Mavzu: O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi. Reja: 1.O’zbekiston Respublikasidagi ta’lim tizimining mazmuni va mohiyati. 2.Ta’lim tizimi va turlari. Ta’lim tizimi - Ta’lim tizimi davlat siyosatining asosiy tamoyillari asosida yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yo‘lida faoliyat yurituvchi barcha turdagi ta ’lim muassasalari majmui demakdir. Har bir mamlakatning ta ’lim tizimi uning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti bilan chambarchas bog'liq bo‘ladi.
- O‘zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi davlat ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari, ta ’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini boshqaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar, ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek , ularga qarashli korxonalar , muassasalar va tashkilotlarni o‘z ichiga oladi.
Ta’lim tizimi
Do'stlaringiz bilan baham: |