O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
“PEDAGOGIKA” FAKULTETI
“Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi 2- kurs _______ -guruh talabasi _______________________________________ning
“Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanidan tayyorlagan KURS ISHI
Mavzu: Amir Temur va Temuriylar sulolasi davrida oila tarbiyasi
Topshirdi: ___________________________
Qabul qildi: ____________________________
MUNDARIJA
Kirish……………………………………………………………………………..
Reja;
I bob. Amir Temur pand nasixatlarida ma`naviy axloqiy tarbiya masalalarini ilgari surilishi pedagogik muammo sifatida…………………………………….
l.l. Ma`naviyat. ma`naviy barkamollik inson tarbiyasining maqsad va vazifalari..
l.2. Amir Temur shaxsi, temuriylar davri ibrat maktabi sifatida………………….
II bob. Amir Temur tuzuklaridagi o`gitlardan oila tarbiyasi jarayonida foydalanish………………………………………………………….
2.l . Amir Temurning pand-nasixatlaridagi ma`naviy- axloqiy tarbiyaning mazmuni…………………………………………………………………………..
2.2. Amir Temur tuzuklaridan foydalanishda o`qituvchi maxorati masalalari…...
III bob Boshlang`ich sinf o’quvchilarining ta`lim-tarbiyasida temur tuzuklaridan foydalanishga oid tajriba-sinov ishlari………………………….
3.l. Tarbiyaviy tadbirlar jarayonida Amir Temur pand-nasixatlaridan
foydalanishning shakl va usullari………………………………………………….
3.2. Ta`lim-tarbiya jaryonida temur tuzuklaridan foydalanishga oid tajriba sinov ishlari…………………………………………………………………………
Xulosa…………………………………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………….
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng “... mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish yo’lida avvalboshdanoq asosiy ustuvor yo’nalishlarga aylangan masalalar....” dan biri barkamol shaxs kamoloti masalasi ekanligi ayon bo’ldi. Jamiyatda barkamol avlodning etishib chiqishi ta`lim-tarbiya ishidagi nechog`lik izchillik va uyg`unlikka bog`lig`ligi ma`lum. Shu bois ham mamlakatimizda qabul qilingan “Ta`lim to’g`risida”gi Qonun asosida ta`lim tizimida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlarning mazmun mohiyati Milliy istiqlol g`oyasining tamoyillarini amaliyotga tatbiq etishdan iborat. Mamlakatimizda chuqur o’zgarishlar, siyosiy va ijtimoiy-ig`tisodiy hayotning barcha tomonlarini izchil isloh etish va liberallashtirish, jamiyatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilish jarayonlari jadal sur`atlar bilan rivojlanib bormog`da. Bunda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo’lida belgilab olingan va izchil ravishda amalga oshirilayotgan ulkan vazifalar mustahkam zamin yaratmoqda.
Milliy qoyaning asosiy negizi ajdodlarimiz yaratgan urf-odatlarda, ulug`
allomalarimiz qoldirgan boy va bebaxo merosga borib taqaladi.
Ibn Sino, al-Forobiy, al-Xorazmiy, al-Beruniy, Qozizoda Rumiy, Amir
Temur, Ulug`bek, Ali Qushchi, Bobur, Alisher Navoiy kabi ulug` mutafakkirlar,
inson ma`naviy va tafakkur dunyosini boyitishda, insoniy ongni, madaniy- ma`rifiy
qarashlarinio`zgarishda o`z davrida va keyinchalik ham asosiy ro`l o`ynadilar.
Ular tomonidan inson kamolotiga doir beqiyos, ta`limotlar yaratildi. Ularning
axloq-odobiga doir ma`nviy qarshlari butun jaxonga o`rnak bo`larli man ova
mazmun kasb etdi.
Men milliy merosimizga murojaat qilib, jahongashta sarkarda bobomiz Amir
Temurning tuzuklarida ilgari surilgan barkamol tarbiyasi borasida olib borgan
bildirgan fikr-mulohazalarini, tuzuklardagi g`oyalardan foydalanish xususida
to`xtalmoqchiman.
Sarkarda bobomiz Amir Temurning tuzuklarida ilgari surilgan barkamol insonni tarbiyalash haqidagi axloqiy fikrlari bugungi kun yoshlar tarbiyasi uchun ham muxim ekanligini hammamiz bilamiz. Ularning inson tarbiyasi haqidagi qarashlari mustaqil respublikamiz kamolga yetkazishda muhimdir.
Shaxsni tarbiyalshda soxibqiron haqidagi rivoyatlardan boshlang`ich ta`lim
jarayonidan boshlab o`qshi, sinfdan tashqari o`qish, odobnoma va turli tadbirlarda
foydalanish, ulardan foydalanishning yo`l-yo`riqlarini ishlab chiqish lozim.
Amir Temur bohodir, qo’rqmas, jasur kishi sifatida gavdalanadi. Bugungi yosh
o`quvchilarimiz Amir Temurning qahramonliklari, qilgan jangu-jadallari,
qurdirgan obidalari, yaratgan bog`lari zafarga to`la yurishlari asosida, hamda
yaratgan tuzuklari asosida ta`lim-tarbiya berish zamonning muhim masalasidan
biridir.
Amir Temurning bolalarga yoshligidanoq bilim, ma`lumot va tarbiya
berishlikni ko`rsatib, o`g`il-qizlarni yoshlikdan tarbiyachiga-muallimga berish
lozimligini aytadi. Shu bilan yoshlar ilk yoshidayoq fanlar va hunarlarni egallab
olmoqligi lozimligini ta`kidlaydi.
Umuman olganda Amir Temurning tuzuklari haqida ko`plab ijobiy fikrlarni
aytish mumkin. Shu mavzuni imkonniyat darajasida yoritish maqsadida malakaviy
bitiruv mavzusi: “Boshlang`ich sinf o`quychilarini ma`naviy tarbiyasida Amir
Temur o`gitlaridan foydalanish” deb belgilandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |