O`yinning qoidasi: o`quvchilar nomlanayotgan paytda ikkinchi guruh ularning nomlarini eshitib qolmasligi kerak. O`zaro kelishgan holda guruh boshliqlari almashtirilishi mumkin. O`zbek xalq o`yinlarining turlari hilma-hil bo`lib, ulardan o`qituvchilar o`z faoliyatlari davomida samarali foydalanishlari mumkin.
Umumiy o`rta ta’lim maktab o`smir o`quvchilarida harakat malakasi va sport tehnikasiga ega bo`lganlik yuqori o`zlashtirish ko`rsatkichini quyidagilarda ko`rish mumkin: insoniy fazilatlar: vatanparvarlik, hamdardlik, mehr-oqibatlilik kabi sifatlar shakllanganligi. Mustahkam irodali, sog`lom fikrli, ahloqiy normalarga rioya qiluvchi, qat’iyatli, shijoatkor, printsipial shaxslarni rivojlantirishga erishilishida.
Jamiyatimizdagi yoshlarni jismoniy sog`lom, ma’nan boy, hur fikrli, kuchli bilimdon sohiblari qilib tarbiyalash ota-bobolarimizning asriy orzu-umidlariga hamohangdir.
Yoshlarni diniy ekstremizm, aqidaparastlik, deviant hulqlilik, giyohvandlik, fohishabozlik kabi jamiyatimizga yot illatlardan asrab-avaylashimiz uchun ularni ommaviy sport ishlariga jalb qilish, tizimli tarbiyaviy metodikalardan foydalanish zarur. Bunda ta’lim muassasasalari, oila, mahalla-kuy, keng jamoatchilik bilan hamkorlikda tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish lozim. Buning uchun yoshlar orasida sport ishlarini jonlantirish, ma’naviy-ma’rifiy qarashlar ko`lamini kengaytirish, sayqallashib qolgan uslublardan voz kechib, yangi, zamon talablariga mos keladigan tizimli metodikani, pedagogik treninglarni ishlab chiqish kerak. Tizimli reja asosida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarda «Kamolot» yoshlar harakati, «Hotin-qizlar qo`mitalari, «Mahalla oqsoqollari», mahallalarda diniy ma’rifat, ma’naviyat va ahloqiy tarbiya bo`yicha mutasaddilar faol ishtirok etishlari kerak.
«Yosh sportchilar», «Liderlar», «Faxriy sportchilar», “Alpomish”, “Barchinoy” kabi sport klublari tashkil qilinib, unda sport ishlarini takomillashtirishga qaratilgan ma’naviy, ma’rifiy, siyosiy o`qishlar, turli sport tadbirlarining o`tkazilishini ta’minlash zarur. Bu klublar faoliyati viloyat, shahar, tumandagi pedagoglar, sport jamoalari mutasaddilari, keng jamoatchilik tomonidan nazorat ostida bo`lishlari kerak.
Jismoniy tarbiya ishlari o`quvchilarda ma’naviy-ahloqiy fazilatlar, mustahkam iroda va sport tehnikasining darajasi (nazariy, metodik saviyasi) barcha qirralarini qamrab olishi va uning malakasini o’zluksiz takomilashib borishiga xizmat qilmog`i kerak. Ushbu metodik xizmatda o`quvchilarning sportchilik mahorati, mustahkam irodasi va insoniy fazilatlari yahlit mujassam ob’ekt sifatida tadqiq qilinadi. Shu asosda rivojlantiruvchi tadbirlar belgilanib amalga oshiriladi. Demak, metodik ishlarda asosiy mezon o`quvchilarda sport tehnikasi va malakasini oshirish orqali ma’naviy-ahloqiy fazilatlar, bilim, ko`nikma va malakalarining takomillashuvi, madaniy saviyasining o`sishida ularga aniq faol yordam berish, pirovard natijada ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishdir. Bunday metodik xizmat tizimi o`qituvchi faoliyatini ham inobatga olishni nazarda tutadi va quyidagilar asosida amalga oshadi:
- darslar, sinfda va sinfdan tashqari ishlarni oldindan loyihalash;
-darsning maqsadi, shu jumladan, sinfda va sinfdan tashqari ishlarni va mazmunini oydinlashtirgan holda rejalashtirish, belgilash (ishlab chiqish);
-darslarining maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda o`quvchi shaxsini tarbiyalash, natijalarni tahlil qilish (interpretatsiya);
-metodik xizmat qilish mazmunini belgilash va amalga oshirish ( harakatli uyinlar orkali);
Umumiy o`rta ta’lim maktablarida sinfdan tashqari o`tkaziladigan tadbirlarda sport o`yinlaridan o`rinli foydalanish o`quvchi shaxsining jismoniy kamolotga erishishi orqali hissiy olamini kengaytiradi; hissiy olamini kengaytirish orqali intellektual jihatdan o`sishini ta’minlaydi; intellektual jihatdan o`sishi orqali hulqidagi nuqsonlarni bartaraf etishga erishtiradi; ahloqiy fazilatlarni kamol toptirishga qaratilgan kompleks topshiriqlardan foydalanishga, Vatanini sevishga, unga e’tiqod ruhida kamol topishiga zamin yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |