Madirimov
Mamatsali,
TDPU umumiy matematika kafedrasi professori. E-mail:
m.madirimov@maip.ru
*
Raximov
Ikromjon Komiljonovich,
TDPU Fizika-matematika fakulteti о‘quv ishlari bо‘yicha dekan
muovini. E-mail: ikromraximov@mail.ru
M. Madirimov
*
I. Raximov
*
PEDAGOGIKA
2017, 4-son
9
(о‘zbekcha) savod” va islom dinining asoslari ham о‘qitilgan, bundan asosiy
maqsad arab alifbosi asosida yozilgan matnni о‘qishga о‘rgatish edi.
Rus-tuzem maktabi boshlang‘ich maktab bо‘lib, uni bitirgandan keyin
о‘qishni davom ettirish uchun bu maktabning navbatdagi bosqichi yо‘q edi.
Shuningdek, Turkistonda mavjud bо‘lgan boshqa maktablar bilan rus-tuzem
maktablari orasida (dastur va ixtisos jihatdan) jiddiy uzilish bor edi. Bu esa о‘sha
vaqtdagi Turkiston maorif tizimidagi nuqsonlardan biri edi. Bu ahvol tasodifiy
bо‘lmay, balki chorizmning Turkiston о‘lkasida olib borgan kolonial siyosatidan
kelib chiqqan qonuniy natijadir.
Qori Niyoziy о‘qishni Peterburgdagi “Круг самообразования” degan
nashriyot qoshidagi sirtqi kursning “Tabiatshunoslik” bо‘limida davom ettiradi.
Sirtqi kurs bilan aloqalar pochta orqali amalga oshirilgan, lekin ushbu sirtqi о‘qish
ham ma’lum sabablarga kо‘ra uzoq davom etmagan.
Qori Niyoziyning pedagogik faoliyati.
Sobiq shо‘rolar hokimiyati barpo
etilgan birinchi kunlardanoq, 1917-yil 9-noyabrda “Davlat maorif komissiyasini
ta’sis qilish tо‘g‘risida”gi dekret e’lon qilindi. Jamiyatni о‘z g‘oyalari ruhida
tarbiyalashni rejalashtirgan shо‘rolar hokimiyati vayron bо‘lgan xо‘jalik
sharoitida, qahadchilik va ocharchilik hukmron bо‘lgan g‘oyat darajada murakkab
sharoitda xalq maorifini tashkil qilishga jiddiy e’tibor qaratdi. Bunda Qori
Niyoziyga о‘xshagan millatining, xalqining, Turkiston о‘lkasining ertangi kuni
haqida qayg‘urib yashayotgan mahalliy ziyolilar vujudga kelgan imkoniyatdan
yerli xalqni savodli qilish maqsadida foydalanishga harakat qilindi. Shuning uchun
ham Toshmuhammad Niyozovich 1917-yil noyabr oyida Skobelev shahrida
Farg‘onadagi yangi tipdagi birinchi о‘zbek maktabini tashkil qilish haqidagi
topshiriqni bajarishga jiddiy kirishdi. Maktab mudiri sifatida Qori Niyoziy oldida
turgan eng murakkab masala – maktabni о‘qituvchilar bilan ta’minlash masalasi
edi, chunki yerlilar orasidan о‘qituvchilik talabiga tо‘liq javob beradigan kishini
topish juda katta muammo edi. Maktabga о‘qituvchilik vazifasiga jalb etilgan
birinchi о‘qituvchi (Qori Niyoziyning bо‘lg‘usi rafiqasi) Oyshaxon О‘razayeva edi.
U tarjimonning qizi bо‘lib, 1914-yilda Farg‘ona shahridagi qizlar gimnaziyasini
bitirgan va Andijonda rus-tuzem maktabining rus sinfida о‘qituvchi bо‘lib
ishlagan.
Maktabda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish yо‘lidagi jiddiy
qiyinchiliklardan yana biri о‘quv rejasi va о‘quv dasturining yо‘qligi edi. Birinchi
oyning oxirlarida Toshmuhammad Niyozovich va Oyshaxon О‘razayeva
tomonidan tuzilgan о‘quv rejasiga muvofiq maktabda ona (о‘zbek) tili, rus tili,
geografiya va tabiiyot о‘qitilgan, sо‘ngra gimnastika darsi kiritilgan. О‘zbek tilida
Do'stlaringiz bilan baham: |