3-topshiriq FSMU texnologiyasi asosida jadvalni to`ldiring
|
Tanqidiy fikrlashni shakllantirish texnologiyasi
|
F- fikringizni bayon eting
|
“Oq kema” qissasi Ch.Aytmatovning eng mashhur va o`lmas asarlaridan biridir
|
S- fikringiz bayoniga sabab ko’rsating
|
“Oq kema” asarida yaxshilik va yomonlik, mehr va shafqatsizlik, muhabbat va nafrat kabi asriy muammolar o`z ifodasini topganligi bois u umrboqiydir
|
M- ko’rsatilgan sababga biror misol keltiring
|
Mo`min chol tabiatidagi soddalik, ezgulik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik, kamtarlik O`rozqul timsolidagi shafqatsizlik, takabburlik kabi illatlarga qarshi qo`yilsa, bolakay qalbidagi soflik, mehribonlik xislatlari atrofdagi insonlarning, jumladan ota-onasining unga befarqligiga qarama-qarshi qo`yiladi. Masalan, Bolakay shoshib turgan bo`lsa ham o`zining sevimli toshlarini erkalab, unga e`tibor bilan qaraydi. Ammo bolakayning (holbuki, u bir Inson) quvonchiga Seydahmad ham, O`rozqul ham arzimas bir hodisa sifatida e`tibor qaratishmaydi.
|
U- fikringizni umumlashtiring
|
qaysiki asar milliy qadriyatlarni, ezgulikni ulug`lar ekan, bu asarning umri boqiydir
|
“CHARXPALAK” texnologiyasi asosida tarbiya metodlarini o’rganish.
Ushbu metoddan yangi mavzuni o`rganishda hamda o`tilgan mavzularni takrorlashda foydalanish mumkin.
O`tkazilish tartibi:Birinchi bosqich:
O`quvchilar 5-7 kishidan iborat guruhlarga bo`linadilar.Har bir guruhga alohida bugungi mavzu yuzasidan matn yozilgan tarqatma beriladi.Guruh a’zolari 5- daqiqa ichida ushbu matn yuzasidan taqdimot tayyorlaydilar.
Ikkinchi bosqich;
Har bir guruhga birta flipchart va bir dona marker beriladi.(har bir guruh markerining rangi alohida bo`lishi shart. ) Flipchartda guruhlar taqdimot tayyorlagan mavzuning nomi yozilgan bo`ladi.(Masalan: A.Qahhorning ijodi bugun o`rganilayotgan bo`lsa, har bir guruhga uning hayot yo`lining qaysidir qirrasi mavzu qilinib matn holida birinchi bosqichda guruhlarga berilgan bo`lib , ular aynan shu mavzular bo`yicha taqdimot tayyorlagan bo`ladilar.1-guruhga ”A.Qahhorning bolalik yillari.”, 2 –guruhga ”A.Qahhor ijodining ilk bosqichi ” , 3- guruhga ”A.Qahhorning asarlari” kabi. )Flipchartlar ”Charxpalak” singari har ikki daqiqada guruhlar bo`ylab sayr qiladi.Bu vaqt ichida guruh a’zolari taqdimot vaqtida eslab qolgan ma’lumotlarini hamkorlikda eslab flipchartga yozadilar.Bir flipchart barcha guruhlarga tashrif buyurib bo`lgach, skoch bilan doskaga yopishtiriladi.Barcha guruhning flipcharti doskaga yopishtirilib bo`lingach o`qituvchi tomonidan yoki har bir guruhdan bir taqdimotchi chiqib, ma’lumotlar taqdim qilinadi va o`qituvchi tomonidan xulosalanadi.(Har bir guruhga alohida rangli marker berilishining ahamiyatri shundaki, flipchartlar doskaga yopishtirilgach, qaysi guruh a’zolari ko`proq va aniqroq ma’lumot o`rganganligi ko`rinib qoladi. )Guruh ishlari ,yozilgan to`g`ri ma’lumotlariga qarab baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |