Pedagogika, innovatsiya, integratsiya



Download 7,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/320
Sana30.12.2021
Hajmi7,45 Mb.
#90075
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   320
Bog'liq
Boshlang`ich ta`limda pedagogika innovatsiya integratsiya o`quv qollanma

INNOVATSION TA’LIMDA 
M UALLIFLIK  MAKTABLARINING  RIVOJLANISHI
M ualliflik  m aktabi 
tushunchasi 
biror  bir  m u a llif  yoki  m ualliflar 
jam o asi  tom onidan  ishlab  chiqilgan  yetakchi  psixologik-pedagogik 
konsepsiyaga  asoslangan  eksperim ental  о ‘quv-tarbiyaviy  m uassasadir. 
M ualliflik m aktabining m aqsadi yangi tashkil etilgan t a ’lim  jaray o n i,  uning 
dunyoqarashi,  m aktabning  xususiy,  o ‘ziga  xos 
faoliyat  tarzi,  ta ’lim ning 
chuqurlashtirilgan  m azm unidir.
104


B izning  davrim izda  m ualliflik  m aktabi  o ‘zbek  t a ’limi  uchun  m e’yoriy 
xususiyat  b o iib   qoldi.  M aktab  ham,  individual  shaxs  kabi,  o ‘zining 
takrorlanm as  xususiyatiga  ega,  degan  fikr  barcha  olim lar  tom onidan  tan 
olinm oqda.  H ar bir m aktabning o ‘ziga ja lb  qiluvchi, y a ’ni  o ‘quvchilam i va 
ularning ota-onalarini  o ‘ziga tortuvchi bir xususiyati  boMishi  lozim.
K eyingi  yillarda  yangi  toifadagi,  y a ’ni  fanlarga  ixtisoslashtirilgan 
m aktablarga 
tushayotgan 
arizalar 
ularning 
im koniyatlaridan 
oshib 
ketm oqda.  Bu  hoi  esa  oddiy  m aktablarda 
0 ‘quvchilar m iqdorini yetarlicha 
to ‘play olm ayapti. Shuning uchun  k o ‘p sonli m aktablar faoliyatida quyidagi 
tendensiya  k o ‘zga tashlanm oqda,  yangi  m aktab  o ‘z  taraqqiyot y o ‘nalishini 
o ‘zi  m ustaqil tarzda tashkil  etmoqda.
0 ‘rta  Osiyoning  m utafakkir  allom alaridan  B ahovuddin Naqshband, 
al-Kindiy,  A bu  N a sr  Forobiy,  A bu  Rayhon  Beruniy,  A bu  Ali  ibn  Sino, 
Y usuf X os  Hojib,  K aykovus,  A lisher N avoiy,  A bdurahm on  Jomiy,  Husayn 
Voiz  Koshifiy,  A bdulla  Avloniy,  M ahm udxo‘ja   Behbuddiy,  A bdurauf 
A bdurahim boy  o ‘g ‘Ii  Fitrat,  H am za  H akim zoda,  A sqar  Zunnunov 
A bdulham id  C ho‘lpon  va  boshqa  m ashhur qom usiy  olim lar ta ’lim-tarbiya 
va  m adaniyatning rivojlanishining  tengi y o ‘q  vakillari  hisoblanadi.
B ahovuddin N aqshbandning  ta ’lim -tarbiya haqidagi fikr-m ulohazalari 
va  pand-u  nasihatlari  g ‘oyat  qim matlidir.  U  barkam ol  insonni  tarbiyalash 
dastlab  odobdan  boshlanishini  ta ’kidlab  shunday  degan  edi:  «Adab  xulqni 
chiroyli  qilish,  so ‘z  va  fe ’lni  soz  qilishdir...  A dab  saqlash  -   m uhabbat 
sam arasi,  yana  m uhabbat  daraxtining  u rug‘i  ham dir.  A gar  adabda  ozgina 
nuqsonga  y o ‘l  q o ‘ysangiz  ham,  nim aiki  qilsang,  beadablikdek  ko ‘rinadi. 
Odam   o ‘zini bir xil  sifat va  ko‘rinishda olib yurishi  lozim ki, toki odam larda 
unga ta sa rru f ( t a ’sir qilish) tam asi  paydo  b o ‘lmasin».
IX  asrda  yirik  faylasuf,  Arastu  izdoshlaridan  b oigan  al-Kindiy  dunyoviy 
m a’rifat  va  ta’limning  tarqalishi  masalasini  qo‘ygan;  u  ta’kidlaganki,  inson  aql- 
zakovati haqiqatni  izlashda yaratganning ta’siridan xoli  boMishi lozim.  Kindiyning 
fikricha,  haqiqatni  bilishda  va  bu  haqiqat  bilan  o ‘z  harakatlarini  moslashtirishda 
sababni  aniqlash  inson  shuuriga  ulkan  yordam  beradi.  «Qidirilayotgan  haqiqatni,
-   deb  yozadi  u,  -   uning  sababini  bilganimizdan  keyingina  bilib  olamiz.  Istalgan 
narsani  va  uning  barqarorligini  bilishning  sababi  esa  haqiqat  hisoblanadi,  chunki 
mavjudlikka  ega  boMgan  barcha  narsalar  haqiqatdir.  Haqiqatni  bilish  mumkin, 
binobarin,  mavjud  boMgan  barcha  narsalami  ham  bilish  mumkin».  Kindiyning 
0‘ylashicha,  haqiqiy  bilimlami,  atrof-olam  haqidagi  tushunchalami  shakllantirish 
qobiliyatiga esa faqat ong egadir.
Forobiy  nihoyatda  buyuk  olim  va  m utafakkir  edi.  Chunonchi,  uning 
asarlarini  o ‘rganish  shuni  ko ‘rsatadiki,  u  o ‘z  ilm iy  qarashlari  bilan  yangi 
davrga  darcha ocha bilgan va zam ondoshlaridan  bir necha asr o lg ‘a ketgan.
105


F orobiyning  quyidagi  pedagogik  qarashlari  yoshlarga  muhim  m anba 
b o ‘lib x izm at qiladi. Forobiy birinchi b o ‘lib ta ’lim v a tarbiyaga quyidagicha 
ta ’r if  bergan  olimdir:
1.  T a’lim -  so ‘z va o ‘rganish bilangina am alga  oshiriladi.
2.  Tarbiya esa am aliyot,  ish-tajriba  bilan  am alga oshiriladi.
3.  H a r  kim ki  ilm,  hikm atni  desa,  uni  yoshligidan  boshlasin,  so ‘zining 
ustidan  chiqsin,  yom on  ishlardan  saqlanadigan  b o ‘lsin,  xiyonat,  m akr  va 
hiylalardan uzoq b o ‘lsin, diyonatli b o ‘lsin, ilm va ahli ilm dan m ol-dunyosini 
ayam asin.
4 .Inson  yaxshi  tarbiya  k o ‘rm agan  va  turm ushda  yaxshi  tajriba 
orttirm agan  b o ‘lsa,  u  k o ‘p  narsalarni  nazarga  ilm aydi,  ulardan  jirkanadi. 
B unday  n o o ‘rin  b o ‘lib  k o ‘ringan  narsalar zaruriy b o ‘lib chiqadi.
5 .M a’lum ki,  inson  hech  qachon  tu g ‘ilganda  yaxshi  yoki  yom on  b o ‘lib 
tu g ‘ilm aydi...  Biroq  har bir kishida  biror bir fazilatga yoki qabihlikka m ayl, 
qobiliyat b o ‘ladi  va shu fazilatlarni  2  turga  bo ‘ladi:
1.  Fikriy  fazilat.
2.  X ulqiy fazilat.
F ikriy fazilat aqliy quvvat hisoblanib, aqllilik, donolik, fahm -farosatlilik, 
zehnlilikdan  iborat.
X ulqiy  fazilat  intiluvchi  quvvatga  ega  b o ‘Iib,  iffat,  shijoat,  saxiylik  va 
adolatlilikni  o ‘z  ichiga  oladi.  Yomon  fazilatlar  razillikdir,  degan  fikrlam i 
bildiradi.
B eruniyning  ilmiy  bilim larni  egallash  yoMlari,  usullari  haqidagi  fikrlari 
hozirgi  davr  uchun  ham  dolzarbdir.  0 ‘quvchiga bilim   berishda  u:
-  o ‘quvchini  zeriktirm aslik;
-  bilim   berishda  bir  xil  narsani  yoki  bir  xil  fanni  o ‘rgataverm aslik;
-  uzviylik,  izchillik;
-   yangi  m avzularni  qiziqarli,  asosan,  k o ‘rgazm ali  bayon  etish  va 
hokazolarga e ’tibor berish  kerakligini  uqtiradi.
A bu A li  ibn  Sino o ‘qitish jaray o n ig a katta aham iyat beradi v a o ‘qitishni 
quyidagicha tashkil  qilish  kerak,  degan fikrni  bildiradi:
-  B olani  birdan  kitobga ja lb   qilib q o ‘ym aslik kerak.
-   0 ‘qitish  asta-sekin,  osondan  qiyinga  o ‘tish  yoMi  bilan  olib  borilishi 
lozim .
-   0 ‘quvchilar  bilan  am alga  oshiriladigan  tarbiya  ularning yoshiga  m os 
b o ‘lishi  shart.
-  0 ‘qitish jam o a tarzida  uyushtirilishi  darkor.
-   0 ‘qitish  bolaning  m ayli  v a  qobiliyatini  hisobga  olgan  holda  olib 
borilishi  kerak.
-  0 ‘qitish jism o n iy  m ashqlar bilan  q o ‘shib olib  borilishi  zarur.
106


O lim ning  pedagogika  faniga  q o ‘shgan  hissasi  shundaki,  u  ta ’lim- 
tarbiyaviy  qarashlarida  insonning  ham  aqliy,  ham  axloqiy,  ham  estetik 
ham da  jism oniy  tom ondan  rivojlanishi,  kam olga  yetishining  m ezonini 
ishlab chiqadi.
Tarbiya  tizim iga  jism oniy  tarbiyaning  kiritilishi  esa  olim ning  tarbiya 
sohasidagi  katta xizm atlaridan  hisoblanadi.
Yana uning xizm atlaridan biri shundaki, u insonning m ehnati, qobiliyati, 
aql-zakovatini  ulugMadi,  undagi  qudratga  ishondi.  Inson  tafakkurining 
tantana  qilishi  kerakligini  targ ‘ib 
qildi.  Ibn  Sino  tarbiyaning  asosiy 
m aqsadi  m ukam m al  xarakterni  tarbiyalashda  deb  hisoblagan.  U  to 'g 'r i 
tarbiya  natijasida  ikki  xil  «foyda»ga  erishiladi:  «Bittasi  bola  qalbi  uchun, 
chunki  bola yoshligidan yaxshi xulqli  bo ‘Iib o ‘sadi,  bu esa odatga aylanadi. 
Ikkinchisi  -   bola  jism i  uchun,  chunki  yom on  xulq  yaram as  tabiatdan 
kelib  chiqadi.  A gar  badxulqlik  odatga  aylansa,  u  yaram as  tabiatni  keltirib 
chiqaradi.  M asalan,  g ‘azab jism ning  nihoyatda  qizib  ketishiga,  q ay g ‘u  esa 
jism n in g qurib ketishiga,  befarqlik qalb kuchini  zaiflashtiradi»,  deb yozadi.
Ibn  Sino  bolalik  va  o ‘sm irlik  yoshida  tarbiya  ta ’sirida  ruhiyatning 
rivojlanish  jarayonini  tadqiq  qilishga  katta  aham iyat  bergan  va  o ‘z 
kuchini 
uning  sam aradorligini  oshirish  vositalarini  qidirishga  qaratgan. 
Bola  xarakterining  yaxshilanishiga,  bola  qiziqqan  va  intilgan  narsasining 
boMishiga,  bola yom on  ko'radigan  narsalarning b o ‘lm asligiga doim  e ’tibor 
qaratish  lozim.  Bu  bilan  ham  ikki xil  foydaga erishiladi:  birinchidan,  bolada 
yoshligidanoq q at’iy xarakter shakllanadi, ikkinchidan, bunday xarakterning 
shakllanishi  bolaning jism oniy  rivojlanishiga ta ’sir qiladi.
Ibn  Sinoning  fikriga  k o ‘ra,  o ‘quvchilar  birgalikda  ta ’lim  olishsagina 
bir-birlarini  hurm at  qilishadi  va  ilm  olishda  bir-birlariga yordam   berishadi. 
B ola  y o lg ‘izlikda  ta ’lim  olsa,  bu  uni  badxulq  qiladi.  M aktabning  afzalligi 
shundaki,  deydi  Ibn  Sino,  o 'q u v c h ilar  bir-birlaridan  ortda  qolm aslikka 
harakat  qilib  ilm  o ‘rganishadi.  U larning  turli  m avzular  b o ‘yicha  olib 
boradigan  o ‘zaro  suhbatlari  ularning  d o ‘st b o ‘lishlariga yordam   beradi.
Y usuf Xos  Hojib  asarlarida  inson  kam oloti  m asalasi  m arkaziy  m asala 
bo ‘lib  hisoblanadi.  U  bilimni  buyuk,  o ‘quvni  ulu g‘  deb  ta ’riflaydi.Chunki 
zakovatli  inson  u lu g ‘  b o ‘ladi,  bilim li  kishi  buyuk  b o ‘ladi,  degan  fikrni 
bildiradi.  Olim   ezgu  ishlam ing  barchasi  ilm  tufayli  am alga  oshirilishi 
m um kinligini  ta ’kidlaydi.  U  dunyoda  odam  paydo  b o ‘libdiki,  faqat  bilimli 
kishilargina  ezgu  ish  qilib,  adolatli  siyosat  yurgizib  kelinganligini,  inson 
yaratilgandayoq  unga  bilim,  uquv,  zakovat  berilganligi,  ana  shu  bilim 
va  zakovati  tufayli  kishilar  razolatdan  poklanganligini  uqtiradi.  Hatto 
hukm dorlar  ham   yurtni,  davlatni  aql,  ilm,  zakovat  bilan  idora  etsa,  el-yurt 
farovon  b o ‘ladi,  to ‘q va tinch  hayot kechiradi,  deydi.
107


Q om usiy  olim   K aykovus 
«Q obusnom a»  asarida  o 'z  
m ulohazalari 
va  m aslahatlarining  asosini  insoniy  fazilatlar  barcha  insonlarga ham   nasib 
b o ‘laverm aydigan  aql,  rostgo‘ylik   va  insonparvarlik  ekanligiga  boMgan 
ishonch  tashkil  etadi.  H ar  bir  inson  hayotining  asosiy  y etakchi  ibtidosini 
esa quyidagi  uchta axloqiy qoidaga rioya qilish tashkil  etishi  lozim :  nim ani 
gapirsang o ‘shani  qil,  haqiqatga qarshi borm a,  sabrli  b o ‘l.
«Q obusnom a» m uallifining m ulohazalarida  inson hayotida bilim lam ing 
roliga  pragm atik  yondashuv  seziladi.  Bu  esa  m azkur  asarning  am aliy 
y o 'n a lish in i  izohlab  beradi:  «A gar  m ol-m ulk jihatid an   k am b ag 'allash san g , 
aql  bilan  boyishga  harakat  qil,  chunki  m ol  bilan  boyishdan  k o ‘ra  aql  bilan 
boyish  afzalroqdir.  A xir  aql  bilan  boylik  topsa  b o ‘ladi,  lekin  bo ylik  bilan 
aql y ig 'ib  b o'lm ay di. A qlsiz tezda k am b ag ‘allashadi,  lekin  aqlni  o ‘g ‘ri  ham  
o ‘g ‘irlay  olm aydi,  suv  ham ,  olov  ham   y o ‘qota  olm aydi.  S hunday  qilib, 
aqling  b o ‘lsa,  nim anidir  o 'rg an ,  chunki  ko'n ik m asiz  aql  -   kiyim siz  badan, 
yuzsiz odam dir,  aytishadiki,  ta ’lim -  aqlning yuzidir».
A lisher  N avoiy  tasavvuridagi  kom il  insonga  xos  boMgan  eng  yu ksak  
fazilatlarga  ijodkorlik,  qobiliyat,  ilm -fanga  m uhabbat  ham   kiradi.  C hunki 
baxtli  hayotga  intilgan  ijodkor,  oqil,  qobiliyatli,  dono  inson  o ‘zining  kuch- 
quvvatiga,  aql-u  zakovatiga  ishonadi.
A lisher N avoiy ilmni quyosh va oy ham da k u n d u z g a o 'x sh a tib , u insonni 
baxt-saodatga  eltadi,  dem oqchi  boMadi:  y a ’ni  bu  m aqolat  «ilm   osm onining 
yulduzlardek  baland  m artabaliligi  haqidakim ,  bilim sizlik  tunni  yoritish 
uchun  «ауп» -  quyosh,  «lorn» -  oy,  «m im » -  kunduz belgilarini  k o 'rsatad i; 
bilim sizlik shom ning q o ro n g 'u  k o 'rin ish i  haqidakim ,  g 'a fla t chaqini  pastlik 
kechasida  zohir  qilib,  bu  kechada  baxtsizlikdan  hikoya  aytadi;  olim ning 
butun  baxtsiz vujudining  quyoshdek yuksakligi jo h iln in g  esa  butun  borligM 
boylik,  m ol  boMsa ham  tuproqdek xorligi» haqida fikr bayon  etadi.
Demak,  Alisher  Navoiy  ilmni  inson  kamoloti  uchun  eng  zarur  fazilatlardan 
biri  deb  biladi.  U  ilmni  insonni,  xalqni  nodonlikdan, jaholatdan  qutqaruvchi  omil 
sifatida ta’riflayda. Alisher Navoiy orzu qilgan komil inson  faqat ilmli boMish bilan 
qanoatlanib  qolmaydi.  Uni  haqiqiy  inson  sifatida  ta’riflashga,  yana  sabr-qanoat, 
saxiylik,  himmat, to'g'rilik,  rostgo'vlik, tavoze,  adab,  ishq-vafo va hokazolar ham 
asos  bo'ladi.  Navoiy  insonning  axloqiy  xislatlari  -   yaxshi  fe’l-atvorlar  xususida 
to'xtalib o'ttir ekan, aw alo har bir insoniy fazilatning ta’rifini beradi.
A bdurahm on  Jom iy  o 'z   yashagan  davridagi  insonni,  y u k sak   axloqiy 
xislatlarni,  g o 'z a l  fazilatlarni  bayon etgan allom alardan  sanaladi.
A bdurahm on  Jom iy  ham   o 'z   asarlarida  insoniy yuk saklikn i  t a ’rif  etadi. 
U ning 
uchta  lirik  devon,  yetti  dostondon 
iborat 
«H aft  rang»  («Yetti 
taxt»),  ta ’lim -tarbiyaga  oid  «B ahoriston»  asarlari  bilan  ja h o n   m adaniyati 
taraqqiyotida  m unosib o 'rin g a  ega  bo'lgan.
1 0 8


Abdurahmon  Jomiy 
ta’limiy-axloqiy  qarashlarini  mashhur  «Silsilat 
uz-zahab»  («Oltin tizmalar») dostonining «Sevimli aziz farzandga nasihat» 
bobida,  avvalo,  har  bir yosh  bilim  olishi  zarurligi,  chunki  inson  umri juda 
qisqa  bo‘lib,  bu  ummi  behuda  o ‘tkazmasligi,  ammo  bilim  olgandan 
so‘ng  unga  amal  qilish  lozimligini  ta’kidlaydi  va  amaliyotsiz  ilm  ham 
behuda ekanligini  alohida uqtiradi.
Husayn  Voiz  Koshifiy  ham  o‘z  davrining  yirik  olimi  sanaladi.  U  o‘z 
asarlarida inson aqliga, aqliy tarbiyaga katta e’tibor beradi. Aqlni haqiqat sifatida 
ta’riflab, inson o ‘zining faoliyatini aql yordamida amalga oshiradi,  deydi.
U  ilm  boylik va  dunyo  orttirish  uchun  emas,  balki  hayot kechirish  uchun 
zarurdir,  chunki  ilm -  doimiy,  mol-dunyo  o‘tkinchi,  deb tushuntiradi.  Haqiqiy 
dono, bilimdon kishilar o‘tkinchi narsalarga e’tibor bermaydilar, deydi. Demak, 
Koshifiy  ilmni  amaliyot  bilan  bog‘lab  tushuntiradi.  Koshifiy  har  bir  ishning 
muvaffaqiyatini  bilimlarni  amalda  qo‘llanish  bilan  belgilagan.  Bunda  u 
ilmni  inson  aqliy  faoliyati  sifatida talqin  etib,  o‘z  navbatida  bu  faoliyat yangi 
bilimlaming paydo bo‘lishiga asos bo‘ladi, degan fikmi bildiradi.
M ahmudxo‘ja   Behbudiy  ta ’lim-tarbiya  ishini  ijtimoiy  hayot,  jahon 
miqyosida  sodir  bo‘layotgan  voqealar  bilan  bog‘liq  holda  olib  borishni 
talab etadi, yoshlar tarbiyasida oila, ota-onalar alohida mavqega ega ekanini 
ta’kidlaydi.  U  «Padarkush»  asarida:  «Bizlarni  xonavayron...  bevatan  va 
bandi  qilg‘on  tarbiyasizlik  va  jaholatdir,  bevatanlik,  darbadarlik,  asorat, 
faqirlik, zarurat va xorliqlar... hammasi ilmsizlik va betarbiyalikning mevasi 
va natijasidir...»!, -  deb yozadi.
U  maktab  tarbiyasi  bilan  oila  tarbiyasi  uzviy  birlikda  olib  borilishi 
kerakligini ta ’kidlaydi.
M unavvar qori  bolalar tarbiyasida faqat ota-onalar emas,  balki  muallim 
va  keng  jam oa  javobgar  ekanligini  aytib,  ulardan  bolalarni  axloqli  qilib 
tarbiyalashni  talab  etdi.  U  yoshlarni  bilimlarni  puxta  egallashga,  mehnat 
qilishga, umuminsoniyqadriyatlargasadoqatlibo‘lishgachorladi,ota-onalarni 
farzandlarida  m a’naviyat,  nafosat,  go‘zallik  tuyg‘usini  rivojlantirishga 
da’vat qildi. M unavvar qorining fikricha, yosh avlodni tarbiyalash bilangina 
millatni  uyg‘otish,  Vatanni  ozod  qilish,  xalq  m a’naviyatini  yuksaltirish, 
turmushni farovonlashtirish mumkin. Adib yoshligidan  bolalarda mehnatga 
qiziqish,  g ‘ay rat, jasorat fazilatlarini tarbiyalashni tavsiya etadi.
Abdulla Avloniy  1904-yilda Mirobodda  usuli jadid  maktabini  ochishga 
muvafifaq  bo‘ldi.  1907-yi!  4-dekabrda  uning  muharrirligida  «Shuhrat» 
gazetasining birinchi soni bosmadan chiqdi.
Avloniy  1909-yilda  «Jamiyati  xayriya»  tashkilotini  ochdi  va  mahalliy 
xalq bolalarining o ‘qib, bilim olishi uchun pul yig‘ib, maktablarga tarqatadi.

Download 7,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish