aniqlovchi va real borliq qonuniyatlarini va munosabatlarini,
xususiyatlarini ifodalaydi.
Tushuncha - bu aniq mazmun bilan to‘ldirilgan so‘z yoki so‘z
birikmasidir.
Termin (atama) (lot. terminus - chegara) - maxsus soha doirasida
real obyektni aniq belgilash va uni boshqa tushunchalar bilan
munosabatini o‘rnatishni ifodalovchi so‘z yoki so‘z birikmasidir.
Pedagogikaning asosiy kategoriyalariga quyidagilar kiradi:
ma’lumot, tarbiya, ta’lim,
pedagogik jarayon, o‘z-o‘zini o‘qitish, o‘z-
o‘zini tarbiyalash. Ushbu kategoriyalarni ko‘rib chiqamiz.
Ma’lumot - o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma, malakalarini o‘zlashtirish
natijasi va jarayoni, u asosida dunyoqarashni, axloqiy va boshqa
shaxsiy fazilatlarni shakllanishi, ijodiy qobiliyatlarini rivojlanishi.
Tarbiya - shaxsni shakllanishi va rivojlanishi uchun sharoit
yaratishga va maqsadga yo‘naltirilgan jarayon.
Ta’lim - bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish maqsadiga
yo‘naltirilib, maxsus tashkil etilgan jarayon bo‘lib, uning natijasida
shaxsni tabiiy qobiliyatlari rivojlanishi hamda uning shaxsiy va
ijtimoiy sifatlari shakllanadi.
Pedagogik jarayon - o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro aloqadorligi
asosida maxsus tashkil etilgan shaxsni ta’limi,
tarbiyasi va
rivojlanishini ta’minlovchi jarayon.
O‘z-o‘zini o‘qitish - bilimlarni o‘zlashtirish va izlash bilan bog‘liq
bo‘lgan insonni maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati.
O‘z-o‘zini tarbiyalash - insonni o‘zida
xulq-atvor normalari
, sifat va
fazilatlarini shakllanishini anglagan va maqsadga yo‘naltirilgan
faoliyati.
Har qanday fan o‘z nazariyasiga, fundamental bilimlar tizimiga ega.
Pedagogik nazariya - bu pedagogik hodisalarni aloqalari,
qonuniyatlari, obyektiv mohiyati to‘g‘risidagi bilimlar tizimini
ifodalaydi. V.V. Krayevskiyning fikricha, pedagogik nazariya
pedagogik borliqni ayrim tomonlarini izohlovchi, tushuntiruvchi,
tashhislovchi vazifalarni bajaradi.
Fundamental va xususiy pedagogik nazariyalar mavjud.
Pedagogikaning fundamental nazariyalariga ta’lim
nazariyasi
,
tarbiya nazariyasi, pedagogik tizimni boshqarish nazariyasi kiradi.
Pedagogikaning
xususiy nazariyasiga masalan, G. I. Shukina
tomonidan asoslangan o‘quvchilarni bilish faoliyatini faollashtirish
nazariyasi, M.I. Maxmutovning muammoli ta’lim nazariyasi, L.V.
Zankov, V.V. Davidovlarning rivojlantiruvchi ta’lim nazariyasi, N.D.
Xmelning pedagogik jarayonni bir butunligi nazariyasini kiritishimiz
mumkin.
Har qanday nazariyani ishlab chiqishda faraz asosiy o‘rinda turadi.
Faraz - bu haqqoniyligi amaliyotda tekshiriladigan, nazariy
asoslangan taxminlar yig‘indisi.
Pedagogik faraz - bu borliqdagi hali ilmiy faktlar, metodlar,
qonunlar
yordamida tekshirilmagan, pedagogik hodisaga tegishli taxmin
hisoblanadi. Har qanday pedagogik faraz aniq usul va metodlar
yordamida tekshiriladi.
Pedagogika faniga nisbatan nazariyachilarning uch xil qarashlari
mavjud:
pedagogika — insoniy bilimlarning predmetlararo sohasi
hisoblanadi. Bunday yondashuv tarafdorlari pedagogikani
mustaqil nazariy fan, pedagogik hodisalarni ifodalash sohasi
sifatida inkor etadilar;
pedagogika — ta’lim yoki tarbiya sohasida paydo bo‘luvchi,
vazifalarni
hal etishga moslashtirilgan, ilmiy bilimlarni qo‘llash
funksiyasini bajaruvchi amaliy o‘quv predmetidir. Pedagogik
hodisalarni alohida tomonlari, tasavvurlari yig‘indisi ushbu
pedagogikaning mazmunini tashkil etadi;
pedagogika — o‘z tadqiqot obyektiga va predmetiga ega
bo‘lgan mustaqil fandir.
Uchinchi nuqtayi nazar pedagogikani mustaqil fan sifatida qabul
qiladi. Pedagogika musaqil fan sifatida ta’lim-tarbiya hodisalarini
aloqadorliklarini o‘rnatib, turli faktlarni umumlashtiradi.
U ta’lim-tarbiya ta’sirida nima uchun va qanday inson
rivojlanishidagi o‘zgarishlar ro‘y beradi degan savolga javob beradi.
Pedagogikani fan sifatida aniqlash uchun uning tadqiqot predmetini
aniqlash hamda «pedagogika nimani o‘rganadi» degan savolga
javob berish maqsadga muvofiq.
Shuning uchun pedagogikaning
obyektini va predmetini anglash zarur.
Fan obyekti — bu u yoki bu fan o‘rganadigan borliqdagi soha
hisoblanadi. Pedagogikaning obyekti jamiyatdagi maqsadga
yo‘naltirilgan faoliyat jarayonida inson rivojlanishini ta’minlovchi
borliq hodisasi hisoblanadi. Borliqdagi bunday hodisa ta’limdir.
Ta’lim - davlat, jamiyat inson qiziqishlarini ifodalovchi maqsadga
yo‘naltirilgan ta’lim va tarbiya jarayonidir.
Fan predmeti —bu obyektni ushbu fan nuqtayi nazaridan qarashdir.
Pedagogikaning predmeti ongli va maqsadga yo‘naltirilgan tashkil-
lashtirilgan pedagogik jarayon hisoblanadi.
Pedagogik jarayon deganda aniq tarbiyaviy tizim doirasida
tarbiyachi va tarbiyalanuvchi hamkorligida maxsus tashkil etilgan,
rivojlanuvchi
, qo‘yilgan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan,
tarbiyalanuvchilarda shaxsiy sifat va fazilatlarni shakllantirishga
yo‘naltirilgan jarayon tushuniladi.
Pedagogika fani pedagogik jarayon mohiyatini,
qonuniyatlarini,
prinsip- larini, rivojlanish istiqbollarini va yo‘nalishini o‘rganib, uni
tashkil etish nazariyasini va texnologiyasini ishlab chiqadi hamda
mazmunini shakllantirib, ta’lim-tarbiyaning yangi metod va
usullarini, tashkil etish shakllarini yaratadi.
Demak, pedagogika bu ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi fan.
Download
1.36 Mb.
Do'stlaringiz bilan baham: