Pedagogik qobiliyat, uning kasbiy faoliyatdagi roli. Shaxsning individual xususiyatlari va ularni diagnostika qilish. Xarakter, temperament va


Pedagogik qobiliyatning asosiy turlari



Download 376,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana14.10.2019
Hajmi376,83 Kb.
#23534
1   2   3
Bog'liq
pedagogik qobilyat uning kasbiy faoliyatidagi roli .shahsning individual hususiyatlari va ularni diagnostika qilish. xarakter temperament va qobilyatlarini bilishning ahamiyati


Pedagogik qobiliyatning asosiy turlari. 

1.  Bilish  qobiliyati-fanning  tegishli  sohalariga  oid  qobiliyatdir.  Bunday 

qobiliyatga  ega  bo„lgan  o„qituvchi  fanni  o„quv  kursi  hajmidagina  emas,  balki 

ancha  keng  chuqurroq  biladi,  o„z  fani  sohasidagi  kashfiyotlarni  hamisha  ko„zatib 

boradi.  Unga  nihoyatda  qiziqishadi,  tadqiqot  ishlarini  ham  bajaradi.  Ba‟zan 

o„quvchilar  orasida:  "X  ni  professor  deyaber"  ko„pincha  biz  u  o„z  sohasida 


bilmaydigan  biror  narsa  bormikin  deb  o„ylab  qolamiz",  "U  darsni  butun  vujudi, 

jonjahdi  bilan  o„tadi",  yoki  "Vajohati  katta-yu,  bilimining  mazasi  yo„q",  kabi 

iboralar uchrab turadi.  

2. 

Tushuntira 

olish 

qobiliyati-o„qituvchining 

o„quv 


materialini 

o„quvchilarga  tushunarli  qilib bayon  etishi,  material  yoki  muammoni  ularga  aniq 

va  tushunarli  qilib  aytib  berish,  o„quvchilarda  mustaqil  ravishda  faol  qiziqish 

uyg„otish qobiliyatidir.  

O„qituvchi  zarur  hollarda  o„quv  materialini  o„zgartira  olishi,  qiyin  narsani 

oson, murakkab narsani oddiy, noaniq narsani tushunarli qilib o„quvchilarga etkaza 

olishi darkor.  

O„qituvchi  o„quvchining  mustaqil  fikrlashini  rag„batlantira  oladi.  Lekin, 

ayrim  hollarda  shunday  fikrlarni  uchratamiz:  "o„qituvchi  opamiz  hech  narsaga 

yaramas edilar, yo„l-yo„lakay biror narsani mutlaqo tushuntirib bera olmasdilar."  

O„quvchilar ruhiyatini hisobga olib borish bu qobiliyatlarga asos qilib olinadi. 

qobiliyatli  pedagog  o„quvchilarning  bilim  va  -kamolot  darajasini  hisobga  oladi, 

ularning  nimani  bilishlari  va  hali  nimani  bilmasliklarini,  nimani  unutib 

qo„yganliklarini tasavvur etadi. Ko„pchilik o„qituvchilarga, ayniqsa tajribasi katta 

o„qituvchilarga, o„quv materiali oddiy tushunarli va qandaydir alohida izohni talab 

etmaydigandek tuyulmaydi.  

Qobiliyatli,  tajribali  o„qituvchi  o„zini  o„quvchining  o„rniga  quya  oladi,  u 

kattalarga  aniq  va  tushunarli  bo„lgan  narsaning  o„quvchilarga  tushunarsiz  va 

mavhum bir narsa bo„lishi mumkin ekanligiga asoslanib ish tutadi. SHuning uchun 

u bayon etishni xarakter va shaklini alohida o„ylab chiqadi hamda rejalashtiradi.  

Qobiliyatli  o„qituvchi  materialni bayon  etish  jarayonida turli o„quvchilarning 

tushuntirilayotgan  materialni  qanday  o„zlashtirayotganlarini  qator  belgilar  asosida 

to„g„ri aniqlab oladi va zarurat tug„ilgan hollarda bayon qilish usulini o„zgartiradi. 

SHuningdek  qobiliyatli  o„qituvchi  o„quvchilarning  saboqni  o„zlashtirib  olishlari 

uchun zamin tayyorlab, ularning dam olishdan ishga o„tishlari bo„shashish, lanjlik, 

loqaydliklariga  barham  berish  uchun  minimal  darajada  vaqt  ajratish  zaruratini 

hisobga  oladi.  U  tegishli  vaziyat  yuzaga  kelmagunga  qadar  ish  boshlamaydi. 


Masalan,  darsning  haddan  tashqari  zuriqish  bilan  va  kuchli  boshlanishi 

o„quvchilarda muhofaza qiluvchi tormozlanish deb atalmish holatiga sabab bo„ladi, 

miya  faoliyati  tormozlanadi  va  o„qituvchining  so„zlari  etarli  darajada  idrok 

qilinmaydi.  



3.  Ko„zatuvchanlik  qobiliyati  o„quvchining  tarbiyalanuvchining  ichki 

dunyosiga  kira  olish  qobiliyati  o„quvchi  shaxsini  va  uning  vaqtinchalik  ruhiy 

holatlarini  juda  yaxshi  tushuna  bilish  bilan  bog„liq  bo„lgan  psixologik 

ko„zatuvchanlikdir.  qobiliyatli  o„qituvchi  uncha  katta  bo„lmagan  tashqi 

ko„rinishlar  asosida  o„quvchining  ichki  holatidagi  juda  arzimagan  o„zgarishlarini 

ham  faxmlab  oladi.  o„quvchilarning  ba‟zan  shunday  gaplarini  eshitamiz: 

"qaramayottanga uxshaydi-yu, hamma narsani ko„rib turadi", "o„qituvchimiz biror 

o„quvchining xafa bo„lganini yoki dars tayyorlamaganligini ko„zidan biladi".  



4.  Nutq  qobiliyati  -  nutq  yordamida  shuningdek  imo-ishora  vositasida  o„z 

fikr va tuyg„ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyatidir. Bu o„qituvchilik kasbi 

uchun  juda  muhimdir.  o„qituvchining  nutqi  darsda  hamisha  o„quvchilarga 

qaratilgan  bo„ladi.  o„qituvchi  yangi  mavzuni  tushuntirayotgan,  o„quvchining 

javobini tahlil qilayottan, ma‟qullayottan yoki qoralayottan bo„lsa ham uning nutqi 

hamisha o„zining ichki kuchi, ishonchi, o„zi gapirayottan narsaga qiziqayotganligi 

bilan ajralib turadi.  

Fikrlar  ifodasi  o„quvchilar  uchun  aniq,  sodda,  tushunarli  bo„ladi. 

o„qituvchining  bayoni  o„quvchilar  fikri  va  diqiqatini  yuqori  darajada 

faollashtirishga  qaratiladi.  O„qituvchi  o„quvchilar  oldiga  savollar  qo„yib,  ularni 

asta-sekin to„g„ri javob berishga olib boradi, o„quvchining diqqatini ishga soluvchi 

hamda  fikrini  faollashtiruvchi  so„z  va  iboralar  qo„llaniladi.  o„qituvchi  o„zundan 

o„zok  jumlalar,  murakkab  so„z  birikmalari,  murakkab  iboralarni  qo„llashdan 

qochadi.  O„rinli  yumor,  hazil,  engilgina  istehzo  nutqni  jonlantirib  yuboradi,  uni 

o„quvchilar  yaxshi  qabo„l  qiladilar.  o„qituvchining  nutqi  aniq,  jonli  obrazli, 

talaffo„zi  jihatidan  erkin  ifodali,  hic-hayajonli  bo„lib,  unda  stilistik,  grammatik, 

fonetik  nuqsonlar  uchramasligi  lozim.  Bir  xildagi  cho„ziq  zeriktiradigan  nutq 

o„quvchilarni  tez  charchatadi,  ularni  lanj,  loqayd  qilib  qo„yadi.  Ayrimlar  tez, 



ayrimlar sekin gapirishga moyil bo„ladilar. O„quvchilarning o„zlashtirishlari uchun 

o„rtacha, jonli nutq yaxshi natija beradi. Haddan tashqari keskin va baqiroq nutqu 

o„quvchilar asabini bo„zadi, toliqtirib qo„yadi.  

5.  Tashkilotchilik  qobiliyati  -  birinchidan  o„quvchilar  jamoasini uyushtirish 

muhim  vazifalarini  hal  etishga  ruhlantirishni,  ikkinchidan  o„z  ishini  to„g„ri 

uyushganligini nazarda tutadi.  

o„z  ishini  tashkil  etish  deganda ishni to„g„ri  rejalashtira  olish va uni nazorat 

qila  bilish  nazarda  to„tiladi.  Tajribali  o„qituvchilarda  vaqtni  o„ziga  xos  his  etish 

ishlanmasini  vaqtga qarab to„g„ri taqsimlay olish, belgilangan muddatda ulgurish 

xususiyati hosil bo„ladi.  

Dars  davomida,  kutilmaganda  ortiqcha  vaqt  sarflash  hollari  uchrab  turadi. 

Ammo tajribali o„qituvchi zarur hollarda darsning rejasini o„zgartira oladi.  

b.  Obro„  orttira  olish  qobiliyati  -  o„quvchilarga  bevosita  emostional 

irodaviy  ta‟sir  ko„rsatish  va  shu  asosda  obru  orttira  olishdir.  Obru  faqat  shu 

asosdagina  emas,  balki  o„qituvchining  fanni  yaxshi  bilishi,  mehribonligi, 

nazokatligi va hakozolar asosida ham qozoniladi. Avtoritar qobiliyatlar o„qituvchi 

shaxsiy sifatlarining butun bir irodaviy sifatlariga (dadilligi, chidamligi, qat‟iyligi, 

talabchanligi  va  hakozolar)  shuningdek  o„quvchilarga  ta‟lim  -  tarbiya  berish 

mas‟uliyatini  his  etishga  o„zini  haq  ekanligiga  ishonishga,  bu  ishonchni 

o„quvchilarga etkaza olish kabilarga ham bog„liq.  

o„quvchilar  qo„pollik  qilmaydigan,  qo„rqitmaydigan,  to„g„ri  talab  qo„ya 

oladigan o„qituvchini hurmat qiladilar.  



7.  Kommunikativ  -  to„g„ri  muomala  qila  bilish  qobiliyati.  Bolalarga 

yaqinlasha  olish,  ular  bilan  pedagogik  nuqtai  nazardan  juda  samarali  o„zaro 

munosabat o„rnata bilish pedagogik nazokatning mavjudligini bildiradi.  

8.  Kelajakni  ko„ra  bilish  qobiliyati  -  o„z  harakatlarining  oqibatlarini 

oldindan kurishda, o„quvchining kelgusida qanday odam bo„lishi haqidagi tasavvur 

bilan  bog„liq  bo„lgan  shaxsni  tarbiyalab  etishtirishda,  tarbiyalanuvchining  qanday 

fazilatlarini  taraqqiy  etishini  oldindan  aytib  bera  olishda  ifodalanadigan  maxsus 



qobiliyat.  By  qobiliyat  pedagogik  optimizmga,  tarbiyaning  qudratiga,  odamga 

ishonish bilan bog„liq bo„ladi.  



9.  Diqqatni  taqsimlash  qobiliyati  -  o„qituvchi  uchun  diqqatning  barcha 

xususiyatlari  hajmi,    kuchi,    idora  qilina  olishi  ham  taraqqiy  etgan  bo„lishi 

muhimdir.  

Diqqat  ayni  bir  vaqtda  faoliyatning  bir  qancha  turlari  o„rtasida  taqsimlanish 

qobiliyati o„qituvchining ishi uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Qobiliyat tajribali 

o„qituvchi mavzuni bayon qilish mazmunini va formasini o„z fikri yoki o„quvchi 

fikrini  diqqat  bilan  ko„zatadi,  ayni  vaqtda  barcha  o„quvchilarni  o„z  diqqat 

e‟tiborida  tutadi,  toliqish,  e‟tiborsizlik  tushkunlik  alomatlarini  hushyorlik  bilan 

ko„zatib boradi, barcha intizom bo„zish hollarini e‟tibordan qochirmaydi, nihoyat 

shaxsiy  hatti    harakatlarini  ko„zatib  boradi.  Tajribasiz  o„qituvchi  ko„pincha 

materialni bayon qilishga berilib ketib o„quvchilarni e‟tibordan chetda qoldiradi.  

O„qituvchi  yuqoridagi  qobiliyatlardan  tashqari  sabr  -  toqatli,  irodali  bo„lishi 

va  ibrat  -  namuna  bo„la  olish  qobiliyatiga  ega  bo„lishi  lozim.  o„qituvchi 

o„quvchilarni o„zining shaxsiy namunasi, o„z shaxsiy hulq atvori va butun shaxsi 

bilan  ham  tarbiyalaydi.  Bolalar  uchun  o„qituvchining  har  bir  hatti  harakati 

namunadir.  Bu  xolat  o„qituvchidan  bolalarga  nisbatan  juda  ziyrak  munosabatda 

bo„lishni talab etadi. SHuning uchun o„qituvchi o„zi o„qitadigan fanni mO„qammal 

bilish  bilan  birga  yuksak  axloqiy,  ma‟naviy  pok,  irodali,  nazokatli,  sabr  toqatli, 

qat‟iyatli, mehnatsevar, kamtar bo„lishi lozim.  

O„qituvchining  irodasi  va  ahamiyatiga  to„xtalib  o„tgan  maqsadga  erishish 

yo„lida  turgan  qarama-qarshiliklarning  bartaraf  qilish  uchun  zo„r  berish  bilan 

bog„liq bo„lgan va ma‟lum maqsadga qaratilgan ongli hayotiy harakatlar irodaviy 

harakatlar deb nomlanadi. O„qituvchida irodaviy sifatlarning musaqillik, didaktik, 

qat‟iylik, o„zini tuta bilish kabi muhim tomonlari bo„lishi kerak.  

Mustaqillikning  mohiyati  shundan  iboratki,  o„qituvchi  o„zining  ish 

harakatlarning  tevarak  atrofdagilarning  taziyini,  tasodifiy  taassurotlar  bilan  emas, 

balki  o„z  ishonch  aqidalari,  bilimlari  va  shu  vaqtda  qanday  ish  tutish  kerakligi 

haqidagi tasavvurlarga asoslanib belgilaydi.  



Dadillikda  o„qituvchi  o„z  vaqtida  va  ortiqcha  ikkilanishlarsiz  etarli  darajada 

asoslangan qarorga keladi va shundan so„ng ularni o„ylab hayotta tadbiq etadi.  

Dadillik bilan bir qatorda qat‟iylik ham ishni muvaffaqiyatli amalga oshirishni 

ta‟minlovchi  muhim  sifatdir.  Maqsadga  erishadigan  qiyinchiliklar  uni 

hayiqtirmaydi,  maqsad  sari  intilaveradi.  Irodaviy  faoliyatning  yuksak  darajasi 

o„zini tuta bilishdir.  

o„qituvchining  sobitlilik,  o„zini  tuta  bilish,  hic-tuygulari,  kayfiyati 

kechinmalarini,  temperamentini  boshqara  olish  sifatlari  juda  muhimdir.  Har 

qanday  vaziyatda  o„zini  tuta  oladigan,  o„zini  yo„qotmaydigan,  kupam 

asabiylashmaydigan  va  bolalarning  asabini  ham  bo„zmaydigan  o„qituvchini 

o„quvchilar afzal ko„radilar.  

Nerv  sistemasining  tipi  (temperament)  g„oyat  barqaror,  uni  xoxlagan  paytda 

tez  o„zgartirib  bo„lmaydi.  Ammo  uni  qandaydir  ma‟noda  boshqarish,  jumladan 

salbiy  tip  ko„rinishlarini  tutib  turish  mumkin.  o„z  tipidagi  ijobiy  tomonlaridan 

foydalana  oladigan  va  salbiy  tomonlariga  barham  bera  biladigan,  nerv  sistemasi 

istalgan tipining namoyondasi bo„lgan kishi o„qituvchi bo„lishi mumkin.  

o„qituvchi  ishining  muvaffaqiyatiga  bu  tiplardan  tashqari,  yuzaga  keladigan 

vaqtincha  psixik  holatlar  (kayfiyat)  ham  ta‟sir  ko„rsatadi.  o„qituvchilar  kayfiyati 

yomon  bo„lsa,  ularning  darslari  ham  yurishmasligini  biladilar.  Buni  o„quvchilar 

ham sezadilar  ularga ta‟sir qiladi.  

O„qituvchi ayrim hollarda xunob bo„lishi va g„azablanishi ham mumkin, lekin 

shu vaqt ham o„zini yo„qotmasligi kerak, qo„pollik va haqoratga o„tmasligi lozim.  

O„qituvchi  bO„qilmas  irodaviy  xususiyatga  ega  bo„lishi,  hayot  va  faoliyatda 

aslo  og„ishmasdan  maqsadni  hatti  harakatlarni  amaliyotda  qo„llashi  lozim. 

o„qituvchining sabr toqatlilik xususiyati ushbu hollarda qamrab olinishi mumkin:  

 

turli 



xususiyatlardan 

tashkil 


topgan 

sinfni 


jamoa 

sifatida 

shakllantirishda; 

 

o„qituvchining  xulq  atvoriga,  o„zlashtirish  darajasiga,  o„qishga 



munosabatiga, o„ta faolligi (sustligiga) vazminlik bilan yondashishda; 

 

shaxslararo munosabatdagi har xil nizoli, ziddiyatli holatlarga nisbatan 

shaxsiy fikrini bildirishda, ularning oldini olishda; 

 

maktab 



ichki 

rejimiga 

jamoatchilik 

topshiriqlariga, 

rag„batlantirishning  zaifligiga,  ba‟zi  illatlar  kurinishga  toqat  qilib  faoliyat 

ko„rsatishda; 

 

milliy  an‟analar  bilan  zamonaviylik  o„rtasidagi  ziddiyatda  va 



boshqalarda.  

O„qituvchining  andishalilik  xususiyati  muhim  rol  o„ynab,  u  pedagogik 

faoliyatning mazmundorligi, uning ta‟sirchanligi mezoni bo„lib hisoblanadi. 

O„qituvchining andishaliligi bir qancha holatlarda ifodalanishi mumkin:  

 

o„quvchi yoki ota-onaga etkazilishi, o„zatilishi mo„ljallangan axborot, xabar, 



ma‟lumotga  o„qituvchining  kasbiy  nufo„ziga  zarar  keltirishi  ehtimoli  nuqtai 

nazardan kelib chiqqan holda yondoshiladi; 

 

o„quvchi  shaxsiyatiga,  o„qishga  munosabatiga,  snnf  jamoasi  o„rtasidagi 



nufo„zga sezilarli xalal berish ehtimoli mavjudligini hicobra olishda; 

 

ota-onalar  bilan  oila  sha‟niga  nisbatan  salbiy  kechinmalar  paydo  bo„lishini 



e‟tiborda tutishda; 

 

oilaviy  nizolar,  mojarolar,  ziddiyatlar,  janjallar  oldini  olish,  ularning 



oqibatlarini tushunishda; 

 

shaxslar munosabat, muomala, muloqot sharoitini bo„zilishi va boshqa nozik 



holatlarni anglatadi va hakozo.  

O„qituvchining  andishaligini,  andishaning  oti  qo„rqoq  qabilida  tutmasligi 

kerak.  

Bag„rikenglik o„qituvchining bag„rikenglik xususiyati xulq odob ko„rinishlari, 

noxulq  kechinmalari,  ziddiyatlar  oqibatlarini  ruhiy  dunyodan  chiqarib  tashlashda 

kurib ko„rmaslikka, sezib sezmaslikka olishda ko„zga tashlanadi.  

Samimiylik o„qituvchining maktab, sinf, turar joyda yuzaga kelayotgan ijobiy 

taraqqiyparvar  voqealarga  va  hodisalarga  nisbatan  ilk  munosabatini,  undagi 

samimiylikni ifodalaydi.  

Uning asosiy mohiyati quyidagi hollarda ifodalanadi:  



 

hamkasblar faoliyati, yutuqlariga nisbatan xayrixoxlikda;  

 

shogirdlar yutuqlariga munosabatining tabiiyligida; 



 

kishilarning  xulqi,  tadbirkorligi  ishbilarmonligi  kabi  fazilatlar  va 

xususiyatlarni xolisona baholashda; 

 

el, yurt, xudud, jamoa, rypyh, zafarlariga jahon stivilizastiyasi va turli 



mohiyatdagi yaqqol voqeliklarga odilona munosabatda bo„lish va h.k.  

 

Empatiya va persteptiv kobiliyatlar. 

Falsafa tarixida qobiliyat o„zoq davrgacha “o„zgarmas irsiyat”, nasldan-

naslga o„tuvchi alohida kuch sifatida talqin etilgan..Bunday qarashlar dastlab ingliz 

faylasufi J. Lokk va fransto„z materialistlari tomonidan tanqid qilingan.Qobiliyatni 

rivojlantiruvchi anatomik-fiziologik xususiyatlari tug„ma bo„ladi. 

Empatiya - boshqa odamlarning psixik holatlarini tushunish va ularga 

hamdardlik qilish qobiliyatidir.(Birgalikda dardlashmoq.) 



Persteptiv - idrok jarayonining asosiy to„zilishi 1-chi bo„lib, bu idrok 

ob‟ektlarini bilib olish va uni xotira obrazlari bilan solishtirishdan iboratdir. 



Didaktik  qobiliyat  -    o„quvchilar  bilan  muloqot  qilishda,  pedagogikaning 

ta‟lim qonuniyatlarini ham metodlarini o„rgangan holda,kishining ta‟lim bera olish 

qobiliyatidir shu  bilan  birga  ibratli  dars  berishi. 

Konstruqtiv – o„qituvchining o„z ishini rejalashtira olishidir. 

Pedagogik faoliyat va uning tarkibiy to„zilmasi. 

Kasbiy-pedagogik 

faoliyatning 

muvaffaqiyati 

xususiy 

pedagogik 

qobiliyatlarga  bog„liq  bo„ladi.  Pedagogik  qobiliyatlarning  quyidagi  guruhlari 

farqlanadi: 

 

ob‟ektga (talabaga) nisbatan sezgirlik; 



  kommunikativlik – insonlarga yuz tutish, xayrixohlik, muomalalik; 

  persteptiv qobiliyatlar – kasbiy etO„qlik, empatiya, pedagogik tuyg„u; 

  shaxs  dinamikasi  –  irodaga  ta‟sir  eta  olish  va  mantiqiy  ishontira  olish 

qobiliyati; 

  hissiy barqarorlik - o„zini boshqara olish; 


  kreativlik – ijodiy ish qobiliyati. 

Pedagogning xususiy qobiliyatlariga bilim, malaka va ko„nikmalarni 

egallash faoliyati va shaxsni tarbiyalash qobiliyati ham tegishlidir. 

o„qitish, o„rganish va o„rgatish bo„yicha qobiliyatlariga quyidagilar kiradi: 

  talabani tushunishni ko„rish va sezish, bunday tushunishning darajasini va 

xarakterini o„rnatish qobiliyati; 

 

o„quv materialini mustaqil tanlab olish, o„qitishning samara beruvchi usul 



va metodlarini belgilash qobiliyati; 

  materialni  etarli  bayon  qilish,  uning  barcha  talabalarga  tushunarliligini 

ta‟minlash qobiliyati; 

  talabalarning  individualligini  hisobga  olgan  holda  o„qitish  jarayonini 

tashkil etish qobiliyati; 

 

o„qitish jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish qobiliyati; 



  talabalarning katta odimlar bilan rivojlanishini tashkil etish qobiliyati; 

 

o„zining pedagogik mahoratini takomillashtirish qobiliyati; 



 

o„zining tajribasini boshqalar bilan baham ko„rish qobiliyati; 

  mustaqil ta‟lim olish va mustaqil takomillashish qobiliyati. 

 

Pedagogik jarayonga qaratilgan pedagogik qobiliyatlarga quyidagilar 

kiradi: 

  boshqa  insonning  ichki  holatini  to„g„ri  baholash,  unga  hamdardlik 

bildirish, hamnafas bo„lish qobiliyati (empatiya qobiliyati); 

  taqlid qilish uchun namuna bo„lish qobiliyati; 

  tarbiya jarayonida individual xususiyatlarni inobatga olish qobiliyati; 

  muloqotning  lozim  topilgan  uslubini,  o„z  o„rnini  topish,  kelisha  olish 

qobiliyati; 

  hurmat qozonish, talabalar o„rtasida obro„ga ega bo„lish qobiliyati. 

Pedagogik  qobiliyatlar  ichida  pedagogik  muloqotga  bo„lgan  qobiliyat  alohida 

ajralib turadi. 



O„qituvchining talabalar bilan davomiy va samarali aloqalarini tashkil etishni 

kommunikativ qobiliyat bilan bog„laydilar. 



Kommunikativ  qobiliyat –  bu pedagogik  o„zaro  aloqalar doirasidagi  o„ziga 

xos tarzda namoyon bo„ladigan muloqot qobiliyatidir. 

Psixologiyaga oid  adabiyotlarda  kommunikativ  qobiliyatlarning  bir  necha 

guruhlari farqlanadi: 

1.  Kishining  boshqa  kishini  bilishi.  Bu  qobiliyatlar  guruhida  kishiga  shaxs 

sifatida,  shaxsning  alohida  qiyofasi,  motivi  va  xatti-harakatlariga  baho  berishni, 

kishining tashqi ko„rinishi, xulqi va ichki dunyosi nisbatiga baho berishni; savlati, 

imo-ishora, mimika, pantomimikasini «o„qiy» olishni qamrab olinadi. 

2. Kishining o„z-o„zini bilishiU o„z bilimlarini, qobiliyatlarini o„z xarakteri 

va o„z shaxsining boshqa qirralarini hamda tashqaridan va uning atrofidagi kishilar 

unga  nisbatan  qanday  baho  berishi  lozim  bo„lsa,  shunday  baho  berishni  ko„zda 

tutadi. 

3.  Muloqot  vaziyatini  to„g„ri  baholay  olish.  Bu  vaziyatni  ko„zatish,  uning 

ko„proq axborot beradigan belgilarini tanlash va unga diqqatni jalb qilish; yuzaga 

kelgan  vaziyatning  sostial  va  psixologik  mundarijasini  to„g„ri  idrok  etish  va 

baholash qobiliyatidir. 

O„qituvchi faoliyati turlari 

 Oliy maktab o„qituvchisining kasbiy faoliyati turli yo„nalishlarda bo„ladi. Ulardan 

eng muhimlari tubandagilar: 

O‘quv  pedagogik  faoliyat.  Bu  faoliyat  jamiyat  talablariga  mos  ravishda  oliy 

maktabda  o„quv  jarayonini  tashkil  etishga  yo„naltiriladi.  Oliy  maktabdagi  o„quv 

jarayoni  uchun  o„quv  va  ilmiy-tadqiqot  ishlarining  o„zviy  bog„liqligi,  talabalar 

faolligi  va  mustaqil  ishlari  ijodiy  potenstial  bo„lgan  shaxs  ahamiyatini  oshirish 

xarakterlidir. 

Oliy maktabdagi pedagogik faoliyatda nazariy va amaliy faoliyat qo„shib olib 

boriladi. Nazariy faoliyat yangi qonuniyatlarni ochish bilan bog„lanadi. 

Amaliy  faoliyat  muayyan  vaziyatlarni  yangilashga  va  pedagogik  vazifalar 

tizimini hal qilishga yo„nalgan bo„ladi.  


O„qituvchi  konkret  fanni  boshqa  o„quv  fanlari  bilan  o„zaro  bog„lagan  holda 

uning  o„qitilish  maqsad  va  vazifalarini  belgilaydi,  talabaning  o„quv-bilish 

faoliyatini  jonlantirishni  ta‟minlaydigan  o„qitishning  mazmuni,  zamonaviy  shakl 

va metodlarini o„ylab topadi.  

O„qituvchi o„quv-pedagogik faoliyatining o„ziga xosligi uning ilmiy-tadqiqot 

ishlarida  faol  ishtirok  etishidir.   Oliy  maktab o„qituvchisining  pedagogik  faoliyati 

tavsifida  olimlar,  odatda,  N.V.Ko„zmina  va  Z.F.  Esarova  tadqiqotlariga 

tayanadilar. Ular quyidagi komponentlarni farqlaydilar: 

 

konstrO„qtivlik; 



 tashkilotchilik; 

 ilmiy bilish; 

 kommunikativlik. 

KonstrO„qtivlik  komponenti  ilmiy-tadqiqot,  o„quv-tarbiya  ishlarida 

loyihalash yoki o„z konstrO„qstiyalash malakalarida ko„rinadi. 



Loyihalash  malakasi  –  bu  ilmiy  izlanishni  yoki  o„quv-tarbiya  jarayonini 

modellashtirishning  intellektual  malakalaridir.  o„qituvchining  loyihalash  malakasi 

Z.F.Esarova tomonidan tadqiq etilgan.  

Oliy  maktab  o„qituvchisi  faoliyatini  tavsiflash  va  baholash  uchun  quyidagi 

sathlardan foydalaniladi: 

 

reprodO„qtiv. 



Bunda 

o„qituvchi 

faqat 

o„zining 



axborotlarini 

loyihalashtiradi, lekin auditoriyadagi talabalarning saviyalarini hisobga olmaydi; 

  moslashuvchan.  Bu  sathda  o„qituvchi  o„quv  axborotlarini  auditoriyadagi 

talabalarning saviyalariga mos qilib modellashtiradi; 

  lokal-modellashtirish.  Bu  sathda  o„qituvchi  axborotlarni  bayon  qilibgina 

qolmaydi,  balki  ayrim  masalalar  bo„yicha  bilim,  malaka  va  ko„nikmalar  tizimini 

modellashtira olishi lozim; 

  tizimli-modellashtirilgan  bilim.  Bu  sathda  konkret  fanni  o„zlashtirish 

uchun zarur bo„lgan o„z faoliyati va talabalar faoliyati tizimini modellashtiradi; 

  tizimli-modellashtirilgan  faoliyat.  Bu  sathda  o„qituvchi  talabalar  bilan 

birga barcha o„quv-tarbiya ishlari tizimini modellashtira oladi. 


Tashkilotchilik  faoliyati.  Bunday  faoliyat  ilmiy  izlanish  va  o„quv-tarbiya 

jarayonini aniq rejalashtirish va tashkil etish malakasida ko„rinadi. Bu o„qituvchi, 

talaba va boshqa olimlarning o„zaro aloqador faoliyatidir.  

Tashkilotchilik  faoliyati  o„zini,  o„zining  vaqtini;  talabalarning  individual, 

guruh, kollektiv ishini; birgalikdagi tadqiqotlarini amalga oshirish uchun kadrlarni 

tanlab  olish  va  ularning  vazifalarini  belgilab  berishni  tashkil  etish  malakasida 

namoyon bo„ladi. 

Tashkilotchilik  faoliyatining  asosiy  vazifasi  shu  faoliyat  ishtirokchilarining 

xatti-harakatlarini integrastiyalashdir.  

Ilmiy-bilish  faoliyati.  Bu  faoliyat  atrof-olamni  va  o„zini  chuqur  va  har 

tomonlama bilish malakasida ko„rinadi. 

o„qituvchi o„z tadqiqotlari, talabalar va aspirantlarning ilmiy faoliyati jarayoni 

va natijalarini tahlil qiladi. 



Kommunikativlik  faoliyati.  Bu  faoliyat  safdoshlari  va  talabalar  bilan 

maqbo„l o„zaro aloqalarni belgilash malakasini ko„zda tutadi. 

Kommunikativlik  faoliyati  asosida  o„qituvchining  o„z-o„zini  boshqarish 

qobiliyati yotadi. Tadqiqotchilar pedagogik vazifani pedagogik jarayonning asosiy 

birligini namoyon etadigan o„ziga xos tizim sifatida izohlaydilar. 

V.A.Slastenin  pedagogik  vazifa  deganda,  bilish,  voqelikni  yangilash 

(o„zgartirish) maqsadi bo„lgan o„ylangan pedagogik vaziyatni tushunadi. 

o„qituvchining  maqsadga  yo„nalgan  faoliyatida  pedagogik  vazifaning: 



strategik, taktik va operativ kabi uch katta guruhi farqlanadi. 

Strategik  vazifa.  Bu  o„ziga  xos  ulkan  vazifa.  Strategik  vazifalar  ta‟limning 

umumiy  maqsadlaridan  kelib  chiqadi.  U  jamiyat  rivojlanishining  ob‟ektiv 

ehtiyojlarini aks ettiradi. Bu vazifalar pedagogik faoliyatning dastlabki maqsadi va 

yakuniy natijalarini aniqlab beradi. 

Joriy pedagogik jarayonda strategik vazifalar taktik vazifalarga aylanadi. 

Taktik vazifalar ta‟limning yakuniy natijalarini ta‟minlashga yo„nalganligini 

saqlab qolgan holda strategik vazifalarning u yoki bu bos-  qichida hal qilinadigan 

vazifalardir. 


Operativ vazifalar pedagog amaliy faoliyatida joriy va birinchi       navbatda 

hal qiladigan vazifalardir.  

Oliy  maktab  o„qituvchisining  kasbiy  faoliyat  tahlili  shuni  ko„rsatadiki,  bu 

kasb o„ta murakkab  hamda o„ta ijodiy kasbdir. 



 

 

 



 

 

 



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 

 

1.  I.A.Karimov  «O„zbekiston  buyuk  kelajak  sari».T.O„zbekiston 

1998 y.  

2.  Barkamol avlod orzusi. Toshkent SHarq 1999 y. 

3.  Karimov  I.A.  «Halollik  va  fidoyilik  faoliyatimizning  asosiy 

mezoni bo„lsin» Toshkent, «O„zbekiston» 1994 y. 

4.  Karimov I.A. «Adolatli jamiyat sari» 

5.  Davlatshin  M.G.  «O„kuvchilarda  qobiliyatni  tarkib  toptirish». 

T.,o„qituvchi  1996 y. 

6.   Maxmud  Xasaniy.  «Odob  bo„stoni  va  ahloq  gulistoni»,  Fan. 



1994 y.  

Download 376,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish