5. a) Tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi prinsipi
Tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi – ijtimoiy pedagogika prinsipi, shunga ko‘ra ijtimoiy pedagog o‘z amaliy faoliyatida bolaning tabiiy holda rivojlanishi omillariga tayanadi.
Tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi prinsipi ilk bor buyuk slavyan pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670) bilan uning “Buyuk didaktika” (1632) degan eng asosiy ishida ta’riflangan Komenskiy, inson tabiatning bir qismi sifatida uning eng asosiy, umumiy qonunlariga bo‘ysunadi, deb hisobladi. Komenskiyning fikricha, tabiatning bu qonunlari o‘simliklar va hayvonlar olamida ham, shuningdek, insonga nisbatan ham o‘z ta’sirini o‘tkazib turadi. Y.A.Komenskiy nafaqat tabiatning umumiy qonunlariga, balki bola shaxsi psixologiyasiga ham tayanardi. U bolalar, o‘spirinlar va yosh yigitlarning yoshiga oid tavsifiga tayanga holda o‘z bolalar ta’lim-tarbiyasi tizimini ilgari suradi, asoslaydi va quradi.
Komenskiydan ancha ilgari Sharq Uyg‘onish davri buyuk qomusiy olimi va mutafakkiri Abu Ali ibn Sino (980-1037) o‘z ishlarida tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi haqida gapirgan edi.
Masalan, “Uy-ro‘zg‘or tutish” haqidagi asarida Ibn Sino yozgan ediki, inson aqlli mavjudot, shuning uchun tabiatda alohida o‘rin tutadi va uning qonunlariga ko‘ra rivojlanadi. “Yomon xislatlarni qayta tarbiyalash” asarida esa Ibn Sino yozadiki, kimki ahloqsiz insonni tarbiyalamoqchi (qayta tarbiyalamoqchi) bo‘lsa, unda u uni har tomonlama o‘rganishi (insonni), inson tabiati qoidalarini bilishi kerak.
Natijada tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi prinsipi ko‘pgina buyuk pedagoglar tomonidan o‘z pedagogik va ijtimoiy pedagogik nazariyalari qurish asosi sifatida olingan edi. Masalan, fransuz faylasufi Jan Jak Russo (1712-1778) hisoblagan ediki, bola tarbiyasi tabiat bilan uyg‘un ravishda amalga oshirilishi kerak. U yozardiki, “Bolalar katta bo‘lishidan ilgari bola bo‘lishi kerak”.
Shveytsar pedagogi Iogann Genrix Pestalotssi (1746-1827) yetim va qarovsiz bolalar uchun muassasalar va bolalar uyini yaratgan, u hisoblardiki, tabiat maqsadi – inson tabiiy kuchlari va qobiliyatlarini rivojlantirishdir, bunda rivojlanish har tomonlama va uyg‘un bo‘lishi lozim.
Nemis olim-pedagogi Adolf Disterveg (1790-1866) ham I.G.Pestalotssi ketidan bu prinsipni eng muhim tarbiya prinsipi deb hisoblagan. O‘z ishlarida yozgan ediki, ta’lim va tarbiya jarayonida yosh va individual xususiyatlarni e’tiborga olish lozim.
Tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi rus klassik pedagoglari ishlarida ham o‘z aksini topgan. K.D.Ushinskiy (1824-1871) o‘zining asosiy “Inson tarbiyaning mazusi sifatida” degan psixologik-pedagogik asarida yozgan ediki, bola tarbiyasi va ta’limi uchun tarbiya prinsiplari va qoidalarini bilish, balki inson tabiati asosiy qonunlarini bilish, ularni har bir aniq holda tatbiq qila olish lozim. K.D.Ushinskiy fiziologiya, gigiyena va psixologiya (diqqat, xotira, tasavvur, hislar, iroda) asoslarini oldindan o‘rganish zaruriyatini asoslab berdi, buning asosida so‘zlash qobiliyatini, ahloqiy, estetik va diniy hislarni, didaktikani o‘rganishga o‘tish mumkin.
Sharq Uyg‘onish davri mutafakkir qomusiy olimi Abu Nasr al-Farobiy (873-950) pedagogikaning mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga qadar o‘z asarlarida tarbiya, inson tabiatning eng ta’kidlagan oliy yutug‘idir va o‘z aqliga ko‘ra atrof-muhitni har tomonlama idrok qilish mumkin.
Abdulla Avloniy (1878-1934) “Turkiy guliston yohud ahloq” degan asarida turli shaxs ahloqiy xislatlarini tarbiyalashga katta e’tibor beradi. Uning asarini o‘zbek tilida yozilgan pedagogika bo‘yicha birinchi darslik deb hisoblash mumkin.
1) Pedagogika mustaqil fan sifatida Y.A.Komenskiyning “Buyuk didaktika” (XVII asr) degan asaridan so‘ng ajralib chiqdi, unda didaktika prinsiplari va pedagogik jarayon qonuniyatlari aniq ta’riflangan.
Forobiy pedagogikani mustaqil fanga ajratmagan, uni siyosiy (fuqaro) fan tarkibiga kiritgan.
Uning fikricha, bolalarda ijobiy ahloq xislarini tarbiyalashda atrof-muhit katta tabiiy kamolotiga ishonardi, bola tabiatidan go‘zallik va mehr-oqibat bilan uyg‘un ravishda tug‘iladi.
Ijtimoiy pedagogikada tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bo‘lish prinsipiga amal qilib, quyidagi qoidalarga tayanish lozim:
Bolalar yoshi xususiyatlarini e’tiborga olish;
Bolalar jinsiy xususiyatlarini e’tiborga olish;
me’yordan chetga chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan bolalarning individual xususiyatlarini e’tiborga olish;
bola shaxsidagi ijobiy, kuchli tomonlarga tayanish;
bola tashabbuskorligini va mustaqilligini rivojlanтириш.
Do'stlaringiz bilan baham: |