8.Pan Gi Mun (1944-yil 13-iyun) Janubiy Koreya Respublikasi davlat arbobi va diplomati. Pan Gi Mun Birlashgan Millatlar Tashkilotining joriy bosh kotibidir. Bu mansabga Kofi Annandan so`ng, 2007-yili saylangan. Bungacha u Koreya Respublikasi Tashqi Ishlar va Savdo Vazirligida diplomat bo`lib ishlagan.Diplomatlik karyerasini universitetni bitirgan yiliyoq Hindistonda boshlagan. 2004–2006-yillarda Pan Tashqi Ishlar Vaziri bo`lgan.2006-yil 13-oktabrda Pan Gi Mun BMT Bosh Assambleyasida bosh kotib etib saylandi. 2007-yil yanvarida Annan mansabdan ketdi, uning o`rnini Pan egalladi. 2011-yili Pan bosh kotib martabasiga ikkinchi marotaba nomzodini qo`ygan. 2011-yil 21-iyunida u bir ovozdan bosh kotib etib qayta saylangan, u bu mansabda 2016-yil 31-dekabrigacha faoliyat yuritadi. 71 yoshli diplomat bugungi kunda 192 ta mamlakatni birlashtirib turuvchi tashkilotning sakkizinchi rahbaridir.1945-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ga asos solindi. Uning assambleyalarida turli davlatlarning vakillari xalqaro masalalarni muhokama qiladilar. Uning asosiy vazifasi — jahondagi keskinlikni yumshatish va yangi urush chiqish xavfini kamaytirish.
Birinchi jahon urushidan keyin tez orada davlatlar orasidagi mojarolarni bartaraf etish maqsadlarida Millatlar Ligasi ta’sis etildi. Ammo u muvaffaaqiyatli faoliyat yurita olmadi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Liga o‘z o‘rnini boshqa xalqaro tashkilotlarga bo‘shatib berdi.
1945-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ga asos solindi. Uning assambleyalarida turli davlatlarning vakillari xalqaro masalalarni muhokama qiladilar. Uning asosiy vazifasi — jahondagi keskinlikni yumshatish va yangi urush chiqish xavfini kamaytirish.
BMTga besh yillik muddatga saylanadigan Bosh kotib rahbarlik qiladi. BMTning Bosh Assambleyasida mazkur tashkilotga a’zo bo‘lgan barcha davlatlarning a’zolari ishtirok etadilar. Agar Assambleya ishtirokchilarining ko‘pchilik qismi biror bir mamlakatning tutgan yo‘liga norozilik bildirsalar, BMT unga u yoki bu tarzda ta’sir qilish huquqiga ega. Masalan, 1956-yilda BMT Fransiya va Buyuk Britaniyaning Suets tanazzuli davrida Misrga bostirib kirishini qattiq qoraladi va uning talablari asosida bu urushga barham berildi.
BMTning Xavfsizlik Kengashiga 15 davlat a’zodir. Shulardan 5 tasi, ya’ni — AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Xitoy — doimiy a’zo davlatlardir. Ushbu Kengash kengash a’zolaridan bo‘lgan biror bir mamlakatga qarshi ovoz berish huquqiga yoki xavfli nuqtalarga, tinchlikni qaror toptirish uchun qo‘shinlarni yo‘llash huquqiga egadir.
Biroq BMTning barcha harakatlari ham muvaffaqiyat qozonavermaydi. U odatda Buyuk davlatlar manfaatlariga aloqador mojarolarni tartibga solishga ojizdir. Gap shundaki, Xavfsizlik Kengashining qarori bir ovozdan qabul qilinishi kerak. Har bir a’zo u yoki bu masalani hal etish jarayonida betaraf qolish huquqiga ham egadir.