Pedagogik psixologiyaning tadqiqot metodlari va tarmoqlari



Download 91,47 Kb.
bet4/10
Sana13.06.2022
Hajmi91,47 Kb.
#665838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
PEDAGOGIKPSIXOLOGIYANING TADQIQOT METODLARI VA TARMOQLARI

Texnika fanlari bilan psixologiyaning o‘zaro aloqasi va hamkorligi yaqqol sezilmoqda. Bir tomondan murakkab texnikani boshqaruvchi inson ongi muammosini echishda, ikkinchi tomondan, psixik hayotning murakkab qirralarini ochishda maxsus texnik vositalardan foydalanish zarurati bu ikki yo‘nalishning erishgan yutuqlarini birlashtirishni nazarda tutadi. Masalaning yana bir alohida tomoni ham borki, u ham bo‘lsa, texnika taraqqiyotga intilayotgan bir vaqtda murakkab texnika va mashinalar bilan «muloqot» qilayotgan shaxs faoliyatini yanada mukammallashtirish va uning imkoniyatlariga moslash masalasi ham ana shu hamkorlikda hal qilinishi lozim bo‘lgan masaladir. Ayniksa, mustaqil O‘zbekiston uchun murakkab zamonaviy texnika sir - asrorlarini biladigan, uning jamiyat va fan ravnaqiga xizmatini ta’minlash qanchalik dolzarb bo‘lsa, ana shu texnikaga har bir oddiy fukaro ongi, tafakkuri va qobiliyatlarini moslashtirish va «odam - mashina» dialogining eng samarali yo‘llarini izlab topishi juda muhim. Texnika bilan bemalol «tillashadigan» malakali mutaxassislar tayyorlash borasida ham texnika fanlari pedagogika va psixologiya fanlari metodlaridan foydalana olsagina, muvaffaqiyatga erishadi.
Iqtisodiyot bilan psixologiyaning o‘zaro aloqasi va hamkorligi ham yangilik bo‘lib, ayniqsa, bozor munosabatlariga bosqichma - bosqich o‘tish sharoitida iqtisodiy ong hamda iqtisodiy xulqning o‘ziga xos namoyon bo‘lish qonuniyatlarini o‘rganishda ikkala fan teng xizmat qiladi. O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridayoq fuqarolarda, birinchi navbatda, yoshlarda yangicha iqtisodiy tafakkur shakllanishining jamiyat iqtisodiy taraqqiyotidagi ahamiyatiga e’tiborni qaratgan edilar. Demak, yangi davr shaxsini tarbiyalash va uning jamiyatga moslashuvi masalasida psixologiya iqtisodiyot fanida qo‘lga kiritgan yutuqlar, yangiliklar va iqtisodiy samaraga erishish omillarini hisobga olsa, iqtisodiyot o‘z navbatida iqtisodiy islohotlarning ob’ekti hamda sub’ekti bo‘lmish inson omilidagi barcha psixologik o‘zgarishlarni aniqlash, tahlil qilish va shu asnoda bashorat qilish vazifasini echishi kerak.
YUqorida ta’kidlangan fan tarmoqlari psixologiya bevosita uzviy aloqada rivojlanadigan fanlarning asosiy qismi xolos. Bugungi kunda har bir fan rivoji uchun inson omilini hisobga olish zarur ekan, psixologiya o‘sha barcha fanlar bilan aloqada va hamkorlikda rivojlanadi.
Shuning uchun bugungi kunda psixologiya fanidan alohida bo‘lib ajralib chiqqan tarmoqlar to‘g‘risida ham fikr yuritish mumkin.
H ozirgi zamon psixologiyasi yaxlit fanning o‘zidan emas, balki mustaqil fan bo‘lishga da’vogarlik qiluvchi ilmiy fanlar majmuasidan iborat.
Bu majmuadan psixologiyaning ta’lim bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy va amaliy, umumiy va maxsus sohalari o‘rin olgan. psixologiya fanining asosiy sohalari odamlarning aniq bir faoliyat bilan shug‘ullanishidan qat’iy nazar, odamlarning hulq-atvor psixologiyasini bilish va tushuntirib berishda umumiy ahamiyatga ega. fanning bu sohalari odam hulq-atvori va psixologiyasi bilan qiziquvchilarga birday zarur bo‘lgan bilimlarni berishlari kerak. ba’zida umumiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ular «umumiy psixologiya» atamasi bilan umumlashtiriladi. umumiy psixologiya sohasidagi tadqiqotlar natijalari psixologiya fanining barcha soha va bo‘limlarining rivojlanishi uchun asos bo‘lib hisoblanadi. (2.1 rasm).
 
Shu bilan birga, ma’lum maxsus yoki nazariy faoliyatning u yoki bu turi bilan mashg‘ul odamlar hulq-atvori va psixologiyasini tadqiq etuvchi fanning maxsus yoki amaliy sohalari ham ajratiladi (2.2 rasm).
 Psixologiya fanida ilmiy tadqiqotlarning integratsiyalashuvi va differensiatsiyalash jarayonlari ro‘y beradi. Xususan, psixologiyaning jadal rivojlanishi uning differensiatsiyasiga – psixologiya fanlari qator sohalarining, shu jumladan, psixologiyani boshqa fanlar bilan bog‘lovchi fanlararo sohalarning yuzaga kelishiga olib keldi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, psixik jarayonlarning asosi bo‘lgan fiziologiya mexanizmlarini o‘rganuvchi psixofiziologiya shakllandi. XVIII-XIX asrlarda boshlangan hayvonlar psixik faolligini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar ekologiya, otologiya va boshqa fanlar bilan uzviy bog‘langan zoopsixologiyani yuzaga keltirdi. Psixologiyaning alohida sohasi bo‘lib psixogigiena, psixoterapiya va tibbiyot deontologiyasi masalalarini, patopsixologiya (qabul qilish, xotira, tafakkur va boshqalar kabi psixik jarayonlarning izdan chiqish qonuniyatlarini tadqiq etuvchi), neyropsixologiya (psixik jarayonlarning bosh miya ma’lum tuzilmalari bilan aloqasini o‘rganuvchi) va psixokorreksiyani o‘rganuvchi tibbiyot psixologiyasi hisoblanadi.
Bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘langan bolalar psixologiyasi (bola psixik rivojlanishining qonuniyatlarini o‘rganadi) va pedagogik psixologiya (maqsadga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon sharoitida psixikani tadqiq etib, ta’lim va tarbiyaning psixologik asoslarini ishlab chiqadi), yosh psixologiyasi (o‘rganish predmeti – psixikaning yosh xususiyatlari), mehnat psixologiyasi (issleduet mehnat jarayonida psixik faoliyat va shaxsni tadqiq etib, kasb tanlash, mehnat jamoalarini tashkil etish va boshqalar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi), boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimlarini loyihalash va ularni takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan muhandislik psixologiyasi  («inson – qurilma» tizimida inson faoliyatini o‘rganuvchi mehnat psixologiyasining bo‘limi); koinot psixologiyasi (koinotga parvoz sharoitida psixik faoliyatning xususiyatlarini o‘rganadi), ijtimoiy  psixologiya (jamoada inson faoliyati va shaxslararo munosabatlarning shakllanish qonuniyatlarini tadqiq etadi), qiyosiy psixologiya (o‘rganish predmeti – odam va hayvon psixikasi kelib chiqishi va rivojlanishidagi umumiylik va tafovutlar) kabi mustaqil bo‘limlarga shakllandilar. Psixologiyaning ko‘plab sohalari quyidagi mezonlar bo‘yicha ajratiladi:
- aniq faoliyat (mehnat psixologiyasi, tibbiyot, pedagogik psixologiya, san’at, sport psixologiyasi va shu kabilar);
- rivojlanish (hayvonlar psixologiyasi, qiyosiy psixologiya, rivojlanish psixologiyasi, bolalar psixologiyasi va shu kabilar);
- ijtimoiy umumiylik (ijtimoiy psixologiya, shaxs psixologiyasi, guruh, sinf psixologiyasi, etnopsixologiya va h.k.).
Sohalar bo‘yicha faoliyat maqsadiga ko‘ra tafovut muhim ahamiyat kasb etadi (yangi bilimlarga ega bo‘lish va ularni qo‘llash): asosiy va amaliy fanlar; tadqiq etish predmetiga ko‘ra – rivojlanish psixologiyasi, ijod, shaxs psixologiyasi va h.k. Psixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi asosida yuzaga kelgan fanlar sifatida psixofiziologiya, neyropsixologiya, matematik psixologiya va boshqalarni keltirish mumkin. Psixologiyaning amaliyotning turli sohalari bilan murakkab aloqalarining rivojlanishini tashkiliy, muhandislik psixologiyasi, sport psixologiyasi, pedagogik psixologiya va shu kabilarda kuzatish mumkin.
Turli mualliflar psixologiyaning 100dan ortiq sohalarini sanab o‘tadilar. Lekin aslida hozirgi kunda ularning soni bundan oshib ketgan.
SHuningdek, psixologiyaning maxsus bo‘lim va yo‘nalishlari ham mavjud: differensial psixologiya (odamlar o‘rtasidagi individual tafovutlarni o‘rganadi), qabul qilish psixologiyasi, kriminalistika va sud psixologiyasi, ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod psixologiyasi, qarish psixologiyasi (gerontopsixologiya), aviatsiya psixologiyasi.
Hozirgi zamon psixologiyasi boyib, turli-tuman bo‘lib bormoqda, oxirgi yillarda psixologiyaning yangi sohalari: antropologik psixologiya, akmeologiya, tahdid va terrorizm psixologiyasi, xristianlik psixologiyasi, muloqot psixologiyasi, davriy psixologiya, biokonstitutsion psixologiya, «buyukshunoslik» psixologiyasi, o‘sish psixologiyasi, tirik hayot psixologiyasi, kvant psixologiyasi, tergov psixologiyasi, badiiy qabul etish psixologiyasi, psixologik adabiyotshunoslik, eshitish qobiliyatlar psixologiyasi, ko‘zi ojiz kar-soqovlar psixologiyasi, kitobxonlar va kitob psixologiyasi, mavh etish psixologiyasi, tushlar va tush ko‘rish psixologiyasi, sevgi psixologiyasi, inqirozli va xavfli vaziyatlar psixologiyasi, ekzoteratik psixologiya, taqdir psixologiyasi, mutaassiblik psixologiyasi, qobiliyatlar psixologiyasi, xususiylik psixologiyasi, o‘quv faoliyat psixologiyasi, ayollar psixologiyasi, tobe hulq-atvor psixologiyasi, genotsid va ommaviy qotilliklar psixologiyasi, xizmat muloqoti psixologiyasi, o‘qituvchi psixologiyasi, tashqi ko‘rinish psixologiyasi, oliy maktab psixologiyasi, buyruq psixologiyasi, savdo-sotiq psixologiyasi, OAV psixologiyasi, elektoral hulq-atvor psixologiyasi, erkaklar psixologiyasi, din psixologiyasi, tomalogiya, qo‘rquv psixologiyasi, o‘lim psixologiyasi, muqobil psixologiya va boshqalar faol shakllanib bormoqda.
Bu sohalar bilan bir qatorda yoki, real hodisalar va inson turlarini, yoki, bilimlar sohasi yoinki maxsus kurslarni ifodalovchi umuman kutilmagan so‘z birikmalari yuzaga kelmoqda, xususan,: qarzdor, qarz beruvchi, qimmatli qog‘ozlar egasi, narx-navo, so‘roq qilish, futbolchilar, rassom, diktatura, bezori, kasbiy daraja, ishonch, e’tiqod, jinsiy munosabatlar, murabbiylik faoliyati, muloqot, ishoratlar, hissiy kuyish, muxbirlik psixologik madaniyati, o‘qituvchilik faoliyati, bir tarafmalilik, dizayn, bolalar o‘yini, baxtsizlik, hissiy munosabatlar, ayol xiyonati, janjal, yutuqqa erishish, sayohat, millatga tegishlilik, qasd qilish hulq-atvori, ta’sir o‘tkazish, ishdan bo‘shatish, bolalar ijodiyoti, tarbiyasi og‘ir o‘smirlar, aqli zaif o‘quvchi, bayram, tabassum, jizzakilik, er-xotinlar, telefon so‘zlashuvlari, qotil psixologiyasi shular jumlasidandir.
An’anaviy psixologik fanlar – umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya, shaxs psixologiyasi, muloqot psixologiyasi, yosh va pedagogik psixologiya chuqur o‘zgarishlarga uchramoqda.
Hozirgi zamon psixologiyasining negizini psixikaning umumiy qonunlari, qonuniyatlari, mexanizmlarini o‘rganuvchi umumiy psixologiya tashkil etadi. U ilmiy kashfiyotlarni amalga oshiruvchi nazariy konsepsiyalar va tajriba tadqiqotlarini o‘z ichiga oladi. Umumiy psixologiya akademik fan nomini olgan. Bu fan sifatida u universitetlarda va akademiya institutlarida rivojlanib, o‘z oldiga asosiy bilimlarni orttirishni maqsad qilib qo‘ygan.
Bundan farqli o‘laroq, amaliy psixologiya aniq bir talabgor bilan ish yuritadi, noma’lumlikni ilmiy tarzda ochib beruvchi keng hajmli va chuqur tadqiqotlarni olib bormasdan, mijozning amaliy ehtiyojlari, masalan, savdo tashkiloti, vazirlik yoki idora, harbiy kasalxona yoki umumta’lim maktabi bilan ish ko‘radi. Amaliy psixologlarning asosiy ish vositasi – treninglar, xususan: psixodrama, jismoniy treninglar, NLP-treninglar, o‘zini o‘stirish treninglari, ijtimoiy o‘zaro munosabatlar treninglari, geshtalttreninglar, shaxsiy o‘sish treninglari va biznes-treninglar, autotreninglar va qobiliyatlarni rivojlntirish treninglari, ota-onalar va bolalar uchun treninglar.
Amaliy psixologiyaning bir qismini qator masalalarni, jumladan, ish bo‘yicha yuzaga keladigan qiyinchiliklar (ishdan qanoatlanmaslik, hamkasblar va boshliqlar bilan kelishmovchiliklar, ishdan bo‘shatilish imkoniyati, yangi ish izlash muammolari), shaxsiy hayotdagi tartibsizliklar oiladagi ixtiloflar, baynalminal oilalarning muammolari, maktab yoki oliygohdagi yomon o‘zlashtirish, ota-onalar va bolalar munosabatlarining muammolari, o‘ziga nisbatan ishonch va hurmatning etishmovchiligi, shaxslararo munosabatning o‘rnatilishi va mustahkamlashdagi qiyinchiliklarni hal etuvchi – psixologik maslahat tashkil etadi. 

Download 91,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish