Pedagogika fakulteti


 bob. Kichik yoshdagi o’quvchilarni hikoya tuzishga o'rgatish uslubiyati



Download 394,4 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/16
Sana20.04.2020
Hajmi394,4 Kb.
#46164
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
oqish darslarida qayta hikoyalash turlaridan foydalanish

2 bob. Kichik yoshdagi o’quvchilarni hikoya tuzishga o'rgatish uslubiyati 

2. 1.  O’quvchilarni rasmga qarab hikoya qilishga o'rgatish 

Rasmga  qarab  hikoya  qilish  illustratsiyali  materiallar  tarkibiga  kiradi. 

O’qituvchi  rasmlar  yordamida  o’quvchilarning  tevarak-atrof  to'g'risidagi 

tasavvurlarini 

kengaytiradi, 

tafakkurlarini 

rivoj-lantiradi, 

xotirani 

mustahkamlaydi  va  nutqni  boyitadi.  Shuningdek,  ko'rish  imkoniyati  bo'lmagan 

narsa  va  hodisalar  bilan  tanishtiradi,  ular  to'g'risidagi  bilimlarini  aniqlaydi  va 

to'ldiradi,  yuqori  axloqiy  sifatlarni  (mehnatga  qiziqish,  ona  tabiatga  muhabbat, 

o'z  o'rtoqlariga  sadoqat  va  hokazolar)  shakllantirishga  yordam  beradi. 

O’quvchilarni  hikoya  qilishga  o'rgatish  uchun  narsa-buyumlarni  tasvirlovchi 

predmetli  rasmlardan,  sujetli  rasmlardan,  repro-duksiyalardan,  peyzaj  va 

naturmort, etud rasmlardan foydalaniladi. 

M.  M.  Konina  o’quvchilarni  rasmlarga  qarab  hikoya  qilishga  o'rgatishning 

quyidagi mashg'ulot turlarini ajratib ko'rsatadi: 1) narsa-buyumlarni tasvirlovchi 

rasmlar  bo'yicha  tasviriy  hikoya  tuzish;  2)  voqeaband  rasmlar  bo'yicha  tasviriy 

hikoya  tuzish;  3)  voqeaband  rasmlar  asosida  mazmunli  hikoya  tuzish;  4)  vo-

qealar  ketma-ket  keladigan  rasmlar  to'plami  asosida  hikoya  tuzish;  5)  peyzajli 

(manzarali), naturmort rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish. 

O’qituvchi  hikoya  qilish  uchun  rasm  tanlashda  quyidagi  talablarga  amal 

qilishi kerak: a) voqealar oddiy bo'lishi, o’quvchining yoshiga qarab voqeaning 

murakkablashib  borish  tamoyiliga  amal  qilishi;  b)  mazmuni  jihatidan 

o’quvchilarning  yoshiga  va  nutqining  rivojlanish  darajasiga  mos  bo'lishi;  d) 

o’quvchining  xayolini,  tafakkurini,  estetik  his-tuyg'ularini,  kuzatuvchanligini, 

nutqini rivojlantirishga yordam berishi; e) rasmda tasvirlangan narsa-buyumning 

ko'rinishi  yoki  voqeaning  biror-bir  qismida  haqiqatni  buzib  tasvirlash  hollari 

bo'lmasligi. 

Kichik sinf. Bu sinfda rasmga qarab hikoya qilishga o'rgatishga tayyorgarlik 

bosqichi  amalga  oshiriladi.  Bu  sinf  o’quvchilari  hali  o'z  fikrlarini  bir-biriga 

bog'lab bayon eta olmaydilar. Ularning nutqi dialog ko'rinishiga ega bo'ladi. Bu 




                                                                                                                                           

32 


yoshdagi  o’quvchilar  rasmdagi  narsa-buyumlarning  nomini,  ularning  ayrim 

sifatlarini  va  harakatlarini  aytib  berish  bilangina  kifoyalanadilar,  bu 

o’quvchilarda  idrokning  yaxshi  rivojlanmaganligi,  so'z  to'plamining  kamligi, 

gaplarni to'g'ri tuza olish malakasining shakllanmaganligi bilan bog'liqdir. Rasm 

bo'yicha  ishlashda  o’qituvchining  asosiy  vazifasi  quyidagilar:  1)  rasmni  ко'rib 

chiqishga,  undagi  eng  muhim  narsani  seza  olishga  o'rgatish;  2)  rasmda 

tasvirlangan  narsa-buyumlarning  nomlarini  aytishdan  sekin-astalik  bilan 

bog'langan  nutq  ustida  (savollarga  javob  berish  va  uncha  katta  bo'lmagan 

hikoyalar tuzish) mashq qilishga o'tish. 

O’quvchilarni rasmlar bilan tanishtirish mashg'uloti turli xilda olib borilishi 

mumkin. Mashg'ulot asosan ikki qismdan iborat bo'ladi: 

1. Savollar yordamida rasmni ко'rib chiqish. 

2. O’qituvchining namuna-hikoyasi bilan yakunlash. Mashg'ulot uncha katta 

bo'lmagan kirish suhbati bilan 

boshlanishi  mumkin.  Uning  maqsadi  rasmda  tasvirlanganlar  to'g'risida 

o’quvchilarning  tasawurini  aniqlashdan  va  emotsional  kayfiyatni  vujudga 

keltirishdan  iboratdir.  O’qituvchining  savollari  mashg'ulotdagi  asosiy  metodik 

usullardan biri hisoblanadi, shuning uchun savollarni oldindan puxta o'ylab olish 

muhimdir.  O’quvchilarga beriladigan savollar  tushunarli  bo'lishi  va unga  javob 

berishda qiyinchilik tug'dirmasligi kerak. 

Kichik  yoshdagi  o’quvchilar  rasm  asosida  ikki-uch  so'zdan  iborat  bo'lgan 

gaplar yordamida hikoya qilib berishga o'rganadilar. Rasmni 

ko'zdan  kechirish  o’quvchilar  nutqining  to'g'ri  va  aniq  rivojlanishiga 

yordam  beradi.  O’qituvchi,  rasmda  tasvirlangan  narsa-buyumlarni  va 

voqealarni  to'g'ri  aytishlarini  nazorat  qilib  borishi  kerak.  O’qituvchi  o'z 

nutq  namunasi,  savollari,  ko'rsatmalari  bilan  o’quvchilarga  rasmda 

tasvirlangan  narsa-buyumlarning  sifat  va  belgilarini  aniq  belgilovchi 

so'zlarni tanlay olishlarida yordam beradi. 

Kichik 

sinflarda 

dastlabki 

rasmlar 


alohida 

narsa-buyumlar 

(o'yinchoqlar  yoki  tanish  uy  jihozlari),  uy  hayvonlari,  o’quvchilar 



                                                                                                                                           

33 


hayotidan olingan murakkab bo'lmagan voqealar tasviridan iborat bo'ladi. 

Mashg'ulotdan  so'ng  rasm  sinf  xonasida  bir  necha  kunga  qoldiriladi. 

O’quvchilar  yana  bir  marta  rasmni  ko'zdan  kechirib  chiqadilar.  Ilgari 

ko'rmagan  narsalarini  ko'radilar,  bir-birlariga  fikrlarini  aytishadi. 

O’qituvchi  bunday  ko'zdan  kechirishlarga  rahbarlik  qiladi,  ya'ni  ularning 

aytayotgan fikrlarini aniqlashtiradi, qo'llab-quwatlaydi, rag'batlantiradi. 

O'rta  sinf.  Bu  sinf  o’quvchilarining  nutqi  takomillashadi,  fikrlashi 

faollashadi, uncha katta bo'lmagan hikoya tuza oladilar. 

Dastlab  o’quvchilar  o’qituvchining  savollari  yordamida  hikoya  qilib 

beradilar. Bu o’quvchilarning jamoa bo'lib tuzgan yoki  o’qituvchi va bitta 

o’quvchining  hamkorlikda  tuzgan  hikoyasi  bo'lishi  mumkin.  Mashg'ulot 

oxirida 


o’qituvchi 

o’quvchilarning 

barcha 

aytgan 


fikrlarini 

umumlashtirib, o'zi to'liq hikoya qilib beradi. 

So'ngra  o’quvchilar  o’qituvchining  namuna-hikoyasini  takrorlaydilar. 

Bu  sinfda  o’qituvchining  namuna  hikoyasi  o’quvchilarning  undan  nusxa 

olishlari  uchun  beriladi.  „Huddi  mendek  hikoya  qilib  bering",  „Yasha, 

mening  hikoyamni  eslab  qolibsan",  —  deb  o’qituvchi  o’quvchilarni 

rag'batlantiradi,  ya'ni  ushbu  sinfda  o’quvchilardan  mavzudan  chetga 

chiqib ketmaslik talab etiladi. Namuna-hikoya ma'lum bir talablarga javob 

berishi kerak. 

O'rta  sinf  o’quvchilarini  narsa-buyumlarni  tasvirlovchi  va  voqeali 

rasmlar  bo'yicha  tasviriy  hikoya  tuzishga  o'rgatish  mumkin.  O’qituvchi 

o’quvchilarni  o'z  hikoyasida  lug'atidagi  so'zlardan,  sifatdoshlardan, 

aniqlovchidan,  holdan  va  boshqalardan  keng  foydalanishga  o'rgatishi 

kerak. O’quvchilar rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzishga (bir yoki bir 

qancha  narsa-buyumlarning  yoki  obyektlarning  sifatlari,  xususiyatlari, 

xarakterlari  to'g'risidagi  hikoya)  o'rganib  olganlaridan  so'ng  voqeaband 

suratlar  bo'yicha  voqeaband  hikoyalar  tuzishga  o'rgatiladi.  O’quvchilar 

o’qituvchi  yordamida  tasviriy  xarakterga  ega  bo'lgan  bog'langan  hikoya  




                                                                                                                                           

34 


tuzadilar.  Bu  sekin-astalik  bilan  o’quvchilarni  mustaqil  ravishda  voqea 

band hikoyalar tuzishlariga yordam beradi. 

Katta  sinfda  o’quvchilarning  faolligi  o'sadi,  nutqi  takomillashadi,  turli 

rasmlar bo'yicha  mustaqil hikoya tuza oladilar. Rasmlardan foydalanilgan 

mashg'ulotlarda  ularning  mazmuniga  qarab  liar  xil  vazifalar  qo'yiladi:  1) 

o’quvchilarni rasmlarning mazmunini to'g'ri tushunishga o'rgatish; 2) his -

tuyg'ularni 

tarbiyalash 

(rasmlarning 

mazmuniga 

qarab 

aniq 


rejalashtiriladi: tabiatga muhabbat, kasb-hunarga hurmat va hokazolar); 3) 

rasmlar bo'yicha bog'langan hikoya tuzishga o'rgatish; 4) lug'at to'plamini 

kengaytirish  va  faollashtirish  (o’quvchilar  xotirada  saqlashlari  lozim 

bo'lgan  yangi  so'zlar  yoki  aniqlanishi  va  mustahkamlanishi  lozim  bo'lgan 

so'zlar  oldindan  aniq  rejalashtiriladi).  Boshlang’ish  sinfda  o’quvchilarni 

hikoya  qilishga  o'rgatish  jarayonida  o’qituvchining  rahbarligi  o'zgaradi. 

Endi  u  shaxsan  ishtirokchilikdan  kuzatuvchi  roliga  o'tadi,  zarur 

bo'lgandagina  aralashadi.  Katta  sinf  o’quvchilarining  hikoyalariga  katta 

talablar  qo'yiladi:  voqealarni  uzviy  bog'langan  holda,  grammatik  jihatdan 

to'g'ri  jumlalar  tuzib  bayon  qilish;  til  vositalarining  (harakatlarni, 

sifatlarni,  holatlarni  va  boshqalarni  aniq  belgilash)  mustaqilligi, 

obrazliligi,  bir  maqsadga  qaratilganligi,  topshiriqni  o’quvchi  tomonidan 

ongli  tarzda  anglash  uni  to'g'ri  bajarishning  asosiy  shartlaridan  bin 

hisoblanadi.  Bu  jihatlarga  o’qituvchining  rahbarlik  qilishi  juda  katta 

ahamiyatga  ega,  u  topshiriqni  tushunishga  va  to'g'ri  bajarishga  yordam 

beradi.  O’qituvchining  namuna-hikoyasi,  ayniqsa,  maktabga  tayyorlov 

sinfida  ularning  hikoya  qila  olish  malakasini  yanada  yuqori  darajada 

rivojlanishi  uchun  asosiy  vosita  bo'lib  xizmat  qiladi.  O’qituvchi 

o’quvchidan  namuna-hikoyaning  ay  nan  o'zini  takrorlashni  talab  qilib 

qolmasdan,  balki  takomillashtirib,  o'zgartirib,  umuni -lashtirgan  holda, 

adabiy  obrazlardan  foydalanib  hikoya  qilishni  talab  etadi.  Namuna 

ko'pincha  rasmning  bir  qismi  uchun  taalluqli  bo'lib,  u  boshqa  qismlar 

yuzasidan  mustaqil  hikoya  tuzish  imkonini  beradi.  Maktabga  tayyorlov 



                                                                                                                                           

35 


sinfida  o’qituvchining  namuna-hikoyasi,  sinfda  rasmdagi  mazmunni 

bog'langan holda bayon etishga qiynaladigan  o’quvchilar bo'lsagina taklif 

etiladi. Bunday mashg'ulotlarda hikoya rejasini berish, hikoya mazmunini 

va izchilligini aytib turishdan foydalanish yaxshi natijalar beradi. 

Katta  sinfda  rasmga  qarab  hikoya  tuzishning  hamma  turlaridan 

foydalaniladi:  narsa-buyumlarni  tasvirlovchi  va  voqeaband  rasmlar 

bo'yicha  tasviriy  hikoya  tuzish;  peyzajli  va    natyumortli  rasmlar  bo'yicha 

tasviriy hikoya tuzish; rasmlar seriyalari  — to'plamlari bo'yicha, masalan, 

„Bizning yer maydonchamiz qishda va yozda") hikoya tuzish. 

Rasmlar 


to'plami 

bo'yicha 

hikoya 

tuzish 


malakasini 

takomillashtirishda  quyidagi  usullar  yordam  beradi:  jamoa  bo'lib  hiko ya 

tuzish  —  avval  boshlanishini  o’qituvchi  tuzadi,  o’quvchilar  tugallashadi; 

bir o’quvchi boshlaydi, boshqasi davom ettiradi. 

Quyida  misol  tariqasida  bog'lanishli  nutqni  rivojlantirish  bo'yicha 

mashg'ulot  ishlanmasini  keltiramiz.  Bu  mashg'ulotda  nutqning  t urli 

vazifalari hal etiladi. 


Download 394,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish