Pedagogika fan sifatida



Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/48
Sana16.03.2022
Hajmi1,47 Mb.
#493139
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48
Bog'liq
pedagogika psixologiya

Psixoanaliz asoslari 
Reja: 
1.
 
Davolash va maslahatning psixoanalitik metodlari. Hulqiy terapiya. 
 
2.
 
Psixoanalizda diagnostik metodlar.
 
1.
 
Davolash va maslahatning psixoanalitik metodlari. Hulqiy terapiya. 
 
Soʼnggi yigirma yil davomida terapevtik texnikaning qator yangi turlari paydo boʼldi, 
shuning uchun ham psixoanaliz ularning safida ruhiy xastaliklarni davolashning teng 
hukukli metodi xisoblanadi. Xozir chet ellardagi psixologiya fakulьtetlari talabalari 


psixoanaliz bilan birga sistematik desensibilizatsiya, oʼziga ishonch treningi, aversiv va 
operant holat kabi tushunchalarga keng oʼrin beriladigan hulqiy terapiyani ham 
oʼrganmokdalar. Bundan tashkari, psixologik dasturda soʼzlashuv psixoterapiyasiga katta 
ahamiyat berilmokda. Bunday holat amalda har qanday davolash metodini, shu jumladan 
nopsixoanalitik metodlarni ham tanlash imkonini beradi. Biroq, koʼplab psixologlar avval 
hulqiy yoki soʼzlashuv terapiyasini qoʼllab koʼrib, natijadan qonikmay psixoanalizga 
oʼtishga qaror qiladilar. Vujudga kelgan vaziyat psixoanaliz va davolashning psixoanalitik 
metodlariga yangicha koʼz bilan qarashni taqozo qiladi. Shuning uchun avval xulqiy va 
soʼzlashuv terapiyasini koʼrib chiqib, soʼng ularni psixoanaliz bilan taqqoslaymiz.
HULKIY TERАPIYa. Hulkiy terapiyaga eksperimental oʼrganish nazariyasi asos 
boʼlib xizmat qiladi. Vaqt oʼtishi bilan xulqiy terapiya tushunchasi takomillashdi, hozirda u 
mohiyatan mantiqiy, lekin munozarali boʼlgan turli amaliy davolash metodlarini oʼz ichiga 
oladi. Ushbu terapiyaning muhim shartlaridan biri davolash natijalarini eksperiment 
vositasida qayta obʼektiv tekshirish boʼlib, bu holat uni psixologiyaning tabiiy ilmiy 
boʼlimiga qushish imkonini beradi, bu boʼlimning ajratib turuvchi belgisi esa, umumiy 
qonuniyatlarni konkret individga nisbatan qoʼllashdir.
Psixik buzilish modellashtiriladi va oddiy yul bilan: istak-reaktsiya sxemasiga amal 
qilinib, laboratoriya sharoitida bartaraf etiladi. Shuning uchun ham hulqiy terapiyani 
oʼrganish oson. Masalan. fobiya — xulk terapiyasiga koʼra, odamga xavf soluvchi vaziyat 
oqibatida vujudga kelgan patologik shartli reaktsiyadir, bunda fantaziyalar, siqib 
chikarilgan mayllar va himoya mexanizmlari inobatga olinmaydi. Buzilish sababini 
bolalikdan emas, patsientning hozirgi hayotidan qidiriladi. Qurquvga sabab boʼluvchi 
obʼektning ehtimol tutilgan ramziy ahamiyatiga hech kanday eʼtibor 
berilmaydi, unga QURQUV uygʼotuvchi sifatida qaraladi, qolgan narsalar esa asabiy 
qoʼzgʼolishnish oqibati deb hisoblanadi. Bunda hulqiy terapiyaning maqsadi patsientning 
noadekvat hulqini adekvat hulq,bilan almashtirishdir. Psixoanaliz hulqiy terapiyadan farq 
qilib, ongsiz psixik jarayonlarga katta ahamiyat beradi. Psixoanalizning tadkikot predmeti 
insondir, shuning uchun psixoanalizning hamma terapevtik usullari murakkab va nozik 
boʼlgan psixoanalitik shaxs nazariyasi asosiga koʼriladi. Jiddiy tafovutlarga qaramay, hulqiy 
terapiya bilan psixoanaliz oʼrtasida koʼpgina umumiylik bor. Ikkala metod ham oddiy 
boʼlmagan psixik fenomenlarni izohlashga yunaltirilgan va ijtimoiy munosabaglarni 
sogʼlomlashtirishga katta eʼtibor beradi, har ikkala metod ham tadqiqot jarayonida paydo 
boʼladigan xatolarning muqarrarligini tan oladi hamda zaruriy shart sifatida maʼlumotlarni 
qayta tekshirishni qabul qiladi. Shuni ham tan olish kerakki, maʼlumotlarni qayta tekshirish 
psixoanalizda fakat keyingi vaqtlardagina inobatga olina boshladi. Koʼplab psixoanalitiklar, 
xususan Gans-Folker Vertmann hulqiy terapiya bilan psixoanaliz oʼrtasidagi keskin farqni 
koʼrsatib beradi, lekin hozir har ikkala metodni sintez qilish tarafdorlari ham koʼpayib 
bormokda. Rayner Krauze tomonidan taklif qilingan bu ikki metod duduqlikni davolashda 
yaxshi samara bermoqda. Psixolog Eva Eggi hulqiy terapiya asosida ishlab chiqilgan 
kognitiv terapiya doirasidagi psixik buzilishlarni faqat oʼziga xos “tafakkur xatolari» gina 
emas, shu bilan birga irratsional fikrlar va patsient tomonidan anglanmaydigan, ichki 


ziddiyatlar oqibati deb biladi. E. Xand hulqiy terapiya bilan psixoanaliz oʼrtasida yanada 
koʼprok oʼxshashlikni taʼkidlaydi. U alohida inson ehtiyojlari, funktsiyalari, motivatsiyalari 
va hulqiy buzilishlarni izchil tadqiq qilib, ahamiyati terapiya jarayonida namoyon boʼluvchi 
ongli va “ongli boʼlmagan” funktsiyalarni farqdaydi. Paulь Vaxtelь oʼzining “Psixoanaliz 
va hulqiy terapiya, ular integratsiyasi himoyasi uchun soʼz” kitobida psixoanalitik 
“konstruktsiya” ni tan olishdan qoʼrqmasligini taʼkidlagan. Mazkur kitobida u fobiyalar 
paydo boʼlishining kuchsiz hulqiy terapiya nazariyasi bilan psixoanalizni koʼplab 
munosabatlarda sintezlab, hulqiy terapiyaga qoʼrquvni keltirib chiqaruvchi obʼektning 
ongsiz ahamiyati tushunchasini kiritadi. Psixoanalitiklar shuni ham hisobga olishlari 
zarurki, hulqiy terapiya ham amaliyotda oʼzini oqdaydi va ongsizlik buzilishining 
aniqlanishi duduqdanishdan aziyat chekadigan bemorlarni davolashda yordam bermagan 
taqdirda bunday bemorni hech ikkilanmasdan hulqiy terapiya bilan shugʼullanadigan 
psixolog huzuriga yullash kerak. Hamkorlikning bunday koʼrinishi foyda berishi mumkin. 

Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish