1)
Nafas olishga doir mashqlar:
“Choyni sovut”
“Gulni hidla”
“Sharni shishir”
“Changni hayda”.
2)
Ovoz mashqi:tovush mashqi: a, o, u, e, i, o`.
56
Quyidagi she‟rni eshitib bugun qanday mavzu bilan tanishishimizni bilib
olarsiz. Yaxshilab e‟tibor qiling:
To`g`ri so`z bola. H.H.Niyoziy.
(Qisqartirilgani)
Kelmog`ida maktabidan bir o`g`il,
To`xta debon ikki kishi to`sdi yo`l.
Dedi biri: “Tanga berurman sanga
So`zla bir og`izgina yolg`on manga”
Berdi o`g`il fikr ila shirin javob:
“So`zlang ako, qomatingizga qarab,
Bu so`zingiz aslida yolg`on erur
Tangaga yolg`onni kim olg`on erur”.
Quyidagi skanerga qarab bugungi o`rganadigan mavzumiz nomini va
unga doir so`zlarni toping.
b
r
o
s
t
g
o
‟
y
b
r
o
o
b
o
l
a
y
a
o
‟
o
o
l
s
y
o
l
g
‟
o
n
r
l
s
a
t
a
n
g
a
k
k
a
t
r
g
k
i
s
h
i
a
k
o
g
o
o
‟
m
a
k
t
a
b
y
u
o
‟
s
y
s
o
‟
z
i
n
g
i
z
y
t
o
g
‟
i
z
g
i
n
a
a
g
l
a
r
o
s
t
g
o
‟
y
o
‟
y
s
a
n
g
a
k
i
m
57
- rostgo`y (5 ta), bola (3 ta), yolg`on, tanga, kishi, ako, maktab, so`zingiz,
og`izgina, sanga, kim.
3 – modul.
Skanerdagi so`zlarni qatnashtirib gaplar tuzing: Bir og`izgina yolg`on,
rostgo`y bola, yolg`onchi kishi, sanga tanga berurman, dedi va b. Kimlar shu
so`zlar vositasida ertak tuzib beradi. Bolalar o`zlaricha tuzgan ertaklarini so`zlab
beradilar.
Bugungi o`tadigan ertagimiz nomini topdingizmi? Bolalar aytadilar
(Bo`lmasa o`qituvchi ertak nomini aytadi: “Rostgo`y bola”). Kelinglar endi
ertakni eshitib ko`ramiz. Unda ba‟zi notanish so`zlarga duch kelasizlar. Ularning
mazmunini sizlarga tushuntiraman: (xattaxtaga oldindan yozib qo`yilgan bo`lishi
ham mumkin).
Podshoh – yurtni boshqaruvchi kishi.
Vazir – podshohning yordamchisi.
Tadbir – o`ylab qilingan ish.
Xomush – xafa.
4 – modul.
Ertakni o`qituvchi tomonidan o`qish, ma‟lum bir qismini o`quvchilar
davom ettirishi mumkin.
-Siz yolg`on gapirgan bolalarni hayotda uchratganmisiz? (O`quvchilar
javoblari eshitiladi.) Rost gapirishning ahamiyatini bilasizmi? O`qituvchi rost
gapirishning ahamiyati haqida o`quvchilarning yoshiga mos tushuncha beradi va
xalq maqollaridan aytadi (Masalan, “Boshingga qilich kelsa-da, rost gapir” …
qolganini o`quvchilar davom ettiradilar).
5 – modul.
Mustaqil o`qish.
Usul: o`qituvchi o`quvchilar bilan birga ovoz chiqarib o`qiy boshlaydi
(o`quvchilar faqat ko`z bilan o`qiydilar), o`qituvchi jim bo`lib, o`qishni ichida
davom ettiradi, o`quvchilar esa ovoz chiqarib o`qiydilar, keyin yana o`qituvchi
58
ovoz chiqarib o`qiydi, o`quvchilar ko`z bilan o`qiydilar va shunday o`qish ertak
oxirigacha davom etadi.
O`qish oldidan topshiriq: xattaxtaga yozilgan so`zlarni ertakda
berilganday izchillikda, so`zlar qo`shib yozing:
1.
Qadimda.
2.
Podshoh bo`lgan.
3.
Xomush bo`lib yurgan.
4.
Vazirning maslahati.
5.
Gul urug`i.
6.
Farzand qilib olmoqchi.
7.
Vaqt o`tibdi.
8.
Shahar aylanibdi.
9.
Gullarni ko`rib o`taveribdi.
10. Ko`zi tushibdi.
11. Gullar qani?
12. Qaynattirgan.
6 – modul.
Matnni tahlil qilish uchun savollar.
-Ertak qahramonlari kimlar?
-Quyidagi so`zlar kim haqida yozilgan: xomush, farzandi yo`q, gul urug`i
tarqattiribdi. (Podshoh)
-Yaxshi farzand topish yo`lini ertak qahramonlaridan kim maslahat
beribdi? (Vazir)
-Qanday yo`l bilan rostgo`y, aqlli bola tanlandi?
-Keyin nima bo`ldi?
-Podshoh gul urug`ini nima qilgan ekan?
Quyidagi hikmatli so`zlardan qaysi biri ertak mazmunini to`ldiradi?
1.
Boshingga qilich kelsada rost gapir.
2.
Yolg`onning umri qisqa.
3.
Boshingga nima kelsa tilingdan kelur.
59
4.
To`g`rilik baxt keltirar.
(To`g`ri gapirgani uchun bola podshohga farzand bo‟ldi.)
Markazlarda ishlash.
Sinf jamoasi 5-7 kishidan tahlilchilar, o`quvchilar, tilshunoslar,
tadqiqotchilar (boshqalar ham bo`lishi mumkin) kabi guruhlarga bo`linib
markazlarda ishlaydilar.
O`qish markazi: “kitoblar olami”.
1-guruh – o‟quvchilar.
Topshiriq: Ertakdagi ko‟rsatilgan qismni o`qib, uni tiklash (Ertak
kserokopiya qilinib, 7 qismga bo‟linadi. Har bir qismi kamalakning bir rangiga
mos keladigan rangdagi qog`ozlarga yopishtiriladi. O`quvchilar bo`lingan matnni
tiklab, to`liq javobni va kamalak rangini hosil qiladilar).
2-guruh – tahlilchilar.
Topshiriq: ijodiy daftarda ishlash (matnga savollar qo`yish).
Yozuv markazi: “Ijodiy ish”.
Har bir o`quvchining daftarida qahramonlar xislatlariga tegishli so`zlar
yozilgan: farzandi yo`q, xomush, ko`p bolalarni ko`rdi, gulsiz tuvak ushlab
o`tirgan bolakay.
Topshiriq: Qahramonlarga taalluqli xislatlarni o`qib, kimga tegishliligini
ayting. Ertak qahramonlaridan kimga tegishli gap yo`qligini aniqlang (vazirga
tegishli gap yo`q). O`zingiz tanlang.
Ilmiy-tadqiqot markazi.
Topshiriq: Ertakdagi qahramonlarga doir sifatlarni, ularga taalluqli sifatlarni
qahramon nomi bilan birga yozing va o`qing.
Natijada quyidagi jadval hosil bo‟ladi:
Xomush podshoh.
Aqlli vazir.
Rostgo‟y bola.
Yolg‟onchi bolalar.
Gulsiz tuvak.
60
Prezentatsiya:
Har bir markazdan bir bola chiqib, o`z ishlarining yakuni haqida
so`zlaydilar.
O`qituvchi: Qarang xattaxtamizda
Hosil bo`ldi kamalak.
Quvonchimiz cheksizdir
Chunki baxtlimiz beshak!
Uyga vazifa.
Har bir guruhga tegishli vazifalar alohida-alohida aytiladi. (Bular ijodiy
daftarda ishlash, diafilmlar tuzish, matndan boy g`oyalarni ajratib yozish,
ertakdan olgan taassurotlari asosida rasm chizish va h.)
Darsni xulosalash.
-Bu darsdan qanday yangilik o`rgandingiz? Sizga nima yoqdi? Nima sizga
yoqmadi? Siz qanday bo`lishini xohlar edingiz?
Dars
davomida
qilingan
barcha
ishlar
o`qish
ko`nikmalarini
takomillashtirishga va o`qish sur‟atini oshirishga xizmat qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |