Pedagogika 017, 4-son Bosh muharrir



Download 2,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/167
Sana10.02.2022
Hajmi2,31 Mb.
#440114
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   167
Bog'liq
yetuk shaxs, jurnal

PEDAGOGIKA 
2017, 4-son
 
 
15 
hisoblangan masala – bir gradusning sinusini aniqlash masalasi ustida olib borgan 
tadqiqotlarni yoritib berdi. Shuningdek, bu asarda XV asrda Ulug‘bek 
boshchiligidagi Samarqand rasadxonasida gullagan astronomik maktab 
vakillaridan al-Koshiy, Qozizoda ar-Rumiy, Ali Qushchi, va boshqalarning ham 
matematika, astronomiyaga doir ishlari ilk bor tahlil qilingan.
Akademik Qori Niyoziyning shoh asari bо‘lmish “Ulug‘bekning astronomik 
maktabi” 1952-yilda о‘sha davrning eng yuksak davlat mukofotiga sazovor 
bо‘lgan. Garchi bu asar asosan astronomiya va matematika fanlariga tegishli 
bо‘lsa ham, uning muallifi о‘sha masalalarni yoritishda О‘zbekiston xalqlarining 
qadimiy madaniy hayoti tо‘g‘risida, bu yerda yashagan xalqlar og‘zaki ijodining 
rivoj topgani, qahramonlik eposining keng yoyilganligi haqida yozadi. 
Qori Niyoziy XV asrning ikkinchi yarmidagi Hirot adabiy muhiti va unda ulug‘ 
о‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy ijodi, Navoiy merosining о‘zbek 
madaniyati tarixidagi yuksak о‘rni va ahamiyati tо‘g‘risida ilhom bilan hikoya 
qiladi. Bu haqda taniqli filolog olim akademik Aziz Qayumov shunday yozadi: 
“Ulug‘bekning astronomik maktabi” kitobidagi Navoiyga oid kichik bir bо‘lakda 
akademik Qori Niyoziy ulug‘ shoir va mutafakkirning ijodiga xos bо‘lgan buyuk 
g‘oyalar – insonparvarlik, vatanparvarlik, xalqparvarlikni ifodalovchi she’riy 
misollar orqali shoirning boy ruhiy dunyosini ochib bergan. Shoir lirikasiga xos 
joziba va jо‘shqinlik, sevgi-muhabbatdagi qoyimlik tasviri, inson gо‘zalligining 
tavsifini yuksak malaka va ilhom bilan namoyish etgan”
1

Qori Niyoziy ushbu asari orqali о‘zining nafaqat ulug‘ matematik, astronom 
ekanligini, balki о‘zbek filologiyasining ham mohir bilimdoni bо‘lganligini 
namoyish qilgan. 
Qomusiy olim, fan va maorif tashkilotchisi, davlat va jamoat arbobi 
akademik Qori Niyoziyning hayoti va faoliyati ilm-fan, ma’rifat va madaniyatga 
fidoyilik namunasidir. Bu muhtaram zot tо‘g‘risida hali kо‘p asarlar yoziladi, ilmiy 
yig‘inlar bо‘ladi. Yillar, asrlar о‘tar, ammo ilm-fan, ma’rifat va madaniyat 
jonkuyari buyuk olim Toshmuhammad Niyozovich Qori Niyoziy hamisha 
barhayotdir, chunki uning nurli xotirasi xalq qalbida abadiy yashaydi. 

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish