1.2. MEHNAT- BOLA QOBILIYATINI SHAKILLANTIRADI.
Bolajon tayanch dasturi boyicha olib borilayotgan qator tarbiyaviy ishlardan kozlangan asosiy maqsad osib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama yetuk, jismonan soglom shaxs sifatida tarbiyalash va kamol toptirishdir. Muassasamizda aqliy, jismoniy, manaviy tarbiya usullari bilan bir qatorda mehnat tarbiyasini ham bola qalbiga singdirishda ularning ota-onalari bilan hamkorlikda ish olib bormoqdamiz. Boisi bola avvalo tarbiyani, mehnatsevarlikni kamol topayotgan makoni, yani oilasidan organadi. Abdulla Avloniy oz asalarida shunday fikrlarni bildirgan edi: Bolaning salomatligi va saodati uchun yaxshi tarbiya qilmoq, yaxshi hulqni orgatmoq, yomon hulqdan saqlab ostirmoq va mehnat qilishga undamoq yaxshidir. Tarbiya qiluvchi inson - tabibdir. Tabib xastaning kasaliga davo qilsa, tarbiyachi - boladagi yaxshi hulqni, poklikni, mehnatga layoqatni davolaydi. Mehnat qilgan, oqigan, izlangan insongina farovon turmush kechirib, el-yurtiga xizmat qiladi. Bu tushunchalarni ota-onalar farzandlariga yoshlikdan, aynan bogcha yoshidan uqtirishlari lozim, deb oylayman. Ularni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda xalq ogzaki ijodi bolmish maqollardan keng foydalanishimiz darkor. Halol mehnat - yaxshi odat, berar senga baxt-saodat, Mehnatdan kelsa boylik, turmush bolar chiroylik shular jumlasidandir. Shu orinda yana Abdulla Avloniyning ogitlari yodimga tushadi: Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidur, chunki farzand oilada olgan tarbiyasiga qarab ota-onasiga rohat yoki jazo; erka bolib osgan ogil-qizlar xatti-harakati ota-onaga mung va alam keltiradi. Har bir ota-ona farzandi tarbiyasiga etiborli bolishi kerak. Bugun farzandiga etibor va gamxorlik korsatgan ota-ona albatta, ertaga rohat-farogatda yashab, farzandi ortidan kelayotgan duoi olqishlardan koksilari togdek baland boladilar. Kopchilik ota-ona kel shu arzimas ishni ham bolamga qildirib otiramanmi, ozim tezroq qilaman, deb hisoblaydi. Bunday fikrlash esa bolada dangasalik, ishyoqmaslik illatini keltirib chiqaradi. Oddiy yumushni ham bolaga ragbatlantirish orqali qildirsa boladi, shunda bolada mustaqillik, erkin fikrlash, oz mehnatidan quvonish hissi rivojlanadi. Shu orinda maktabgacha talim muassasalarida mehnat tarbiyasining usullari bilan ota-onalarni yaqindan tanishtirish maqsadga muvofiqdir. Mehnat tarbiyasi 2 xil yonalishda amalga oshiriladi:
Bolalarning ozlarini mehnatga orgatish.
Kattalar mehnati bilan tanishtirish.
Mehnat qilish muntazam ravishda bolib, unda hamma bolalar ishtirok etsa hamda kattalar mehnati bilan tanishtirib borilsa, shundagina u tarbiya vositasiga aylanadi. Farzandlarimizni bogchada ham, oilada ham quyidagi mehnat turlariga jalb qilishimiz lozim:
Oz-oziga xizmat qilish.
Bunda bolalarni mustaqil kiyinish va yechinishga, kiyimdagi kamchilikni payqash va uni bartaraf etishga orgatiladi.
Xojalik-maishiy mehnat: bunda bolalarni yengilroq topshiriqlarni bajarishga undash lozim - stolni nonushtaga bezatish, oyinchoqlarni yigish kabi ishlarga jalb etish kerak.
Tabiat qoynidagi mehnat - gullarga suv quyish, kochat otqazishda yordam berish, hayvonlarni parvarish qilishga jalb qilish lozim.
Qol mehnati - bolani oz qoli bilan biror-bir buyum yasashga undash, oyinchoq yasashga jalb qilish lozimdir.
Mehnat qanday shaklda bolmasin, u bolalarda bilimdonlikni, ijodkorlikni, tafakkur hamda tasavvurlash qobiliyatini shakllantiradi. Mehnat insonni uluglaydi, gozallikka chorlaydi, uning uzoq va soglom umr korishi ham mehnat mahsuli hisoblanadi. SHuning uchun ham har bir ota-ona farzandini mehnatsevar qilib tarbiyalashga masuldir. Bu orinda turli oquv maskanlari, maktabgacha talim muassasalarida olib borilayotgan ishlar ota-onalarimizga qoshimcha yordam, maslakdosh bola oladi.
Bogcha yoshidagi bolada mehnat konikmalarining shakllanishi
Bolalarning mehnat faoliyatlarini ozida qampagan mashgulotlar asosan bogcha yoshidagi davrdan boshlanadi. Bu yoshda bolalarning mehnatlari juda sodda va elementar bolsa ham ularning psixik taraqqiyotlarida juda katta ahamiyatga egadir. Bogcha yoshidagi bolalar bilan otkaziladigan cifatlar natijasida bolalarda mehnatga nisbatan ijobiy munosabat, mehnat qilish ishtiyoqi tugiladi. Kattalarning mehnat faoliyatlariga taqlid qilish dastavval bolalarning oyinlarida namoyon boladi. Bolalar kattalarning mehnat faoliyatlarini ozlarining oyinlarida taqlidan takrorlash bilan cheklanib qolmay, balki kattalar mehnatida bevosita qatnashish uchun xapakat qila boshladilar. Masalan.: qiz bolalar onalari kir yuvayotganda ayrim kichikroq narsalarni (dastrumolchalarni) chayishda qatnashadilar. Uy va xovlilarni yigishtirib supurishga, ogil bolalar esa otasi bajarayotgan ishda qatnashishga intila boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarni mehnatining natijasiga qarab emas, balki mehnat jarayonining oziga qiziqishi psixologik jihatdan xarakterlidir. Bogcha yoshidagi bolalarning ishiga baho berib borish ularda mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni tarbiyalashda katta rol oynaydi. Bolalar kuchlari yetadigan ishlarni bajarayotganlarida kop xatolarga yol qoyishlari turgan gap. Lekin bunda bolalarni mexnatga jalb qilmaslik kerak, bolalarning bajaradigan ishlarini kattalarning ozlari bir pasda qilib qoyishlari mumkin degan mano kelib chiqadi. Sharq xalqida bir maqol bor: Bolaga ish buyur, ketidan ozing yugur. Bu juda togri, hayotiy gap. Bolalarga biron yumush buyurilganda, uni qanday bajarayotganliklaridan koz-quloq bolib turish kerak, degan manoni bildiradi.
Bolalarda xususan, kichik yoshdagi bogcha bolalarida hali mehnat malakalari yoq, qol muskullari yaxshi rivojlanmagan boladi. Ana shuning uchun bolalar qasddan yoki anqovliklaridan - emas balki eplay olmasliklaridan biron narsani tushirib sindirib yuborishlari mumkin. Ana shunday "falokat" yuz bergan paytda bolani "anqov, kozingga qapacang bolmaydimi" deb urishish yoki koyish yaramaydi. Buning orniga bolaga shu mehnatni qanday qilib bajarishni korsatib berish lozim. Bogcha yoshidagi bolalarni mehnatsevarlik ruxida tarbiyalashda ularni inoq jamoaga uyushtirish katta ahamiyatga egadir. Jamoa bolib mehnat qilishda tarbiyachi hap bir bolaga malum bir mehnatni bajarishni buyuradi. Ana shu tariqa bolalar jips jamoa bolib mehnat faoliyati bilan shugullanadilar. Masalan, katta guruh bolalari jamoa bolib navbatchilik qiladilar. Bunda bir bola stolga dasturxon yozib chiqsa, ikkinchisi qoshiq va vilkalarni qoyib chiqadi, uchinchi bola esa stulchalarni qoyib chiqsa, tortinchi bola stolga nonlarni qoyib chiqishi mumkin. Bogchada navbatchilikka organgan bolalar oilada ham yordamlashadigan boladilar. Umuman, orta va katta yoshdagi bogcha bolalariga oilada kuchlari yetadigan mehnat topshiriqlarini berish kerak. Bu ularni mehnatsevarlikka tarbiyalashda va ularda ayrim mehnat malakalari hosil bolishi uchun juda katta imkoniyatlar yaratadi. Ijtimoiy foydali mehnatda ishtirok etmagan bolani keyinchalik mehnatga jalb qilish juda qiyin boladi. Bogchada bolalar jalb qilinadigan mehnat faoliyatining turi juda xilma-xildir. Masalan, tabiat burchagidagi jonivor yoki osimliklarni parvarish qilish, bogcha hovlisida ishlash, oshxonada va guruhda navbatchilik qilish, kichkintoylarni kiyintirishga yordam berish va boshqalar. Shuni ham aytib otish kerakki, kichik yoshdagi bogcha bolalari ozlarining mehnat faoliyatlarini hali yolga qoya olmaydilar. Shuning uchun ular mehnatning juda sodda turlari bilan, yani osimliklarga suv qoyish, baliqlarga ovqat berish, hovliga suv sepish va shu kabilar bilan shugullanadilar. Orta va katta guruh bolalari mehnat faoliyatini oyindan batamom farqlab unga nisbatan jiddiy munosabatda bola boshlaydilar. Ular mehnatdan kelib chiqadigan natijani, yani mehnatning ijtimoiy mohiyatini, kim uchun, nima uchun mehnat qilish lozimligini tushunadilar. Ular kattalarning oiladagi uy-rozgor ishlariga zor ishtiyoq bilan yondashadilar, kichkintoylar uchun qogozdan, kartondan, faner va plastilindan turli oyinchoqlar yasaydilar. Pedagogik jihatdan togri tashkil qilingan mehnat faoliyati bolalarning har tomonlama yani ham jismoniy, ham psixik, ham estetik, ham axloqiy tomondan barkamol rivojlanishlariga juda katta tasir qiladi.
Bogcha bolalari biron oyin, talim yoki mehnat faoliyatlari bilan mashgul bolar ekanlar, ular harakatlarining asosida malum motivlar, yani ularni harakatga soluvchi mayllar yotadi. Kichik bogcha yoshidagi bolalarning xattiharakatlari koproq shu xatti-harakatlar amalga oshirilayotgan sharoitga bogliq boladi. Ular xatti-harakat motivlarini anglab ham yetmaydilar. Shuning uchun kopincha ozlariga mutlaqo hisobot bermay malum bir vaziyatda u yoki bu xatti-harakatni amalga oshira boshlaydilar.
Bogcha yoshidagi bolada mehnatga ijtimoiy-psixologik tayyorligining shakllanishi
Bolalar mehnatining muhim belgisi uning malum maqsadga qaratilganligidir. Kichik bogcha yoshidagi bolalarning mehnati biror jarayonga oid harakat bolib, u faqat kattalarning rahbarligi natijasidagina amalga oshirilishi mumkin. Maktabgacha tarbiya yoshi davrining oziga xos tomonlaridan biri bolalar mehnatining oyin bilan bogliqligidir. Oyin jarayonidagi biror harakat doimo biror mehnat jarayonini aks ettirishga yonaltirilgan boladi. Ikkinchi tomondan, mehnat jarayonini bajarishda uni oyin shakliga aylantirishadi. Shu bilan birga ozining xususiyati, mazmuni, yuzaga kelish sababiga kora mehnat va oyin bir-biridan farq qiladi. Mehnatda maqsad qoyiladi, uni amalga oshirish, natijaga erishish uchun shart-sharoit yaratiladi, vositalar izlab topiladi. Oyinda esa bolalar kattalarning mehnat faoliyatiga taqlid qiladi. Oyinda esa bolalar kattalarning mehnat faoliyatiga taqlid qiladi. Oyinda mehnat singari biror aniq natijaga eriilmaydi, ammo u mehnat singari bolalarga quvonch bagishlaydi, ular ozlarida qonoqish hissini sezadilar. Kichik bogcha yoshidagi bolalar mehnatining asosiy turi oz-oziga xizmatdir. Bu kichik bolalar uchun ancha mashaqqatli ish. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarni mehnatning bu turiga orgatishda kopincha oyin vaziyatlaridan foydalaniladi. Avvaliga bolalar oyin obrazi orqali mehnatga orgatiladi. Shu orqali bolalar ishonch bilan harakat qilishni organadilar. Asta-sekin bu yoshdagi bolalarda oz-oziga xizmat qilish konikma, malakalari shakllanib boradi.
Mehnat faoliyatining bola ruhiy rivojlanishiga tasiri
Ijtimoiy-tarixiy tajribani ozlashtirish faol ish jarayonida yuz beradi. Faollik bolaga xos xususiyatdir. Talim-tarbiya jarayonidagi faollik asosida faoliyatning har xil turlari shakllanadi. Ulardan asosiylari: munosabatda bolish faoliyati, bilish, buyumlar bilan boladigan faoliyat, oyin, mehnat va oquv faoliyatlaridir.
Faoliyat turlarining ozi ijtimoiy-tarixiy tajribaning bolagidir. U yoki bu faoliyatni ozlashtirayotib bola faollik korsatadi, shu bilan bir vaqtda shu faoliyat bilan bogliq bolgan bilim, konikma, malakalarni egallab oladi. Buning asosida bolada har xil shaxsiy qobiliyat va xususiyatlar shakllanib boradi. Talim va tarbiya orqali amalga oshiriladigan faoliyatlarni bolalar birdaniga ozlashtirib olmaydilar, ularni bolalar tarbiyachi rahbarligida asta-sekin egallab boradilar.
Bolalarning har xil faoliyatlarni muvaffaqiyatli egallab olishlari asosan oilada, bolalar bogchasida talim-tarbiya ishining qay darajada tashkil etilishiga bogliqdir.
Inson hayotining birinchi yilidanoq faoliyatning eng oddiy turlari undagi shaxsiy qobiliyatlar, xususiyatlar, tevarak-atrofga malum bir munosabatning shakllanishida asos bolib xizmat qiladi. Masalan, kattalarning bola bilan boladigan hissiy, hissiy-predmetli munosabatlaridayoq bolada dastlabki ijtimoiy talabni vujudga keltiradi, dastlabki harakat va tasavvurlar, taassurotlar shakllana boshlaydi.
Harakat usullarini egallab borish orqali bolada faollik rivojlanadi. Ammo faollikning qay darajada rivojlanib borishi irsiyatga hamda taqlidchanlik qobiliyatiga ham bogliq. Bola hayotining dastlabki yillarida kattalar bilan boladigan munosabati va narsa-buyumlar bilan bajargan harakati asosiy faoliyat turi hisoblanadi.bola bilan muomala qilish orqali kattalar ularni sekin-asta buyumlar olamiga olib kiradilar. Mana shu yol bilan bola buyumlar bilan boladigan faoliyatning oziga xos tomonlarini egallab boradi. Bu vaqtda munosabatning ozi narsa va buyumlar bilan boladigan faoliyatga aylanib qoladi.
Bolaning narsa va buyumlar bilan boladigan faoliyatini tashkil etish bolaga dastlabki yoshidan boshlab oilada va maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiya va talim berishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bunday faoliyatlarda bolalar tarbiyachi rahbarligida narsa va buyumlarning xususiyatlari togrisidagi dastlabki bilimlarni, ular bilan boladigan harakatlar, tahlil, sintez, umumlashtirish, abstraksiyalash kabi eng oddiy jarayonlarni egallab oladilar.
2,5 yoshdan keyin buyumlar bilan boladigan faoliyatda bolalar ancha yuqori korsatkichlarga erishadilar va ularning oyin hamda tasviriy faoliyatga otishlari uchun asos yaratiladi. Kattalar tomonidan tashkil etilgan muomala munosabatlarida, faoliyatlarda oz-ozini anglab olishning dastlabki shakllari shakllanadi.
Bola jamoada ozini shaxs sifatida anglay boshlaydi. Bola taraqqiyotining mana shu bosqichida ular kattalarning korsatmasisiz, mustaqil harakat qilishini xohlaydilar. Bolada xulq-atvor sababining paydo bolishi va uni oz xohishiga boysundira olishi unda ongning shakllanganligidan dalolat beradi. Agar boladagi faollik va mustaqillik kattalar tasirida uygotilgan bolsa, u holda 4-6 yoshli bolalar ancha mustaqil bolib qoladilar va har xil faoliyatlarga tezda kirishib keta oladilar. Bunda bolalar ongliligining roli ortadi, u bazan hatto ijodiy xususiyat kasb etadi.
Bu davrdagi bolaning asosiy faoliyati bolgan oyinda bolalar tarbiyachining rahbarligida har xil harakat usullarini, narsa va buyumlar togrisidagi bilimlarni, ularning sifat va xususiyatlarini bilib oladilar. Bolalar, shuningdek fazoviy, vaqt munosabatlarini, oxshashlik, tenglik kabi tushunchalarni ham egallab boradilar.
Birgalikda bajariladigan harakatli oyinlar orqali bolalar kishilar hayotidagi, ular ortasidagi munosabatlarni, kelishib harakat qilishni bilib oladilar, ularning tevarak-atrof togrisidagi tasavvurlari kengayadi. Bu yoshdagi bolalarda oyin faoliyati bilan bir qatorda faoliyatning amaliy shakllari ham rivojlana boshlaydi: rasm yopishtirish, narsalar yasash va hokazo. Bular bolalarda xayolni, amaliy tafakkurni, badiiy qobiliyatni, ijodkorlikni rivojlantirishda manba bolib xizmat qiladi. Muntazam ravishda berib boriladigan mehnat topshiriqlari bolalar faoliyatini ijtimoiy manfaatlarga boysundirishga, ijtimoiy foydali faoliyat bilan shugullanishiga, mehnatdan kelgan umumiy natijadan quvonish kabi sifatlarni tarbiyalashga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |