Pedagogika fanining shakllanishi. Pedagogika fanining obyekti, predmeti va vazifalari


Pedagogika fanining obyekti, predmeti va vazifalari



Download 411,8 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana29.04.2022
Hajmi411,8 Kb.
#592058
1   2   3
Bog'liq
Pedagogika fanining shakllanishi

Pedagogika fanining obyekti, predmeti va vazifalari 
Har qanday fan mustaqil fan maqomiga, o‘z tadqiqot obyektiga va
predmetiga ega bo‘ladi. Fan obyekti bu aniq bir fan o‘rganadigan
borliqdagi biror bir qism, soha hisoblanadi. Pedagogika fanining
obyekti va predmetini aniqlashga turli qarashlar mavjud.
Pedagogika fanining obyekti sifatida keng ma’nodagi ta’lim qabul
qilingan. 
Pedagogika fanining obyekti bola, ya’ni 
yosh avlod
, pedagogikaning
predmeti esa bolaning, yosh avlodning tarbiyasidir. Pedagogikaning
mustaqil fan sifatida tadqiqot predmeti maxsus tashkil etilgan
pedagogik jarayon sifatida shaxsni shakllanishi va
tarbiyalanishining nazariy va metodologik muammolaridir. Demak,
pedagogika fan sifatida tarbiyalash, ta’lim berish va rivojlantirish
bilan shug‘ullanmaydi. Bu vazifalarni ota-onalar, tarbiyachilar va
o‘qituvchilar amalga oshiradi. Pedagogika fan sifatida ta’lim,
tarbiya, rivojlanish vositalarini yo‘l va usullarini ko‘rsatib beradi.
Pedagogika fanining tuzilmaviy elementlarini quyidagilar tashkil
etadi: obyekt, predmet, kategorial apparat, nazariya, faraz, metodlar
va faktlar. 
Fan obyekti ko‘p aspektli fenomen bo‘lganligi uchun, uning aniq bir
tomoni fan predmeti bo‘lib xizmat qiladi. 
Taniqli rus pedagog olimi V.V. Krayevskiy pedagogika fanining
predmeti kishilarning o‘zaro aloqasiga asoslangan, ta’lim-tarbiya
jarayonlarining birligidan hosil bo‘lgan bir butun pedagogik jarayon
hisoblanadi deb ta’kidlaydi. 
Har qanday fan predmeti uni kategorial-tushunchaviy apparati
orqali ochib beriladi. Shuning uchun «kategoriya», «tushuncha»,
«atama» so‘zlarini ma’nolarini farqlash maqsadga muvofiq. 
Kategoriya (yunoncha. kategoria - aniqlovchi) - umumiy va
fundamental tushuncha bo‘lib, ilmiy-nazariy tafakkur harakterini


aniqlovchi va real borliq qonuniyatlarini va munosabatlarini,
xususiyatlarini ifodalaydi. 
Tushuncha - bu aniq mazmun bilan to‘ldirilgan so‘z yoki so‘z
birikmasidir. 
Termin (atama) (lot. terminus - chegara) - maxsus soha doirasida
real obyektni aniq belgilash va uni boshqa tushunchalar bilan
munosabatini o‘rnatishni ifodalovchi so‘z yoki so‘z birikmasidir. 
Pedagogikaning asosiy kategoriyalariga quyidagilar kiradi:
ma’lumot, tarbiya, ta’lim, pedagogik jarayon, o‘z-o‘zini o‘qitish, o‘z-
o‘zini tarbiyalash. Ushbu kategoriyalarni ko‘rib chiqamiz. 
Ma’lumot - o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma, malakalarini o‘zlashtirish
natijasi va jarayoni, u asosida dunyoqarashni, axloqiy va boshqa
shaxsiy fazilatlarni shakllanishi, ijodiy qobiliyatlarini rivojlanishi. 
Tarbiya - shaxsni shakllanishi va rivojlanishi uchun sharoit
yaratishga va maqsadga yo‘naltirilgan jarayon. 
Ta’lim - bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish maqsadiga
yo‘naltirilib, maxsus tashkil etilgan jarayon bo‘lib, uning natijasida
shaxsni tabiiy qobiliyatlari rivojlanishi hamda uning shaxsiy va
ijtimoiy sifatlari shakllanadi. 
Pedagogik jarayon - o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro aloqadorligi
asosida maxsus tashkil etilgan shaxsni ta’limi, tarbiyasi va
rivojlanishini ta’minlovchi jarayon. 
O‘z-o‘zini o‘qitish - bilimlarni o‘zlashtirish va izlash bilan bog‘liq
bo‘lgan insonni maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati. 
O‘z-o‘zini tarbiyalash - insonni o‘zida 
xulq-atvor normalari
, sifat va
fazilatlarini shakllanishini anglagan va maqsadga yo‘naltirilgan
faoliyati. 
Har qanday fan o‘z nazariyasiga, fundamental bilimlar tizimiga ega.
Pedagogik nazariya - bu pedagogik hodisalarni aloqalari,
qonuniyatlari, obyektiv mohiyati to‘g‘risidagi bilimlar tizimini
ifodalaydi. V.V. Krayevskiyning fikricha, pedagogik nazariya
pedagogik borliqni ayrim tomonlarini izohlovchi, tushuntiruvchi,
tashhislovchi vazifalarni bajaradi. 
Fundamental va xususiy pedagogik nazariyalar mavjud.
Pedagogikaning fundamental nazariyalariga ta’lim 
nazariyasi
,
tarbiya nazariyasi, pedagogik tizimni boshqarish nazariyasi kiradi.
Pedagogikaning xususiy nazariyasiga masalan, G. I. Shukina
tomonidan asoslangan o‘quvchilarni bilish faoliyatini faollashtirish
nazariyasi, M.I. Maxmutovning muammoli ta’lim nazariyasi, L.V.
Zankov, V.V. Davidovlarning rivojlantiruvchi ta’lim nazariyasi, N.D.
Xmelning pedagogik jarayonni bir butunligi nazariyasini kiritishimiz
mumkin. 
Har qanday nazariyani ishlab chiqishda faraz asosiy o‘rinda turadi.


Faraz - bu haqqoniyligi amaliyotda tekshiriladigan, nazariy
asoslangan taxminlar yig‘indisi. 
Pedagogik faraz - bu borliqdagi hali ilmiy faktlar, metodlar, qonunlar
yordamida tekshirilmagan, pedagogik hodisaga tegishli taxmin
hisoblanadi. Har qanday pedagogik faraz aniq usul va metodlar
yordamida tekshiriladi. 
Pedagogika faniga nisbatan nazariyachilarning uch xil qarashlari
mavjud: 
pedagogika — insoniy bilimlarning predmetlararo sohasi
hisoblanadi. Bunday yondashuv tarafdorlari pedagogikani
mustaqil nazariy fan, pedagogik hodisalarni ifodalash sohasi
sifatida inkor etadilar; 
pedagogika — ta’lim yoki tarbiya sohasida paydo bo‘luvchi,
vazifalarni hal etishga moslashtirilgan, ilmiy bilimlarni qo‘llash
funksiyasini bajaruvchi amaliy o‘quv predmetidir. Pedagogik
hodisalarni alohida tomonlari, tasavvurlari yig‘indisi ushbu
pedagogikaning mazmunini tashkil etadi; 
pedagogika — o‘z tadqiqot obyektiga va predmetiga ega
bo‘lgan mustaqil fandir. 
Uchinchi nuqtayi nazar pedagogikani mustaqil fan sifatida qabul
qiladi. Pedagogika musaqil fan sifatida ta’lim-tarbiya hodisalarini
aloqadorliklarini o‘rnatib, turli faktlarni umumlashtiradi. 
U ta’lim-tarbiya ta’sirida nima uchun va qanday inson
rivojlanishidagi o‘zgarishlar ro‘y beradi degan savolga javob beradi. 
Pedagogikani fan sifatida aniqlash uchun uning tadqiqot predmetini
aniqlash hamda «pedagogika nimani o‘rganadi» degan savolga
javob berish maqsadga muvofiq. Shuning uchun pedagogikaning
obyektini va predmetini anglash zarur. 
Fan obyekti — bu u yoki bu fan o‘rganadigan borliqdagi soha
hisoblanadi. Pedagogikaning obyekti jamiyatdagi maqsadga
yo‘naltirilgan faoliyat jarayonida inson rivojlanishini ta’minlovchi
borliq hodisasi hisoblanadi. Borliqdagi bunday hodisa ta’limdir.
Ta’lim - davlat, jamiyat inson qiziqishlarini ifodalovchi maqsadga
yo‘naltirilgan ta’lim va tarbiya jarayonidir. 
Fan predmeti —bu obyektni ushbu fan nuqtayi nazaridan qarashdir. 
Pedagogikaning predmeti ongli va maqsadga yo‘naltirilgan tashkil-
lashtirilgan pedagogik jarayon hisoblanadi. 
Pedagogik jarayon deganda aniq tarbiyaviy tizim doirasida
tarbiyachi va tarbiyalanuvchi hamkorligida maxsus tashkil etilgan,
rivojlanuvchi
, qo‘yilgan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan,
tarbiyalanuvchilarda shaxsiy sifat va fazilatlarni shakllantirishga


yo‘naltirilgan jarayon tushuniladi. 
Pedagogika fani pedagogik jarayon mohiyatini, qonuniyatlarini,
prinsip- larini, rivojlanish istiqbollarini va yo‘nalishini o‘rganib, uni
tashkil etish nazariyasini va texnologiyasini ishlab chiqadi hamda
mazmunini shakllantirib, ta’lim-tarbiyaning yangi metod va
usullarini, tashkil etish shakllarini yaratadi. 
Demak, pedagogika bu ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi fan. 
Download
 1.36 Mb.

Download 411,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish