Sattarova Shoira Agzamdjan qizi,
Nizomiy nomidagi TDPU, informatika о‘qitish metodikasi
kafedrasi о‘qituvchisi. E-mail: shoira_shaki@mail.ru
Sh. Sattarova
*
PEDAGOGIKA
2017, 4-son
98
bо‘lib, uning ikkinchi va uchinchi bosqichlarida bajariladigan jiddiy vazifalardan
biri sifatida belgilangan
1
.
Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov: “Hozirgi vaqtda axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari jamiyat turmushining barcha sohalarida: davlat
boshqaruvida, siyosat, tibbiyot, ta’lim, fan va madaniyat, maishiy turmush va
boshqa sohalarda keng qо‘llanilmoqda. Mubolag‘asiz aytish mumkinki, hech bir
mamlakat axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining doimiy ravishda
takomillashuviga yetarli darajada e’tibor bermay turib, ijtimoiy-iqtisodiy va
siyosiy-huquqiy jihatdan muvaffaqiyatli rivojlana olmaydi”, – deb ta’kidlagan
2
.
Respublika ijtimoiy hayotiga keng kо‘lamli va shiddatli tezlikdagi axborotlar
oqimi kirib kelmoqda. Axborotlarni tezkor sur’atda qabul qilib olish, ularni tahlil
etish, qayta ishlash, nazariy jihatdan umumlashtirish, xulosalash ta’lim tizimi
oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Zamonaviy kasb-hunar kollejlarida bо‘lajak mutaxassislarni tayyorlashda
har tomonlama kamol topgan, ma’naviy va kasbiy yetuk, jamiyat taraqqiyotiga
munosib hissa qо‘shuvchi ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash
va keyinchalik puxta о‘zlashtirish uchun ijtimoiy siyosiy, huquqiy, psixologik va
boshqa pedagogik-tashkiliy sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldidagi
о‘z javobgarliklarini his etadigan bо‘lajak mutaxassislarni tarbiyalashga e’tibor
qaratilmoqda.
Kasb-hunar kollejlarida mutaxassislarni tayyorlash masalasi о‘ziga xos
muhim va murakkab hisoblanadi, bо‘lajak mutaxassislardan nafaqat yetarlicha
katta hajmdagi kasbiy bilimlarni, balki kasbga oid keng qamrovli maxsus kо‘nikma
va malakalarni egallash ham talab etiladi. Kasb-hunar kollej bitiruvchilarining
barkamol shaxs va chuqur bilimga ega bо‘lgan mutaxassis bо‘lib yetishishlari
ularga berilayotgan bilimning sifati bilan belgilanadi. Kasb-hunar kollejlarida
о‘quvchilarning fundamental va kasbiy bilim olishlarida о‘zaro uyg‘unlikni
kuchaytirish lozimligi e’tiborga olingan.
О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining
hujjatlariga asosan hozirgi zamon ta’lim maqsadlari aniq faoliyat sohasi uchun tor
doiradagi mutaxassislarni tayyorlash emas, balki har bir odamning shaxsiyatini
rivojlantirish, uning kasbiy kompetentligini oshirishdan iborat. Psixologik-
1
O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi: XII chaqiriq O‘zbekiston Respublikasining Oliy
Kengashining XI sessiyasida 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan. – Toshkent: O‘zbekiston, 1999.
– B. 37.
2
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 6-iyundagi “Kompyuterlashtirishni
yanada rivojlantirish va axborot kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 200-sonli Qarori.
Do'stlaringiz bilan baham: |