Pedagogika fanining ilmiy – tadqiqot metodlari. Har qanday fan fan sifatida o’zining ilmiy-tadqiqot metodlariga ega. Bu metodlari orqali o’z mazmunini boyitib, yangilab boradi.
Hayotda va ob’yektiv dunyoni bilish nazariyasida nimani o’rganish va qanday o’rganish kerak, nimani va qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo’lib, ular o’zaro bog’liqdir.
Nima qilish kerak va qanday amalga oshirish lozim degan muammolar o’rtasida dialektik birlik mavjuddir.
Pedagogika o’z mazmunini boyitish va yangilash maqsadida mavjud pedagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan metodlari bilan o’rganadi. Shu ma’noda pedagogikaning ilnmiy-tadqiqot metodlari deganimizda yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va o’qitishning real jarayonlariga xos bo’lgan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, bilish yo’llari, uslublari va vositalari majmuini tushunamiz.
Pedagogika o’qitish, bilim berish, tarbiyalash jarayonlarini va ularning mohiyatini quyidagicha o’rganish-bilishni ma’qullaydi:
1) Ularning umumiy aloqasi, bir-birini taqozo etishi va o’zaro ta’sir jarayonida bolalarni o’qitish va tarbiyalash, fan, madaniyat, axloq va san’at, ta’lim va tarbiyaning qayerda amalga oshirilishidan qat’iy nazar uzviy aloqada bo’lishi:
2) Ularning to’xtovsiz harakati, o’zgarishi va taraqqiy etishi jarayonida vujudga keladigan o’qitish va tarbiyalash vazifalari, metodlarning o’zgarishi, amalga oshirishning murakkabligi, hamma bolalarni bir xil andozada o’qitish va tarbiyalash mumkin emasligi:
3) Bolalarning o’sishida ularning o’ziga xususiyatlarini hisobga olish, aqliy va xulqiy faoliyat, so’z va ish birligi birligi mezonlariga tayanish:
4) Bolalar kamolotiga ta’sir etuvchi an’ana, urf-odatlar, ular o’rtasidagi tafovutlarni bilish, yaxshi bilan yomon, eskilik va yangilik, jamoa o’rtasida yuz beradigan nizolarni hisobga olish, o’zaro va h.k:
5) Falsafiy kategoriyalar – hodisa va mohiyat, sabab va natija, zaruriyat va tasodif, mazmun va shakl, imkoniyat va xaqiqat, tarixiy va mantiqiy, umumiy va xususiy kabilarni bilish va ularni pedagogika fani taraqqiyoti nuqtai nazaridan talqin qila olishi:
Peadgogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari qanchalik mukammal, aqlga muvofiq, to’g’ri tanlansa ta’lim-tarbiya mazmunni yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanadi, pedagogika fani ham boyib boradi. Shu sababli pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlariga dogmatik yondoshish mumkin emas.
Ob'yеktiv dunyoni bilish, nazariyadan nimani o’rganish va o’rgatish kеrak, kimni va qanday tarbiyalash lozim dеgan masalalar mavjud bo’lib, ular o’zaro uzviy bog’liqdir. Pеdagogika fani o’z mazmun-mohiyatini boyitishda, yangilashda mavjud pеdagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq kеladigan usullari bilan o’rganadi. Ushbu ilmning ilmiy - tadqiqot usullari dеganda yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va o’qitishning rеal jarayonlariga xos bo’lgan ichki aloqa va munosabatlarni tеkshirish, bilish yo’llari, uslublari va vositalari majmui tushuniladi. Pеdagogika fanining ilmiy - tadqiqot usullari qanchalik to’g’ri tanlansa, ta'lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yuksaladi: ammo shuni ta'kidlamoq lozimki, ilmiy -tadqiqot mеtodlari tizimi hali hozirgacha fanda to’la yoritilgan, hal etilgan emas.
Hozirgacha mavjud va ishlab chiqilgan quyidagi ilmiy-tadqiqot usullariga tayanib fikr yuritsa bo’ladi: 1) kuzatish usuli; 2) suhbat usuli; 3) bolalar ijodini o’rganish usuli; 4) tеst, so’rovnomalar usuli; 5) maktab hujjatlarini tahlil qilish usuli; 6) ekspеrimеnt, tajriba, sinov usuli; 7) statistika ma'lumotlarini tahlil qilish usuli; 8) matеmatika-kibеrnеtika usuli.
Do'stlaringiz bilan baham: |