Ijtimoiy tajriba o‘quvchilarni ijtimoiylashtirishning integral natijaviy tavsifini o‘zida aks ettirib, faoliyatga yo‘naltirilgan va aksiologik yondashuvlarga asoslanishni talab etadi.
Faoliyatga yo’naltirilgan yondashuv nuqtai nazaridan ijtimoiy tajriba o’quvchining boshqa kishilar, atrof-muhit bilan o’zaro harakati natijasida yuzaga keluvchi ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va ustanovkalar yig’indisini o’zida aks ettiradi. Ana shu sababli shaxsda o’z-o’zini tashkillashtirish va o’z-o’zini korrektsiyalash madaniyatini shakllantirishga yo’naltirilgan “o’z-o’zini boshqarish tajribasi”ni ijtimoiy tajribaning komponenti sifatida qarash maqsadga muvofiqdir. O’z-o’zini boshqarish tajribasini shakllantirishning asosiy ijtimoiy sohalari sifatida individni sub’yekt-sub’yekt munosabatlariga jalb etish; sub’yektda tashabbuskorlikni shakllantirish; hayotiy faoliyat jarayonida o’z-o’zini tashkillashning universal namunalarini qabul qilish kabilarni kiritish mumkin.
Aksiologik yondashuv nuqtai nazaridan shaxsda ijtimoiy tajribani shakllantirish ikkita o’zaro aloqador yo’nalishda amalga oshadi. Birinchidan, inson hayotining mazmuni, shaxslararo munosabatda ma’naviy-axloqiy me’yor va qoidalar sifatida individda qadriyatga yo’naltirilgan orientatsiyani shakllantirish, ikkinchi tomondan shaxsiy nuqtai nazardan yuqori mavqega ega o’z-o’zini boshqarishda aks etuvchi o’zaro birgalikdagi faoliyat jarayonidagi xatti-harakatlar, ijtimoiy va hayotiy ahamiyat kasb etuvchi xulq-atvor me’yorlarini o’zlashtirish bilan bog’liqlikni o’zida aks ettiradi.
O’quvchilarni o’z-o’zini boshqarishga yo’naltirish pedagogik hodisa sifatida shaxs salohiyatini rivojlantirish bilan bog’liq intellektual, emotsional-hissiy va faoliyatga yo’naltirilgan sohalar uyg’unligini talab etadi hamda o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini yuqori darajada rivojlantirish asosida ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.
O’quvchilarning ijtimoiy tajribani o’zlashtirishi quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi lozim:
ijtimoiy moslashuv: ijtimoiy vaziyatlarda o’zining rolini aniqlay olish, vaziyatga moslashuvchanlik va safarbarlik;
loyihaviy: ijtimoiy faoliyat jarayonida o’z-o’zini anglash, individual xulq-atvor strategiyalarini tanlay olish;
interiorizatsiya: ijtimoiy faoliyatning asosiy me’yorlarini qabul qilish va faoliyatda namoyon etish
1.6. Xorijiy mamlakatlarda boshlang’ich ta’lim-tarbiya tizimi yuzasidan qisqacha izoh.
Do'stlaringiz bilan baham: |