, insoniyligi, milliy tuyg‘usi tiklanadi. Bu ham yaxshi fazilatlarni ruyobga chiqarish va tarbiyalashning uzbekona yo‘lidir. Men o‘z boyligini va mavqeini ko‘z-ko‘zqilish niyatidaqilinadigan hashamatli to‘ylarni ko‘zda tutayotganim yuq. Bunaqa isrofgarchilikka va manmanchilikka asoslangan to‘ylar obru emas, nafrat keltiradi. o‘zbek to‘y marosimlari xaqida gapirsak,quda-andalarning nozik muomalalari, kelin va kuyovga ko‘rsatiladigan mulozamatlar, ilik, bordi-keldilarni ko‘rib, nihoyatda ta’sirlanib ketasan, kishi. Ko‘chani to‘ldirib karnay-surnay sadolari ostida kelayotgan kuyov va uning jo‘ralarini tomoshaqilish uchun yosh-yalang tashqariga otiladi, derazalarning pardalari orqasidan kelinchaklar nigox, tashlaydi. Kelin darvozasi oldida ikki tomonga saf tortganqarindosh-urug‘lar,qo‘ni-qo‘shnilarqo‘li kuksida, ota ko‘zlarida yoshqal-qigan. hatto «kuyovning buyi past ekan», «kuyov sariq-mi?», «kuyov baland buyli ekan-a» singari so‘zlarning mahalla oralab tarqalishida ham ajib bir xosiyat bor. Mahalla birgalashib kuyovga baho berayotgandek, uni uz farzandiqilibqabulqilayotgandek bo‘ladi. Mahalla shu dakiqadan boshlab bittaqarindoshga kupayganday tuyuladi. U shu mahallaning, shu ko‘chaning,qo‘yingki, hammaning kuyovi. Keyinroqbiror joyda uni uchratibqolganda ham «kuyov» deb samimiy murojaatqilamiz. Ana shunday go‘zal an’analarimizni ba’zan bachkanalashtiradiganqiliqlar ham paydo bo‘libqolmokda. Kuyov juralarining o‘ynab-kulibqaynota darvozasiga kelishi yaxshi. Lekin biroz «qizishib» olgan yoshlarni haddan ortiq,qichqirishlarichi? Kuyov jo‘ralarqatorida avtobusni to‘ldirib keladigan «zumrasha»larchi? Ayniqsa, darvozadan kirishdagi ur-to‘po-lonchi? Bu xunuklik va adabsizlikning alomati emasmi? YOki nikoxga jo‘nash paytida kelin uyi oldidan jilgan engil mashinalarning signallariniqo‘shni mashallaga etgudek muntazam chalinishi ham madaniy bezorilikning bir alomati emasmi? Ajoyib milliy an’analarimizni bunday bema’ni zamonaviylashtirishning oldini olsa bo‘ldi. Buning uchun mahalla ahli maslahat chog‘i kelishib olishlari mumkin. Axir o‘zbek xonadonlarida kechadigan har bir ma’raka tarbiyaviy yunalishi bilan ajralib turadi-ku?

O‘zbek xonadonlarida asrlar mobaynida hukm surib kelayotgan ertalabki kelin salom, kelinlarning barvaqt turib hovli va darvoza oldilarini supurib-sidirib kuyishlari va keksaqaynona-qaynotalarga nonushta tayyorlab, tavoze bilan choy uzatishlari milliy ma’naviyqadriyatlarimizga yorqin misol emasmi? YAqinda bir oilaviy janjalga guvox, buldim. Kuyovning o‘ta injiqva tirnoqichidan kirqidirish odatlarini bir yoqqaqo‘yib, yoshgina umr yo‘ldoshi oldigaqo‘yayotgan talablargaquloqtutilsa, uning gaplarida ham jon borligi sezildi. Uning xotiniga e’tirozlari kuyidagicha edi: «Ertalab ishga ketayotganimda «yaxshi boring», kechqurun xizmatdanqaytsam, «yaxshi keldingizmi?» demaydi. Birorqarindosh-ururlarim kelsa «xush kelibsizlar», ketishayotganda «yaxshi boringlar» demaydi. Piyolaga choyquyib uzatmaydi, har kimning oldidagi piyolaga sharillatib choy kuyadi. Shimlariniga vaqtida dazmol urilmaydi, oq ko‘ylagimning yirtilgan joyini sariqyp bilan chatibquyibdi» va hokazo. Ana shu sabablar bahona yigit yosh bolali xotinini uydan haydab yuborish arafasida ekan. Ikki tomonga nasihatlarqilindi. Yigitning injiqligi, noo‘rin gumonsirashi, «erkakcha» muomalasi, uy-ro‘zror ishlariga aralashmasligi aytib o‘tildi. Rus maktabini bitirgan kelin tabiatidagi ayrim sifatlar ham kursatildi. Biror jiddiy sababsiz buzilish oldida turgan oila mahalla oqsoqollari aralashuvi bilan saqlabqolindi. Kattalarning aqlli maslahati yoshlarga malxamdek zarur.


Download 7,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish