Liderlik – guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida hukmronlik va bo`ysunuvchanlik, hokimlik va qaramlik munosabatlaridir.
Malaka –faoliyatning avtomatlashtirilgan ko`nikmasi, mustahkam mahoratidir. Boshda ongni nazorat qilinadigan va bir me’yordagi harakat bo`lgan narsa har bir kishiga turmush tajribasiga ko`ra avtomatlashtirishi mumkin. Ko`nikmalar faqat oson payqash mumkin bo`lgan harakatchan bo`lmaydi, balki fikrlovchi, sotsial-kirishuvchan, tashkilotchi va boshqacha ham bo`ladi. Avtomatizmdan iborat bo`lgani holda ko`nikmalar ayni paytda ishda ijodning zaruriy sharti hisoblanadi (bunga tushunarli misol quyidagicha: shu sozanda o`z asbobida musiqa chalishning zarur texnikasi, ko`nikmasini hosil qilgunga qadar u ijodkor bo`la olmaydi, chunki u hali «musiqiy» asboblar klavishalarini, pozitsiyalar va b. ni chalkashtirib qo`yishdan qo`rqadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |