Pedagogika” fakulteti “Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi 2- kurs guruh talabasi ning


Sinf rahbarining maktab jamoat tashkilotlari bilan olib boradigan ishlari. Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati



Download 133,61 Kb.
bet4/11
Sana22.06.2022
Hajmi133,61 Kb.
#692480
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Pedagogika” fakulteti “Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi 2- kurs g

1.3 Sinf rahbarining maktab jamoat tashkilotlari bilan olib boradigan ishlari. Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati
Umumta’lim maktablarida tarbiya jarayonini oqilona boshqarishasosiy vazifalardan hisoblanadi. Bunda sinf rahbari muhim o’rin tutadi. Va uning tarbiyaviy ishlardagi faoliyati O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, Xalq ta’limi vaziriligi tamonidan tasdiqlangan “Ichki tartib to’g’risidagi Nizom” kabi bir qator ta’limga oid meyoriy –huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Sinf rahbarining asosiy funksiyasi o’ziga biriktirilgan sinfda barcha tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish, yo’naltirish va muvofiqlashtirib borishdan iborat. Sinf rahbari o’z faoliyatida o’z sinfini va alohida-alohida har qaysi o’quvchini o’rganishdan boshlaydi. Ma’naviyati boy bo’lgan sinf rahbari o’quvchilar bilan alohida-alohida ishlashni amalga oshirishi, o’quvchilarga o’z ta’siri, metodlarini mohirlik bilan qo’llashi kerak. Sinf rahbari ko’rgazmali qurollardan samarali foydalanish, o’quvchilarning darsdan bo’sh vaqtlaridan foydalanish va bolalar ijodiy qobiliyatini o’stirishda , ularni har tomonlama kamol toptirishda yordam beradi. U bu funksiyani bajarishda o’quvchilar bilan individual va jamoaviy munosabatga kirishadi. Shu ma’noda quyidagi modelga diqqat qiling:
Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbarining tutgan o’rni.
Bunda quyidagilarga amal qilinadi:
1.Tashkillashtirish:
-sinfda maqsadli tarbiyani yo’lga qo’yadi;
-tarbiyaviy ishlar rejasi va dasturini tuzadi, amalga oshiradi;
-tarbiyaviy ishlarni boholab boradi;
-tarbiyaviy ishlarga oid muommolarni hal qiladi.
2.Yo’naltirish:
-o’quvchilar va maktab jamoasini tarbiyaviy ishlarga eng muhim belgilaydi;
-sinfda olib boriladigan tarbiyaviy ishlar ishtirokchilarining ahilligi va birligini ta’minlab beradi;
-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirib borish choralarini ko’radi.
3.Muvofiqlashtirish:
-sinfda fanlar o’qituvchilari tamonidan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtiradi;
-maktab direktorining ma’naviy-ma’rafiy ishlar bo’yicha o’rinbosari tashkilot va
-tarbiyaviy ishlar monitoringini olib boradi;
-sinf tarbiyaviy ishlarining istaqbollarini mo’ljallaydi.
Zero, sinf rahbarining tarbiyaviy ishlarda tutgan o’rni muhim ahamiyatga ega. Bunda sinf rahbari faoliyatida quyidagilar birlamchi o’rin tutishini qayd etish lozim:
a) tarbiyaviy ishlarni kengaytirib borish;
b) tarbiyaviy ishlar metodlarini eng maqbullarini tanlay olish;
v) tarbiyaviy ishlar shakllarining to’g’risini belgilash.
Malakali va mahoratga ega sinf rahbari tarbiyaviy ishlar quyidagi talablarga javob beradi:
-yuqori darajada ma’naviyatlilik va yetuk darajada pedagogik-psixologik tayyorgarlik;
-milliy g’oya, taraqqiyot va istiqbolga sadoqatli bo’lish;
-ahloqiy yetuklik, huquqiy faollik va ijtimoiy faollikda o’quvchilar va o’zgalarga ibrat ko’rsatish;
-tarbiyviy ishlarda oqil pedagog va nafis psixolog sifatida ish ko’rish.
Sinf rahbarining tarbiyaviy ishlardagi mavqyeyi va nufuzi tarbiya metodlarini yaxshi bilishi bilan ham belgilanadi. Bunday metodlarning eng asosiylar quyidagilardir:
1)Shaxs ongini shakllantiruvchi metodlar:
-suhbat;
-mashg’ulot;
-bahs;
-ibrat.
2)Ahloqiy faoliyat va xulq-atvor fazilatlarini shakllantirish metodlari:
-pedagogik talab;
-ijtimoiy fikr;
-o’zlashtirish;
-boshqarish;
-tarbiyaviy vaziyat yaratish;
3)Faoliyat samaradorligiga erishish metodlari:
-o’rganish;
-odatlanish;
-musobaqa;
-rag’batlantirish.
Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbarining burchi. Burchbu ahloqning asosiy mezonlaridan biri bo’lib, u “har bir kishining o’z vazifasini to’liq bajarishi va odamlarga to’g’ri munosabatda bo’lish kabi fazilatlarni ifodalaydi” . Sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar jarayonidagi burchi tarbiyaviy ishlarni ma’suliyat, onglilik va vijdon bilan tashkil qilish hamda olib borishdan iboratdir. Mazkur masalada quyidagi variantga e’tibor bering:
Bu masalada quyidagilarga e’tibor berish maqsadga muvofiq:
1)Tarbiyaviy ma’suliyatlik. Sinf rahbari tarbiyaviy ishlar uchun eng ma’sul shaxsdir. Bunda u g’oyaviy, ma’naviy , ahloqiy , jismoniy, estetik kabi shakllanishlarga yo’naltirilgan tarbiyaviy ishlarni vijdonan, halol va ongli ravishda tashkil qilish kerak.
2.Malakaviy mahoratlik. Sinf rahbari sinfda tashkil qilinadigan tarbiyaviy ishlarni yuksak va mahorat bilan yo’lga qo’yishi shart. Aks holda sinfda olib boriladigan tarbiyaviy ishlar kutilgan darajada kechmaydi.
3.Ijtimoiy javobgarlik. Sinf rahbari tarbiyaviy ishlar uchun jamiyat va shaxs oldida javobgar hisoblanadi. Chunki unga bu faoliyat ishonib topshirilgan.
Zero, sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar jarayonidagi burchi Ma’suliyat, Malaka, va Javobgarlik bilan belgilanadi. Negaki kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, o’quvchi ko’p hollarda sinf rahbarini barchadan ko’ra eng yaqin do’sti, sirdoshi va maslahatchisi deb biladi. Bunday ishonch sinf rahbaridan tarbiyaviy ishlar jarayonini oqilona tashkil etish va olib borishni tqozo etadi. Shu ma’noda sinf rahbari o’z burchini bajarish jarayonida:
1) bor imkoniyatlar va vositalar yordamida o’qituvchilar va maktab jamoasi bilan sinfda olib boriladigan o’quv tarbiyaviy ishlarda hamkorlik qiladi.
2)o’quvchilar jamoasini shakllantirish va bu jamoani tarbiyaviy ishlarga jalb qiladi;
3)o’qituvchilar va o’quvchilarning hamkorligini ta’minlaydi;
4) o’qituvchilar, maktab jamoasi va mutaxassislar ishtirokida sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni olib boradi;
5)sinfning tashqi olam bilan ko’p tamonlama aloqalarini yo’lga qo’yadi va tartibga solib turadi.
Bularning barchasi sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar jarayonidagi burchi hisoblanadi. Bu hol sinf rahbarini tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi va o’quvchilar Ustozi sifatida namoyon qiladi.
Tarbiyaviy ishlar jarayonidagi sinf rahbari burchining mazmuni ma’naviy tarbiya ishlarini tashkil qilish bilan bog’liq [1,4]. Unga ko’ra, umumta’lim maktabi o’quvchilari “kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli yashash ” uchun layoqatli bo’lib voyaga yetishlari kerak. Buning uchun sinf rahbarining hushyorlik , sezgirlik, qatiyatlik va ma’suliyatlik tamoyillariga asosan tarbiyaviy ishlarni yo’lga qo’yilishi taqozo etiladi.
Qachonki tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbari o’z burchini bajarsa, kutilgan natijaga erishish mumkin. Shu ma’noda boshlang’ich sinf o’quvchilari o’z sinfi uchun o’qituvchi va Ustoz, yuqori sinf rahbarlari o’quvchilar uchun Ustoz va o’qituvchi hisoblanadi. Sinf rahbari tarbiyaviy ishlarda o’z burchini bajarmasa, sinfda ma’naviy muhit ayniydi, ta’lim samaradorligi susayadi va o’quvchilarning ahloqiy rivojlanishiga darz ketadi.
Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbarining vazifalari. Umumta’lim maktablarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlar jarayonida keng ko’lamlixususiyatga ega. Lekin ulardan g’oyaviy, ma’naviy- ahloqiy, jismoniy, estetik, fuqorolik kabi tarbiyaviy ishlar eng asosiylari hisoblanadi. Shu ma’noda tarbiyaviy ishlar jarayonidagisinf rahbarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-tarbiya ishlarini insonparvar, demokratik va dunyoviy xarakterda yo’lga qo’yish;
-tarbiyaviy ishlar rejalari va dasturlarini davlat ta’lim standartlariga mos ravishda yagona va tabaqalashtirilgan tarzda ishlab chiqish;
-o’quvchilarning layoqati, qobiliyati va istedodini o’stirishni tashkil qilish;
-tarbiyaviy ishlarni maqsad –muddaoli, rejali va tizimli yo’lga qo’yish;
-o’qituvchilar, maktab jamoasi, ota-onalar qo’mitasi,” Kamalak“ bolalar tashkiloti va yoshlar yetakchilari, mahalla faollari hamda keng jamoatchilikning tarbiyaviy ishlardagi hamkorligini uyushtirish;
-o’quvchilarda g’oyaviy sobitlik, ma’naviy barkamollik, ahloqiy yetuklik, jismoniy sog’lomlik ko’nikmalarini voyaga yetkazishga yo’naltirilgan tarbiyaviy ishlarni olib borish.
Zero, sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar jarayonidagi vazifalari eng muhim muammolarni qamrab olishi bilan xarakterlanadi. Bu vazifalar hozirgi kunda “mafkuraviy, g’oyaviy va informasion kurashlar kuchayib borayotganligi” bilan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
1.Hozirgi murakkab davrda sinf ma’naviy –ma’rifiy tarbiya ishlarni zamon talablari asosida tashkil qilish;
2.O’quvchilarni turli g’oyaviy, ma’naviy, mafkuraviy va ahloqiy hurujlardan himoya qilish;
3.O’quvchilarning hayotga ongli va mustahkam pozitsiyali munosabatini shakllantirish;
4.O’quvchilarning yor atrofda yuz berayotgan voqyealarga dahldorlik hissini tarkib toptirish.
Zero, tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbari muhim o’rin tutadi. Bu masalada u aniq burch va vazifalarga ega.
Talabalar sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar jarayonidagi tutgan o’rni , burchi va vazifalari bo’yicha ko’nikma, malaka va tajriba hosil qilishlari kerak. Shunda bu borada erishilgan natijalari kutilgan darajada bo’ladi.
Sinf rahbari hozirgi kunda asosiy tarbiyachi hisoblanadi. Shu sababli uning maqomi bugungi kunda quyidagilardan iborat:
1) Sinfdagi tarbiyaviy ishlar uchun asosiy shaxs bo’lishi;
2) pedagogik jamoa va ota-onalarga nisbatan tarbiyaviy ishlarda mutloq-vakolatga ega bo’lishi;
3) sinfdagi tarbiyaviy ishlarning samaradorligini ta’minlashi;
4) davlat va nodavlat tashkilotlarida bolalarning qonuniy vakili sifatida ishtirok etishi va h.k.
Demokratik jamiyat sharoitida sinf rahbarining ijtimoiy nufuzi yuqori bo’ladi. Bu bir necha omillar bilan belgilanadi:
- bolani har xil salbiy ta’sir va holatlardan muhofaza qilish;
- bola huquqlarini ro’yobga chiqarish;
- bolani ijtimoiy himoyalash;
- bola tarbiyasi monitoringini amalga oshirish.
Hozirgi tezkor davrda ota-ona yoki oilada bola tarbiyasi bilan shug’ullanuvchilar bola tarbiyasi ishiga ishtiroksi sifatida qatnashmoqda, xolos. Sinf rahbari esa bola tarbiyasida ilmiy, ijtimoiy, g’oyaviy, siyosiy talab va ehtiyojlar bilan ishtirok etadi. Buning uchun sinf rahbari quyidagi mezonlarga amal qilishi lozim:
A) o’z kasbining ustasi bo’lishi;
B) bolani sevishi va bola huquqlarini bilishi;
V) tarbiya ishining asoslari, metodlari va texnologiyalaridan yetarli darajada xabardor bo’lishi;
G) ijodkor, izlanuvchan va namunali bo’lishi.
Shunday qilib sinf rahbari tarbiyaviy ishlar sohasida keng qamrovli ishlarni olib boradi va o’z sinf o’quvchilarini barkamol avlod qilib tarbiyalashda asosiy shaxs hisoblanadi.
O‘quvchilarning milliy istiqlol ruhida tarbiyalashda sinf rahbarining roli g‘oyatda katta. Sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda maktab rahbarining yaqin yordamchisidir: u o‘z sinfida dars oluvchi o‘quvchilarning, kamolot va yetakchi tashkilotlarning, ota-onalarning tarbiya sohasidagi ishlarini, faoliyatlarini birlashtiradi, butun sinf va har bir o‘quvchi oldiga qo‘yiladigan talablarda va ularga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishda birlik bo‘lishini, shuningdek, sinfdagi hamma tarbiyaviy ishlarning rejali, tartibli olib borilishini ta’minlaydi. Sinf rahbari darsdan tashqari vaqtda o‘z sinfidagi o‘quvchilar o‘rtasida tarbiyaviy ish olib boradi. Shuningdek, o‘quvchilar o‘rtasida tashkilotchi va tarbiyachi sifatida ham ish olib borib, o‘quvchilarning hammasini bahamjihat, bir jamoa qilib uyushtiradi, bu jamoada tarbiya ishlarini olib boradigan bir obyektgina bo‘lib qolmaydi, balki o‘zining har bir a’zosini o‘zi tarbiyalaydi ham. Bu o‘qituvchi shu sinfga bir necha yilgacha rahbarlik qilib boradi. Sinfni bir sinf rahbari ikkinchi bir sinf rahbariga topshirganda har ikkalasi ham butun sinf va har bir o‘quvchi bilan olib borilgan tarbiyaviy ishlarni rejali, tartibli ravishda davom ettirishga harakat qilmog‘i lozim. Sinf rahbari o‘z ishida muvaffaqiyat qozonish uchun har bir o‘quvchining nazariy va amaliy bilimlarini chuqur o‘zlashtirib olishga doimo harakat qilishi zarur. O‘quvchilarning bilim saviyasini kengaytirish choralarini ko‘rmog‘i va ularning darslarni yuksak darajada o‘zlashtirib olishlari uchun kurashmog‘i kerak. Bu ishda sinf rahbari pedagoglar jamoasiga suyanmog‘i lozim. O‘z sinfida o‘qitiladigan hamma fanlardan xabardor bo‘lgan sinf rahbari shu sinfda dars beruvchi o‘quvchilarning ishlarini bir-biriga bog‘laydi, o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya jihatidan ta’sir ko‘rsatishi tadbirlari yo‘llarini sinf o‘quvchilari bilan birgalikda, ular bilan maslahatlashib ishlab chiqadi va bu tadbirlarni amalga oshirish choralarini ko‘radi. Sinf rahbari o‘quvchilarning yaxshi o‘qishi ularning eng birinchi vazifalari ekanini, maktabda o‘tiladigan fanlarning hammasi ham muhimligini, bolalar darslarni rasmiyat uchungina, kitobdagina o‘qib qo‘ya qolmasdan, balki chinakamiga bilib olishlari lozimligini, olgan bilimlarini amalda qo‘llay bilishlari kerakligini, shuning uchun mustaqil bilishlari zarurligini tushunib olishlariga yordam beradi. Sinf rahbari o‘quvchilarning har jihatdan yetuk kishi bo‘lib o‘sishlari, ularning aqliy, axloqiy, jismoniy va estetik tarbiya hamda politexnika ta’limi olishlari yo‘lida jonbozlik ko‘rsatishi, bu sohada o‘quvchilarning o‘z tashabbuslariga suyanishi, sinfdan tashqari turli ishlarni yo‘lga qo‘yishi va bolalar maktabdan tashqari muassasalari bilan aloqa bog‘lashi kerak. Sinf rahbari sinfdagi barcha o‘quvchilarning, o‘g‘il va qiz bolalarning o‘qishiga va umumiy ishda do‘stona, hamjihat, bir jamoa bo‘lib o‘qishlariga yordam berishi, o‘g‘il va qiz bolalar bir-birlarini hurmat qilishlarini o‘rgatishi lozim. Sinf rahbari o‘quvchilar maktabga kelgan birinchi kundan boshlaboq, ular o‘rtasida tarbiyaviy ishlarni yo‘lga qo‘yib, tarbiyaviy ish shakllarini sinfdagi bolalarning yoshiga qarab murakkablashtirishi, bolalarning har bir yoshda hosil qilgan madaniy xulq malakasini mustahkamlab borishi lozim.
Sinf rahbari o‘z rahbarligidagi sinfda dars beruvchi o‘qituvchilar bilan, o‘quvchilarning ota-onalari bilan, yetakchilar bilan, maktab kutibxonachisi bilan, maktab shifokori bilan, kerak hollarda esa, maktabdan tashqari muassasa pedagoglari bilan hamda bolalar uy tarbiyachilari bilan aloqada bo‘lishi lozim. Sinf rahbari ba’zan ayrim o‘qituvchilarning darsiga kirib o‘tiradi (bir o‘qituvchining o‘rniga ikkinchi bir o‘qituvchi tayin bo‘lganda ularning ta’lim-tarbiyaviy ishida birlik bo‘lishini kuzatish uchun ketma-ket 2 —3 darsga kirish tavsiya qilinadi), to‘garak mashg‘ulotlari vaqtida qatnashadi. Sinf rahbari ota-onalar bilan mustahkam aloqa bog‘lab, zaruriyat tug‘ilganda, ota-onalar bilan birgalikda bolalarga ta’sir qilish va ularning kamchiligini tuzatish choralarini ko‘radi va belgilangan choralarni bolalarning ota-onalari bilan birgalikda qattiq turib amalga oshirishga harakat qiladi.
Sinf ota-onalar majlisini yilda to‘rt marta, ya’ni yilning har bir choragida o‘tkazib turish lozim. Bundan tashqari, birinchi va ikkinchi sinflarda o‘quv yili boshlanishi oldidan ham otaonalar majlisi o‘tkazilishi kerak. Bu majlislarda sinf rahbari otaonalarni sinfdagi ta’lim-tarbiya ishlarining ahvoli bilan, bolalarning yoshi oshgan sari tarbiya sohasida tug‘iladigan yangi vazifalar bilan tanishtiradi. Sinf rahbari, ba’zan, ayrim o‘quvchilar yordamida ota-onalarini sinf hayotidan olingan amaliy misollarda pedagogikaning asoslari bilan tanishtiradi. Ba’zi otaonalarni boshqa kishilar oldida hadeb uyaltiraverishi va kamsitaverishdan saqlanish kerak. Sinf rahbari ota-onalar majlisidan keyin har bir ota yoki ona bilan yakka-yakka suhbat qilmog‘i lozim. Ota-onalarga o‘quvchilarning daftarlarini va boshqa shu kabi ishlarini ham ko‘rsatishi zarur. Ota-onalar yig‘ilishida o‘quvchilar o‘z ishlaridan vaqt-vaqti bilan hisob berib tursalar maqsadga muvofiq bo‘ladi. Lekin bunday hisobot uzoq cho‘zilmasligi, o‘z ishini ko‘pchilik oldida chiqib ko‘rsatishga tayyorlangan bolalarni uzoq kuttirib qo‘ymasligi kerak. Sinf rahbari ota-onalar faolligini aniqlashi va o‘z atrofiga to‘plashi lozim. Bu faol o‘quvchilarning maktab va oilada belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilishlarini, darslarni o‘zlashtirishlarini nazorat qilib borishda sinf rahbariga yordam beradi. Darslarini o‘zlashtirmay qolgan o‘quvchilarga ayrim hollarda sinf rahbari yordam beradi. O‘quvchilarning uyiga borib ularning ahvoli bilan tanishadi. O‘quvchilarning darslarini o‘zlashtirmaslik, darsga kelmay qolishlik yoki darsga kechikib kelish sabablarini aniqlashida sinf rahbariga yordam beradi, muhtoj o‘quvchilarga moddiy yordam berish choralarini ko‘radi. Sayohatlar o‘tkazishda, sinfdan tashqari ishlar olib borishda, o‘quvchilarning dam olishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda yordam beradi.
Sinf rahbari olib boradigan tarbiyaviy ishlarning muvaffaqiyat qozonishi ko‘p jihatdan uning aniq reja bilan ishlashiga va ishlarini yaxshi hisobga olishga bog‘liqdir. Sinf rahbarining umummaktab rejasi asosida tuzgan ish rejasi sinfdagi o‘quvchilar jamoasining hayotini ma’lum bir yo‘lga solishi va o‘quvchilar bilan ota-onalarning o‘quvchilarga ko‘rsatadigan tarbiyaviy ta’sirida birlik bo‘lishini ta’minlashi lozim. Sinf rahbarining ish rejasi tarbiyaning umumiy vazifalariga, sinfning xususiyati talab qiladigan aniq vazifalarga va maktab oldida turgan navbatdagi vazifalarga muvofiqlashtirib tuzilishi kerak. Sinf rahbari o‘quvchilar bilan olib boradigan tarbiyaviy ishlarining choraklik rejasini tuzib, maktab rahbarining tasdig‘iga topshiradi. Sinf rahbariga, ayniqsa, birinchi marta ish boshlagan sinf rahbariga yangi sinf topshirilganda maktab ma’muriyati sinfdagi o‘quvchilar bilan tanishib chiqishi uchun ma’lum muhlat berishi lozim, busiz tarbiyaviy ishlar rejasini tuzib bo‘lmaydi. Sinf rahbari o‘quvchilar o‘rtasidagi tarbiyaviy ishlar rejasini tuzib chiqishi oldidan shu sinf haqidagi hamda ayrim o‘quvchilar haqidagi tavsifnomani e’tibor bilan o‘qib chiqadi.
Pedagoglar kengashida reja to‘g‘risida berilgan ko‘rsatmalarni ham nazarda tutish lozim. Mana shularning hammasi sinf bilan olib boriladigan barcha ishlarni yaxshi o‘ylab olishga imkon beradi. Sinf rahbari o‘quvchilar bilan olib boradigan individual ishlarini turli vaqtda o‘tkazadi. Sinf rahbarining rejasida sinfdagi hamma o‘quvchilar bilan oyda ikki-uch marta darsdan bo‘sh soatda uchrashuv ko‘zda tutiladi. Darsdan bo‘sh soatlarida o‘quvchilar majlisi o‘tkazish, ekskursiyaga borish va sayr qilish, badiiy havaskorlik to‘garaklarining o‘yin-kulgi ko‘rsatishiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari rejalashtirilishi mumkin. Bunday soatlarda sinf rahbarining o‘zigina so‘zlab, o‘quvchilarning ba’zi nasihatinigina eshitib o‘tiradigan „suhbatlar“ o‘tkazishga yo‘l qo‘yish yaramaydi. Sinf rahbarining chorak uchun tuzgan rejasida o‘quvchilar va ota-onalar bilan o‘tkaziladigan majlislarning muhlati ko‘rsatilishi ham kerak.
Sinf rahbari sinf hujjatlarining, birinchi navbatda, sinf jurnalining yaxshi yuritilishini doimo tekshirib boradi. U sinfdagi hamma o‘qituvchilarning o‘quvchilar bilimiga qo‘ygan baholarini sinf jurnaliga o‘z vaqtiga yozib borishlarini, darsda nimalar o‘tilayotgani va shu dars yuzasidan o‘quvchilarga uyda ishlashga beriladigan topshiriqlarning yozib borilishini kuzatib boradi. Sinf rahbari har kuni ayrim o‘quvchilarning qancha darsda bo‘lmaganini yozib boradi va har bir chorak uchun hisobot tuzib chiqadi. Sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilarning shaxsiy papkalarini yuritadi va bu papkalarni maktab idorasida saqlaydi. Yuqorida aytilganidek, o‘quvchining shaxsiy papkasida bolani maktabga qabul qilish to‘g‘risida ota-onalarning bergan arizasi, bolaning yoshi to‘g‘risidagi hujjat, shifokor ko‘rigidan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, darslarni o‘zlashtirishi to‘g‘risidagi tabeli va har yili berilgan tavsifnomalar saqlanadi. Sinf rahbari sinf to‘g‘risida yillik hisobot yozib, uni maktab ma’muriyatiga topshirishi kerak. Sinf rahbari sinfda tarbiya ishlarining qanday ahvolda ekanligi to‘g‘risida har bir chorak oxirida og‘zaki axborot beradi. Sinf rahbarining ishi murakkab va xilma-xildir. Bu ish uchun ancha ma’lumotli bo‘lish talab qilinadi. Maktabda, rahbarning rahbarligi ostida, sinf rahbarlarining bilimi va pedagoglik malakasini oshirish, amaliy ishlarga doir muhim masalalarni muhokama qilish uchun sinf rahbarlari seminar tashkil qilishi zarur.

II BOB IQTISODIY TARBIYANI YOSHLAR ONGIDA ShAKLLANTIRISh NAZARIYASI



Download 133,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish