PEDAGOGIKA 2017, 4-son 7 ishlab chiqilgan bо‘lishi kerak va ushbu kо‘rsatkichlar orqali kasbiy vazifalarni hal
etish jarayonida kompetensiyalar darajasining mavjudligi haqida xulosa chiqarish
mumkin bо‘ladi;
agar kasbiy kompetensiyalarni aniqlash uchun baholashning qо‘shimcha
metodlari talab etiladigan bо‘lsa, albatta, ularga murojaat etish kerak. Buning
uchun kasbiy kompetensiyalar elementlarini baholash yо‘llarini bevosita ish
о‘rnida belgilab qо‘yish zarur (masalan, maxsus tashkil etiladigan nazoratlar
о‘tkazmasdan kasbiy bilimlarni ekspressbaholash);
agar kasbiy kompetensiyalarning barcha elementlari talab darajasida
bо‘lsa-yu, natijalar qadar yuqori bо‘lmasa, demak, kompetensiyalar matritsasida
talabalar faoliyati natijalariga ta’sir etuvchi barcha omillar e’tiborga olinmagan
bо‘ladi;
imitatsion topshiriqlarni shunday tuzish kerakki, ularni bajarish
jarayonida talaba kasbiy kompetensiyalarining hamma elementlarini namoyish
eta oladigan bо‘lsin;
kompetensiya elementining shakllanganlik darajasini aniqlashning
asosiy usuli talabaning о‘z kasbiy funksional vazifasini hal etish yо‘llari bо‘yicha
og‘zaki hisobotini baholashdir, ya’ni talaba vazifani hal etgandan sо‘ng, uni
qanday tarzda yechganligi, qay bilim va kо‘nikmalardan foydalanganligi va
hokazolarni tushuntirib berishi baholanadi;
talaba о‘z ishi qanday mezonlarga kо‘ra baholanashini oldindan bilishi
lozim;
baholash individual tarzda amalga oshiriladi, lekin bir xil topshiriqlarni
bajargan barcha talabalar uchun baholash mezonlari ham bir xil bо‘lishi zarur.
Bо‘lajak kasb ta’limi о‘qituvchilarining kasbiy kompetentligining
shakllanganligini baholash va uning sifat darajasini ta’minlash uchun
quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:
ta’lim jarayonini shaxsning kasbiy kompetentlikka erishishida betakror
individualligini rivojlantirishga qaratish;
bо‘lajak mutaxassisning о‘quvbilish, imitatsionmodellashtirish va
kasbiyamaliy faoliyatining о‘zaro tо‘ldiruvchanligi va izchilligini ta’minlash;
kasbiy kompetentlikni insonparvarlikka qaratilgan holda tashxis qilish va
о‘zо‘zini tashxis qilish;
kasbiy kompetentlikning subyektli, obyektli va predmetli tarkibiy
qismlarini shakllantirish vositalari sifatida subyektliamaliy, mazmuniytexnologik
va predmetlinatijaviy vazifalar tizimidan foydalanish kabi psixologikpedagogik
shartsharoitlarni yaratish.