Respublikamizda zamonaviy mutaxassislarni tayyorlashdagi asosiy tamoyillar sifatida ta'limni insonparvarlashuvi va ijtimoiylashuvi; ularning asosi sifatida esa milliy va umuminsoniy, madaniy qadriyatlar aniq belgilab olingan.
Yurtboshimiz ta'biri bilan aytganda: ―Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma'naviy sog‗lom o‗sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo‗lgan, uyg‗un rivojlangan insonlar bo‗lib, XX1 asr talabalariga to‗liq javob beradigan barkamol avlod bo‗lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o‗z oldimizga maqsad qilib qo‗yganmiz‖.31 Shu bilan birga bugungi kunda kadrlarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishga qaratilgan yaxlit ta'lim jarayoni yuksak ma'naviy axloqiy fazilatlarni hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim.
Biz o‗z tadqiqotimizning natijasi sifatida shuni aytishimiz mumkinki yuksak ma'naviyatli shaxsni voyaga yetkazish jarayonida ta'lim tizimining barcha bo‗g‗ini shuningdek jamiyatdagi mavjud ijtimoiy institutlar hamkorlikda o‗z ishlarini sidqidildan, milliy merosimiz va milliy qadriyatlarimizga tayangan holda zamonaviy ta'lim texnologiyalariga yondoshuv asosida olib borsalar jamiyatda yuksak ma'naviyatli shaxsni voyaga yetkazish jarayoni hamisha samarali bo‗lishi mumkin. Xulosalarimiz natijasida quyidagi takliflarimizni aytib o‗tmoqchimiz:
1.Milliy ma'naviyatimiz, qadriyatlarimiz, ilm-fan sohasidagi ota-bobolarimizdan qolgan merosning qayta tiklanishi, xalqimizning milliy o‗zligini anglash jarayonining o‗sib borishi natijasida xalqimiz tafakkur tarzida muhim ijobiy o‗zgarishlar ro‗y bermoqda. Xayotimizda sodir bo‗layotgan bu o‗zgarishlar odamlar qalbi va ongiga singib, ularda kelajakka ishonch tuyg‗usini, ozodlik va erkinlik hissini tarbiyalamoqda. Mustaqillik tufayli tobe'lik va qaramliqdan ozod bo‗lgan davlatimiz ichki va tashqi siyosatda hyech kimning aralashuvi, tazyiqi va ko‗rsatmalarisiz xalq manfaatlarini ko‗zlab ish yuritmoqda. Yurtimiz istiqloligina boy madaniy-ma'naviy merosimizdan, buyuk ajdodlarimiz yaratgan ma'naviyat
chashmalaridan bahramand bo‗lishimiz uchun keng yo‗l ochdi. Mustaqillik xalqimizga yurtimizning bebaho yer osti va yer usti boyliklariga chinakamiga egalik qilish, o‗z diyorida o‗zini erkin his etish, erkin fikrlash, mustaqil tafakkur yuritish imkonini berdi. Milliy mustaqillik tafakkuri mamlakatimizda keng ko‗lamli siyosiy-ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishda asosiy omil kuch-qudrat bo‗lib xizmat qilmoqda.
2.Ma'naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishga yaxlit tizim sifatida qarash lozim. Mazkur vazifani hal etishga yo‗naltirilgan tarbiya jarayoni — ishlab chiqarish jarayoniga o‗xshashdir. Uning asosi — kutiladigan natijalar va unga erishish usullari, erishish usullarini modellashtirishni talab etuvchi rejalashtirish, ishlab chiqilgan reja va modellarni amalga oshirish, mazkur doirada amalga oshiriluvchi kishilarning faoliyat va xulq-atvorini boshqarish bilan bog‗liqliqdagi pedagogning tarbiyaviy faoliyati.
3.Texnologik yondashuv imkoniyati tarbiya jarayonining o‗zida uning ko‗p omilliligi — ko‗glab omillar ta'siriga uchrashi, natijalarning tezda namoyon bo‗lmasligi, tarbiyachi faoliyatining (bevosita yoki bilvosita) yo‗naltirilganligi, ko‗p bosqichlilik bilan bog‗liq ravishda mujassamdir. Ko‗p bosqichlilik tarbiyalanuvchining u yoki bu sifat haqida tasavvur darajasidan tushunchaga va keyinroq o‗zlashtirilganlariga muvofiq harakat qilish ko‗nikmasini shakllantirish hamda to‗g‗ri xulq-atvor odatlarini shakllantirishga o‗tish bilan tavsiflanadi. Xulqatvor(odatlar)ning ma'lum shakllarini shakllantirish jarayonini bu kabi tasavvur qilishga muvofiq tarzda umuman tarbiyaning ketma-ketligi haqidagi tasavvur shakllanadi: dastlab hulq-atvor qoidalari va me'yorlari haqidagi bilimlar o‗zlashtiriladi, keyin o‗zini risoladagidek tutish malakalari ishlanadi, nihoyat, tizimli mashq qilish yo‗li bilan oqilona hulq-atvor odatlari tarbiyalanadi.
4. Yuksak ma'naviyatli shaxsni shakllantirishning samaradorligiga erishish tarbiyaviy jarayonda natijaviylikni ta'minlanishi uchun quyidagi shartlarning bajarilishi zaruriyatini taqozo etadi:
yuksak ma'naviy fazilatlarning ahamiyati va zaruriyatining anglab yetilishi;
tarbiya jarayoni hamda tarbiyaviy munosabatlar jarayonida motivlarning o‗ziga xos xususiyatlarini hisobga olish;
tarbiyalanuvchilarda yuksak ma'naviy fazilatlarni egallashga bo‗lgan ijobiy motivlarni shakllantirish;
tarbiyalanuvchilarda yuksak ma'naviy fazilatlarni shakllantirish uchun zaruriy va qulay shart-sharoit yaratuvchi ijodiy muhitni yaratish;
tarbiya jarayonida hamkorlikka asoslanilishi;
tarbiyalanuvchilarda yuksak ma'naviy fazilatlarni shakllantirishda tizimli va refleksiv yondashuv imkoniyatlarining hisobga olinishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |