Topshiriq: Berilgan jadvalda Pedagogik texnologiya mohiyatini yorituvchi qarashlarni tahlil qiling, misollar tanlab yozing.
Namuna:
T.r.
|
Tushunchalar
|
Ta’rifi
|
1
|
Pedagogik texnologiya – o`quv jarayonini amalga oshirishning mazmuniy tehnikasi”
|
V.P. Bespalko
|
2
|
|
|
3
|
|
|
4
|
|
|
5
|
|
|
6
|
|
|
Asosiy adabiyotlar:
1.Tolipov, O‘tkir. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat (O‘quv qo‘llanma)/ Dilnoz Ro‘ziyeva / - Toshkent: “INNOVATSIYA-ZIYO”, 2019, 276 b.
2. Xолиқов А. Педагогик маҳорат. Дарслик. – Т.: Иқтисод-молия, 2011. – 420 б.
TEXNOLOGIYA ATAMASI- “TEXNOS“ (TECHNE) –SAN’AT, HUNAR “LOGOS“ (LOGOS) – FAN MA’NOLARINI ANGLATADI
«Texnologiya» tushunchasining mohiyatini yorituvchi qarashlar
“Pedagogik texnologiya – psixologik va pedagogik o`gitlar yig`indisi bo`lib, shakllar, metodlar, usullar, o`qitish yo`llari, tarbiyaviy vositalarning mahsus to`plamidir. Ayni zamonda u pedagogik jarayonning tashkiliy-metodik omilini ham bildiradi” (B.Lihachev).
“Pedagogik texnologiya – o`quv jarayonini amalga oshirishning mazmuniy tehnikasi” (V.P. Bespalko).
“Pedagogik texnologiya – rejalashtirilgan o`qitish natijalariga erishish jarayoni tavsifi” (I.P. Volkov).
“Texnologiya – ishlov berish, holatni o`zgartirish san’ati, mahorati, malakasi va metodlar yig`indisi” (V.M. SHepel).
“Pedagogik texnologiya – talaba va o`qituvchining ularga zarur sharoit yaratish orqali o`quv jarayonini loyihalashtirish, tashkil etish hamda o`tkazish bo`yicha ular pedagogik faoliyatining har tomonlama o`ylangan modelidir”. (V.M.Manahov).
“Pedagogik texnologiya – bu ta’lim shakllarini jadallashtirish vazifasini ko`zlagan o`qitish va bilimlarni o`zlashtirishning barcha jarayonlarini tehnika va inson omillarida va ularning birgalikdagi harakatlari vositasida yaratish, tatbiq etish va belgilashning izchil metodidir” (YUNESKO).
“Pedagogik texnologiya – pedagogik maqsadlarga erishishda foydalaniladigan shahsiy imkoniyatlar, jihozlar va metodologik vositalarda amalda bo`lishning tizimli yig`indisi va tartibini bildiradi” (M.V.Klarin).
“Pedagogik texnologiya – o`zida turli mualliflar (manbalar)ning barcha ta’riflari mazmunini qamrab olgan mazmuniy umumlashma hisoblanadi”. (G.K. Selevko).
Bu ta’riflar tahlilidan pedagogik texnologiya natijani qo`lga kiritish uchun ta’lim doirasida zarur bo`lgan vositalar tizimini rejalashtirish va tatbiq etish degan xulosaga kelish mumkin.
Yozma topshiriq №2: Kompyuter va zamonaviy axborot texnologiyalarining jadal sur’atda rivojlanishi endilikda hozirgi zamon o‘qituvchisining pedagogik mahorati naqadar serqirra ekanligini namoyon etmoqda. Hozirgi kunda zamonaviy o‘qituvchidan qanday usullar bo’yicha mutaxasis bo’lishni talab etilyapti?
Namuna:
- o‘quv kurslari dizayneri – o‘quv kurslarining yaratuvchisi;
- fasiliteytor – o‘qitish metodlari bo‘yicha maslahatchi;
- tyutor–o‘quv kurslarini interfaol taqdim etish bo‘yicha mutaxassis;
- invigilator – ta’lim natijalarini nazorat qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |