FAN VA TA’LIM FIDOYILARI
PEDAGOGIKA
2017, 4-son
127
muvaffaqiyatli himoya qilinib, ularda ta’lim jarayonining samaradorligini
oshirishga doir tavsiyalar beriladi.
Ravil Gennadyevich OAK tasarrufidagi “Pedagogika” ilmiy-metodik
jurnalining tahririyat a’zosi sifatida, respublika, xalqaro ilmiy-amaliy
konferensiyalarni, tashkillashtirish, о‘tkazishda tahrir hay’ati a’zosi sifatida,
amaliy tadqiqotlar dasturlari loyihalarida ijrochi va rahbar sifatida faoliyat
kо‘rsatib kelmoqda. Jumladan, 2009-2011-yillarda uning rahbarligida davlat
dasturlari doirasida “Oliy ta’lim muassasalari professor-о‘qituvchilarining kasbiy,
pedagogik va ma’naviy-ma’rifiy sohalar bо‘yicha bosqichma-bosqich malaka
oshirish texnologiyalarini ishlab chiqish” mavzusidagi ilmiy amaliy tadqiqot
loyihasi bajarilgan va loyiha natijalari amaliyotga tatbiq etilgan.
О‘zining ilmiy va ilmiy pedagogik faoliyatini muntazam rivojlantirish,
malakasini oshirish hamda xorijiy davlatlar tajribalarini о‘rganish borasida
“Tempus” loyihalari doirasida Chexiya, Fransiya, Ispaniya, Latviya, Rossiya
davlatlari oliy ta’lim muassasalarida ilmiy stajirovkada bо‘ldi.
Ustoz oliy ta’lim bilan о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi integratsiyasini
mustahkamlash uchun yaratilgan “Hamkorlik pedagogikasi”ni boyitish va
amaliyotga joriy etish bо‘yicha keng kо‘lamdagi ishlarni bajargan. Jumladan,
universitetning akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ilmiy-metodik
hamkorligini muvofiqlashtirish bо‘yicha 2011-2012-yillarda Jizzax viloyatidagi
akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida seminar-treninglar о‘tkazishda faol
ishtirok etgan.
Mamlakatimiz mustaqilligi va uni mustahkamlashning mohiyatini xalq
ongiga singdirish ishida ilg‘or vakillardan biri bо‘lgan R.G.Isyanov oliy ta’limning
huquqiy-me’yoriy va о‘quv-metodik hujjatlarini ishlab chiqish hamda amaliyotga
joriy etish bо‘yicha betinim ish olib bormoqda. Shularni inobatga olgan holda u
“Mustaqillikning 10 yilligi” va “О‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi a’lochisi”
kо‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.
2011-yilda R. G. Isyanov О‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 20
yilligi hamda “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili”ga bag‘ishlangan “Yangi
intellekt” – eng yaxshi intellektual mulk obyekti” yillik tanlovining “Eng yaxshi
EHM dasturi va ma’lumotlar bazasi uchun” nominatsiyasi bо‘yicha 1-darajali
diplom bilan taqdirlandi.
Shu bilan birga, Ravil Gennadyevich oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog
kadrlar tayyorlashga ham о‘z hissasini qо‘shib kelmoqda. 2007-2009, 2015-2017-
Do'stlaringiz bilan baham: |