PEDAGOGIKA
2015, 6-son
131
MA’RIFATGA YО‘G‘RILGAN KITOB
Jonajon universitetimizning 80 yillik tо‘yi
arafasida safdoshim, filologiya
fanlar doktori, professor H. Homidiyning atoqli olimlarning ilmiy-pedagogik
faoliyatiga bag‘ishlangan “Ustozlar sabog‘i – aql chirog‘i” deb nomlangan asari
bosmadan chiqdi.
Mazkur asarni men anchadan buyon intiqlik bilan kutgan edim,
chunki
unda H. Homidiy aytgandek, fanning turli sohalari – pedagogika, psixologiya, til,
adabiyot, fizika, kimyo, matematika, biologiya, falsafa, tarix,
astronomiya,
geografiya sohalarida ijod qilgan, ayni vaqtda pedagogika institutida muallimlik
qilgan ustozlar tо‘g‘risida sо‘z yuritish rejalashtirilgan edi. Shuni ta’kidlashim
lozimki, men H. Homidiydan ana shu ustozlarning deyarli hammasini tanir edim,
ma’ruzalarini eshitganman, о‘zaro suhbatlashganman.
Shu sababli men adabiyotshunos olim H. Homidiy turfa dongdor
olimlarning ijodiy va pedagogik faoliyatini qanday yoritar ekan deb bir
tomondan, qiziqdim,
ikkinchi tomondan, havotirga ham tushdim. Kitob bilan
tanishgach, bekorga havotirlanganim, ma’lum bо‘ldi va H. Homidiy о‘z oldiga
qо‘ygan vazifani a’lo darajada uddalaganligiga ishonch hosil qildim.
Tahlil qilinayotgan asar ikki bо‘limdan tashkil topgan.
Uning birinchi
bо‘limi “Ustozlarim – mehribonlarim” deb nomlangan. Ushbu bо‘limda XX
asrning ikkinchi yarmidagi ilm darg‘alari, о‘z sohalarida maktab yaratgan ajoyib
ustozlar, pedagoglarning ijodiy faoliyati yoritilgan. Mazkur bо‘lim ajoyib ustoz,
pedagogika institutida 19 yil rektor bо‘lgan о‘sha paytda tarix fanlari nomzodi,
dotsent, tarix fanlari doktori, professor, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan fan
arbobi Shopulat Shoakbarovich Abdullayevning ilmiy-pedagogik,
rahbarlik
faoliyatini yoritishdan boshlangan. Bu tushunarli va tabiiy, chunki bu bо‘limdan
о‘rin olgan barcha atoqli olimlar ilmiy-pedagogik faoliyatini kо‘p yillar
davomida professor Abdullayev bilan hamjihatlikda olib borgan. Men rektordan
5 oy keyin, 1952-yil fevral oyida institutga о‘qituvchi bо‘lib kelganman. О‘sha
davrda pedinstitutda 350 atrofida о‘qituvchi bо‘lib, ular orasida 5 kishi fan
doktori, professor, 30tasi
fan nomzodi, dotsent edi, xolos. Qolgan
о‘qituvchilarda ilmiy daraja ham, ilmiy unvon ham bо‘lmagan. Shu sababli yangi
ishga kelgan rektor о‘z faoliyatining dastlabki kunlaridan
boshlab pedagogika
institutida olib boriladigan ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, bо‘lajak maktab
о‘qituvchilarini zamon talablariga javob beradigan qilib tayyorlash ilmiy daraja
Do'stlaringiz bilan baham: