PEDAGOGIKA
2015, 6-son
90
Fizika fani jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Bugun fizikaga xushtor,
lirikadan maftunkor bo‘lgan har bir insonni “Fizika va san’at” mavzusi, ularning
aloqadorligi
befarq
qoldirmaydi.
San’at
namoyandalari,
rassomlar,
haykaltaroshlar
o‘z ijodlarida fizika qonunlaridan doimiy ravishda
foydalanishadi.
Shunday ekan buyuk san’at namoyandalari,
liriklar ijodi fizikani
o‘rganishda va, aksincha, fizika, ayniqsa, optika sohasi yutuqlari, tasviriy va
me’morchilik san’atini o‘rganishda muhim motivlardan hisoblanadi.
O‘quvchilar
tamonidan olamni yaxlit, bir butunlikda qabul qilish uchun
bilishda fan va san’atni integratsiyalash muhim masalalardan hisoblanadi.
Fiziklar va liriklarning bahsi insoniyatni qadimdan to‘lqinlantirib,
qiziqtirib keladi. XV asrda Italiyada nomi butun dunyoda yod bo‘lgan inson
yashagan. Bu inson Leonardo da Vinchi. Hozirgacha u qaysi sohada qalam
tebratganligi to‘g‘risida
bahs ketadi, aslida u kim bo‘lgan – rassommi yoki olim?
Mahoratli rassom, qobiliyatli haykaltarosh, arxitektor, aqlli muhandis va
texnik, iste’dodli olim va botanik, istiqbolli anatom va matematik, yetuk faylasuf
va musiqachi Leonardo da Vinchi haqida ma’lumotlar bor. U uyg‘onish
davrining eng iste’dodli, o‘qimishli insonlaridan biri hisoblanar edi. 1467-yildan
boshlab Leonardo o‘sha davrning eng iqtidorli rassomi Andrea del Verrokkidan
saboq oladi. Donishmand ustoz o‘z o‘quvchisidagi qobiliyatni ko‘rib har
tomonlama yordam bera boshlaydi. Leonardo tomonidan 15
yoshida yaratilgan
asarlarini o‘sha davrning deyarli hamma rassom va san’atshunoslari tan oladi
1
.
Yigirma to‘rt yoshida Leonardo o‘zining xususiy korxonasini ochishga
qaror qiladi; Leonardo tikuv dastgohi loyihasini yaratadi,
u ixtiro qilgan
velosiped chizmasi esa katta shov-shuvga sabab bo‘ldi, bugungi kunda u
yaratgan mashinalarning 800dan ortiq loyihasi mavjud. Ular orasida ignani
teshish, metall chiviqlarni kesish, ipak to‘qish, go‘sht
maydalash mashinalari,
suv oqimi yordamida havoni sovitish uchun qurilma, ko‘tarma kranlar,
reflektorlar, tank loyihalari bor. Leonardoning rezbani kesish uchun
moslashtirilgan konstruksiyalari e’tiborni tortadi: u kesishni qo‘l bilan emas
tokor dastgohida bajarishni taklif qildi. Uning qog‘ozlari
orasida ekskavatorni
eslatuvchi eskizlar mavjud. Leonardo ajoyib me’mor edi: unda ko‘chalar loyihasi
mavjud, bunga ko‘ra uning yurish qismi trotuardan bir necha metrga past bo‘lib,
bu aftidan, insonlarni shovqindan himoyalagan. U o‘zining barcha g‘oyalarini
“oddiy va sof tajriba – haqiqiy ustoz” deb hisoblab, yasama asboblardan
foydalangan holda uyidagi laboratoriyada tekshirib ko‘rdi.
Do'stlaringiz bilan baham: