O`qituvchi shaxsining individual xususiyatlari.
O`qituvchi uchun tipik bo`lgan axloqiy pedagogik sifatlar o`z-o`zicha mavjud bo`lmaydi. Ularning egalari jonli , konkret o`qituvchilardir.
Har bir o`qituvchi o`z maktab jamoasining azosi bo`lish bilan birga bir qancha individual faqat uning o`zigagina xos bo`lgan xususiyatlarga ham egadir.Shu xususiyatlar yigindisi muayyan o`qituvchining shaxsiy kiyofasini, unga xos bo`lgan ish uslubini belgilab beradi.
Har qanday pedagog jamoada yosh ,pedagoglik faoliyatini endigina boshlayotgan o`qituvchilarni ham ,ko`p yillik ish stajiga ega bo`lgan tajribali o`qituvchilarni ham uchratish mumkin . Yosh o`qituvchida ham ,tajribali o`qituvchida ham o`z ish xususiyatlari ham bo`ladi. Yosh o`qituvchi uchun kelajakda rivojlanish mukkammallashib borish istikboli xarakterli bo`lsa tajribali kyeksa o`qituvchi uchun esa bosib utilgan davr ,boskich xarakterlidir. Masalan,bilimlarni bolalarga tushunarli, qiziqarli qilib bera bilish qobiliyati, darsda tushuntirish o`quv programmasining eng muhim masalalarini tanlay olish ko’nikmasi ,odatda yosh o`qituvchilarda kamroq rivojlangan bo`ladi.Ular o`zlari bilgan narsalarni bolalarga mumkin kadar ko`proq bayon qilishga harakat qilib , ko`pincha darslarni o`quv materiallari bilan xaddan tashqari tuldirib yuboradilar. Yosh o`qituvchilarning o`quvchilar bilan bo`ladigan munosabatlarida, dastlabki kyezlarda ,ortikcha muloyimlik, sermulozamatlik, chaqqonlik va ochiq kungillik ko`zga tashlansa Ayni vaqtda tajribali pedagoglar anchagina vazminlik va qattiqkqo`lliklari bilan ajralib turadilar.
Biroq o`qituvchilar jamoasidagi individual farqlar faqat pedagogik tajribadagi tafovut bilan tugallanmaydi.
Malumki,barcha tajribali o`qituvchilar ham, shuninigdek, yosh o`qituvchilar ham birday yemas.Yosh o`qituvchilar orasida ham tajribalari orasida ham kungilchan talabchan, xiyla kuchli va kuchsiz,xushchakchak va mayuslari uchrab turadi. Har birining o`ziga xos, alohida xususiyatlari bor. Har birining o`z avzalliklari va kamchiliklari uladi.
Profyessor I.V.Straxov xarakterlari jihatidan turlicha lekin har biri o`z yo`liga yaxshi bo`lgan uchta o`qituvchining xarakteristikasini misol qilib keltiradi
Matematika o`qituvchisi o`quvchilar bilan bo`ladigan munosabatlarda Amaliy va emotsional aloqalarning muvozanatligi bilan ajralib turadi. U darsga Kirishi bilanok o`quvchilarbilan Amaliy aloqa qila boshlaydi. Sinfdagi tartibsizliklarni payqaydi va ularni bartaraf qilishini talab qiladi. U mumkin kadar ko`proq o`quvchilar bilan munosabatda bo`lishga harakat qilib, darslarni qiziqarli ravishda olib boradi, o`quvchilarni aktiv, mustaqil ishlashga jalb qiladi.
Uning o`quvchilarga murojaat qilishi doskada masala yechayotgan o`quvchi bilan diolog tarikasida va ayrim o`quvchilarga lukma tashlash tarzida ifodalanadi: Masalan: «Yechishning eng yaxshi usulini toping». «Sen qo`lingni juda ham xunik kutarasan», «Shoshilmaslik kerak» kabilar. Yo`l yo`lakay bir nyecha dars koldirgan o`quvchidan nima bilan kasallanganligi, xozirgi vaqtda o`zini qanday xis qilishi, yordam kerak yoki kerak emasligini ham surab kyetadi. Tortinchok, o`ziga ishonmaydigan o`quvchiga muloyimlik bilan muomala qiladi: «Sening ishlaring yurishmayabti, Lekin buni to`zatish mumkin».
Adabiyot o`qituvchisi o`quvchilar bilan muomala qilishda ularga muloyim ta'sir ko`rsatishi, samimiyligi va jushkinligi bilan ajralib turadi.
U darsdagi ishchanlik vaziyatini asosan xilma-xil suhbatlar olib borib barcha o`quvchilarni aktivligi va mustaqilligini uyg`otish yo`li bilan vujudga keltiradi. O`quvchilar bilan kiynalmasdan emotsional aloqalar urnatadi. Bunda uning o`ziga xos bo`lgan muomalasining samimiyligi va ifodaliligi ,nutqning jushkinligi kutarinqiligi ,o`quvchilar bilan muomala qilish usullarining xilma –xil bo`lishi ,suhbatining dustona vaziyatda bo`lishi katta rol o’ynaydi.
Tabiat o`qituvchisining boshqalardan ajralib turadigan o`z xususiyatlari bor o`quvchilar bilan qat’iy ishchan munosabat urnata biladi. Lekin o`quvchilar bilan yetarli emotsional munosabatda bo`lmaydi .Ular bilan munosabatlarida juda ham rasmiy bo`ladi va qattiqqo`llik ko`rsatadi. Darsga kelgach sinfni dikkat bilan ko`zdan kyechirib chiqadi vat parta ustidaga ortikcha narsalarni olib qo`yishini talab qiladi. Kimda kim darslikni ochib o`tirsa u darsga tayyorlanib kelmagan deb hisoblayman deydi u. Darsda ukuchilarni dikkat bilan kuzatib boradi.o`quvchilar xulqining biroz bulsda bo`zilishiga yo`l qo`ymaydi. Bu o`qituvchining darslarida qat’iy ishchan munosabat urnatiladi. Har bir o`quvchining aktiv ishlashiga erishadi,har bir minutdan samarali foydalanadi.biroq bu o`qituvchida bolalarga nisbatan samimiylik va jo`shkinlik yetishmaydi.,muloxazalarga ko`p urin beriladi.Pedagoglar uchun oliy nerv faoliyatining qandaydir alohida tipii mavjud bo`ladi deb uylamaslik kerak deb yozadi N.D.Levitov – gap faqat nerv sistemasining bir-biriga kushilib pedagoglik ishiga yordam beradigan xususiyatlari to`g`risida borishi lozim. Ko`zgolish jarayonlarining kuchi anchagina kam bo`lganda o`qituvchi ishda xalakit beradigan darajadagi bushanglik ,passivlik qiyinchiliklardan kurkishga tormozlanish profyessiyalari kuchsiz bo`lganda esa xulqda ortikcha qiziqkonlikka, serjaxllikka moyil bo`ladi.
Nerv sistemasida ko`zgolish va tormozlanish sistemalarining muvozanatligi pedagogga xul atvorida oqilona chora qo`llash uchun ,o`quvchilarga pedagogik tasir ko`rsatishning samarali vositalarini tanlashit uchun yaxshi asos bo`lib xizmat qiladi.Nerv jarayonlarining chakkonligi yangi va kutilmagan sharoitlarda dikkatni bir narsadan ikkinchi narsaga tez kuchirish ,epchillik ko`rsatish va vaziyatga qarab ish to`tish uchun muhim shart bo`lib hisoblanadi. Agar o`qituvchi o`z kamchiliklarini bila turib o`z-o`zini tarbiyalash bilan qat’iy shugullanib borsa nerv sistemasi tipining salbiy ta'siri bir muncha susayishi mumkin.
Har bir o`qituvchining aqliu faoliyatdagi individual farqlari ko`p jihatdan uning qobiliyatlari,qiziqish va mayllari ,extiyojlarining ijtimoiy ahamiyati bilan belgilanadi.Tashabbuskor o`qituvchi qiziqishlarining kengligi va syevimli ishiga berilganligi o`z vazifalarining muhimligini tushunish, o`z bilimlarini va ta'lim-tarbiyaviy ish metodlarini tinmay takkomillashtirib borishibilan faqatgina erishgan mofakiyatlari bilan kifoyalanib koladigan dyemak ,pirovardida hayotdant orkada koladigan Dakki o`qituvchidan ajralib turadi. Shunday qilib ,o`qituvchida eng yaxshi individual xususiyatlari rivojlanishini taminlaydigan asosiy shartlardan biri uning o`zi ustida ishlashi,tinmay o`z malakasini oshirib borishidir.Psixologiya kursini o`rganish,o`qituvchiga o`z yutuq va kamchiliklarini anglab yetishda katta yordam berishi mumkin
Qobiliyat - bu kishining biror faoliyatga yaroqliligi va shu faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |