Pedagogik qobiliyat, uning kasbiy faoliyatdagi roli. Shaxsning individual xususiyatlari va ularni diagnostika qilish. Xarakter, temperament va


Temperament va faoliyatning individual xususiyatlari



Download 376,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana14.10.2019
Hajmi376,83 Kb.
#23534
1   2   3
Bog'liq
pedagogik qobilyat uning kasbiy faoliyatidagi roli .shahsning individual hususiyatlari va ularni diagnostika qilish. xarakter temperament va qobilyatlarini bilishning ahamiyati


 

Temperament va faoliyatning individual xususiyatlari 

SHaxsning  individual  xususiyatlari  haqida  gap  ketganda,  ularning  tug„ma, 

biologik xususiyatlariga alohida e‟tibor beriladi. CHunki aslida bir tomondan shaxs 

ijtimoiy mavjudot bo„lsa, ikkinchi tomondan - biologik yaxlitlik, tug„ma sifatlarni 

o„zichiga olgan substrat - individ hamdir. Temperament va layoqatlar individning  

dinamik  -  o„zgaruvchan  psixik  faoliyati  jarayonini  ta‟minlovchi  sifatlarini 

o„zichiga oladi. Bu sifatlarning ahamiyati shundaki, ular shaxsda keyin ontogenetik 

taraqqiyot  jarayonida  shakllanadigan  boshqa  xususiyatlarga  asos  bo„ladi.  Odam 

temperamentiga  aloqador  sifatlarning  o„ziga  xosligi  shundaki,  ular  odam  bir 

faoliyat  turidan  ikkinchisiga,  bir  emostional  holatdan  boshqasiga,  bir  malakalarni 

boshqasi bilan almashtirgan paytlarda reakstiyalarning egiluvchan va dinamikligini 

ta‟minlaydi va shu  nuqtai nazardan   karaganda  temperament -  shaxs faoliyati  va 



xulqining  dinamik  (o‘zgaruvchan)  va  emostional  -  hissiy  tomonlarini 

xarakterlovchi individual xususiyatlar majmuidir. 

Temperament  xususiyatlari  shaxsning  ichki  tuzilmasi  bilan  bevosita  bog„liq 

bo„lib,  ularning  namoyon  bo„lishi  uning  konkret  vaziyatlarga  munosabatini, 

ekstremal vaziyatlarda o„zini qanday tutishini belgilab beradi. Masalan, inson turli 

vaziyatlarda  o„zini  turlicha  tutadi:  oliy  o„quv  yurtida  talabalar  safiga  qabul 

qilganligi  to„g„risidagi  axborotni  eshitgan  bolaning  o„zini  tutishi,  yoki  hayotning 

ogir  sinovlari  (yaqin  kishining  ulimi,  ishdan  haydalish,  do„stning  xoinligi  kabi) 

paytida  odam  beixtiyor  namoyon  qiladigan  reakstiyalari  uning  temperamentidan 



kelib  chiqadi.  SHuning  uchun  ham  ikkala  vaziyatni  ham  kimdir  og„ir-bosiqlik 

bilan,  boshqasi  esa  o„zini  yo„qotgudek  darajada  his-hayajon  bilan  boshidan 

kechiradi.  SHuning  uchun  ham  temperamentning  shaxs  shakllanishi  va  ijtimoiy 

muhitda  o„ziga  xos  mavqeni  egallashidagi  ahamiyati  juda  katta.  O„zini  bosib 

olgan,  hayot  qiyinchiliklarini  sabr-bardosh  bilan  ko„taradigan  insonning  odamlar 

orasidagi obro„si ham baland bo„ladi. Bu uning o„z-o„ziga nisbatan hurmatini ham 

oshiradi,  ishga,  odamlarga  va  narsalarga  munosabatini  takomillashtirib  borishiga 

imkon  beradi.  Temperamentning  yana  bir  ahamiyatli  jihati  shundaki,  u  hayotiy 

voqealar  va  vaziyatlarni,  jamiyatdagi  ijtimoiy  guruhlarni  «yaxshi  -  yomon», 

«ahamiyatli  -  ahamiyatsiz»  mezonlari  asosida  ajratishga  imkon  beradi.  YA‟ni, 

temprament  odamning  ijtimoiy  ob‟ektlarga  nisbatan  «sezgirligini»  tarbiyalaydi, 

professional mahorat va kasb malakasining oshib borishiga yordam beradi. 

Temperamental  xususiyatlar  aslida  tug„ma  hisoblansada,  shaxsga  bevosita 

aloqador  va  anglanadigan  bo„lgani  uchun  ham  ma‟lum  ma‟noda  o„zgarib  boradi. 

SHuning uchun ham tug„ilgan chog„ida  sangvinikka o„xshash harakatlar namoyon 

qilgan  bolani  umrining  oxirigacha  faqat  shundayligicha  qoladi,  deb  bo„lmaydi. 

Demak, har bir temperament xususiyatlarini va uning shaxs tizimga aloqasini bilish 

va shunga yarasha xulosalar chiqarish kerak. 

Akademik  I.  Pavlov  temperament  xususiyatlarini  belgilab  beruvchi  uch  oliy 

nerv tizimi xossalarini ajratgan edi: 

 

k  u  ch,  ya‟ni  nerv  tizimining  kuchli  ko„zgatuvchilar  ta‟siriga 

bardoshi, shunga ko„ra odamlardagi mehnatga yaroklilik, chidam kabi sifatlarning 

namoyon bo„lishi: 

 

m u v o z a n a t l a sh g a n l i k, ya‟ni asabdagi tormozlanish va 

ko„zgalish  jarayonlarining  o„zaro  mutonosibligi,  shunga  ko„ra,  o„zini  tuta  olish, 

bosiqlik kabi sifatlar va ularga teskari sifatlarning namoyon bo„lishi; 

 

x  a  r  a  k  a  t  ch  a  n  l  i  k  ,  ya‟ni  ko„zgalish  va  tormozlanish 

jarayonlaridagi  o„zaro  almashinish  jarayonining  tezligi  va  harakatchanligi 

ma‟nosida. Quyidagi rasmda nerv jarayonlari bilan temperament tiplari o„rtasidagi 

o„zaro bog„liqlik asosida temperament tiplari aks ettirilgan. 



6 - rasm 

N E R V   S I S T E M A S I N I N G  T I P L A R I 

 

Muvozanatlash



gan 

muvozantsiz 

inert 

Kuchsi


 

sangvinik 



xolerik  

flegmatik 

Melanxolik 

 

T  E  M  P  E  R  A  M  E  N  T 

SHunday  qilib,  asab  tizimi  bilan  bog„liq  individual  sifatlarni  bilish  shart, 

chunki ular bevosita mehnat va o„qish jarayonlarini har bir inson tomonidan, uning 

manfaatlariga  mos  tarzda  tashkil  etishga  xizmat  qiladi.  Asabga  bog„liq  bo„lgan 

tabiiy  xususiyatlarmizni  ham  umuman  o„zgarmas  deb  aytolmaymiz,  chunki 

tabiatda o„zgarmaydigan narsaning  o„zi  yo„q.  SHuning uchun ham  oxirgi  yillarda 

o„tkazilayotgan  tadqiqotlarda  shaxs  tizimida  shunday  ma‟kul,  «hayotiy 

ko„rsatgichli»  xususiyatlar  tizimini  o„rganilmoqda  va  unda  temperamentga 

aloqador sifatlar ham nazarda tutilmoqda. Masalan, V.S. Merlin temperamentning 

psixologik tasnifi va ularning hayotiy vaziyatlarda namoyon bo„lishini boshqarish 

masalasida  ko„p  ishlar  qilgan.  Uning  fikricha,  insonda  mavjud  bo„lgan  faollik, 

bosiklik,  emostional  tetiklik,  hissiyotlarning  tezda  namoyon  bo„lishi  va 

o„zgaruvchanligi,  qayfiyatning  turgunligi,  behalovatlilik,  ishchanlik,  yangi  ishga 

kirishib  ketish,  malakalarning  tez  hosil  bo„lishi  kabi  qator  sifatlar  asosida 

shaxsdagi  o„sha  ekstroversiya  va  introversiya  xossalari  yotadi  va  ularni  ham 

o„zgartirish va shu orqali temperamentni boshqarish mumkin. 

SHulardan  kelib  chiqqan  xolda  shaxsning  mehnat  qilish  uslubini  tanlash  va 

professional  mahoratni  ustirishda  ayni  shularga  e‟tibor  berish  kerak.  Masalan, 

ba‟zilar  xoleriklarga  o„xshash  qiziqkon,  tezkor  bo„lishadi.  Uning  mehnat 

jarayonidagi ishini kuzatadigan bo„lsak, faollik, ishni tez bajarishga layoqat ijobiy 

bo„lsa,  uning  sifati,  chala  tashlab  ketish  havfi,  ba‟zi  tomonlariga  yuzaki  qarashi 

kishini uylantiradi. SHu nuqtai nazardan olib qaralganda, hayotda sof temperament 

ham  bo„lmaydi  va  u  yoki  bu  temperament  tipi  juda  yaxshi  ham  emas.  har  bir 

tipning  o„ziga  xos  nozik,  kuchsiz  tomonlari  va  shu  bilan  birga  kuchli,  ijobiy 


tomonlari ham bo„ladi. 

 

Xarakter va shaxs 

Kundalik  hayotimizda  tilimizda  «xarakter»  so„zi  eng  ko„p  ishlatiladigan 

so„zlardan.  Uni  biz  doimo  birovlarga  baho  bermoqchi  bo„lsak,  ishlatamiz.  Bu 

so„zning  ma‟nosini  olimlar  «bosilgan  tamg„a»  deb  ham  izoxlashadi.  Tamg„alik 

alomatlari nimada ifodalanadi o„zi? 

Xarakter  -  shaxsdagi  shunday  psixologik,  sub’ektiv  munosabatlar  majmuiki, 

ular  uning  borlikka,  odamlarga,  predmetli  faoliyatga  hamda  o‘z-  o‘ziga 

munosabatini 

ifodalaydi. 

Demak, 


«munosabat»  kategoriyasi  xarakterni 

tushuntirishda asosiy hisoblanadi. B.F. Lomovning ta‟biricha, xarakter shaxs ichki 

dunyosining  asosini  tashkil  etadi  va  uni  o„rganish  katta  ahamiyatga  ega. 

Munosabatlarning  xarakterdagi  o„rni  xususida  fikrlar  ekan,  V.S.Merlin  ularning 

mazmunida ikki komponentni ajaratadi:   

a)  emostional  -  kognitiv  -  borlik  muhitning  turli  tomonlarini  shaxs  qanday 

emostional his qilishi va o„zida shu olamning emostional manzarasini yaratishi; 

b)  motivastion  -  irodaviy  -  ma‟lum  harakatlar  va  xulqni  amalga  oshirishga 

undovchi  kuchlar.  Demak,  bizning  munosabatlarimiz  ma‟lum  ma‟no  va  mazmun 

kasb etgan munosabatlar bo„lib, ularning har birida bizning hissiy kechinmalarimiz 

aks etadi va xarakterimiz namoyon bo„ladi. 

Mashxur  rus  olimi  ,  psixologiya  fanining  metodologiyasini  yaratgan  S.L. 

Rubinshteyn  shaxsning  o„ziga  xosligi  va  xarakterologik  tizimda  uchta  asosiy 

tuzilmalarni ajratgan edi; 

Munosabatlar  va  yo„nalish  shaxdagi  asosiy  ko„rinishlar  sifatida  -  bu 

shaxsning hayotdan nimani kutishi va nimani xoxlashi. 



Qobiliyatlar ana shu tilak-istaklarni amalga oshirish imkoniyati sifatida - bu 

odamning nimalarga qodir ekanligi. 



Xarakter  imkoniyatlardan  foydalanish,  ularni  kengaytirishga  qaratilgan 

turg„un, barqaror tendenstiyalar, ya‟ni bu odamning k i m ekanligi. 

  Bu  nuqtai  nazardan  karaganda  ham,  xarakter  shaxsning  «tanasi»,  borligi, 


konstitustiyasidir. Xarakterning boshqa individual-psixologik xususiyatlardan farqi 

shuki,  bu  xususiyatlar  ancha  o„zgaruvchan  va  dinamik,  orttirilgandir.  SHuning 

uchun ham maktabdagi ta‟limdan oliy o„quv yurtidagi ta‟limga utish faktining o„zi 

ham o„spirinda ma‟lum va muhim o„zgarishlarni keltirib chiqaradi. 

  Xarakter 

muammosini 

ilmiy 

o„rganishda  B.M.Teplov,  S.Merlin, 



E.A.Klimovlarning  tadqiqotlari  ahamiyatlidir.  CHunki  ularning  tadqiqotlarida 

o„qish,  sport,  mehnat  faoliyatlarida  shaxsning  xarakat  usullarining  individual 

farqlari masalasi ko„rsatib berilgan.  

  Umuman,  koneret  shaxs  misolida  olib  karaydigan  bo„lsak,  har  bir  alohida 

ob‟ektlar,  narsalar,  hodisalarga  mos  tarzda  xarakterning  turi  qirralari  namoyon 

bo„lishining  guvoxi  bo„lishimiz  mumkin.  Masalan,  uyda  (katta  o„zbek  oilasi 

misolida  oladigan  bo„lsak)  katta  yoshli  ota-onalar  oldida  o„ta  bosiq,  ko„nuvchan, 

har  qanday  buyurilgan  ishni  e‟tirozsiz  bajaradigan  kishi,  o„z  kasbdoshlari  orasida 

doimo o„z nuqtai nazariga ega bo„lgan, gapga chechan, kerak bo„lsa, qaysar, dadil 

bo„lishi,  ko„chada  jamoatchilik  joylarida  beg„am,  loqayd,  birov  bilan  ishi  yo„q 

kishiday  tuyulishi,  o„ziga  nisbatan  esa  o„ta  talabchan,  lekin  egoist,  o„z-o„ziga 

bahosi  yuqori  bo„lishi  mumkin.  Demak,  xarakterning  psixologik  tizimini  tahlil 

qiladigan  bo„lsak,  uning  borliqdagi  ob‟ektlar  va  predmetli  faoliyatga  nisbatan 

amalga  oshirish  maqsadga  muvofikdir.  SHuning  uchun  ham  psixologiyada 

xarakterning quyidagi tizimi e‟tirof etiladi: 

Mehnat  faoliyatida  namoyon  bo‘ladigan  xarakterologik  xususiyatlar  

mehnatsevarlik,  mehnatkashlik,  tashabbuskorlik,  ishga  layoqat,  ishga  qobillik, 

mas‟uliyat, dangasalik, qo„nimsizlik va boshqalar. 

Insonlarga 

nisbatan 

bo‘lgan  munosabatlarda  namoyon  bo‘ladigan 

xarakterologik  sifatlar  -  odoblilik,  mehribonlik,  takt,  jonsaraklik,  dilgirlik, 

muloqotga kirishuvchanlik, altruizm, g„amxurlik, raxm-shafqat va boshqalar. 



O‘z-o‘ziga  munosabatga  aloqador  xarakterologik  sifatlar  -  kamtarlik, 

kamsuqumlilik,  mag„rurlik,  o„ziga  bino  qo„yish,  o„z-o„zini  tanqid,  ibo,  sharmu  - 

hayo, manmansirash va boshqalar. 

Narsalar va hodisalarga munosabatlarda namoyon bo‘ladigan xususiyatlar - 


tartiblilik,  oqillik,  saronjom-sarishtalik,  qo„li  ochiqlik,  ziqnalik,  tejamkorlik, 

pokizalik va boshqalar. 

  YUqorida sanab o„tilgan sifatlar aslida shaxsning hayotdagi yo„nalishlaridan 

kelib  chiqadi.  CHunki  yo„nalish  -  odamning  borliqqa  nisbatan  tanlovchan 

munosabatining  aks etishidir.  Bunday  yo„nalish  turli shakllarda  namoyon  bo„ladi: 

diqqatlilik, qiziquvchanlik, ideallar, maslaklar va hissiyotlarda. 

  Xarakter - tarixiy kategoriya hamdir. Buning ma‟nosi shuki, har bir ijtimoiy-

iqtisodiy  davr  o„z  kishilarini,  o„z  avlodini tarbiyalaydi  va bu  tafovut  odamlardagi 

xarakterologik xususiyatlarda o„z aksini topadi. Masalan, o„tgan asr o„zbeklari, XX 

asrning  50-yillaridagi  o„zbeklar  va  mustaqillik  yillarida  yashayotgan  o„zbeklar 

psixologiyasida  farq  avvalo  ularning  xarakterologik  sifatlarida  aks  etadi. 

Aminmizki, XXI asrning yosh avlodlari yanada zukkoroq, irodaliroq, ma‟rifatli va 

ma‟naviyatliroq  bo„ladi.  Mamlakatimizda  hozirgi  kunda  amalga  oshirilayotgan 

say‟i-harakatlar yangi asr avlodining ruhan va jismonan sog„lom bo„lishiga zamin 

yaratmoqda.  

 Xarakter  xususiyatlarining  nimalarda  namoyon  bo„lishi,  ularning  belgilari 

masalasi ham amaliy jihatdan muhimdir. 

  Avvalo  xarakter  insonning  hatti  -  harakatlari  va  amallarida  namoyon 

bo„ladi  -  odamning  ongli  va  maqsadga  qaratilgan  harakatlari  uning  k  i  m  

ekanligidan darak beradi. 

  Nutqining  xususiyatlari  (baland  tovush  bilan  yoki  sekin  gapirishi,  tez  yoki 

bosiqligi, emostional boy yoki jonsiz) ham xarakterning yo„nalishini belgilaydi. 

  Tashqi  qiyofa  -  yuzining  ochiq  yoki  tund  ekanligi,  ko„zlarining  samimiy 

yoki  joxilligi,  qadam  bosishlari  -  tez  yoki  bosik,  mayda  qadam  yoki  salobatli, 

turishi  -  viqorli  yoki  kamtarona,  bo„larning  hammasi  xarakterni  tashqaridan 

kuzatib o„rganish belgilaridir. 

  Bundan  tashqari  ilm  olamida  juda  ko„plab  urinishlar  bo„lgan.  Ularda 

odamning  turli  tabiiy,  tug„ma  xususiyatlariga  xarakterni  bog„lashga  urinishlar 

bo„lgan.  Masalan,  fizionomika  odam  yuz  qirralari  va  ularning  bir-biriga  nisbati 

orqali,  xiromantiya  -  qo„l  barmoqlari  va  kaftdagi  chiziqlar  orqali,  ko„z  rangi  va 



qarashlar,  soch  va  uning  xususiyatlari  orqali  o„rganishga  harakat  qilingan.  Juda 

katta  shov-shuvga  ega  bo„lgan  CH.  Lombrozo,  E.  Krechmer,  U.  SHeldonlarning 



konstitustion  nazariyalari  shaxs  xarakterini  uning  tashqi  ko„rinishi,  tana  tuzilishi 

bilan  bog„lab  tushuntirishga  o„ringan.  Bu  nazariyalar  juda  qattiq  tanqidga  ham 

uchragan,  lekin  keltirilgan  material,  korrelyastion  tahlillar  ma‟lum  jihatdan 

individual  xususiyatlardagi  tug„ma,  mavjud  sifatlar  bilan  xarakterologik  sifatlar 

o„rtasidagi  bog„liqlik  borligini  isbot  qilolgani  uchun  ham  bu  nazariyalar  shu 

vaqtgacha o„rganiladi. 

Lekin  xarakter  va  uning  rivojlanishi,  namoyon  bo„lishi  uchun  umumiy 

qonuniyat  shuki,  u  tashqi  muhit  ta‟sirida,  turli  xil  munosabatlar  tizimida 

shakllanadi  va  sharoitlar  o„zgarishi  bilan  o„zgaradi.  Har  bir  kasb-hunar  o„zining 

talablari 

majmui 



professogrammasiga 



egaki, 

shu 



kasb 

bilan 


shug„ullanayotganlardan  o„ziga  xos  psixologik  qirralar  va  xossalar  bo„lishini 

taqozo  etadi  (psixometriya).  SHuning  uchun  ham  vrachning,  o„qituvchining, 

muhandisning, harbiylarning, artistlarning va boshqalarning professoional sifatlari 

haqida  alohida  gapiriladi.  Ana  shu  kasb  sohiblari,  ularning  ish  mobaynida 

ko„rsatadigan  individualligi  ichida  esa  xarakterologik  o„ziga  xoslik  katta 

ahamiyatga  ega  va  buni  nafaqat  shaxsning  o„zi,  balki  uni  o„rab  turgan  boshqalar 

ham yaxshi bilishlari kerak.  

 

Qisqacha xulosalar: 

  SHaxsning  individual-tipologik  xususiyatlar  klassifikastiyasiga  qobiliyat, 

temperament,  xarakter  kiradi.  Qobiliyat  maxsus  va  umumiy  turlarga,  layoqat, 

iqtidor,  iste‟dod  kabi  psixologik  tuzilmadan  iboratdir.  Temperamentlarni  chuqur 

bilish  va  ularning  amaliyot  uchun  ahamiyati  bayon  etilgan.  Talaba-yoshlardagi 

qiziqishlarni  diagnostika  qilish  yo„llari  ko„rsatilgan.  Individual  psixologik 

xususiyatlarning  kasb  mahorati  va  shaxs  barkamolligi  bilan  bog„liqligi  ochib 

berilgan.  YOshlarni  mustaqillik  mafkurasi  ruhida  tarbiyalash  va    milliy  g„oyani 

shakllantirishning  barkamol avlod tarbiyasidagi o„rni keltirilgan.  



 

O„qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat

1.Pedagogik qobiliyat . Qobiliyatning psixologik-pedagogik tavsifi. 

 

Pedagogik  qobiliyatlar  tarbiyasi  birinchi  bo„lib,  XIX  asr  o„rtalarida  paydo 

bo„ldi.Desterverg 1-chi  bo„lib pedagogik qobiliyat, persteptiv qobiliyatlar haqida 

gapirib  bu  masalaga  e‟tiborini  qaratdi.U  pedagogik  qobiliyatningkuchiga, 

pedagogik  taktga  va  qat‟iy  erkinlikka  e‟tibor  berdi.  U  o„qituvchining  bilim 

orttirishlik  qobiliyati  tushunchasini  ilggari  surdi.  So„ngra  XIX  asrning  2-chi 

yarimida  P.G.Redkin  “ahloqiy  qobiliyat”  tushunchasini  ilgari  surdi.Bu  fikrni 

K.D.Ushinskiy  davom  ettirdi.U  “Odamni  tarbiyaning  eng  asosiy  yo„li 



ishontirishdir,odamning  e‟tiqodiga  esa  faqat  ishontirish  bilan  ta‟sir  qilish 

mumkin”deydi.  L.N.Tolstoy:”Tarbiyalashning  muvaffaqiyatli  bo„lishi  uchun 

tarbiyalovchi 

kishilar 

sira 

tuxtamay  o„zlarini 

tarbiyalay 

bilishlari 

kerak”,degandi.  A.S.Makarenko  o„z  tajribasiga  asoslanib,  “agar  har  bir  kishi 

qunt  bilan  mehnat  qilsa,u  o„ziga  nisbatan  talabchan  bo„lsa,u  yaxshi  pedagog 

bo„lishi mumkin”, deydi. 

Qobiliyat  hamma  insonlarda  mavjud  bo„lib,  bir  tekisda  bo„lmay,  biri 

yuqori,biri o„rta quyi darajadan ibortdir. 

Muvaffaqiyatli  ishlash  uchun  har  bir  o„qituvchi  pedagogik  mahoratga  ega 

bo„lishi  zarur.Pedagogik  mahorat  egasi  oz  mehnat  sarf  qilib,katta  natijaga 

erishadi.Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo„ladi va  rivojlanadi.  



Qobiliyatlar  -  odamning  shunday  psixologik  xususiyatlaridirki,  bilim, 

malaka,  ko„nikma,  ortirish  shu  xususiyatlarga  bog„liq  bo„ladi,  lekin  bu 

xususiyatlarning  o„zi  bu  bilim,  malaka  va  ko„nikmalarga  taalluqli  bo„lmaydi. 

Masalan,  ikkita  bola  institutga  kirmoqda  deylik.  Ulardan  biri  test  sinovlaridan 

muvaffaqiyatli  o„tdi,  ikkinchisi  o„tolmadi.  Bunda  ulardan  birining  qobiliyati  ortiq 

degan  xulosaga  kelib  bo„lmaydi.  Bilim  orttirishdagi  muvaffaqiyatning  faqat  bir 

o„zi  bilan  qobiliyatni  aniqlab  bo„lmaydi.  Qobiliyatlar  bilim,  malaka,  va 

ko„nikmalarini egallashda namoyon bo„lsa ham ular bilim, ko„nikmalarga taalluqli 

bo„lmaydilar.  


Odamning  qobiliyatlari  bilim  va  ko„nikmalarni  egallash  uchun  faqat 

imkoniyat  hisoblanadi.  Bu  bilim  va  ko„nikmalar  egallanadimi  yoki  yo„qmi, 

bo„larning  hammasi,  juda  ko„p  sharoitlarga  bog„liqdir.  Bolada  namoyon  bo„lgan 

musiqa  qobiliyati  uning  musiqachi  bo„lishiga  kafil  bo„la  olmaydi.  Bolaning 

musiqachi  bo„lishi  uning  unga  maxsus  ta‟lim  berilishi,  qatiylik,  salomatligining 

yaxshi  bo„lishi,  musiqa  asbobi,  notalar  va  boshqa  sharoitlar  bo„lishi  kerak. 

Bo„larsiz  qobiliyat  taraqqiy  etmay,  so„lib  ketishi  ham  mumkin.  o„quvchida  hali 

zaruriy  ko„nikma  va  malakalar  sistemasi  hamda  mustahkam  bilimlar  va  tarkib 

topgan  ish  uslublari  yo„qligiga  asoslanib,  jiddiy  tekshirmay  shoshilinch  ravishda 

unda  qobiliyatlar  yo„q  deb  xulosa  chiqarish  pedagogning  jiddiy  xatosi  bo„ladi. 

Bolalik paytida ma‟lum qobiliyatlarning atrofdagilar tomonidan tan olinmaganligi, 

keyinchalik shu qobiliyat tufayli shon shuhrat topgan odamlar ko„p.  



Qobiliyatlar  faoliyatining  muhim  komponentlari  bo„lishi  bilim,  malaka, 

ko„nikmalar  bilan  aynan  bir  narsa  bo„lmasa-da,  ular  bir-birlari  bilan  bog„liqdir. 

Qobiliyatlar  bilim,  malaka,  ko„nikmalarning  o„zida  ko„rinmaydi,  balki  ularni 

egallash dinamikasida namoyon bo„ladi, ya‟ni boshqacha aytganda mazkur faoliyat 

uchun  muhim  bo„lgan  bilim  va  ko„nikmalarni  o„zlashtirish  jarayoni  turli 

sharoitlarda qanchalik  tez va  chuqur,  engil  va  mustahkam  amalga oshirishingizda 

namoyon  bo„ladi.  Xuddi  shu  erda  yuzaga  chiqadigan  fikrlar  bizga  qobiliyatlar 

haqida gapirish huquqini beradi.   

Demak, qobiliyatlar shaxsning (qobiliyatini) faoliyatini muvaffaqiyatli amalga 

oshirish  sharti  hisoblangan      bilim,  ko„nikma  hamda  malakalarni  egallash 

dinamikasida  yuzaga  chiqadigan  farqlarda  namoyon  bo„ladigan  individual-

psixologik  xususiyatdir.  Agar  shaxsning  ma‟lum  sifatlari  yig„indisi  odamning 

pedagogik  jihatdan  asoslab  berilgan  vaqt  oralig„ida  egallagan  faoliyati  talablariga 

javob  bersa,  bu  narsa  bizga  unda  mazkur  faoliyatga  nisbatan  qobiliyati  bop  deb 

xulosa chiqarishga asos bo„ladi. Agar boshqa bir odat bo„lgan shunday holatlarda 

faoliyat  talablariga  javob  bera  olmasa,  unday  paytda  bu  unga  tegishli  psixologik 

sifatlar  boshqacha  ayttanda  qobiliyaglar  yo„q  deb  faraz  qilishga  asos  bo„ladi. 

Bunday  odam  kerakli  ko„nikma  va  bilimlarni  umumiy  egallab  olmaydi  degan 



xulosaga borilmaydi. Bo„larni egallash jarayoni cho„zilib ketadi, pedagogdan ko„p 

kuch va vaqt sarflashni talab qiladi.  



Qobiliyatlar  taraqqiyotining  yuksak  bosqichiga  iste‟dod  deb  ataladi. 

Iste’dod  deb  odamga  qandaydir  murakkab  mehnat  faoliyatini  muvaffaqiyatli 

mustaqil  va  orginal  tarzda  bajarish  imkonini  beradigan  qobiliyatlar  uyushmasiga 

aytiladi.  Iste‟dod  mahoratning  dastlabki  sharti  bo„lib,  lekin  mahoratning  o„zidan 

ancha  o„zoqdir.  Mohir  usta  bo„lmoq  uchun  juda  ko„p  ishlash  kerak.  Iste‟dod 

mehnatdan  ozod  qilmaydi,  balki  katta,  ijodiy  va  zur  mehnatni  taqozo  qiladi. 

Iste‟dodli  kishilar  shubhasiz  mehnat  orqali  olamga  mashhur  bo„lgan  mahorat 

darajasiga  erishganlar.  Haqiqiy  mahorat  inson  iste‟dodining  faoliyatida  nomayon 

bo„lishidir.  

Qobiliyatlar  murakkab  strO„qturaga  ega  bo„lgan  psixik  sifatlar  yig„indisidan 

iboratdir.  Qobiliyat  sifatida  namoyon  bo„ladigan  psixik  sifatlar  yig„indisining 

strO„qturasi  oqibat  natijasida  konkret  faoliyat  talabi  bilan  belgilanadi  va  har  xil 

turdagi  faoliyatlar  uchun  turlicha  bo„ladi,  endi  shulardan  pedagogik  qobiliyat  va 

uning to„zilishini ko„rib chiqamiz.  

Pedagogik faoliyatning samarali bo„lishi pedagogik mahoratga erishish uchun 

o„qituvchida  quyidagi  qobiliyat  turlari  mavjud  bo„lmog„i  va  tarbiyalab 

etishtirilmog„i lozim. Bilish qobiliyati, ko„zatuvchanlik qobiliyati, nutq qobiliyati, 

tashkilotchilik  qobiliyati,  obru  orttira  olish  qobiliyati,  to„g„ri  muomala  qilish 

qobiliyati, kelajakni ko„ra bilish qobiliyati, diqqatni taqsimlay olish qobiliyati. Bu 

pedagogik  qobiliyatlar  shaxsning  aqliy  tomonini  ham,  emostional  -  irodaviy 

tomonini  ham  xarakterlab  beradi.  Bu  sifatlarning  hammasi  bir-biri  bilan  o„zaro 

bog„langan bo„lib, bir-biriga ta‟sir etadi va bir bugunlikni hosil qiladi.  


Download 376,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish