Pedagogik texnologiya kafolatli ta‘lim-tarbiya maqsadga erishish bilan axamiyatli va dolzarbdir



Download 28,71 Kb.
Sana01.07.2022
Hajmi28,71 Kb.
#728317
Bog'liq
ISLOMJON


1-savol
Pedagogik texnologiya kafolatli ta‘lim-tarbiya maqsadga erishish bilan axamiyatli va dolzarbdir. Shuning uchun maqsadning aniqligi, unga mos mazmun, maqsadga bosqichma-bosqich erishishda tarbiyalanuvchining va tarbiyachi faoliyatining uyg‘unligi pedagogik texnologiyaning talabidir. An‘anaviy ta‘lim-tarbiya tizimida ham maqsad pedagogning asosiy muammosi bo‘lib kelgan. Chunki quruvchi oldindan nimani qurayotganini bilganidek, tarbiyachi ham kimni tarbiyalamoqchi , nimani shakllantirmoqchi ekanini bilishi shart. Ta‘lim-tarbiyaning maqsadi-kishi shaxsining modeli sifatida qoida mavjud. Ammo pedagogik texnologiyada maqsad va unga erishish kafolatli butun pedagogik jarayon, texnologiya jarayonining mezoni, kalitidir. Avvalo jamiyat va davlat buyurtmasidan kelib chiqadigan ta‘lim-tarbiyaning umumiy maqsadiga asoslaniladi. Bugungi kunda O‘zbekistonda kadrlar tayyorlashh Milliy dasturi ta‘lim-tarbiya tizimini tubdan islox qilishhdek tashkiliy tadbirlarda bevosita ta‘lim-tarbiya vazifalarini qo‘yadi.

Shuningdek, ta‘lim mazmuni asosida maqsad qo‘yish; pedagogik faoliyati asosida; o‘quvchilarning qobiliyati, xissiy ta‘sirlanishi asosida, ichki jarayon asosida, o‘quvchini o‘rganishh faoliyati asosida, maqsad qo‘yish texnologiyasini tavsiya etadi.


Maqsadga bosqichma-bosqich erishilganiga qarab, u muvofiqlashtiriladi, maqsadga to‘la erishish uchun o‘ziga xos texnologik yo‘l qo‘llanadi, yangi-yangi o‘quv maqsadlari qo‘yiladi.


Demak, pedagogik texnologiyaning odatdagi didaktik maqsaddan farqi diagnostika asosida maqsad qo‘yilishidir. Sinf, guruh yoki alohida o‘quvchiga qo‘yilgan diagnoz qanchalik to‘g‘ri bo‘lsa, qo‘yilgan maqsad shunchalik to‘la va oson bajariladi. Yuqorida ta‘kidlaganimizdek pedagogik texnologiya maqsadga to‘la erishish printsipi etakchilik qiladi. Shuning uchun M.V.Klarin maqsadga erishish texnologiya”sini alohida taxlil qiladi. Uni uchga bo‘lib o‘rganadi: etalon maqsadga “mezoniy baxolash”, “ta‘limiy jarayon” va “maqsadga to‘la erishish”.


Maqsadga to‘la erishish uchun natijani bosqichma-bosqich baxolash zarur bo‘ladi. Bugungi kunda test nazoratini joriy etilishi, bu didaktik vazifani amalga oshirishga qo‘l keladi. Ma‘lumki, testda ta‘lim maqsadi, erishiladigan mezon o‘z aksini topadi. Shuning uchun har bir bosqichda test orqali natijani aniqlash maqsadga muvofiqdir. Buning uchun ta‘lim maqsadini testga tushirish muhim masaladir.


O‘qitishda takrorlovchi bosqich texnologik jarayonda alohida o‘rin tutadi. Takrorlashda: ta‘limning umumiy maqsadi; umumiydan ma‘lum aniq maqsad belgilanishi va har bir bosqichda o‘quvchining o‘zlashtirishi dajarasini aniqlash; shunga asosan ta‘lim jarani muvofiqlashtiriladi, boshqariladi.
Ta‘lim jarayonida takrorlash texnologiyasi.
Masalan, darsning tuzilishini texnologik jihatdan tahlil qilinadigan bo‘lsa:
A)o‘quvchilar diqqatini tashkil etishh;
B)didaktik maqsad haqida axborot berish;
V)zaruriy bilim-malakalarni rag‘batlantirish;
G)ma‘lum ta‘sir etadigan o‘quv materialini ko‘rsatish;
D)o‘quvchilar javobini aks sadosini (reaktsiyasi) rag‘batlantirish;
E)o‘zaro xamkorlikni ta‘minlash;
J)olingan mustaxkam bilim malakani rag‘batlantirish;
Z)o‘quvchilar faoliyatini baholash; kabilar.
O‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi qanchalik tezligini va mukammaligi bilan belgilanadi. Ularning o‘zlashtirish bo‘yicha qobiliyati uch guruhga bo‘linadi:
Iqtidorli ,ular tez o‘zlashtirishi mumkin-30%.

Oddiy o‘rtacha o‘quvchilar-50 %.


Qobiliyati past o‘quvchilar-20 %.


Maqsad qo‘yishda barcha o‘quvchilarni o‘zlashtirishi hisobga olinadi. To‘la o‘zlashtirishi maqsadi, uni amalga oshirish metodikasi quyidagicha bo‘lishi mumkin:


1.Kirish qism-o‘quvhilarni to‘la o‘zlashtirishga yo‘naltirish;
2.Har bir o‘quvchini to‘la o‘zlashtirishga erishish;
3.Har bir o‘quvchini to‘la o‘zlashtirish darajasini baholash;
4.Har bir o‘quvchi bahosini tashkil qilishh. Keyin o‘qituvchi har bir o‘quvchini to‘la o‘zlashtirish imkoniyati bilan tanishtirad
Sinf to‘la o‘zlashtirish uchun yangi metodika bilan o‘qitadi.
Har bir o‘quvchi oxrida, fanni o‘zlashtirib bo‘lganda baholanadi.
O‘quvchilar qiyosiy baholanmaydi, balki o‘quv matni etalon, mezoni bilan baholanadi.
“Etalon darajasiga” erishgan o‘quvchi “a‘lo” baxo oladi.
A‘lo baxolar cheklanmaydi.
Har bir o‘
Xar bir o‘quvchi fanni o‘zlashtirish jarayonida diagnostik kuzatiladi.
Agar o‘quvchi ma‘lum topshiriqdan qiynalsa boshqa yo‘l qo‘llaniladi.
Shunisi xarakterliki, pedagogik texnologiyaning printsipi kafolatli to‘la o‘zlashtirish ekan unda o‘quv materialini bosqichma-bosqich o‘zlashtirish, izchillik metodikasi asos bo‘ladi. Aslida sharq, aniqrog‘i, O‘zbekiston maktablarida o‘rta asrlardan boshlangan metodikadir. Tarixdan ma‘lumki, fanning o‘zlashtirishda izchillik va uzluksizlik printsipiga asoslanilgan. Ya‘ni har bir fan o‘rganib bo‘lingandan keyin musobaqa metodi orqali bilimlar tekshirilgan va to‘la o‘zlashtirgandan so‘ng undan keyingi fanga (yoki bosqichga) o‘tilgan.

Bir sinf (guruh)dagi talabaga o‘zlashtirish darajasiga qarab har xil ta‘lim mazmunida tahsil olgan. Pedagogik texnologiya tizimida AQSH tajribasida individual “brigada-andividual” ta‘lim XX asrning 60-yillarida keng qo‘llaniladi.


Har bir o‘quvchining qobiliyatiga o‘zlashtirish darajasiga qarab ta‘lim maqsadi va metodikasi belgilanadi. Masalan bu tizimni quyidagicha amalga oshirish mumkin.
1.Har bir o‘quvchi mazkur fan bo‘yicha bilim rejasini test orqali tekshiriladi.
2.So‘ngra ma‘lum bo‘lim bo‘yicha tekshiriladi, qanday bilimga ega ekanligi aniqlanadi.
3.Natijaga asosan har bir o‘quvchi uchun mazmun belgilanadi.
4.O‘quvchi bo‘lim-bo‘limlarga bo‘lib topshiriq oladi.
5.Qo‘yilgan maqsad amalga oshirilgandan keyin yakuniy test topshiradi va fan bo‘yicha baholanadi.

6.Agar maqsadga erishilmagan, yoki ma‘lum qism o‘rganilmagan bo‘lsa takrorlanishiga qaytiladi.


To‘la va yakka (brigada-individual) ta‘lim 80 yillarda AQSHda joriy etila boshlagan. Bunda yakka o‘quvchilar va kichik guruhlar bilan ishlash tizimi yaratilgan. Ya‘ni o‘quvchilar 4-5 kishilik guruhlarga bo‘linadi, unda iqtidorlilar va qoloqlar, qizlar va boshqa etnik vakllar bir xil bo‘limi maqsadga muvofiq. Har bir guruh berilgan topshiriqni tez bajarishiga e‘tibor beriladi. Guruhdagi o‘quvchilar bir-birini tekshiradi, yordam beradi. Haftani oxirida yakun yasaladi, baholanadi. O‘zaro yordam va bir kishi hamma uchun printsipiga amal qilinadi. Bu metodda o‘zlashtirish darajasi oshishi bilan birga o‘quvchilarni o‘z-o‘zini baholash malakasi ham rivojlanadi, o‘quvchi o‘rtasida do‘stlik, o‘rtoqlik darajasi ham oshadi.


Texnologik jarayon ishlab chiqarilgan texnologik hujjatlar asosida amalga oshiriladi, bu hujjatlarning asosiy tarkibiy qismi esa texnologik xaritalar hisoblanadi. Texnologik hujjatlar, qayta takrorlanadigan ishlab chiqarish siklining qancha mahsulot kerak bo‘lsa, uni shuncha marta amalga oshirish imkonini beradi.


Shunga o‘xshash, pedagogik texnologiya doirasida qayta takrorlanadigan o‘qitish siklini amalga oshirish uchun, uning yakunlovchi bosqichida pedagogik-texnologik xaritalar ishlab chiqiladi. Uning asosida o‘qitish jarayonini bir necha marta tashkil etish mumkin, ya’ni qayta takrorlanadigan o‘qitish siklini ro‘yobga chiqarish mumkin. Pedagogik texnologik xaritalar, pedagogik texnologiyani ko‘p nusxada ko‘paytirishga va o‘quv yurtining qayerda joylashganligidan qat’iy nazar ko‘zlangan o‘qitish natijalariga erishishga imkoniyat yaratadi. Pedagogik texnologik xarakterlarning shakli va mazmuni – jadvalda keltirilgan.


Pedagogik texnologik xarita har bir mavzu modul uchun alohida tuziladi. Ularning majmuasi pedagog texnologik xaritalar albomini tashkil etadi.
Pedagogik texnologik xarita – pedagogik texnologiyaning qayta takrorlanadigan o‘qitish siklini tashkil etuvchi hujjatlaridan biridir.
Qayta takrorlanadigan o‘qitish sikli quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 1. O‘quv fanining umumiy maqsadini o‘rnatish. O‘quv rejadagi har bir fan mutaxassisning shakllanishi uchun ma’lum bir maqsadga ega. Bu maqsad aniq ifodalanishi va fanni o‘rganishdan oldin har bir talabaga yetkazilgan bo‘lishi kerak.

2. Har bir mavzuni o‘zlashtirishi uning o‘rganishdagi o‘quv maqsadini to‘g‘ri qo‘yilishiga bog‘liq. O‘quv fanini to‘la o‘rganishdagi mavzuning ahamiyati o‘quv maqsadi toifasini belgilaydi.


3. Dars boshlanishida o‘quv maqsadi, uning boshqa mavzular bilan, mutaxassisning kelajakdagi amaliy faoliyati bilan bog‘liqligi talabalarga yetkaziladigan bo‘lishi kerak.


4. Har bir mavzu (bo‘lim va modul) bo‘yicha tayanch iboralarni aniqlash (2.6. jadval). Pedagogik texnologiyada o‘qitishning moduli tizimini qo‘llash samaralidir, u fanning bir yoki bir necha fundamental tayanch iboralarini qamrab olgan axborotning tugallangan bloklariga tayanadi.


5. Dars boshlanishida o‘quv maqsadi, uning boshqa mavzular bilan, mutaxassisning kelajakdagi amaliy faoliyati bilan bog‘liqligi talabalarga yetkaziladigan bo‘lishi kerak.


6. Har bir mavzu (bo‘lim va modul) bo‘yicha tayanch iboralarni aniqlash (2.6. jadval). Pedagogik texnologiyada o‘qitishning moduli tizimini qo‘llash samaralidir, u fanning bir yoki bir necha fundamental tayanch iboralarini qamrab olgan axborotning tugallangan bloklariga tayanadi.


7. Har qaysi tayanch ibora, modullar uchun diagnostik testlar ishlab chiqish. Bu testlar talabalarning bilim olishini tashxislash maqsa­dida, joriy nazorat uchun ishlatiladi. Bilimlarning o‘zlashtiri­lish darajasiga ko‘ra, har bir tayanch ibora uchun testlar tuziladi.


8. O‘qitish. Yangi o‘quv materialini bayon etish va uni ishlab chiqish, shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari asosida amalga oshirish tavsiya etiladi. Butun o‘quv faoliyati, aniq va ravshan ifoda qilingan o‘quv maqsadlari asosida quriladi.


9. O‘quv maqsadi toifasiga ko‘ra, o‘quv materialining birligi, tarkibi, turli xil bo‘lishi mumkin.


10. Test o‘tkazish. Joriy test diagnostik xarakterga ega bo‘lib teskari aloqa vazifasini o‘taydi, Uni o‘tkazishdan asosiy maqsad tuzatishlar va qo‘shimcha o‘quv tadbirlar zaruriyatini aniqlashdan iboratdir.


11. O‘quv maqsadlariga erishilganligini baholash. U joriy test sinovlari asosida amalga oshiriladi. Test sinovlari natijasiga ko‘ra talabalar guruhi ikkiga bo‘linadi:


¨ Bilim va ko‘nikmalarni to‘la o‘zlashtirishga erishganlar.


¨ Bilim va ko‘nikmalarni to‘la o‘zlashtirishga erishmaganlar.


O‘quv materialini to‘la o‘zlashtirmagan talabalar, o‘qituvchi rahbarligida shu materialni o‘rganishni davom etadilar. Ular bilan qo‘shimcha (tuzatish) o‘quv ishlari tashkil etiladi. Testlar natijalari asosida, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar aniqlanadi. Kamchiliklarni tuzatish uchun o‘quv materialini o‘zlashtirmagan talabalarning guruhi bilan mashg‘ulotlar olib boriladi. Materialni takroriy bayon qilishda boshqa yangi usullardan foydalanish lozim: birinchi marta ishlatilmagan ko‘rgazma qurollar, va o‘qitishning texnik vositalarini ishlatish, individual ishlardan foydalanish zarur. Shu yo‘llar bilan o‘quv materialining to‘la o‘zlashtirilishiga erishish lozim. Har qaysi talaba o‘quv materialini to‘la o‘zlashtirish imkoniyatiga ega, chunki u davlat kirish test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgandir. 2-savol


Zamonaviy pedagogika ana shunday innovatsion pedagogik texnologiyalarni taklif etadi.

Loyiha ishi


Loyihaviy ish - o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, ularda jamoada ishlash ko'nikmalarini shakllantirishga yordam beradigan faoliyat turi. Loyihalarning maqsadi yangilash va amaliyotda foydalanish, olingan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishdan iborat. Loyiha ustida ishlash individual, juftlik yoki mikroguruhlarda amalga oshirilishi mumkin, u muammoni hal qilishni, optimal echimlarni izlashni o'z ichiga oladi.
Maktablar loyihalarda fanlarning integratsiyalashuvidan faol foydalanadilar, masalan, ular talabalarga til va adabiyot, matematika va kimyo, tarix va biologiyaning fanlararo aloqalarini o'rganishni taklif qiladilar.

Ushbu yangilik murakkab fikrlashni, tahlil qilish, aloqalarni o'rnatish va yangi g'oyalar yaratish, dunyoning yaxlit manzarasini ko'rish qobiliyatini shakllantiradi va rivojlantiradi.


o'yin texnologiyasi


O'yin xonalari bir nechta funktsiyalarni bajaradi: ko'ngilochar, terapevtik, diagnostik, ijtimoiy. O'yin davomida o'quvchilar erkin rivojlanish faoliyati bilan shug'ullanadilar, nafaqat natijadan, balki jarayondan ham zavqlanadilar va ta'sir qiladilar.

O'quv jarayonida o'yin kengroq texnologiya elementi, darsning bir qismi yoki sinfdan tashqari mashg'ulotlar sifatida ishlatiladi. Pedagogik o'yin aniq shakllantirilgan maqsadga ega bo'lib, u o'yin vazifasi shaklida taqdim etiladi, o'yinning barcha ishtirokchilari oldindan tayyorlangan va e'lon qilingan qoidalarga bo'ysunadilar.


Masofaviy ta'lim


Masofaviy ta'lim - bu Yevropa mamlakatlari va AQShda faol joriy etilayotgan yangilik. Kurslar maxsus mo'ljallangan saytlarda yaratilgan bo'lib, ularda ma'ruza davrlari, topshiriqlar, o'qitish bilan yuzma-yuz maslahatlashuvlar jadvali mavjud. Talabalar o'z vaqtlarini tartibga soladilar va mustaqil ta'lim olish uchun o'zlarini tartibga soladilar.

Maktablar va universitetlar jamoat mulki bo'lgan turli kurslarni taklif qiladigan bir nechta saytlar mavjud ("Universarium", "Lectorium", chet eldan - "Coursera"). Maktablar va universitetlar talabalar va o'qituvchilarga ta'lim muassasalaridan tashqarida o'zaro muloqot qilish va tajriba almashishga yordam beradigan o'zlarining axborot resurslarini ishlab chiqmoqdalar.


Interaktiv texnologiyalar


Interfaol texnologiyalar - bu o'qituvchi va o'quvchilarga joyni almashtirishga yordam beradigan usullar. Guruhlarda muloqot qilish, ma'lumotlar ustida ishlash, talabalar o'z-o'zini o'rganish uchun yangi imkoniyatlarni kashf etadilar. Bu talabalar bir-biri bilan o'zaro munosabatda bo'ladigan, umumiy muammoni hal qilishda ishlaydigan faoliyatni yaratishga qaratilgan ish uslublari va usullarining butun majmuasidir.


Interfaol texnologiyalar maktablarda seminarlar, bahs-munozaralar, muammoli ma’ruzalar, munozaralar orqali amalga oshiriladi, bunda o‘quvchilar o‘z fikrlarini bildirishlari, o‘z fikrini bahslashishni o‘rganishlari mumkin.


Portfel
Portfolio o'quv natijalari dinamikasini baholashga yordam beradi. Undan ta'lim yutuqlari va kashfiyotlarini tasavvur qilish uchun foydalanish mumkin. Ushbu yangilik ma'lumotlarni to'plashning bunday usullari orqali amalga oshiriladi: elektron portfellar, "yutuq papkalari", "o'sish kundaliklari". Ular barcha ishlanmalarni, loyihalarni qayd etadilar, loyihalarda ishtirok etish, muhokamalar va ijodiy faoliyat natijalarini tasdiqlovchi materiallarni to'playdilar.


Ushbu texnologiyalar asosiy yondashuvlarni hisobga olgan holda kompleks tarzda qo'llaniladi. Ish texnologiyasi, usuli va usulini tanlashda o'qituvchilar o'quvchilarning shaxsiy xususiyatlarini, ularning moyilligi va ehtiyojlarini hisobga oladi.


Ta'lim sohasidagi innovatsiyalar - ilg'or pedagogik tajribani amaliyotga joriy etish bilan bog'liq barcha narsalar. Zamonaviy ilm-fanda yetakchi o‘rinni egallagan ta’lim jarayoni o‘quvchilarga bilim, ko‘nikma, ko‘nikma berish, shaxs, fuqarolik fazilatlarini shakllantirishga qaratilgan. O'zgarishlar vaqt, ta'lim, ta'lim, rivojlanishga munosabatning o'zgarishi bilan belgilanadi. 2Ayni vaqtda innovatsion (yangilik kiritish) talimni tashkil etishga alohida ahamiyat berilmoqda. Mazkur talimning quyidagi oziga xos xususiyatlar mavjud:


bu oldindan kora bilish, yani, oquvchinini avvalgi va hozirgi tajribasi asosida oqitish emas, balki uni uzoq kelajakni moljallashga orgatishdan ibora bolib, oquvchi ijtimoiy hayot va kasbiy faoliyatda taxmin qilish, kozlash, modellashtirish va loyihalashtirish amalga oshira olishi zarur.
oquvchining hamkorlikda talim olish va muhim qarorlarni qabul qilish (lokal va xususiydan tortib dunyoni, madaniyat, tsivilizatsiya rivojlanishini hisobga olishdan global muammolarni hal etish)da faol ishtirok etishini taminlash. 2
3 Savol
Frene maktabidagi talim texnologiyalari. Hamkorlik pedagogikasi doirasida koplab pedagogik texnologiyalar yaratilgan bolib, ular orasida V.Ya.Lyaudisning Birgalikdagi samarali faoliyat texnologiyasi va S.Frene maktabidagi oqitish texnologiyalarini misol qilib keltirish mumkin.
Birgalikdagi samarali faoliyat (V.Ya.Lyaudis konsepsiyasi). Oqituvchining talabalar bilan hamda talabalarning talabalar bilan birgalikdagi samarali faoliyati konsepsiyasini professor V.Ya.Lyaudis ishlab chiqqan. Bu oquv vaziyati bir-biri bilan bogliq tort qismdan iborat: oquv predmetining mazmuni; sharoit; ozaro harakatdagi oquv tizimi; barcha qismlarning ozaro aloqa dinamikasi.
Birgalikdagi samarali faoliyat vaziyatini tashkil etishga qoyiladigan talablar:
Oqishning boshidan qatnashchilarni ijodiy samarali faoliyatga qoshish;
Oraliq vazifalar tizimini oquvchilar va oqituvchilarning birgalikda rejalashtirishi;
Oquv faoliyatida hamkorlik, mazkur faoliyatga ozining hissasini qoshishini aniqlashga yonaltirish;
Oqitishning borishi qonuniyatlari: faoliyatga kirish, harakat, imitatsion harakatlar, harakatni qollash, ozi tartibga keladigan va ozi harakatlanadigan harakatlar. Birgalikdagi samarali faoliyat konsepsiyasi tabiiy holda hamkorlik pedagogikasi ichiga kiradi va quyidagi goyalarga asoslanadi: qiyin maqsad goyasi; tayanch goyasi (asosiy tushunchalar, signallar); erkin tanlash goyasi (kop masalalarnining ichidan); katta bloklar goyasi; dialogli fikrlash goyasi.
S.Frene maktabidagi oqitish texnologiyasi. XX asrning 2030 yillarida fransuz maktablarini modernizatsiyalash birinchi navbatda ushbu olimning nomi bilan bogliq. Uning pedagogik tajriba-sinov ishlari butun dunyoga keng yoyildi. U shaxs rivojlanishi uchun mustaqil muhim bosqich sifatida bolalikning ahamiyatini tushunmaslik bor, shuning uchun maktabda bolani haqiqiy hayotga tayyorlashga orgatish kerak, deb hisobladi. Frenining maktabi bu mehnat maktabining modeli. Bunday maktabning asosiy texnik vositasi bu erkin matnlar, tarqatma materiallar deb nomlanadigan bosmaxona, bazi texnik vositalar hamda maktabning ozini-ozi boshqarishi. Maktab pedagogik ishlarini tashkil etilishining butun markazida bosmaxona. Lekin odatdagi maktab bosmaxonasidan farqli ravishda bu ozida muhim didaktik va tarbiyaviy vazifalarni jamlaydi.
Oqitish texnologiyasi:
Frene maktabida natijasida oqituvchi va oquvchi haqiqiy yaqin ki-shilarga aylanadigan insoniy munosabatlarga oid oquv ishiga oquvchilar-ning qiziqishlarni ragbatlovchi ish metodlari uygunlashadi.
Oqituvchi turli yosh guruhidagi oquvchilar (7-14 yosh) bilan ishlaydi. Mashgulot matnni muhokama qilish bilan boshlanadi, bu paytda sinf guruh-larga bolinmaydi, chunki muhokama uchun katta va kichik yoshdagi bolalar ke-rak.
Bolalarning qiziqishlari, masalalar aniqlanadi.
Har bir kishining imkoniyatiga qarab vazifa bolinadi.
Kattalar guruhlarga bolinishadi va birdaniga mustaqil ishlashga kirishishadi. Oqituvchi oquvchilar bilan dastlab jamoa bolib ishlaydi, song har biri alohida topshiriq oladi. Masalan, katta yoshdagi oquvchilar. Bir guruhi devoriy gazeta chiqarish ustida ishlaydi: bittasi odatdagi shriftda, boshqasi kichkina bolalar uchun katta shriftda matn teradi; ikkitasi turli belgilangan mavzular (Idishlarning tutashuvi, Suv quvuri) boyicha matnni tasvirlovchi gravyuralar tayyorlaydi. Yana ikkitasi kutubxonada ishlaydi, kartoteka toldiradi. Bazi bir bolalar nutq tayyorlashadi. Ikkita bola Suv va uning xususiyatlari mavzusi boyicha materiallar toplash uchun qishloqqa ketishadi, ikkitasi maktab metereologiya maydonchasida ishlaydi. Shundan song oqituvchi kichik bolalarga alohida topshiriq berganidek, orta va kichik yoshdagi bolalar bilan ishlashga kirishadi. Nazariy munozara tajriba-sinov ishlari bilan almashinadi. Oquvchilar mustaqil ravishda axboriy xaritalar tuzishadi va nazoratli xaritalar yordamida ishning sifatini tekshirishadi. Shunday qilib, butun jamoa faoliyati doirasida har bir oquvchining ishini tashkil etish S.Frene maktabidagi yangi talim texnologiyasining bosh oziga xosliklaridan biri sifatida aks etadi.
Frene maktabidagi oqituvchilar bilimlarni ozlashtirishning sama-rali yoli sifatida kuzatish va demonstratsiya emas, aksincha tajriba orqali bilish deb hisoblashadi. Frene fikriy qobiliyat faoliyatda shakllanadi va korinadi, deb hisoblaydi. Chunki kuchli odam unda ozidagi egallangan tajribadan foydalanadi, shunda uning ravnaqi tezlashadi. Agar biz asalari singari u asal ishlab chiqishda gul nektarini yigish uchun har bir ochiq kundan foydalangani singari harakat qilamiz. Shuning uchun biz turli faoliyatga boy insonni song sinfda ularni asal bilimlarga aylantirish uchun atrof-olam haqida malumot toplashga jonatamiz.
4-Savol
Taqalashtirilgan darajadagi texnologiya. G.K.Selevko tadqiqotlarida oqitishni tabaqalashtirish oquv jarayonini tashkil etish shakli sifatida izohlanadi, ozida bilim darajasi bir xil bolgan, u yoki bu jihatdan oquv jarayonida umumiy sifatlarga ega bolgan oquvchilar guruhi bilan oqituvchi ishlaydi. Oqitishni tabaqalashtirish oquv jarayonidagi talim oluvchilarning turli guruhlarini ixtisoslashtirilishini taminlaydigan umumiy didaktikaning bir qismi sifatida ham belgilanadi. Oqitish tizimining qurama texnologiyasi (N.P.Guzik). Oqitish tizimining qurama texnologiyasi saviyasiga va darslarda mavzu boyicha davrivlikni rivojlantirishga kora sinf ichidagi oqitishning tabaqalashtirilishi deb qaraladi. Darslar har bir mavzu boyicha ketma-ket joylashgan besh tipdan iborat boladi:
mavzuni umumiy tahlil qiluvchi darslar (ular maruzalar deb yuritiladi);
talim oluvchilarning mustaqil ishlari jarayonida oquv materialining chuqurlashtirib ishlab chiqishini kozda tutgan, tuzilgan seminar mashgulotlari (bunday darslar uchtadan beshtagacha bolishi mumkin);
bilimlarni umumlashtirish va tartibga tushirish (guruhlash) darslari (mavzular boyicha sinovlar);
fanlararo materiallarni umumlashtirish (mavzular boyicha vazifalarni himoya qilish);
dars-praktikumlar.
Keyingi bosqichda oqituvchi oquvchilarning saviyalariga kora tabaqalashtirish ishlarini tashkil etadi. Bu ish yangi materialni berish, uni mustahkamlash va takrorlash, bilim, malaka va konikmalami nazorat qilish orqali amalga oshiriladi. Bu texnologiyada uchta tabaqalashtirishning turli darajadagi qiyinchiliklari: A, V , S dasturlari ajralib turadi.
Dasturlar quyidagi vazifalami hal qiladi:
muayyan darajadagi bilim, malaka va konikmalarni
egallashni taminlaydi;
talim oluvchilarning talim darajadagi mustaqilligini taminlaydi;
S dasturi tayanch standart sifatida qayd qilinadi. Uni bajarish orqali talim oluvchilar fan boyicha oquv materialini, uni qayta tiklay olish darajasida ozlashtiradilar. S dasturi vazifalarini nisbatan qiyin dasturga o tmasdan oldin har bir o quvchi bajara olishi lozim.
V dasturi mavzuni qollash bilan bogliq masalalarni yechish uchun zarur bolgan o quv va aqliy faoliyatining umumiy va oziga xos usullari bilan birga egallashni taminlaydi. Ushbu dasturga kiritiladigan qoshimcha malumotlar birinchi bosqich materiallarini kengaytiradi, asosiy bilimlarni isbotlaydi, namoyish etadi va oydinlashtiradi hamda tushunchalarning amal qilish va qollanishini korsatib turadi.
A dasturi oquvchilarning bilimlarini tola anglash, ijodiy qollash darajasiga kotaradi. Bu dasturda ijodiy qollash istiqboli tobora takomillashib boruvchi malumotlar, chuqurlashtiriladigan materiallar, hamda uning mantiqiy asoslanganligi joylashtirilgan. Materiallarni takrorlashda turli darajadagi vazifalami erkin tiklash metodikasi qollanadi. Tabaqalashtirilgan vazifalarni nazorat qilishda individuallikka otiladi va u chuqurlashtiriladi.
Oquv jarayonini samarali boshqarish va tashkil etish asosiga qurilgan pedagogik texnologiyalar.
G.K.Selevko pedagogik texnologiyani rejalashtiriladigan natijalar bilan birga boshqariladigan tizim deb tariflaydi.
Texnologik jarayon tuzilmasini axborotlarning uch asosiy harakat yonalishi bilan tavsiya etiladi. G.K.Selevko uch shahobchani belgilaydi:
Asosiy shahobcha mazmunning harakati bolib, u axborotning manba (oqituvchi)dan qabul qiluvchi (talaba)ga uzatish (oquvchilar etiboriga uzatish, oquv-bilish faoliyatiga rahbarlik qilish, oquvchilar tomonidan bilimlarni idrok etish, ozlashtirish va mustahkamlash). Unda axborotlarni qoshimcha boshqarish manbalari kitoblar, texnik vositalar, kompyuterlar va oquvchi tomonidan ularni mustaqil idrok etish (oz-ozini boshqarish jarayoni) muhim holat hisoblanadi.
Boshqarishga tasir otkazish shahobchasi. U oz ichiga rejalashtirishni (strategik va taktik), talimiy axborotlarning asosiy psixologik harakati korreksiyasini qamrab oladi.
Jarayonlar haqidagi (qayta boglanish, nazorat, baholash, qoshimcha axborotlar shahobchasi) axborotlar oqituvchidan oquvchiga uzatilish shahobchasi.
Oquv jarayonining samaradorligi:
oquv axborotlari mazmunining eng maqbul tuzilmasi;
boshqarish samaradorligi va bilish faoliyatini tashkil etish;
axborotlarni ozlashtirishda individual oz-ozini boshqarish imkoniyatlaridan foydalanish;
axborotlarni ozlashtirishning samarali nazoratini tashkil etishga bogliq.
Tayanch sxemalar izohidan foydalangan holda istiqbolli oqitishni boshqarish S.N.Lisenkova texnologiyasi. Bu texnologiya asosida quyidagilar yotadi:
hamkorlik pedagogikasiga bolgan shaxsiy yondashuv;
ozlashtirish (muvaffaqiyat) - oqitish jarayonida bolalar rivojlanishining eng muhim sharti;
sinfdagi fayz: xayrxohlik, ozaro yordam;
xatolaridan ogoh qilish, lekin xatolar ustida ishlash emas;
oquv materialining ketma-ketligi, izchilligi;
vazifaning har bir oquvchiga qulayligi va ularga alohidaalohida bolib berilishi;
asta-sekin toliq mustaqillikka otish;
bilagon oquvchi vositasida bilmaydigan oquvchilarni oqitish.
5-Savol
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan Ozbekiston Respublikasi oliy talim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga kora, mamlakatdagi OTMlarning 85 foizi 2030-yilgacha bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga otishi rejalashtirilgan. Ushbu maqsadda Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligining 2020-yil 30-iyundagi qarori bilan 2020/2021-oquv yilidan boshlab mamlakatimizdagi 35 ta OTM kredit-modul tizimiga otishi belgilandi.
Talimning kredit-modul tizimi nima?
Kredit-modul oqitish tizimi har bir oquv moduli tarkibini tuzishga asoslangan modulning oquv natijalari va yakuniy nazoratni kuzatib borish orqali talim oluvchilarning bilim, konikma va kompetensiyalarini muntazam ravishda baholab boruvchi oquv dasturini ozlashtirish jarayonini tashkil etish tizimi hisoblanadi. Bu tizimda talabalar uchun majburiy va tanlov fanlarning hajmi ozaro muvofiqligidir yani talaba oz yonalishi boyicha fanlarni tanlab organishi mumkin bolgan fanlar soni kop boladi.
Akademik kredit - oliy talimning muayyan bosqichida ushbu talim darajasini qolga kiritish maqsadida talaba tomonidan muntazam ravishda toplab boriladigan ramziy olchov birligi. Bu birlik talaba malum miqdordagi oqish yuklamasini bajarganligi va muayyan oqish natijalarini muvaffaqiyatli tarzda egallaganligini anglatadi.
Akademik modul - yaxlit, muayyan oquv natijalariga erishishga qaratilgan, ozining baholash mezonlariga ega bolgan tizimli, izchil oqish va organish harakatlari jamlanmasi. U odatda bir semestr davom etadi, lekin ayrim hollarda bir necha soatdan iborat bolishi ham mumkin. ECTS tizimida har bir modul ozida muayyan miqdordagi kreditlarni aks ettiradi.
Talimning kredit-modul tizimining oqitish jarayoni qanday?
Mazkur oqitish tizimi maruza, amaliy, seminar, laboratoriya mashgulotlari, oquv va malakaviy amaliyot kurs loyihasi (ishi), shuningdek talim oluvchilarning mustaqil mashgulotlari boyicha haftalik soat yuklamasi va talim oluvchilarning faoliyatini baholash mezonlarini aks ettiradi.
Kredit birliklari tizimiga toxtaladigan bolsak, bu kredit dasturlarini uning tarkibiy qismlari, yani modullar, modullar bloklari, kurslar va boshqalarga biriktirish orqali talim dasturlarini tavsiflashning tizimli usulidir.
Kredit-modul tizimida oqish yuklamasi. ECTS kredit-modul tizimida bir yillik kreditlar miqdori 60 tani tashkil etadi. Bir oquv yili 2 semestrdan iborat ekanligini hisobga olsak, talaba oqishi davomida har semestr 30 kredit toplab borishi zarur. Bakalavr dasturi 4 yil ekanligini hisobga olsak, talaba ushbu darajani qolga kiritish uchun jami 240 kredit, magistratura dasturini tugallash uchun esa 120 kredit toplashi kerak boladi. Talabalar tomonidan barcha majburiy faoliyat turlari bajarilgandan va ular baholangandan song kreditlarni toplash mumkin.
1 kredit uchun 30 soatlik oqish yuklamasi belgilangan, undan 13 soati (30*43%=13) auditoriya soatlari, 17 soati (30*57%=17) esa talabaning mustaqil oqish soatlariga togri keladi. Haftalik auditoriya soatlari 26 soat qilib belgilangan. Natijada, 1 oquv semestrda talaba 900 soat oquv yuklamasidan 390 soat auditorida va 510 soat mustaqil tarzda talim olishi belgilangan. 1 oquv semestrda talaba 30 kredit olishi belgilangan. Majburiy fanlarga 15 kredit va tanlov fanlariga 15 kredit ajratilgan.
Talim sifati monitoringini tashkil etish va otkazishda xalqaro PISA baholash dasturidan foydalanish. Songgi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy osish korsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassilarga bolgan talabni yanada oshirmoqda.
Bu oz-ozidan oquvchilarimizning darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va oqituvchilarning har tomonlama talim-tarbiyaga etiborini kuchaytirishni talab etadi. Yuqoridagi talablarning talim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy davlatlardagi kabi talim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali talim sifatini oshirishga qaratilgan ilgor tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi.
Talim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish Ozbekistonga nima beradi degan savol quyidagicha javob berish mumkin:
milliy talim tizimini isloh qilish, talim mazmunini, pedagog kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish hamda mutaxassislar tomonidan darsliklarning yangi avlodini yaratishda qollaniladi;
tadqiqotlarda olingan natijalar mamlakatdagi talim sifati va uning xalqaro standartlarni hisobga olgan holda egallagan orni togrisida xulosalar chiqarish imkonini beradi;
xalqaro tadqiqotlar talim sohasidagi milliy tadqiqotlarni sifatli otkazishga ijobiy tasir korsatadi;
xalqaro standartlar darajasida yuqori iqtisodiy samaraga asoslangan milliy baholash tizimini yaratish imkonini beradi;
Ozbekistonda turli tashkilotlarning yetakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish orqali mahalliy mutaxassislarimizda monitoring tadqiqotlarini otkazish madaniyati rivojlanadi, talim sifatini baholashning xalqaro standartlarga moslashuviga olib keladi;
milliy talim sifatini baholashdagi nazorat materiallarini xalqaro tadqiqotlarda qollaniladigan nazorat materiallari sifati darajasida ishlab chiqish imkonini beradi.
Download 28,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish