-a (-y). О‘zbek tilidagi -gan qо‘shimchasining fonetik varianti (-qan) qoraqalpoq
PEDAGOGIKA
2016, 1-son
94
tilidagi fonetik va grafik shakli bir xil bо‘lgan -qan qо‘shimchasiga mos keladi, lekin
bu asosiy moslik emas, shakliy variantlar mosligidir.
Shuni ham eslatish lozimki, о‘zbek tilidagi ayrim jarangli undosh bilan
tugagan qо‘shimchalar, xususan, holat fe’llarini (turibdi, yotibdi, о‘tiribdi),
ravishdoshni hosil qiluvchi -b, -ib qо‘shimchalari qoraqalpoq tilida jarangsiz
undosh bilan (-ị’p, -ip, -p) ifodalanadi. Bunday holatlarda qoraqalpoq tilida
sо‘zlovchi о‘quvchilar -b, -ib shakllarini ham jarangsiz undosh bilan yozishga
intiladilar, natijada imloviy xatolarga yо‘l qо‘yadilar: turipti (turibdi о‘rniga), yozip
(yozib о‘rniga), о‘qip (о‘qib о‘rniga) kabi. О‘zbek tilidagi -moqda qо‘shimchasi
qoraqalpoq tilida fonetik va grafik jihatdan mos shaklga ega emas, -(a)yotir
qо‘shimchasi esa qoraqalpoq tilida farqli beriladi: о‘zbek tilida fe’l о‘yna+yotir,
kel+a+yotir tarzida shakllansa, qoraqalpoq tilida oynap atir, kelip atir shaklida
asosiy fe’l -p, -ip qо‘shimchali bо‘ladi.
Ikkala tildagi grammatik vositalar yuzasidan keltirilgan qisqa qiyoslashdan
bilish mumkinki, tо‘liq mos keladigan qо‘shimchalar sanoqli. Birinchidan, о‘zbek
tilidagi grammatik vositalar qoraqalpoq tilidagi grammatik vositalarning yo
yо‘g‘on shakliga, yoki ingichkalariga teng keladi. Shuning о‘zida moslik ma’lum
darajada chegaralanadi. Ikkinchidan, qoraqalpoq tilida qо‘shimchalarning
variantlari ko‘pligi yо‘g‘on-ingichkalik tufayligina emas, balki boshqa
qonuniyatlarning amal qilishi sababli ham yuzaga keladi. Chunonchi, sо‘z qanday
undosh bilan tugaganligiga, egalik qо‘shimchasi bor-yо‘qligiga va boshqalarga
bog‘liq. Shuning uchun ham о‘zbek tili darslarida grammatik vositalarni
о‘rgatishda qiyoslash usuliga katta e’tibor beriladi.
О‘quvchilarning ikki tildagi mos va farqli grammatik vositalar haqidagi
tasavvurlarini mustahkamlashda jadvaldan foydalaniladi. Bunda ularga jadval
asosida quyidagi savol va topshiriqlar beriladi: 1. О‘zbek va qoraqalpoq tillarida
kelishik qо‘shimchalarining mos shakllarini ayting. 2. Kelishik qо‘shimchalarining
ikki tildagi farqli tomonlarini ayting. 3. О‘zbek va qoraqalpoq tillarida fe’l
zamonini bildiruvchi qaysi qо‘shimchalar mos keladi. 4. Qaysilari farqlanadi? 5.
О‘zbek tilidagi qaysi qо‘shimchalarning qoraqalpoq tilida mos shakllari yо‘q?
Til sathlari bо‘yicha tuzilgan yuqoridagi kabi qiyosiy jadvallar shu sathlar
yuzasidan alohida о‘rganilgan grammatik vositalarni umumlashtiradi. Shuning
uchun bu о‘rinda vaqtni tejash imkonini beradigan deduktiv usul kо‘proq qо‘l
keladi. Qiyoslashdan sо‘ng о‘zbek tilidagi qо‘shimchalarning talaffuzi, imlosi va
qо‘llanishiga doir qoidalar о‘rganilishi maqsadga muvofiq. Ushbu qoidalar
induktiv yoki deduktiv usulda taqdim etiladi.
Keyingi yillarda о‘zbek tilida nashr qilingan ba’zi darsliklarda nazariy
ma’lumotlar ham о‘z aksini topa boshladi. Masalan, 2011-yili A. Rafiyev,
Do'stlaringiz bilan baham: |