Pedagogika 017, 4-son Bosh muharrir



Download 2,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/133
Sana03.04.2022
Hajmi2,31 Mb.
#526350
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   133
Bog'liq
4979 195 2017. 4-son

PEDAGOGIKA 
2017, 4-son
 
 
10 
darslik bо‘lmaganligi uchun birinchi paytlarda turli ruscha kitioblardan 
foydalanib, о‘zbek tilida konspekt tuzishgan.
1918-yilda Qо‘qondan Farg‘onaga kо‘chib kelgan Hamza Hakimzoda 
Niyoziy ham о‘qituvchilikka jalb etilgan. Hamza Hakimzoda bir tomondan 
maktabda qо‘shiq (“sharqiy”) darsini olib borgan va ikkinchi tomondan 
maktabning tashkiliy ishlarida Qori Niyoziyga yaqindan yordam bergan.
1920-yilda yangi tipdagi birinchi о‘zbek maktabi Farg‘ona viloyati ikkinchi 
bosqich maktabiga aylantirildi. Bu maktab ham butun Turkiston о‘lkasida 
tо‘ng‘ich maktab bо‘lgan, chunki bu vaqtda о‘lkaning hech qaysi yerida hali 
ikkinchi bosqich maktabi ochilmagan edi. О‘quvchilar uchun maktab qoshida 
internat ochilgan. Birinchi о‘zbek maktabi va uning bazasida yaratilgan viloyat 
ikkinchi bosqich maktabi, keyinchalik Farg‘ona shahrida va uning atrofidagi 
tumanlarda ochilgan maktablar uchun muhim rol о‘ynadi. Masalan, har yili yozda 
maktab jamoasining faol ishtiroki bilan о‘qituvchilar tayyorlash uchun qisqa 
muddatli kurslar ochilgan, yangi maktablarga yо‘l-yо‘riq kо‘rsatib yordam 
qilingan. 
Farg‘ona shahar va uyezd shо‘rolar hokimiyati tomonidan 1920-yil 15-
yanvarda Toshmuhammad Niyozovichga berilgan 122-mandatda, unga Farg‘ona 
va uning uyezdidagi maktablarga yо‘l-yо‘riq kо‘rsatish vazifasi topshirilib, maktab 
mudirlariga: “Qori Niyozovning kо‘rsatmalariga va qonuniy talablariga itoat qilish 
taklif qilinadi”, – deyilgan.
Shunday qilib Toshmuhammad Niyozovich 1920-yillardayoq Farg‘ona 
viloyatida barchaning domlasi sifatida rasman tan olingan edi. 
Turkiston о‘lkasida ochilgan maktablar soni 1920-yildayoq 2000taga yetgan 
edi. Tabiiyki, bu maktablarga eng avval о‘qituvchi kerak edi, ular esa asosan ikki-
uch oylik kurslarda tahsil olganlar orasidan tanlanardi. Shu yo‘sinda 1917-1920-
yillarda о‘qituvchilik qilib turganlarning kо‘pida, hatto, о‘rta maktab ma’lumoti 
yо‘q edi. Qisqa muddatli kurslarda berilgan ma’lumot esa, albatta, о‘qituvchilik 
uchun kifoya qilmas edi. Ikkinchi tomondan, boshqa yо‘l ham yо‘q edi, chunki 
yildan-yilga maktablarning soni о‘sib borardi.
Xalq maorifi oldida turgan eng muhim, eng murakkab masala tezlik bilan 
ochilayotgan maktablarni hech bо‘lmaganda о‘rta ma’lumotga ega bо‘lgan 
о‘qituvchilar bilan ta’minlashdan iborat edi. Shuning uchun ham о‘lkada tо‘rt 
yillik “ta’lim-tarbiya texnikumi” degan yangi tipdagi pedagogik о‘rta maktablar 
vujudga kela boshladi. Farg‘ona viloyatida uni tashkil qilish Toshmuhammad 
Niyozovich zimmasiga yuklatildi. Shu munosabat bilan Farg‘onadagi “Viloyat 
ikkinchi bosqich о‘zbek maktabi” butun jihozlari va о‘quvchilari bilan maxsus 
esholonda viloyatning yangi markazi – Qо‘qonga kо‘chirib keltirildi. Kо‘p fursat 



Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish