Pedagogika fanining predmeti.,maqsadi,vazifasi,ilmiy tadqiqot medotlari
Shaxsni tarbiyalash, oʻqitish va shakllantirish P.ning asosiy funksiyasi hisoblanadi. Shaxsni tarbiyalash P.dagi asosiy tushuncha sanalib, oila va jamiyatning barkamol shaxsni shakllantirishga yoʻnaltirilgan birgalikdagi faoliyatini anglatadi. Tarbiya yordamida inson shaxsining maʼnaviy jihatlarini qaror toptirish koʻzda tutiladi. Dunyoqarash, eʼtiqod, ezgulik, goʻzallik, yaxshilik, adolatga doyr qarash va koʻnikmalarning shaxs sifa-tiga aylantirilishi tarbiya yordamidagina amalga oshiriladi. Insonlar ora-sida yashash, hayotda turmush kechirish va faoliyat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalar yigʻindi-sini oʻzlashtirishga qaratilgan faoliyat oʻqitish tushunchasini ifoda etadi. Oʻqitish natijasida shaxs zaruriy bilimlar bilan taʼminlanib, kelgusida turli darajadagi maxsus maʼlumotni olish imkoniga ega boʻladi. Tarbiyalash va oʻqitish natijasida odamda muayyan shaxs sifatlari shakllantiriladi. Shaxe tarbiyalash va oʻqitish orqali oʻzida oldin boʻlmagan maʼnaviy-intellektual sifatlarga ega boʻladi. Bu hol shaxsning umri mobaynida uzluksiz davom etadi va uning rivojlanishiga omil boʻladi.
Inson va uni shakllantirishga doyr fan sifatida P. falsafa, etika, estetika, madaniyatshunoslik, psixologiya, iqtisodiyot, siyosatshunoslik, demografiya, tarix, adabiyot, tibbiyot, mat. va boshqa fanlar bilan uzviy bogʻliq. P. fani va amaliyoti taraqqiyotida bu fanlarning nazariy asoslari, tadqiqot metodlari, ilmiy xulosalarni aniqlash, taxlil qilish hamda umumlashtirish usullaridan foydalanadi.
Xalqning pedagogik qarashlari uzoq asrlar davomida shakllangan va ular bizga asosan xalq og’zaki ijodiga kiruvchi turli janrlardagi asarlarda va Qur’oni Karim hamda payg’ambarimizning hadislarida o’z ifodasini topgan. Demak, xalq pedagogikasi hozirgacha yashovchanligi asosan og’zaki tarzda bo’lib, u har bir avlod unga o’z tajribasini, qarashlarini, fazilatlarini qo’shgan holda bizgacha yetib kelgan.
O’zbek xalq pedagogikasida tarbiyaning birlamchi, ikkilamchisi bo’lmaydi. Hamma narsa hisobga olinishi, hech bir soha chekkada qolmasligi, ayni chog’da tarbiyaning nihoyatda nozik, injiq, murakkab tomonlari e’tiborga olingan holda, yetti o’lchab bir kesishga amal qilinadi, shuningdek, xalq tarbiyasida kecha, bugun va ertani o’ylab ish tutadi, ya’ni tarbiyani o’tmishni unutmaslik, bugunning qadriga etishlik, kelajakka umid asnosida olib boriladi. Unda hayot, tabiat va jamiyatdagi har bir voqea-hodisa, predmet, ko’rinish qisqasi jonli jonsiz neki bor, undan mukammal foydalanadi. Xalq pedagogikasida ishontirish, isbotlash, ta’sir, ibrat namunasi, tajriba natijalari, tasdiqlash kabilar tarbiyada muhim o’rin tutadi. Masalan, dov-daraxt, tog’-tosh, parranda-darrandalarga bag’ishlangan folklor namunalari bularning zaminida ekologik tarbiya yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |