O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
“PEDAGOGIKA” FAKULTETI
“Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi 2- kurs _______ -guruh talabasi _______________________________________ning
“Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanidan tayyorlagan
KURS ISHI
Mavzu : Rivoyatlar asosida yoshlarda yuksak insoniy sifat va fazilatlarni tarbiyalash
Topshirdi: ___________________________
Qabul qildi: ____________________________
Urganch -2022
MUNDARIJA
I Kirish……………………………………………………………………….……….3
I.BOB Yoshlarda yuksak insoniy sifat va fazilatlarni tarbiyalashning ahamiyati.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida insoniy qadriyatlarni tarbiyalashning ma’naviy jihatlari………………………………………………….……………6
Yuksak insoniy sifat va fazilatlarni tarbiyalashning nazariy asoslari……………………………………………………………………..….11
II.BOB Yoshlarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashda xalq rivoyatlaridan foydalanish tizimi.
2.1. Insoniylik ruhida tarbiyalashda rivoyatlarning pedagogik ahamiyati…………
2.2. Yoshlarda yuksak insoniy sifat va fazilatlarni tarbiyalashda rivoyatlardan
foydalanish texnologiyasi…………………………………….………………..
III.Xulosa……………………………………………………………………………
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………..
KIRISH
Mustaqilligimizni qo‘lga kiritgan ilk kundan boshlab, xalqimiz ota-bobolarimiz tomondan tarkib toptirilgan va butun dunyoga uning ziyosi tarqatilgan ma’naviyatni yanada boyitib, sayqallashtirib, jilo berib yosh avlodga yetkazishga harakat qila boshladi.
Mamlakatimiz istiqbolining dastlabki kunlaridanoq, buyuk ma`naviyatimiz va qadriyatlarimizni, xalqimiz yaratgan og‘zaki ijodlarni tiklash va yanada yuksaltirish milliy ta’lim-tarbiya tizimini shakllantirish, zaminini mustahkamlash, uni davr talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari va ko‘nikmalari darajasiga olib chiqish maqsadlariga favqulodda kata ahamiyat berildi.
Umuman olganda afsona va rivoyatlar o’quvchilar ongida yoshlikdan shakllanadi.Va ularning ongida kelajakka ishonch, o’tmishga muhabbat ruhini shakllantradi.Shuning uchun ham rivoyatlarni yosh avlod hayotidagi o’rnini mustahkamlab yanada sayqallantirib bormog’imiz darkor.
Ma’lumki har qanday millatning yangilanishi yoshlar tarbiyasidan boshlanadi. Yoshlar esa bugungi kunda oilada va ta`lim – tarbiya muassasalarida shakllantiriladi. Bunda esa adabiyotning o‘rni katta. Muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyayev o‘z nutqida “ Inson qalbini, uning dard- tashvishlarini, xalqning orzu- intilishlari, vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini betakror so‘z, ohang va ranglarda tarannum etishni o‘z hayotining ma’no- mazmuni deb biladigan siz muhtaram ijod ahlining mehnati naqadar mashaqqatli, mas’uliyatli va sharafli ekanini barchamiz yaxshi bilamiz”1 degan edi.
Birinchi prezidentimiz “Men Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”, degan fikrini ko‘p mushohada qilaman. Buyuk ma’rifatparvarning bu so‘zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undan ham ko‘ra muhim va dolzarbdir”2, degan fikri ham yoshlar tarbiyasi Davlat siyosatiga aylanganligidan dalolatdir.
O‘zbek xalqining mentalitetiga xos va mos, tarixan qaror topgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini har tomonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida birinchi prezidentimiz I.A.Karimov ma’naviyatga quyidagicha ta’rif beradi. “Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishiga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon – e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”.3
Do'stlaringiz bilan baham: |