Pedagogika fakulteti


 2.  O'yinchoqlarga qarab hikoya qilishga o'rgatish



Download 394,4 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/16
Sana20.04.2020
Hajmi394,4 Kb.
#46164
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
oqish darslarida qayta hikoyalash turlaridan foydalanish

2. 2.  O'yinchoqlarga qarab hikoya qilishga o'rgatish 

O’quvchilarning  eng  sevimli  va  qiziqarli  mashg'ulotlaridan  biri  bu 

o'yinchoqlarni  ko'rib  chiqish  va  tasvirlashdir.  O'yinchoqlarga  qarab 

hikoya  tuzishning  ma'nosi  juda  keng.  U  o’quvchilarda  axloqiy  sifatlarni 

tarbiyalaydi,  birgalikda  hikoya  qilish  malakalarini  rivojlantiradi,  xotira, 

diqqat  va  irodani  mashq  qildiradi.  Hayotda  hosil  qilgan  tajribalarini, 

idroklarini  mustahkamlaydi;  kam  gapiradigan  o’quvchilarning  nutqiy 

muloqotga  kirishib  ketishiga  ta'sir  etadi,  ularning  hayotlarini  sermazmun 

va 

quvnoq 


qiladi; 

lug'atini 

faollashtiradi, 

bog'langan 

nutqning 

rivojlanishiga  yordam  beradi.  O'yinchoqlar  bo'yicha  mashg'ulotn i  tashkil 

etishda  o'yinchoqlarni  tanlashga  jiddiy  e'tibor  berish  kerak.  Kichik  sinf 

o’quvchilariga  tasvirlash  uchun  taklif  etiladigan  o'yinchoqlar  o'zining 

ba'zi bir xususiyatlariga ega: o'yinchoqlar nomi bo'yicha bir xil bo'lishi mumkin, 

biroq tashqi ko'rinishi  jihatidan bir-biridan  farq qilishi kerak  (katta va kichkina 

ayiqchalar;  sochi  mayda  o'rilgan,  do'ppi  kiygan  va  sochiga  lenta  taqilgan 

qo'g'irchoq;  qizil  va  yashil  piramidalar,  kubiklar  va  hokazolar).  O'yinchoqlarni 

bu  tartibda  tanlash  o’quvchilarning  lug'atini  faollashtirishga  va  taqqoslash 

usulidan foydalanish asosida bog'lanishli nutqini rivojlantirishga yordam beradi. 

Katta  sinflarda  taxminan  quyidagi  o'yinchoqlarni  tanlash  mumkin 

(o’qituvchi oldindan o'yinchoqlar to'plami ro'yxatini tuzib qo'yadi): 



Sentabr. Qog'ozdan yasalgan to'q sariq, zarg'aldoqrang bayroqcha;  matodan 

yasalgan  yashil  rangdagi  bayroqcha;  yog'ochdan  yasalgan  qo'ziqorin; 

plastmassadan  va  metalldan  qilingan  chelakchalar;  har  xil  kattalikdagi 

qo'g'irchoqlar  to'plami;  qayiqchalar  (o'yinchoqlar  nimadan  yasalganligini, 

nomini, rangini bildiruvchi so'zlarni mustahkamlash uchun). 

Noyabr.  Soatlar,  pochta  qutisi,  telefon,  paroxod,  avto-mobillar,  samolyotlar 

(shakl  va  fazoni  bildiruvchi,  oldinda,  yuqorida,  orqada  kabi  so'zlarni 

mustahkamlash va tushuntiruvchi hikoyalar tuzish uchun). 

Yanvar.  Juft  o'yinchoqlar  to'plami:  past  va  baland  ikkita  piramida;  ikki  xil 

avtomobil;  mushuk  va  kuchuk;  har  xil  rangdagi  ikkita  otcha;  ikkita  har  xil 




                                                                                                                                           

41 


qo'g'irchoq  (o'ngda, chapda, yonda, ketma-ket  so'zlarini  mustahkamlash hamda 

taqqoslovchi hikoya tuzish uchun). 

Turli yosh sinflarida o'yinchoqlarga qarab hikoya tuzishga o'rgatish. 

Kichik  sinf.  Ushbu  sinfda  o'yinchoqlarni  tasvirlash  bo'yicha  mashg'ulotlar 

emotsional  shaklda,  odatdagi  oddiy  ta'-limiy  o'yin  ko'rinishida  („Ajoyib 

xaltacha", „Bu kim?", „Sen nimani topding?") olib boriladi. 

O'yinchoqlarni  tasvirlash  bo'yicha  mashg'ulotlar  ularni  ko'rib  chiqishdan 

boshlanadi. 

O’qituvchi  o’quvchilar  diqqatini  o'yinchoqlarning  tashqi 

ko'rinishidagi  xarakterli  xususiyatlarga  qaratadi  (rangi,  shakli,  materiali), 

ularning  belgilarini  bildiruvchi  so'z-larning  to'g'ri  aytilishini  nazorat  qiladi. 

Tasvirlash  o’qituvchining  savollari  yordamida  olib  boriladi.  Kichkintoylaiga 

tugallangan  hikoya  berilmay,  balki  alohida  jumlalar  aytiladi,  shuning  uchun 

savollar.  Badiiy  asarlarni  o'qib  berish  mashg'ulotlariga  o’qituvchining 

tayyorlanishi 

O’qituvchi badiiy asarlarni shunday o'qib yoki hikoya qilib berishi kerakki, u 

o’quvchilarni  o'ziga  jalb  qila  olsin,  o’quvchilar  asardagi  obrazlarning 

siymolarini ko'z oldiga keltirib, tasawur qila olsinlar va hayajonlansinlar. 

O’qituvchining badiiy asarlarni o'qib yoki hikoya qilib berishga tayyorgarligi 

muallifning  nima  demoqchi  ekanligini  yoki  xalq  ertaklarining  g'oyaviy 

mazmunini,  unda  ishtirok  etuvchilarning  xarakter  va  o'zaro  munosabatlarini 

aniqlashdan boshlanadi. 

Maktabgacha  tarbiya  yoshidagi  o’quvchilar  uchun  yozilgan  asarlarda 

qahramonlarning xarakteridagi xususiyatlardan biri ajratib ko'rsatiladi. Masalan: 

„Quyonning  uychasi"  ertagida  tulki  ayyor,  kuchsizlar  ustidan  hukmronlik 

qiluvchi,  xo'roz  esa  botir,  topqir,  kuchsizlarni  himoya  qiluvchi  sifatida 

tasvirlanadi. 

Asar shunday tarzda muhokama etib olingach, uni ifodali bayon etish ustida 

ishlanadi.  Bu  uch  yo'nalishda  olib  boriladi:  1)  emotsional  va  obrazli  ifodalilik, 

intonatsiyaning  xilma-xilligi  va  boyligi  ustida  ishlash;  2)  asarning  ayrim 



                                                                                                                                           

42 


qismlari o'rtasiga mantiqiy urg'u qo'yish; 3) aniq va to'g'ri talaffuzni hosil qilish; 

har  bir  so'zni  to'g'ri  talaffuz  etishga  erishish  kerak,  shundagina  o’quvchilar  uni 

to'g'ri idrok etadilar. 

O’qituvchi  bunday  tayyorgarlik  jarayonida  adabiy  asarning  g'oyaviy 

mazmuniga  tushunib  yetadi  va  matnni  esda  saqlay  oladi,  o'zining  kichik 

tinglovchilari  bilan  erkin  muloqotda  bo'ladi  va  uning  nutqi  ravon,  aniq  bo'lib, 

ishonchli  chiqadi,  aytilayotgan  so'z  ishonarli,  ta'sirchan,  o’quvchilar  uchun 

tushunarli bo'ladi. 

Agar  o’qituvchi  o’quvchilarga  tanish  bo'lgan  asarni  o'qib  yoki  hikoya  qilib 

bermoqchi  bo'lsa,  ilgari  uni  o’quvchilarga  yetkazish  ustida  yetarli  darajada 

ishlagan bo'lsa, u vaqtda mashg'ulotga quyidagicha tayyorlanadi: asar matnini va 

ilgari hosil qilingan ifodali o'qish vositalarini yodiga tushirish maqsadida uni bir 

necha  marta  ovoz  chiqarib  o'qiydi,  mashg'ulot  rejasini  tuzadi.  Mashg'ulot 

rejasida  asarni  o’quvchilarga  qanday  yetkazish    o'qib  berish  yoki  hikoya  qilib 

berish usuli ko'rsatiladi. 



                                                                                                                                           

43 



Download 394,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish