PEDAGOGIKA
2015, 6-son
118
Farhod ilm va hunar sirlarini turli millatning tengi yо‘q ustozlaridan о‘rganadi.
Ilm olish, hunar sirlarini mehr va qunt bilan о‘rganish uni kelajak sari tayyorlab
olib chiqadi. Dostonda Farhod о‘sib, voyaga yetib borar ekan, uning har yosh
pog‘onasida nima ish bilan band bо‘lgani kо‘rsatiladi. Navoiy odatiga kо‘ra
birinchi saboq beruvchi ustoz ta’riflanadi. Sababi Navoiy ustozni har jihatdan
о‘rnak bо‘ladigan, olimlik darajasiga kо‘tarilgan shaxs bо‘lishi lozim, deb
hisoblaydi.
Keturdilar hakimi nuktadone,
Bilik birla jahon ichra jahone.
Falak mushkillari hal fikratidin,
Falakka mushkil oning diqqatidin.
Farhodga ustozlik qiluvchi muallimning fazilatlari bir-bir ta’riflanar ekan,
hatto jahon donishmandi Arastu ham unga kichik bir shogirddir, deydi. Demak,
Navoiy nazaridagi komil insonlik xislatlarini о‘zida mujassam etgan Farhod
zamonasining eng fozil, bilimli ustozidan saboq oladi. Olim N. Komilov о‘zining
“Tafakkur karvonlari” nomli yirik tadqiqotida Navoiy ijodiga rus olimlarining
bildirgan fikrlarini kо‘rsatib, “Farhoddagi bemisl ijodkorlik va yaratuvchanlik
qobiliyati, turli millat vakillari bilan dо‘stlashuvi, turli xalqlarga mansub
hakim-u donishmandlardan dars olishi, qaynoq muhabbat sohibi, haqgо‘y va
jasur, mard inson ekanligi” Jirmunskiyning diqqat markazidan joy olganligini
aytadi
1
. Navoiy shahzodalar hayotida ta’lim-tarbiyaga katta о‘rin ajratishining
ijtimoiy-siyosiy sabablari ham bor, chunki shahzoda kelajakda xalqning hayotini
hal qiladigan mansabda о‘tirar ekan, albatta, о‘qimishli, ongli, tarbiyali bо‘lishi
lozim. Aks holda bilimsiz, zolim shohlarning saltanatni tanazzulga olib kelishi
muqarrarligiga tarixning о‘zi guvoh.
“Nasri Xamsayi benazir” muallifi ham ushbu о‘rinlarni batafsil bayon
qilgan:
“Bir olim hukamo kelturdilar. Andog‘ dono hakim erdiki, jahon ichra
qancha mushkillik bо‘lsa hal qilur erdiki, kо‘ngli oftobdek ravshan erdi va
yunon hukamolaridin erdi. Xoqon Farhodni ul hakimg‘a topshurdi. Farhod ham
shul kuni abjadni tamom bilib, onasig‘a о‘qub berdi. Uch oyda savodi ravon
chiqdiki, yilda Qur’onni yod qildi. Har о‘tmakni bilur erdi, yana bir marotaba ul
varaqni ochmoqg‘a hojati yо‘q erdi. Har nechuk sо‘z eshitsa, darhol kо‘ngliga
olib yod qilur erdi
”
2
.
1
Комилов Н.
Етти иқлим элига туҳфа // Тафаккур карвонлари. – Тошкент: Sharq, 2014. – Б.
201-202.
2
Мир Махдум ибн Шоҳюнус. Насри Хамсаи беназир. – Тошкент. Орифжонов матбааси.
ТошДШИ Шарқ қўлёзмалари маркази. № 4721.– Б. 50.
Do'stlaringiz bilan baham: |