Pedagogika (gr. 'παῖς', paіda bola, gr. 'ἄγω', gogos yetaklovchi) atamasi



Download 160,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana29.12.2021
Hajmi160,06 Kb.
#76601
  1   2
Bog'liq
Pedagogika - Vikipediya
form-native-oz, form-native-oz, Test 1-4-sinf, 8-Fuqaro erk va faolligi, Marketing va marketing xizmati, marketing strategiyasini mavjud vaziyatga moslashtirish, Marketing va marketing xizmati, Nazokat Qobiljonova, Nazokat Qobiljonova, 721 11.09.2018, investitsiya dekabr uz, Устюрттен табылган Маугли -WPS Office 090420005558, 2.Ekstragenit kasaliklar asosida homlodorlik (1), 7-amaliy, 189805


Pedagogika

Pedagogika (gr. 'παῖς', paіda — bola, gr.

'ἄγω', gogos — yetaklovchi) atamasi

qadimiy bo‘lib, „bola yetaklovchi“ degan

maʼnoni bildiruvchi grekcha

„paydogogos“ so‘zidan kelib chiqqan.

Tarixiy manbalarning ko‘rsatishicha,

qadimgi Yunonistonda o‘z xo‘jayinining

bolalarini sayr qildirgan, ehtiyot qilgan,

harbiy mahoratni oʻrgatgan tarbiyachini,

yaʼni qullarni „pedagog“ (bola

yetaklovchi) deb atashgan. Keyinchalik

esa, maxsus o‘qitilgan va pedagoglikni



o‘ziga kasb qilib olgan kishilarni pedagog

deb atay boshlashgan.



Pedagogika (yun. paidagogike) — tarbiya,

taʼlim hamda maʼlumot berishning

nazariy va amaliy jihatlarini oʻrganuvchi

fanlar majmuasi. Ped. institutlari va

ayrim boshqa oʻquv yurtlarida

mutaxassislik dasturi asosida

oʻrganiladigan oʻquv predmeti ham P. deb

yuritiladi. P. fan sifatida bola

tarbiyasining nazariy asoslari bilan

shugʻullangan. Zamonaviy P. bolalar bilan

birgalikda kattalarning ham oʻquv-

tarbiyaviy, madaniy hamda

maʼnaviymaʼrifiy tarbiyasi bilan

shugullanishni koʻzda tutadi. Oʻzbekiston




Respublika-sida P. ga barkamol shaxs

maʼnaviyatini shakllantirishning asosiy

vositasi sifatida yondashiladi.

P. tarbiya jarayonining qonuniyatlari,

tarkibi va uni tashkil etish mexanizmlarini

tadqiq etadi, tarbiyaviy va oʻquv

ishlarining mazmuni, tamoyillari, ularni

tashkil etish shakl, usul hamda

yoʻsinlarini belgilab be-radi.

Shaxsni tarbiyalash, oʻqitish va

shakllantirish P.ning asosiy funksiyasi

hisoblanadi. Shaxsni tarbiyalash P.dagi

asosiy tushuncha sanalib, oila va

jamiyatning barkamol shaxsni

shakllantirishga yoʻnaltirilgan birgalikdagi

faoliyatini anglatadi. Tarbiya yordamida




inson shaxsining maʼnaviy jihatlarini

qaror toptirish koʻzda tutiladi.

Dunyoqarash, eʼtiqod, ezgulik, goʻzallik,

yaxshilik, adolatga doyr qarash va

koʻnikmalarning shaxs sifa-tiga

aylantirilishi tarbiya yordamidagina

amalga oshiriladi. Insonlar ora-sida

yashash, hayotda turmush kechirish va

faoliyat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan

bilim, koʻnikma va malakalar yigʻindi-sini

oʻzlashtirishga qaratilgan faoliyat oʻqitish

tushunchasini ifoda etadi. Oʻqitish

natijasida shaxs zaruriy bilimlar bilan

taʼminlanib, kelgusida turli darajadagi

maxsus maʼlumotni olish imkoniga ega

boʻladi. Tarbiyalash va oʻqitish natijasida

odamda muayyan shaxs sifatlari



shakllantiriladi. Shaxe tarbiyalash va

oʻqitish orqali oʻzida oldin boʻlmagan

maʼnaviy-intellektual sifatlarga ega

boʻladi. Bu hol shaxsning umri

mobaynida uzluksiz davom etadi va

uning rivojlanishiga omil boʻladi.

Inson va uni shakllantirishga doyr fan

sifatida P. falsafa, etika, estetika,

madaniyatshunoslik, psixologiya,

iqtisodiyot, siyosatshunoslik,

demografiya, tarix, adabiyot, tibbiyot,

mat. va boshqa fanlar bilan uzviy bogʻliq.

P. fani va amaliyoti taraqqiyotida bu

fanlarning nazariy asoslari, tadqiqot

metodlari, ilmiy xulosalarni aniqlash,



taxlil qilish hamda umumlashtirish

usullaridan foydalanadi.

P.da taʼlim va tarbiya jarayonlarining

qaysi jihatlarini oʻrganishdan kelib

chiqadigan bir qancha soha va boʻlimlar

mavjud. Oʻqitishning maqsadi, vazifalari,

tamoyillari, usullari bilan

shugʻullanadigan sohasi didak-tikadir.

Shaxsning axloqiy sifatlarini tarkib

toptirish, unda eʼtiqod, dunyoqarash,

axloq singari maʼnaviy jihatlarni

shakllantirish masalalarini P.ning tarbiya

nazariyasi va amaliyoti tarmogʻi oʻz

ichiga oladi. Taʼlim-tarbiyani tashkil etish,

uyushtirish va uni boshqarish singari

tashkiliy-pe-dagogik ishlar qonuniyati




P.ning mak-tabshunoslik sohasi

tomonidan ishlab chiqiladi. P. hamisha

muayyan yoshdagi, maʼlum hayotiy va

akliy tajribaga ega boʻlgan kishilar bilan

ish koʻradi. Shuning uchun ham P.ning

qonuniyatlarini belgilashda taʼlimtarbiya

oluvchining yosh xususiyatlarini hisobga

olish hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi.

Shu sababli P. oila ped.si, maktabgacha

taʼlim ped.si, maktab ped.si, kasb-hunar

taʼlimi ped.si, oliy taʼlim ped.si, kadrlar

malakasini oshirish va ularni qayta

tayyorlash taʼlimi ped.si kabi qismlarga

boʻlinadi va umumlashtirilgan holda yosh

ped.si deb ataladi.



Ayrim oʻquv fanlarini oʻqitish

qonuniyatlari va usullarini oʻrgatuvchi

metodika (tadris) fanlari ham P.ning

sohalari hisoblanadi. Bularga nisbatan

didaktika umumiy metodika hisoblanadi

va har bir alohida predmeti metodikasi

xususiy didaktika sanaladi. Ammo bu xil

chegaralanish anchagina shartlidir.

Chunonchi, adabiyot oʻqitish metodikasi

didaktikaga nisbatan xususiy didaktika

hisoblanadi, ayni vaqtda, u mumtoz

adabiyot tarixini oʻrganish metodikasi,

chet el ada-biyotini oʻrganish metodikasi,

xalq ogʻzaki ijodini oʻrganish

metodikasiga nisbatan umumiy metodika

vazifa-sini bajaradi. Xususiy metodikalar

umumiy didaktikaga tayangan va uning



nazariy umumlashmalariga asoslangan

holdagina rivojlana oladi. Ayni vaqtda, har

bir aniq fanga tatbiq etilgan didaktik

qonuniyatlar oʻsha oʻquv predmetini

oʻqitish tajribasidagi oʻziga xoslik bilan

boyitiladi, umumiy jihatlarni

konkretlashtiradi, har bir oʻziga xoslikda

oʻqitishning universal jihatlarini namoyon

etadi.

P.ning jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida



nuqsoni boʻlgan bolalar rivojlanishining

ruhiy-jismoniy xususiyatlarini, ularni

tarbiyalash, oʻqitish va shakllantirishdagi

oʻziga xosliklarini hisobga olib ish

koʻradigan tarmogʻi defektologiyapnr.

Defektologiya bolaning qanday jismoniy




nuqsonga egaligi hamda ularga

beriladigan taʼlimtarbiyaning

yoʻnaltirilganligiga qarab tiflopedagogika,

surdopedagogika, oligofrenopedagogika,

logopediya singari tarmoqlarga boʻli-nadi.

Jahon yoki milliy tarbiya nazariyasi,

didaktika fani hamda amaliyo-ti jamiyat

taraqqiyotining turli davrlarida qanday

mazmun-mundarija, shakl-shamoyil kasb

etganligi, qaysi usul va shakllardan

foydalanib ish koʻrganligi, qanday

natijalarga erishganligi kabi masalalar

ped. tarixi fani tomonidan tadqiq etiladi.

20-asr boshlaridan qiyosiy ped. fani

P.ning alohida tarmogʻi sifatida dunyoga

keldi. Unda jahondagi turli xalqlarning




pedagogik qarashlari va taʼlim-tarbiya

tizimi qiyosiy-genetik yoʻsinda bir-biriga

solishtirilgan holda oʻrganildi. P.ning bu

tarmogʻi taʼlim-tarbiya borasidagi eng

ilgor usul va yondashuvlarni solishtirish,

maqsadga muvofiklarini muayyan milliy

pedagogik fan va amaliyotga tat-biq

qilish imkonini beradi. Mamla-katimizda

hozircha qiyosiy ped. alohida fan sifatida

shakllanmagan boʻlsada, bu borada jiddiy

izlanishlar amalga oshirilgan.

Tarixi. P. inson faoliyatining eng qad.

turidir. U odam bilan birga paydo boʻlgan

va odamning odamligini, uning oila,

jamoa hamda jamiyat boʻlib yashashini

taʼminlab turgan fan va amaliyotdir.




Insoniyat mavjud tajribalarni oʻrganish va

boshqalarga oʻrgatishni yoʻlga qoʻya

boshlagan vaqtdan, yaʼni P. paydo

boʻlganidan buyon hamda shu tufayligina

mavjuddir. Dastlab sof amaliy harakterga

ega boʻlgan va insoniyat koʻp yillar

mobaynida orttirgan hayotiy tajribalarni

yoshlarga qisqa muddatda oʻrgatishni

koʻzda tutgan. Bu P. udum, odat, anʼana

tarzida namoyon boʻlgan. Shuning uchun

ham oldin xalq pedagogikasi vujudga

kelgan. Chunonchi, oʻzbek xalq P. siga

muvofiq, kichik yoshdagilar kattalardan

oldin taomga qoʻl uzatmaydi, koʻrishish

uchun oldin katta qoʻl choʻzishi lozim, ota

bilan masala talashilmay-di, kattalarga

ran qaytarilmaydi va boshqa



Odamzodning hayotiy va aqliy tajribasi

ortib, turmush kechirish tarzi xilma-

xillashib, mehnat taqsimoti yuzaga kelib

turli fanlar paydo boʻla boshlashi bilan P.

ham inson faoliyatining alohida sohasiga

aylandi. Taʼlim va tarbiyaga doyr

qarashlar tizimi shakllandi. Lekin bular

darhol pedagogik nazariy tizimlar sifatida

emas, balki milliy fikr tarbiyaga daxldor

qarashlar, aqidalar, hikmatlar tarzida

namoyon boʻldi. Yozuv paydo boʻlishi

bilan pedagogik qarashlar yozuvga

koʻchiriladigan boʻldi. Antik davrdagi mu-

tafakkirlarning taʼlimtarbiya borasidagi

fiqolari markazida yetuk insonni

shakllantirishga intilish is-tagi turardi.

Shumer, Misr, Xitoy, Hindiston va Oʻrta



Osiyodagi turli madaniymaʼrifiy obidalar

moddiy madaniyat namunalarigina boʻlib

kolmay, oʻz davridagi buyuk pedagogik

meros hamdir. Qadim zamonlarda paydo

boʻlgan pedagogik qarashlar koʻproq

amaliy xususiyatga ega boʻlsada, ke-

yinchalik P.ning alohida fan sifatida

shakllanishiga ulkan hissa qoʻshdi. P.

insoniyatning axloqodobi va

maʼnaviyatigagina emas, balki akliy

rivojiga ham hal qiluvchi taʼsir koʻrsatgani

sababli uning taraqqiyot darajasi

jamiyatning ravnaqiga muvofiq tarzda

roʻy berdi. Bir qancha mamla-katlarning

rivojiga ham, boshqalarining esa

qolokligiga ham koʻpincha oʻsha

mamlakatdagi P.ning holati sabab



boʻlgan. Xususan, Sharqxalklari oʻz vaq-

tida eng qad. va ilgʻor pedagogik

qarashlar tizimini yaratgan boʻlishlariga

qaramay, shu tizimni zamona talablariga

muvofiq tarzda takomillashtirib

bormaganliklari uchun keyinchalik ilm-

fan taraqqiyoti jihatidan qoloq holga

tushib qoldilar.

Aytish kerakki, marksistik falsafa barcha

ijtimoiy hodisalar kabi P.ni ham oʻzi oʻylab

topgan ijtimoiyiqtisodiy qoliplarga

muvofiq tarzda izoxlashga urinib keldi.

Shundan kelib chiqib. P.ni partiyaviy-sinfiy

xususiyatga ega deb qaraldi va turli

sinflarning P.si bir-biridan jiddiy farq

qiladi hamda oʻzaro qaramaqarshi




boʻladi, deb izoxladi. Shuning-dek,

marksistik yondashuvga koʻra, P. ijtimoiy-

iqtisodiy formatsiyalarga muvofiq boʻladi,

yaʼni tuzum oʻzgarishi bilan tubdan

oʻzgarib, oldingi pedagogik tizim toʻliq

inkor etiladi. Holbuki, fan insoniyat tarixi

marksizmda ay-tilgan besh

formatsiyadan iborat emasligini

koʻrsatdi. Binobarin, shunga moslab

chiqarilgan xulosalarning sunʼiy va

noilmiy ekanligi ayon boʻldi.

Oʻzbek P.si juda qad. tarixga ega boʻlib,

uning dastlabki ildizlari Avestota, Urxun-

Yenisey bitiklariga, Selungur

madaniyatiga borib taqaladi. Ave-stodagi

ezgu fikr, ezgu soʻz va ezgu amal




haqidagi, kishilarga koʻngil maʼrifa-ti

berish borasidagi qarashlar yozma milliy

pedagogik qarashlarning dastlabki

namunasi boʻlib, yetuk insonni

shakllantirishga yoʻnaltirilgan. Milliy

P.ning taraqqiyotida islom dini va

tasavvuf taʼlimoti hal qiluvchi oʻrin tutadi.

Chunki Qurʼoni karim, Xdsisi sharif va

tasavvuf taʼlimo-tining markazida axloq,

komil inson maʼnaviyatini shakllantirish

turardi. Komil inson taʼlim-tarbiya

yordamida, yaʼni P. vositasida tarkib

toptirilishi mumkin edi. Forobiyning fozil

odamlari, Beruniy, Ibn Sino falsa-fiy

qarashlaridan oʻrin olgan yetuk shaxslar,

Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy

asarlarida tasvirlangan be-nuqson



odamlar, Abduxoliq Gʻijduvo-niy, Ahmad

Yassaviy, Bahouddin Na-qshband, Alisher

Navoiy, Bobur, Mashrab orzulagan komil

inson uzbek P.sining markazida turardi.

17-asrdan boshlab, milliy P.da taʼlim-

tarbiyaning mohiyatiga emas, balki

tashqi jihatlariga eʼtibor kuchaydi,

turmush talablarini hisobga olmay,

hayotiy za-mindan uzilish sodir boʻddi.

Natijada, jamiyat taraqqiyoti susaydi,

ijtimoiy-siyosiy hayotda ham tanazzulga

yuz tutildi. P.dagi biqiqlik, biryoklamalik

kishilar ruhiyatiga koʻchdi, undan ijtimoiy

tartibotlar va siyosiy qurilmalarga oʻtdi.

Butun bir davlat xonliklarga boʻlinib ketdi.

Xonliklarning har birining ichida bir-biri

bilan kelishmovchilik hamda oʻzaro



janjallar avj oldi. Negaki, jamiyat va unda

yashaydigan insonlarning maʼnaviy

oʻrnaklari puxta tayin etilmagan edi.

Rossiya bosqini va shoʻrolar zamonida

milliy P. kuchli tanazzul davrini boshdan

kechirdi. Toʻgʻri, ayni shu davrda u

ilmning alohida sohasi sifatida tarkib

topdi. Lekin shoʻro davridagi oʻzbek P.si

toʻligʻicha gʻarbiy asoslarga qurilgan,

begona tamoyillarga tayangan fan boʻldi.

Unda millat maʼnaviy tajribasi, uning

asrlar mobaynida shakllangan anʼanalari,

ruhiy toʻlgamlari hisobga olinmagandi.

Shuning uchun ham toʻliq dahriylik

asosiga qurilgan begona P.koʻzlagan nati-

jalarga erisha olmadi.




Oʻzbekistonning mustaqillikka erishishi

natijasida millim ong boʻgʻuvdan,

mafkuraviy qolipdan, buyruqqa muvofiq

fiqolash zugʻumidan qutuldi. Bu hol

P.ning sogʻlom aql, milliy ruhiyat va

anʼanalarga moye tarzda yoʻlga

qoʻyilishiga imkon yaratdi. Bugungi

oʻzbek P.si millat ruhiyatidagi nozik

jihatlarni hisobga olgan va dunyo

tarbiyashunosligidagi eng soʻnggi

yutuqlarga tayangan qolda taraqqiy

etmoqda. Zamonaviy oʻzbek P.sida

barkamol insonni shakllantirish rasmiy

ravishda bosh maqsad qilib belgilangan.

Bu P. taʼlimtarbiya jarayonida taʼlim

oluvchi va tarbiyalanuvchilarning faol

ishtirok etishlarini koʻzda tutadi. Bolalar,



yoshlar pedagogik jarayonning

obʼyektigina emas, balki subʼyekti, yaʼni

ijrochisi ham ekanligiga alohida eʼti-bor

qaratilmoqda. Ayni vaqtda, barcha

pedagogik tadbirlar taʼlim-tarbiya

oluvchilarning mustaqil fiqolashlarini

taʼminlash, ularda tarbiyalanish va

oʻqishga ehtiyoj uygʻotishga yoʻnaltirilgan

xrlda tashkil etilmoqda. Bugungi oʻzbek

P.si uchun muayyan bilimlar yi-gʻindisi

emas, balki bola shaxsi bosh qadriyatga

aylangan. Shuning uchun ham milliy P.da

faqat bilimli oʻquvchilar tayyorlashga

emas, balki izlanuvchan, tashabbuskor

shaxsni shakllantirishga asosiy eʼtibor

berilmoqda.




Zamonaviy oʻzbek P.si rivojida E. Qodirov,

S. Dolimov, Q. Axmedov, D. Shodiyev, A.

Zunnunov, F. Musayev, J. Ikromov, K.

Hoshimov, J. Yoʻldo-shev, Y. Abdullayev,

N. Shodiyev, M. Quronov, L. Moʻminova,

B. Qodirov sin-gari olimlar tomonidan olib

borilgan i.t. ishlari muqim oʻrin tutadi.

Pedagogika, T., 1996; Oʻzbek

pedagogikasi tarixi, T., 1997; Qurbonov

Sh., Seytxalilov E., Kadrlartayyorlash

milliy dasturi: pedagogik tadqiqotlar

yoʻnalishi va muammolari, T., 1999;

Oʻzbek pedagogikasi antologiyasi

Adabiyot



[tuzuvchilar: K. Hoshimov, S. Ochil], 1-,

2-j.lar, T., 1995, 1999.

Qozoqboy Yoʻldoshev.

[1]


Pedagogika haqida ilk fikrlar falsafa,

diniy ilmlar tizimida, 

siyosatshunoslikda

,

huquqshunoslikda adabiyotda rivojlandi.



Tarix


Download 160,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
guruh talabasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
toshkent davlat
O'zbekiston respublikasi
tashkil etish
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
matematika fakulteti
saqlash vazirligi
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
ta’limi vazirligi
fanining predmeti
pedagogika universiteti
haqida umumiy
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
koronavirus covid
coronavirus covid
qarshi emlanganlik
respublikasi sog'liqni
vazirligi koronavirus
risida sertifikat
vaccination certificate
sertifikat ministry
covid vaccination
moliya instituti
fanidan tayyorlagan
umumiy o’rta
fanlar fakulteti
fanidan mustaqil
ishlab chiqarish
Toshkent axborot