Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va uning mazmuni



Download 28,36 Kb.
bet1/9
Sana31.12.2021
Hajmi28,36 Kb.
#232057
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Документ Microsoft Word


Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va uning mazmuni 

Pedagogika fani yakka holda mukammallikka erisha olmaydi. U ham boshqa fanlar singari 

ijtimoiy  fan  yutuqlaridan  foydalanadi  va  mazmunan  boyib  boradi.  Hozirgi  kuniizda 

umumbashariyat tomonidan yaratilgan bilimlar va kelajak haqida ma‘lumot beruvchi nazariyalar 

muayyan darajada pedagogika fani uchun manba bo’ladi. Boshqa fanlar kabi pedagogika har bir 

insonning ijtimoiy kamolotiga xizmat qiladi.  

Ta‘lim-tarbiya tarixi, pedagogika tarixi fanidan xabardor bo’lmay turib pedagogik faoliyat 

bilan shug’ullanish mumkin emas.. 

Tarbiyaning mohiyatini ilmiy asosda tushunish uchun aniq tarixiy sharoitda uning taraqqiy 

etish  qonuniyatlarini  bilish  zarur.  Shuning  uchun  pedagogika  ijtimoiy  fanlardan  biri  sifatida 

ijtimoiy  fanlar  bilan  yaqin  aloqada  rivojlanib  boradi.  Tarbiya  maqsad  va  vazifalarini  inson 

shaxsining  har  tomonlama  rivojlanish  qonuniyatlarini  ishlab  chiqarish  jarayonida  tarix,  falsafa, 

iqtisod,  sosiologiya,  etika,  estetika,  umumiy  psixologiya,  yosh  psixologiyasi,  pedagogik 

psixologiya,  kasb  psixologiyasi,  oila  psixologiyasi,  ijtimoiy  psixologiya,  odam  psixologiyasi, 

harbiy psixologiya va fiziologiyasi bolalar gigienasi, pediatriya, medisina, kibernetika va boshqa 

fanlar  bilan  aloqa  qiladi.  Psixologiya  fani  bilan  aloqasini  tahlil  qilamiz.  Pedagog  o'quvchilarga 

ta'lim-tarbiya  berishda  ularni  sezgisi,  idroki,  tasavvur,  diqqat,  tafakkur  va  xotirasi  kabi  psixik 

jarayonlarni bilish darkor. Shuning uchun pedagogika fani psixologiya fani bilan alohida ish olib 

boradi.  Har  bir  fan  o'z  rivojlanishida  o'z  nazariyalarini  boyitishda  o'zining  ichki  ilmiy 

yo'nalishlariga  tayanib,  takomillashib  boradi.  Hozirgi  davrda  umuminsoniyat  tomonidan 

yaratilgan bilimlar va kelajak haqida axborot, ma'lumot beruvchi  turli fanlar muayyan darajada 

pedagogika fani uchun manba bo'ladi. Boshqa fanlar kabi pedagogika har bir insonning umumiy 

kamolatiga xizmat qiladi.  

O’qituvchi-tarbiyachi  yoshlarga  bilim  berish,  ma‘lumotli  qilish,  tarbiyalash  maqsadida 

unga  tizimli  ta‘sir  ko’rsatadi.  Bunda  psixologiya  va  ijtimoiy  omillarga  asoslanadi.  Ya‘ni, 

ko’rsatilayotgan ta‘sirning samarasini bilish uchun o’quvchining sezgi, idroki, tasavvur, diqqat va 

tafakkur- fikrlash jarayonining qanday kechayotganini bilishga asoslanib ta‘sir ko’rsatish rejasini 

belgilaydi.  Demak,  pedagogika  fani  psixologiya  va  sotsiolagiya  kabi  fanlar  bilan  uzviy 

bog’langandir. 

Falsafa  fani  esa  pedagogika  fani  uchun  metodologik  asos  bo’lib  xizmat  qiladi.  Chunki, 

hozirgi ta‘lim-tarbiya nazariyasi yutuqlari falsafiy fikrlar kurashi va taraqqiyotining mahsulidir. 

Falsafa  pedagogikani  ilmiy  usullar  bilan  qurollantiradi,  ta‘lim  va  tarbiyaning  ob‘ektiv  qonun-

qoidalarini  ishlab  chiqishga  manba  bo’ladi.  Pedagogikaning  aniq  masalalarini  ishlab  chiqishda 

sosiologiya, etika, estetika kabi fanlar katta ahamiyatga egadir. 



Etika falsafaning ahloqiy va tarbiya masalalari bilan bevosita bog'liqdir. Ularni xal etishda 

pedagogika ahloqning umuminsoniy qadriyatlariga suyanadi. 

Estetika  (nafosat  tarbiyasi)  insonning  estetik  ideallarini  shakllantirish,  madaniyatga  va 

voqelikka  estetik  munosabatlari  umumiy  qonuniyatlarini  o'rganadi  va  estetik  tarbiyani  ilmiy 

jihatdan  asoslash  uchun  xizmat  qiladi.  Bu  asoslarni  pedagogika  fani  ishlab  chiqadi,  yoshlarni 

go'zallikni xis qila olish, tushunishga o'rganish vositalari va yo'llari belgilab beradi. 

Jamiyatimiz  rivojlanishining  hozirgi  bosqichida  pedagogikaning  iqtisodiyot  fanlari  bilan 

aloqasi  mustahkamlanib  bormoqda.  Ijtimoiy  fanlardagi  ma'lumotlarga  suyanib,  pedagogika 

jamiyatning  tarbiyaga  bo'lgan  ob'ektiv  ehtiyojini  va  ularni  amalga  oshirish  shart-sharoitlarini 

o'rganadi. 

Insonning  aqliy  rivojlanishi  qirralarini,  jihatlarini  o'rganadigan  boshqa  fanlardan  farqli 

o'laroq, pedagogika inson shaxsi, uning taraqqiyot bosqichlari bilan shug'ullanadi. 

Pedagogika  psixologiya  va  fiziologiya  bilan  ham  bevosita    va  bilvosita  bog'liqdir. 

Fiziologiya  pedagogika  hamda  psixologiyaning  tabiiy  ilmiy  bazasi    hisoblanadi.  Pedagogika 

fiziologiyaning  oliy  asab  (nerv)  faoliyatining  rivojlanishi,  asab  sistemasining  o'ziga  xosligi, 

birinchi va ikkinchi signal sistemalar haqidagi, shuningdek sezgi organlarining, tayanch harakat 

apparatlarining, yurak. kon-tomir hamda nafas olish sistemalarining faoliyati, rivojlanishi haqidagi 

ma'lumotlarga suyanadi. 

 Umuman, pedagogika fani o'z oldidagi maqsad va  vazifalarni hal etishda boshqa fanlar 

yutuqlaridan foydalanmasdan ish olib borish mumkin emas degan xulosaga kelish mumkin. 




Download 28,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish