Izchillik — muvaffaqiyat garovi. O‘ta aqlli bo‘lish yoki qandaydir noyob iste’dodga ega
bo‘lish shartmas, shunchaki, oldinga qarab izchil harakat qilish kerak, xolos. Nimaiki va’da
bergan bo‘lsangiz, barchasini hamisha vaqtida bajaring. Kishilar sizga doimo va har
qanaqangi vaziyatlarda ishona boshlamagunlariga qadar, faoliyatingizda yuqori darajali
sifatga rioya qilishda davom eting.
“O‘zini-o‘zi millioner qilganlar”ning yettinchi siri, bu —
tirishqoqlikdir
. Bu sifatsiz
muvaffaqiyatga erishish mumkin emas.
Hech qachon taslim bo‘lmang.
Muvaffaqiyatga
erishish uchun, ehtimol, ko‘p va og‘ir sharoitda ishlashga to‘g‘ri kelishi mumkinligiga
tayyor bo‘ling. Bir necha ming millionerlar orasida tadqiqot o‘tkazilganda, ularga “Siz nima
uchun va qanday qilib muvaffaqiyatli bo‘ldingiz?”, degan savol berilgan. Ularning 85 foizi
tamomila bir xil javob qaytargan: “Muvaffaqiyat hamisha mening hamrohim, negaki, men
boshqalarga qaraganda ko‘proq va zo‘r berib ishlayman”. Shuning uchun ishni boshqalarga
qaraganda ertaroq boshlash, ko‘proq ishlash va ishdan kechroq ketishlarga tayyor turing.
“O‘zini-o‘zi millioner qilganlar” haftasiga 50—90 soat ishlaydi. Aksariyati 70—80 soat
ishlaydi. Boshqacha qilib aytganda, haftasiga 40 soat ishlab, muvaffaqiyatli bo‘lgan kishilar
mavjud emas. Haftasiga 40 soat ishlash — sizga tirik qolishni ta’minlaydi, xolos. 40
soatdan oshig‘i – bu muvafaqqiyatingizga mablag‘ sarflash demakdir. O‘z ustingizda, hech
bo‘lmaganda, ishda ishlagandek — ko‘p, faol va astoydil ishlang va bu albatta o‘z
samarasini beradi.
Bugungi kunda bizga har kuni yopirilib kelayotgan ulkan axborot oqimida ro‘y-rost
vaziyatni aniqlash juda mushkul. Shunday bo‘lsa-da, tonnalab ma’lumotlarni o‘rganib
chiqadigan va shu orqali noyob tajribaga erishgan kishilar oramizda mavjud, albatta.
Ularning o‘zi, hayotlarida muayyan cho‘qqilarga erishgach, boshqalarga yaxshini
yomondan ajratish va jamoatchilikka eng muhim bo‘lgan axborotni yetkazishga
ko‘maklashadi. Brayan Treysi ham shunday inson — bo‘lajak millionerlarni
“yetishtiruvchi” millioner. Siz bu kabi kishilarni tanqid qilib, o‘zingizning baxt va
taraqqiyot sari yo‘lingizni berkitishda davom etishingiz yohud ularning biriga aylanishingiz
mumkin. Ayniqsa, bu kabi imkoniyat sizda endilikda mavjud: 7-noyabr kuni Toshkentdagi
“Turkiston” san’at saroyida Brayan Treysi o‘zining butun dunyoda eng mashhur
“Maksimumga erishish” seminari bilan chiqish qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: