Pedagogik texnologiyaning kelib chiqish tarixi



Download 42,5 Kb.
bet1/3
Sana14.08.2021
Hajmi42,5 Kb.
#148000
  1   2   3
Bog'liq
pedogogik texnologiyaning nazariy asoslari


www.arxiv.uz

Reja:
1. Pedagogik texnologiyaning kelib chiqish tarixi.

2. Pedagogik texnologiyaning mohiyati va mazmuni.

Pedagogik texnologiyaning kelib chiqish tarixi.
Pedagogik texnologiya (PT) - shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida 3- ming yillikda davlatmiz ta`lim sohasida tub burilishlar yuz beradi, o`qituvchi faoliyati yangilanadi, bilimga chanqoqlik Vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg`ulari tizimli ravishda shakllantiriladi.

«Ta`lim to`g`grisida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta`lim-tarbiya tizimini isloh qilish, unga ilg`or pedagogik texnologiyalarni joriy etish zarurligi qayta-qayta ta`kidlanadi. Chunki mamalakatimiz tez sur`atlar bilan taraqqiy etib, jahon hamjamiyatida iqtisodiy -siyosiy mavqei kundan-kun ortib bormoqda. Lekin ijtimoiy sohada, ayniqsa, ta`lim - tarbiyada umumiy taraqqiyotdan orqada qolish hollari sezilmoqda. Ta`lim-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish bilan bunday holga barham berish mumkin. Quyidagi holatlar ilg`or texnologiyalarni ta`lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etishning dolzarbligini ko`rsatib beradi:



  • «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» maqsadi va vazifalarini ro`yobga chiqarish uchun, ma`lum sabablarga ko`ra jahon hamjamiyati taraqqiyotidan ortda qolib ketgan jamiyatimiz taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o`rin olishi uchun, aholi ta`limini jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida ilg`or pedagogik tadbirlardan foydalanish zarurligi;

  • an`anaviy o`qitish tizimi yozma va og`zaki so`zlarga tayanib ish ko`rishi tufayli «axborotli o`qitish» sifatida tavsiflanib, o`qituvchi faoliyati birgina o`quv jarayonining tashkilotchisi sifatidagina emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib qolganligi yoki ta`lim-tarbiya jarayonida o`qituvchi va o`quvchi rolini o`zgartirish zarurligi;

  • fan-texnika taraqqiyotining o`ta rivojlanganligi natijasida axborotlarning keskin ko`payib borayotganligi va ularni yoshlarga bildirish uchun vaqtning chegaralanganligi;

  • kishilik jamiyati taraqqiyotining shu kundagi bosqichida nazariy va empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega bo`lgan, aniq yakunga asoslangan texnik tafakkurga o`tib borayotganligi;

  • Barkamol avlodni tarbiyalash talabi ularga eng ilg`or bilim berish usuli hisblangan ob`ektiv borliqqa tizimli yondashuv tamoyilidan foydalanishni talab qilishi.

Pedagogika fani va amaliyotida keyingi paytlarda keng qo`llanilayotgan «pedagogik texnologiya» atamasi inglizcha «an educational technologu» so`zidan olingan bo`lib, «ta`lim texnologiyasi» degan ma`noni bildiradi.

30-yillarda “pedagogik texnika“ tushunchasi maxsus adabiyotlarda paydo bo`ldi va u o`quv mashg`ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga yo`naltirilgan usul va vositalar yig`indisi sifatida qaraldi. Shuningdek, bu davrda pedagogik texnologiya deb o`quv va laboratoriya jihozlari bilan muomala qilishni uddalash, ko`rgazmali qurollardan foydalanish tushunildi.

40-50 yillarda o`quv jarayoniga o`qitishning texnik vositalarini joriy etish davri boshlandi. Ayniqsa, kino, radio, nazorat vositalari, ulardan foydalanish metodikasi pedagogik texnologiyaga tenglashtirildi.

60-yillarning o`rtalarida bu tushuncha mazmuni chet el pedagogik nashrlarda keng muhokamaga tortildi. 1961 yildan boshlab AQSh da “Pedagogik texnologiya“ (Educational Technology), 1964 yildan Angliyada “Pedagogik texnologiya va dasturli ta`lim“ (Technoogy and pragrammed Learning), Yaponiyada esa 1965 yildan “Pedagogik texnologiya“ (Educational Technology) jurnallari chop etila boshlandi. 1971 yilda xuddi shu nomli jurnal Italiyada chiqarila boshlandi.

Pedagogik texnologiya muammosining o`ta dolzarbligi hisobga olinib, uning ilmiy asoslarini tadqiq qilish maqsadida maxsus korxonalar tuzildi. Misol uchun, 1967 yilda Angliyada pedagogik texnologiya Milliy Kengashi (National council for Educational Technology) tashkil etildi va 1970 yildan boshlab “Pedagogik texnologiya jurnali“ (Jornal of Educational Technology) chiqa boshladi. AQSh ning qator universitetlari va ilmiy markazlarida ham pedagogik texnologiya muammolariga jiddiy e`tibor berildi.


Download 42,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish