Pedagogika fakulteti



Download 394,4 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/16
Sana20.04.2020
Hajmi394,4 Kb.
#46164
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
oqish darslarida qayta hikoyalash turlaridan foydalanish
Tasviriy-faoliyatga-orgatish-ишчи, 208 J t JQ (9), 4.Ingliz-tili-Ona-tili-Tarix, 16.Tarix-Ona-tili-Ingliz-tili, тезис, o-zbekistonda-baliqchilikning-xalq-xojaligidagi-ahamiyati-va-uni-tashkil-etish-masalalari, Bola huquqlari to'g'risida Konvensiya, 1, 7amaliy, 4-5-sinflar-inglizcha-variant, 1 oktyabr
I qism. Bog'lanishli nutq. „Tipratikanlar" rasmi bo'yicha hikoya qilish.  

Dastur  mazmuni.  O’quvchilarning  yovvoyi  hayvonlar  (tipra-tikanlar) 

to'g'risidagi  mavjud  bilimlaridan  foydalanib,  rasm  bo'yicha  hikoya 

qilishga o'rgatish. 



II  qism. Lug'at ishi. Topishmoqlarni topish. 

Dastur  mazmuni.  O’quvchilarni  topishmoqlardagi  obrazli  ifodalarning 

mazmunini tushunishga o'rgatish. 

III  qism. 

Nutqning 

tovush 

madaniyatini 

tarbiyalash, 

tovushlarining to'g'ri talaffuzini mustahkamlash. 

Darsning  mazmuni.    tovushlarining  to'g'ri  talaffuzini  aniqlash, 

mustahkamlash, fonetik idrokni o'stirish,  tovushlari bo'lgan so'zlarni aniq 

va cho'zib talaffuz etishga o'rgatish. 

Mashg'ulotning  borishi.  O’qituvchi  o’quvchilarga  tipratikan  haqidagi 

she'rni aytib beradi. 



                                                                                                                                           

36 


So'ngra  o’qituvchi  so'raydi:  „Tipratikanning  tanasi  nimalar  bilan 

qoplangan?"  (Ignalar  bilan.)  „Tipratikan  qanday?"  (Tikanli.)  Tipratikan 

haqidagi topishmoqni tinglashni taklif etadi: 

Tikuvchimas, bichuvchimas, 

Ninasi ancha ekan, yoviga sanchar ekan. 

So'ng  shu  topishmoq  yuzasidan  ham  savollar  beradi:  „Nima  uchun: 

ninasi  ancha  ekan,  yoviga  sanchar  ekan"  deb  aytilgan?  (Chunki  uning 

tanasi  ignalar  bilan  qoplangan,  bironta  yowoyi  hayvon  uni  yemoqchi 

bo'lsa,  dumaloqlanib  olib  ignalarini  tikkaytirib  oladi,   natijada  uning 

ignalari  yovga  (dushmaniga)  sanchiladi.  Biz  ham  uni  tutib  olmoqchi 

bo'lsak,  ignalarini  qo'limizga  sanchib  olishi  mumkin.  Unga  tegib 

bo'lmaydi, tikanli.) 

Yana bitta topishmoq aytadi: 

„Ignalarini o'zi bilan olib yuradi, Tikishni esa bilmaycli". 

O’qituvchi  so'raydi:  Nima  uchun  „Tikishni  bilmaydi"  deyilgan?  Yana 

qanday ignalar bor, ular nima uchun kerak? (Tikuv ignalari, tikish uchun.) 

Tipratikanning  ignalari  bilan  tikish  uchun  ishlatiladigan  ignalar  nimasi 

bilan o'xshash? (ular o'tkir, uzun, ingichka.) 

O’qituvchi  „Tipratikanlar"  rasmini  („Yovvoyi  hayvonlar"  seriyali 

rasmlardan)  ko'rsatadi.  O’quvchilarga  uni  diqqat  bilan  ko'rib  chiqishni 

taklif  etadi  va  savollar  beradi:  „Bu  rasmda  nima  tasvirlangan?  Ona 

tipratikan  nima  qilyapti?  Tipratikan  o’quvchilari-chi?  Tipratikanlar  nima 

yeydi?  Unga  ignalar  nima  uchun  kerak?  U  qanday?  Tipratikanni  nima 

bilan  taqqoslash  mumkin?"  Javoblarni  tinglaydi  va  o’quvchilarga 

tipratikanlar  haqida  aytilganlarni  esdan  chiqarmaslikni  aytadi.  Shu  rasm 

yuzasidan bir o’quvchining hikoyasi: 

„Ona  tipratikan  va  tipratikanchalar  yashashar  ekan.  Kunlar-dan  bir 

kuni  ular  o'tloqqa  sayr  qilgani  borishibdi.  Ona  tipratikan  shiliqqurtlarni 

ko'rib  ularga  tikilib  qaray  boshlabdi.  Ikkita  tipratikancha  esa  qo'ng'izga 



                                                                                                                                           

37 


qarab  o'yiashibdi,  bu  kim  ekan,  bitta  tipratikancha  esa  xuddi  koptokka 

o'xshab,  dum-dumaloq  bo'lib  olibdi.  Qo'ng'iz  yiqilib  tushgan  edi, 

tipratikancha qo'rqib, tumshug'ini ichkariga yashirdi".  

Ikkinchi  bir  o’quvchining  hikoyasi:  Bir  bor  ekan,  bir  yo'q  ekan.  Ona 

tipratikan  bilan  tipratikanchalar  yashar  ekan.  Kunlardan  bir  kun  ular  sayr 

qilgani  bog'ga  borishibdi.  Ona  tipratikan  shiliqqurtni  ko'rib  qoldi.  Ikkita 

kichkina  tikanli  tipratikanchalar  chuvalchangni  ko'rib  qolib,  unga  qarab 

turishibdi va qanday taqsimlab olishga hayron". 

Uchinchi  o’quvchining  hikoyasi:  „Tipratikanchalar  va  ona  tipratikan 

yashar  ekan.  Kunlardan  bir  kun  ular  o'rmonga  sayr  qilgani  borishibdi. 

Ikkita  tipratikancha  qo'ng'izni  ushlab  olishdi  va  uni  taqsimlay  olishmadi. 

Ular qarasalar, shox-shabbalarning ostida bir ko'k rangdagi dum-dumaloq 

narsa.  Bu  ularning  akalari  bo'lib,  u  qo'rqqanidan  xuddi  koptokka  o'xshab 

dum-dumaloq  bo'lib  olgan  edi.  Ular  akalariga  qarayotganlarida, 

qo'ng'izlar qochib qolishdi". 

O’qituvchi  o’quvchilardan  kimning  hikoyasi  nimasi  bilan  ko'proq 

yoqqanligini,  har  bir  tinglagan  hikoyalarida  qanday  yangi  va  qiziqarli 

narsalarni eshitganliklarini so'rab oladi. 

Katta  sinf  o’quvchilari  sekin-astalik  bilan  rasmda  tasvirlangan  tabiat 

manzaralarini  (peyzajni)  tasvirlash  bilan  o'z  hikoyalarini  to'ldirib 

boradilar.  Masalan,  „Qishki  o'yinlar"  rasmi  yuzasidan  o’quvchi  shunday 

hikoya  qilishi  mumkin:  „Bu  rasmda  qish  tasvirlangan.  Kun  iliq  va 

quyoshli.  Osmon  ko'm-ko'k,  beg'ubor...".  Rasm  bo'yicha  hikoya  qilishga 

bunday  tasvirlashni  kiritish  o’quvchilarni  manzarali  (peyzajli)  va 

naturmort  rasmlar  bo'yicha  hikoya  tuzishga  tayyorlaydi.  Bu  hikoya  turi 

maktabga  tayyorlov  sinfida  tashkil  etiladi.  O’quvchilarni  manzarali  va 

naturmort  rasmlar  bo'yicha  hikoya  qilishga  o'rgatishning  qiziqarli  va 

samarali  uslubiyotini  N.  M.  Zubareva  ishlab  chiqqan.  Jumladan,  ushbu 

uslubiyotni  u  quyidagicha  yoritadi:  „  O’quvchilarni  manzarali  rasmni 

idrok  qilishga  sekin-astalik  bilan,  ularning  emotsional  kayfiyatlariga 




                                                                                                                                           

38 


tayangan  holda,  tabiatni  kuzatish  bilan  bog'lab  o'rgatib  boriladi. 

Manzarali  rasmni  idrok  qilishni  tevarak-atrofdagi  tabiatning  rang-

barangligini  va  chiroyini  kuzatish  bilan  (quyoshning  chiqishi  va  botishi, 

momaqaldiroq,  oqshom,  ob-havo  (bulutli,  ochiq),  izg'irin  shamol  va 

boshqalar)  bog'lab  olib  borish  kerak.  Manzarali  rasmni  ко'rib  chiqishda 

quyidagi savollardan foydalanish maqsadga muvofiqdir: Rassom bizga bu 

o'rmon  haqida  (ushbu  daraxt,  maysazor,  o'tloq  haqida)  nimalarni  hikoya 

qilib  bermoqchi  bo'lgan?  Nima  uchun  rassom  o'zining  rasmini  shunday 

nomlagan? 

Rassomga 

nima 

qiziqroq, 



chiroyliroq 

ko'rinadi? 

O’qituvchining  „nima  haqida...",  „nima  to'g'risida..."  degan  savollari 

rasmning  tavsifini  aniqlashga,  tabiat  manzarasi  to'g'risida  aniq  tavsif 

berishga  yordam  beradi.  U  yoki  bu  rasmning  badiiy  g'oyasini  yaxshi 

tushunish  va  aniqlash  uchun  mustqadan,  poetik  (she'riy)  asarlardan 

foydalanish  ma'qul.  Bu  o’quvchilarda,  bir  tomondan,  barqaror  diqqatning 

vujudga  kelishiga  yordam  bersa,  ikkinchi  tomondan,  ularning  kayfiyatini 

ko'taradi,  tasvirlash  uchun  o'xshatishlar,  epitetlar,  taqqoslashl ar  va 

kinoyalarni tanlashga yordam beradi". 

Masalan,  Safo  Ochilning,  „Ko'klam  qo'shig'i",  Shukur  Sa'dullaning 

„Bahor  keldi",  Zafar  Diyorning  „Qor",  she'r-laridan,  tabiat  to'g'risidagi 

o'zbek xalq qo'shiq va laparlaridan foydalanish mumkin

5



Rasmning  g'oyasini  tushunishga  yordam  berishda  ushbu  metodik  usul 

ham  yordam  berishi  mumkin:  o’qituvchi  o’quvchilardan  qor  bilan 

o'ynayotganlarida,  uyda  onalari  bo'lmaganda,  shifokor  emlash  uchun 

kelganda  va  hokazo  vaziyatlarda  kayfiyatlari  qanday  bo'Iishini  so'raydi. 

O’qituvchining  namuna-hikoyasi  yoki  ada-biy  asarni  o'qib  berishi  katta 

ahamiyatga ega. Masalan, 

V.  Baksheyevning  „YashiI  bahor",  O'.  Tansiqboyevning  „Kuz"  rasmini 

ko'zdan  kechirishda  mashg'ulotni  O'tkir  Hoshimovning  „Tomchi  haqida 

                                                 

5

 



Umarova M . va boshqalar 3- sinfda o’qish darslari , T., 2004-yil 

 



                                                                                                                                           

39 


ertak"  hikoyasini,  Qudrat  Hikmatning  „Bu  qaysi  fasl?"  asaridan  parcha 

o'qib berish bilan tugallash mumkin. 

Maktabga tayyorlov  sinfida naturmortlarni ko'rib chiqish va tasvirlash 

mashg'uloti  tashkil  etiladi.  O’qituvchi  doskaga  uncha  murakkab 

bo'lmagan  rasmni  (naturmortni)  yoki  rasmda  tasvirlangan  idishlardan, 

gullardan,  mevalardan  stol  ustida,  xuddi  rasmda  tasvirlangandek, 

„naturmort"  yasaydi.  So'ngra  o’quvchilarning  o'zlari  narsa-buyumlardan 

„naturmort" yasaydilar va bir vaqtning o'zida „naturmortni" tasvirlaydilar: 

rangini, 

bo'yoqlarning 

mosligini, 

narsalarning 

shaklini 

aytib 


tasvirlaydilar,  keyin  esa  rasmdagi  „naturmort"  bilan  taqqoslaydilar. 

„Stoldagi  naturmortni  ko'rib  chiqish  o’quvchilarga  narsa-buyumlarning 

turli  sifat  xususiyatlarini,  belgilarini  aniqlashga  yordam  beradi,  ularn ing 

estetik  sifatlari  to'g'risidagi  tasawurlari  doirasini  kengaytirishga  ta'sir 

etadi.  O’quvchi  sekin-astalik  bilan  mustaqil  ravishda  naturmortlarni 

tasvirlashga o'tadi. Ushbu  naturmort  rasmlardan  foydalanishi  mumkin:  D. 

Nalbandyan  „Gullar",  I.  Levitan  „Siren",  A.  Lak-tinov  „Fevral",  I. 

Mashkov  „Tarvuz  bilan  naturmort",  P.  Kan-chalov  „Deraza  oldidagi 

siren",  A.  Fatxullin  „Nishona".  Shuningdek,  o’qituvchi  mashg'ulotda 

fotoetud  reproduksiyalaridan  ham  foydalanishi  mumkin.  Y.  Ryumkinning 

„Olmalar",  Y.  Ignatovichning  „Momaqaymoq"  va  „Moychechak" 

rasmlarini ko'zdan kechirish yaxshi natijalar beradi. 




                                                                                                                                           

40 



Download 394,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
guruh talabasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
toshkent davlat
O'zbekiston respublikasi
tashkil etish
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
matematika fakulteti
saqlash vazirligi
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
ta’limi vazirligi
fanining predmeti
pedagogika universiteti
haqida umumiy
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
koronavirus covid
coronavirus covid
qarshi emlanganlik
respublikasi sog'liqni
vazirligi koronavirus
risida sertifikat
vaccination certificate
sertifikat ministry
covid vaccination
moliya instituti
fanidan tayyorlagan
umumiy o’rta
fanlar fakulteti
fanidan mustaqil
ishlab chiqarish
Toshkent axborot