Pedagogik tadqiqotlarning mazmuni va



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/22
Sana01.07.2022
Hajmi0,89 Mb.
#727561
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
1-1

Pedagogik tafakkur. 
Eng avvalo, “tafakkur” tushunchasining mohiyatini 
aniqlashtirib olish zarur. “Falsafa: qomusiy lug‘at”da “tafakkur” tushunchasiga 
quyidagicha ta’rif berilgan: “Tafakkur (arab. – fikrlash, aqliy bilish) – predmet va 
hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlarini aniqlaydigan, ular o‘rtasida ichki, 
zaruriy aloqalar, qonuniy bog‘lanishlarni aks etadigan bilishning ratsional 
bosqichi».
 


Psixologiya fanlari doktori, professor E.G‘oziev esa, mazkur tushunchaning 
mohiyatini quyidagicha izohlaydi: “Tafakkur inson aqliy faoliyatining, aqliy 
zakovotining, ongli harakatining yuksak shakli hisoblanadi. Tafakkur tevarak-
atrofni, ijtimoiy muhitni hamda voqelikni bilish quroli, shuningdek, insonning keng 
ko‘lamdagi faoliyatini oqilona amalga oshirishning asosiy sharti hisoblanadi”. 
E.Z.Usmonovaning 
fikricha, 
tafakkur 
ijtimoiy 
hayot 
sharoitida 
shakllanadigan jarayon bo‘lib, dastavval keng predmetli (amaliy) faoliyat tarzida 
namoyon bo‘ladi, keyinchalik u “aqliy” xatti-harakat xarakterini oluvchi shaklga 
aylanadi. 
Q.SHonazarov “tafakkur” tushunchasining quyidagi ta’riflar majmuini taklif 
etgan: tafakkur voqelikni inson tomonidan bevosita hissiy idrok qilib bo‘lmaydigan 
obyektiv xususiyatlari, aloqalari, munosabatlari bilan ongli ravishda aks ettirilishini 
bildiradi; tafakkur biror tayyor yechimi yo‘q muammo paydo bo‘lganda boshlanadi. 
Inson biror narsani bilish ehtiyoji paydo bo‘lganda fikrlay boshlaydi; tafakkur 
ongning voqelikni aniq, chuqur, to‘liq va bevosita umumlashtirib va bevosita aks 
ettirish (bilish)ga qaratilgan faoliyatidir; tafakkur bu inson miyasida predmet va 
hodisalarning o‘z qonuniy aloqalari va munosabatlari bilan umumlashtirib aks 
ettirish jarayonidir; tafakkur yangilikni qidirish va ochishga sotsial jihatdan bog‘liq, 
aloqador, analiz, sintez jarayonida voqelikni bevosita va umumlashtirib aks ettirish 
jarayonidir; tafakkur individni bilvosita va umumlashgan holda aks ettirishga 
qaratilgan bilish jarayoni; tafakkur obyektiv voqelikning faol in’ikosi; bilimlarning 
tushuncha, mulohaza, fikr, xulosa, nazariya va hakozolar tarzidagi shakllanishi, 
harakati va rivojlanishidir.
“Tafakkur” tushunchasini tahlil etish asosida uning quyidagi asosiy 
xususiyatlarga ega ekanligi haqidagi xulosaga kelingan: 1) unda voqelik 
abstraklashgan va umumlashgan holda in’ikos qilinadi. Hissiy bilishdan farqli 
o‘laroq tafakkur bizga predmetning nomuhim, ikkinchi darajali belgilaridan 
chetlashgan, mavhumlashgan holda e’tiborimizni uning umumiy, muhim, 
takrorlanib turuvchi xususiyatlariga va munosabatlariga qaratishimizga imkon 
beradi; 2) tafakkur borliqni bilvosita aks ettiradi. Unda yangi bilimlar tajribaga har 


safar murojaat etmasdan, mavjud bilimlarga tayangan holda hosil qilinadi. Fikrlash 
bunda predmet va hodisalar o‘rtasidagi aloqadorlikka asoslanadi; 3) tafakkur 
insonning ijodiy faoliyatidan iborat. Unda bilish jarayoni borliqda real anologiga ega 
bo‘lmagan narsalar – yuqori darajada ideallashgan obyektlarni yaratish, ularning eng 
muhim xususiyatlarini o‘rganish, hodisalarni oldindan ko‘rish, bashorat qilish 
imkoniyati vujudga keladi; 4) tafakkur til bilan uzviy aloqada mavjud. Fikr – ideal 
hodisadir. U faqat tilda – moddiy hodisada reallashadi, boshqa kishilar bevosita 
qabul qila oladigan, his etadigan shaklga kiradi va odamlarning o‘zaro fikr 
almashish vositasiga aylanadi. Boshqacha aytganda til fikrning bevosita voqe 
bo‘lish shaklidir.
Falsafiy, psixologik va pedagogik adabiyotlarda tafakkurning ikkita turi 
ajratib ko‘rsatiladi: ratsional va irratsional. Mazkur tafakkur turlaridan ikkinchisini 
M.Tojiev va B.Ziyomuhammadovlar muroqaba (ichki tuyg‘ular) yordamida fikr 
yuritish deb ataydi. Ularning fikricha, birinchisi obyektiv borliqning xususiy 
tomonini aks ettirsa, ikkinchisi to‘lqin jabhasi bilan bog‘liq. 
Ratsional tafakkur miyaning chap tarafida amalga oshirilib, narsa va 
hodisalarning xususiyatlarini ifoda etadi. Bunda kishi narsa va hodisalarning xususiy 
tomonlarini qismma-qism his qilib, ularni bir-biriga ratsional bog‘lab turib anglaydi. 
Muroqaba yordamida fikr yuritish asosan miyaning o‘ng yarim sharida amalga 
oshirilib, obyektiv borliq to‘lqinini his qiladi. Bunday tafakkur orqali inson tasavvur 
qila oladi, hissiyotga beriladi, niyat va ijod qiladi, zavqlanadi, badiiy adabiyotlarni 
o‘qiydi, ilm bilan shug‘ullanadi. Bu turdagi tafakkur yordamida inson obyektiv 
borliqni bir butunlik – majmu sifatida his etib, shu butunlikni tashkil qiluvchi 
qismlar orasidagi zaruriy aloqadorlikni his qila oladi. 
Tafakkur o‘ziga xos shakllarda namoyon bo‘lib, ma’lum qonuniyatlarga 
asoslanadi (6-rasm).
Tafakkur 
Shakllari 
Xulosa 
Hukm 
Tushuncha 
Turlari 
(ratsional, 
irratsional) 
Y
ak
k

U
m
u
mi
y
T
o’p
la
nma
T
as
d
iq
In
k
o

In
d
u
k
ti
v
De
d
u
k
ti
v
A
n
o
lo
g
iy




Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish